O`zbekiston Respublikasi Qishloq ho`jaligi


O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish



Download 93,45 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi93,45 Kb.
#241751
1   2   3   4
Bog'liq
mansurova uzb geografiyasi 4 mustaqil ish

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini to‘laqonli amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga ilmiy asoslangan axborot, zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatish, ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy etish, ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish va agroxizmatlar ko‘rsatish tizimining uzviy integratsiyasini ta’minlash maqsadida:

1. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021 — 2025-yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Konsepsiya doirasida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi subyektlariga zamonaviy agroxizmatlar ko‘rsatishning uzviy tizimini o‘zaro bog‘laydigan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Milliy markaz) tashkil etilsin va u quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritishga mas’ul etib belgilansin:

qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash;

fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klastyerlari va kooperatsiyalari hamda ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish;

barcha turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish;

qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;

qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida ularning malakasini oshirish;

qishloq xo‘jaligida xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va ko‘nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini ta’minlaydigan milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish;

xalqaro sifat standartlarini joriy qilishda ko‘maklashish, mahsulot yetishtiruvchilar va agrobiznesning o‘zaro hamkorlik platformasini tashkil etish.

3. Qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Muvofiqlashtiruvchi kengash (Sh.M. G‘aniyev):

qishloq xo‘jaligi sohasi hamda uning tarmoqlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan va kadrlar tayyorlayotgan barcha turdagi davlat ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligini ta’minlasin;

qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etsin;

qishloq xo‘jaligi sohasidagi talab va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarining tizimli ravishda takomillashtirilishini ta’minlasin;

qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining yillik ish rejasini hamda ular faoliyati samaradorligini baholash indikatorlarini tasdiqlasin;

qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqarish muammolariga ilm-fan orqali yechim topish maqsadida sohadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va qishloq xo‘jaligi klastyerlari o‘rtasida kelishuvlar tuzish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.

Ilmiy-tadqiqot institutlariga biriktirilayotgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

4. Belgilansinki:

Milliy markaz Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi;

Milliy markaz o‘z tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, chorvachilik yo‘nalishlari, o‘rmon va suv xo‘jaligi, ipakchilik sohalarida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yadi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy va professional ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Milliy markaz Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Agroinnovatsiya” DUK, “G‘o‘za urug‘chiligi markazi” negizida tashkil etiladi.

5. 2021-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlarga buyurtmalarni shakllantirish va moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:

a) Muvofiqlashtiruvchi kengash 2021-yil 1-aprelga qadar Qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlari, global, mintaqaviy va hududiy muammolarning ilmiy yechimlarini tadqiq qilish bo‘yicha keyingi besh yilga mo‘ljallangan dasturni (keyingi o‘rinlarda — besh yillik dastur) ishlab chiqadi va e’lon qiladi.

Besh yillik dastur qishloq xo‘jaligi sohasidagi idoralar, uyushmalar va boshqa tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, qishloq xo‘jaligi va unga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar, jumladan agrosanoat klastyerlari, kooperatsiyalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarining takliflari asosida shakllantiriladi;

b) besh yillik dasturda nazarda tutilgan yo‘nalishlar qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy loyihalar bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi;

v) besh yillik dasturda nazarda tutilgan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi subyektlari tomonidan taklif etilgan va budjetdan moliyalashtirilmagan yoki to‘liq moliyalashtirilmagan loyihalarni hamda boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida, Milliy markaz huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari respublika budjeti, mahalliy budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari, ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirish va ularning yakuniy natijasidan foydalanish istagini bildirgan qishloq xo‘jaligi subyektlari va boshqa shaxslarning mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi — Milliy markaz tomonidan amalga oshiriladi.

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning budjet mablag‘lari hamda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi ularni moliyalashtirish uchun boshqa mablag‘larni to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilishni istisno qilmaydi.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET MANZILLARI.

1. www.lex.uz

2. PAYOZ MUSAYEV, JAHONGIR MUSAYEV
GEOGRAFIYA
O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY
VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI.

3. www.wikipedia.org
Download 93,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish