Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi



Download 47,08 Kb.
bet17/30
Sana31.12.2021
Hajmi47,08 Kb.
#202624
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
oliy-majlisga-murojaat

Uchinchidan, biz bu yil xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtaramiz.

2020-yilda 5,5 ming nafar xotin-qizning kichik biznes yoʻnalishidagi loyihalariga 100 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kredit beriladi. Buning uchun banklarga davlat byudjetidan resurs ajratamiz. Bundan tashqari, 1 ming 576 nafar xotin-qizga yangi uy-joylarga ega boʻlishi uchun byudjet hisobidan boshlangʻich badal toʻlab beriladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj opa-singillarimizni Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida 5 ta muhim tashabbus doirasida qisqa oʻquv kurslarida oʻqitish tashkil etiladi.

Mamlakatimizdagi tub oʻzgarishlar, yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishni kun tartibiga qoʻymoqda. Yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash boʻyicha yagona koʻrsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish kerak.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi “Oʻzbekiston yoshlari – 2025” konsepsiyasini ishlab chiqishi, unda maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlari belgilanishi zarur.

Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda hech kim chetda turmasligi, “Oʻz bolangizni, oʻz uyingizni, oʻz Vataningizni koʻz qorachigʻidek asrang!” degan shior odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi kerak.

Jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizning maʼnaviy va maʼrifiy saviyasini doimiy yuksaltirish – birinchi darajali ahamiyatga egadir.

Shu bois, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy gʻoya asosida, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish – oʻta sharafli vazifadir.

Yoshlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasidan boshlangan yangi tashabbusimizni butun mamlakatimiz boʻyicha amalga oshiramiz. Men viloyat rahbarlarini, joylardagi barcha jamoatchilikni ushbu masalaga jiddiy eʼtibor berishga chaqiraman.


Download 47,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish