O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet152/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Darsning maqsadi: talabalarni mevalarni doimiy omborlarda saqlash tartibi bilan tanishtirish. Mahsulot turi, miqdori, saqlash davomiyligi va saqlanish usuliga ko‘ra talab etiladigan omborlar maydonini hisoblashga o‘rgatish.
Jihoz va materiallar: adabiyotlar, chizg‘ich, kalam, meva-sabzavotlar saqlanadigan turli idishlar, kalkulyator.
Saqlashga qabul qilinadigan mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablar: Kartoshka, sabzavot, meva va uzumlarni uzoq muddatga saqlash uchun omborlarga joylashtirish GOSTlar 7176-85, 1724- 85, 1721-85, 1722-85, 1723-86 talablari asosida amalga oshiriladi.
Turli botaniq navlarga ega bo‘lgan kartoshka, sabzavot, meva va uzumlarni uzoq muddatga saqlashda ularni omborning alohida sektsiyalar yoki saqlash kameralariga joylashtiriladi. Bir necha navdagi mahsulotni bir sektsiya yoki kamerada birga saqlashga bir paytda yig‘ib terib olingan, saqlash muddati va sharoiti (harorat, havo namligi, gaz rejimi) bir xil b o‘lganda ruxsat etiladi.
Uzumni uzoq muddat saqlashda uni 1m3 maydon hajmiga 1-1,5 gr. oltingugurt angidridi bilan dudlab ishlov berish lozim bo‘ladi. Oltingugurt angidridi bilan birishchi ishlov berish uzumni saqlash uchun sektsiya yoki kameralarga joylashtirganda, keyinchalik saqlash muddati tugagancha har 10-12 kunda amalga oshirilib boriladi.
Urug‘lik sifatida saqlanadigan mahsulot saqlashga joylashtirishdan oldin mahsulot sirtidagi tuproq, iflos aralashmalardan tozalanadi, uyum tarkibidagi kichik tuganaklar va ildizmevalar ajratiladi. Saqlashdan so‘ng ekishdan oldingi dastlabki ishlov berish, kalibrovkalash, dorilash, karam o‘zagini kesib olish, urug‘lik kartoshka va piyozni ekishdan oldingi qizdirish ishlarini amalga oshirish lozim.
Oziq-ovqat maqsadi uchun mo‘ljallangan kartoshka va sabzavotlarni uzoq muddatga saqlashga joylashtirishdan oldin yig‘im-terimdan keyingi ishlov beriladi. Kartoshka va ildizmevalar mahsulot sirtidagi tuproq, iflos aralashmalardan tozalanadi, karamning tig‘iz joylashmagan barglari va shakllanmagan karam boshlar olib tashlanadi.
Mahsulotni saqlash va joylashtirish usullari: Sabzavot va mevalar doimiy omborlarda uyum to‘kma holda, konteynerlarda, yashiklarda yoki qo‘larda joylashtirib, saqlash usuliga ko‘ra tabiiy yoki faol shamollatilib, sovutilib, gaz muhitida saqlanadi. Omborning saqlash sektsiyasi va kamerasining 1m3 hajmiga mahsulotni idish holida joylash miqdori va uni shartli yukga o‘tkazish koeffitsienti quyidagi jadvalda keltirilgan. Mahsulotni saqlash va omborlarga joylashtirish usullari. Kartoshka, sabzavot va mevalar omborlarga saqlash uchun uyum holatida yoki idishlarga solinib joylashtiriladi. Mahsulotni joylashtirish usullari bo‘yicha omborning 1 m3 hajmiga joylashtiriladigan mahsulot normasi, idishlar o‘lchami, ular orasidagi masofalar, uyumning balandligi hisobga olinishi shart.
Olmaning saqlashga chidamliligi uni saqlashda pishib yetilish xususiyati bilan aniqlanadi. Olmaning erta’ishar navlari kam muddatga, kechki navlari esa 7–8 oygacha saqlanishi mumkin. Olma saqlash uchun yashiklarga joylashtiriladi. Bunda olma qog‘ozga o‘ralsa yaxshi saqlanadi. Olma yashiklarga joylashtirilganda ular orasiga qog‘oz yoki qirindi solinsa ham bo‘ladi.
Yashiklar omborga devor tomondan 25–30 sm, yashiklar orasida ikki metrli yo‘l qoldirilib joylashtiriladi. Bir taxda 7–8 ta yashik bo‘ladi. Eng yuqoridagi yashik bilan ombor shi’ining orasida 50–60 sm qolishi kerak.
Olma solingan yashiklar taxlarga shaxmat usulida uchtadan va juft-juft qilib joylashtiriladi. Taxlarga navi, sorti, sifati, katta-kichikligi bir xil bo‘lgan mahsulot joylangan yashiklar terib qo‘yiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, uncha pishmagan olma past haroratda pishib etilmaydi, aks holda ular qattiqlashib, ta’mi va xushbo‘yligi o‘zgarmaydi. Shu sababli, omborda havoning haroratini olmaning pishganligiga qarab o‘zgartirib turish lozim.
Olmaning sovuqqa chidamli navlari -1– -20C haroratda saqlanadi. Bunday olmalar issiq haroratda uzoq vaqt saqlanmaydi. ‘e’in shafran, Qandil sina’, Renet Simirenko, Golden delishes, Boyken, Renet Kichunova, Sari sina’, Rozmarin kabi olma navlari sovuqqa chidamli hisoblanadi. Olmaning sovuqqa chidamsiz navlari 2–4C da saqlanadi. Mart, Suvorovets, Aprel, Jonatan, Starking, Antonovka, Renet shamdan, Oddiy antonovka navlari sovuqqa chidamsiz navlar jumlasiga kiradi.
Olma uzilgandan so‘ng 4–8 soatdan kechiktirmasdan meva omboriga olib kelinishi kerak.

1-jadval

Olma sifatining uni saqlash usuliga bog‘liqligi


Olmaning gomologik
navi

Saqlash usuli

Mevaning sifati, %

standart mevalar

chiqindilar

Simirenko

Kontrol

89,3

11,7

polietilen qo‘lar, kontenerlar

100

-

Rozmarin

Kontrol

97,5

2,5

polietilen qo‘lar, kontenerlar

100

-

Olmani saqlashdan oldin ular maxsus bo‘lmalarda sovitiladi. Har kuni meva ombori bo‘lmasi sig‘imining 10–15 % olma bilan to‘lg‘aziladi. Bo‘lma 7–10 kun deganda butunlay to‘lg‘aziladi. Bo‘lmalarda havo asta-sekin sovitilib 4–6C ga yetkazildi, keyin esa nav uchun kerakli bo‘lgan harorat darajasida qoldiriladi.


Olmani saqlashda havoning nisbiy namligi 85–95% bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Omborni sovitishga saqlash haroratiga etguncha havoni jadal aralashtirib turish orqali erishiladi, bunda taxlar orasida havo oqimining tezligi 0,2–0,3 m/sek bo‘lishi tavsiya qilinadi.
Oliy va birinchi navli olmalar uzoq muddatga, ikkinchi va uchinchi navli olmalar 2–3 oy saqlashga qo‘yiladi. Ular yashik, karton quti va kontenerlarda saqlanadi. Mevalarni kontenerlarda saqlash omborning 1 m3 hajmidan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Bunda 1 m3 foydali hajmda mevalar yashiklarda saqlanganda uning zichligi 250–300 kilogramm, kontenerlarda 400 kilogrammni tashkil qiladi.
Olmani saqlashda ularni polietilen kleyonkalarga joylashtirish keng qo‘llanilmoqda. Bunda sig‘imi 1–3 kilogramm polietilen xaltachalardan foydalaniladi. Bunday xaltachalar ichida 1,5–2 oy ichida kislorodning miqdori 14–16% ga, karbonat angidrid esa 5–7% ga etadi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish