O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet2/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Tayanch so‘z va iboralar: meva, sabzavot, poliz, boshoqli don, dukkakli don, moyga boy don, ombor, Handak, ochiq maydon, elevator.


    1. Mahsulotlar saqlashning xalq xo'jaligidagi ahamiyati

Oxirgi yillarda iqlim o'zgarishi va aholi sonining oshishi natijasida butun dunyoda meva- sabzavot mahsulotlari, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talab oshib bormoqda. Ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'ldirish uchun ularni ishlab chiqarish hajmini kengaytirish bo'yicha yurtimizda keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish o'sish sur'ati yiliga o'rtacha 9-10 foizni tashkil etmoqda. 2019-yilda Respublikamiz dehqon, fermer xo'jaliklari va tomorqachilari tomonidan jami 20 million tonnaga yaqin meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirildi. Shundan 11.4 million tonnasi sabzavot, 2.1 million tonnasi poliz, 3 million tonnasi meva bo'lsa, 1.8 million tonnasini uzum tashkil etadi. Bu esa o'z navbatida meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini ishlab chiqarish 1.6 baravarga oshganligini ko'rsatadi. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hajmining yildan-yiliga oshib borishi quvonarli hol albatta. Ammo bu hosilni vaqtida yig'ishtirib olish va uni yo'qotishlarsiz iste'molchilarga yetkazib berishdek dolzarb masalalarni yuzaga keltiradi. Bu kabi masalalarni hal etish uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sovutish kameralarida saqlash va tayyor holda eksport qilishni yo'lga qo'yish kabi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirilishi zarur.
prezidentimizning 2017-yil 9-dekabrdagi qishloq xo'jaligi xodimlari kuniga bag'ishlangan nutqida "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi. 724 ming tonna ho'l meva chetga sotildi va bu yurtimizga 856 million dollar valyuta keltirdi. Holbuki, ilgari ming-ming tonna turli shirin-shakar mevalarimiz dalada qolib, chirib ketar, isrof bo'lardi, eng yomoni, uvol bo'lar edi", - degan so'zlaridan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ularni tayyor mahsulot holida sotish qanchalik muhimligini va bugungi kunning dolzarb masalasiga aylanganini ko'rish mumkin. Bugungi kunda Respublikamizda 9760 dan ortiq oziq-ovqat korxonalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Yiliga o'rtacha 1.74 million tonna meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyatiga ega 270 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, shuningdek 479 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash quvvatiga ega sovutish kameralari bilan jihozlangan 994 ta zamonaviy sig'imlar mavjud. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2016-yil 5-martdagi ‘Q-2505 sonli Qarori bilan tasdiqlangan "2016-2020-yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini xomashyo bazasini meva-sabzavot va go'sht-sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda 2017-yil 6-yanvardagi ‘Q-2716 sonli "2017-2018-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlash quvvatlarini tashkil etishni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi dasturlar doirasida 740.1 million dollar qiymatga teng 434 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Shundan 163 ta loyiha bo'yicha meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini Respublikaning meva-sabzavot va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarida tashkil etish; 39 ta go'sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini xomashyoga yaqin hududlarda tashkil etish; 159 ta loyiha bo'yicha eksport qilish belgilangan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralari bilan jihozlangan sig'imlar tashkil etish; 36 ta loyiha bo'yicha qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish; 37 ta loyiha bo'yicha qandolat, alkogolsiz ichimliklar va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish shular jumlasidandir.
2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining 3.3-bandi, ya'ni "Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish" bandiga muvofiq, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo'jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish, bunda: paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g'alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish, qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq xo'jaligi ekinlarini, jumladan, 8.1 ming gektarga kartoshka, 27.2 ming gektarga sabzavot, 5.9 ming gektarga intensiv bog', 2.9 ming gektarga tokzor, 10.9 ming gektarga ozuqa ekinlari va 4 ming gektarga moyli ekinlar joylashtirish belgilangan. Dasturlarda oziq-ovqat mahsulotlari xomashyo bazasini, meva-sabzavot
mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish, ichki iste'mol bozorini mahalliy mahsulotlar hisobiga to'ldirish va yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirishga alohida e'tibor qaratilgan. Shulardan kelib chiqib, bugungi kunda mahsulotlarni tayyorlash, saqlash, birlamchi qayta ishlash va eksport bilan shug'ullanuvchi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan jami 310 ming tonna xomashyoni qabul qilish quvvatiga ega 11 ta savdo-logistika markazlarini tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rilmoqda.
2019-yilda Respublikada ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlari hajmiga nisbatan qayta ishlashning ulushi 24 foizni tashkil etib, 4.6 mingta yangi ish o'rni yaratiladi. Natijada 2017- 2021-yillarda qishloq xo'jaligida oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosini ishlab chiqarish o'rtacha 1.4 baravarga, jumladan meva-sabzavot va uzum -1.4 baravarga, go'sht -1.3 baravarga, sut -1.5 baravarga ko‘payadi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksport 2021-yilda 2016-yilga nisbatan 2.3 baravarga, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmi esa 2 baravarga oshishi ta'minlanadi. Shu bilan birga, marketing bo'yicha izlanishlarni kengaytirish, mahsulotlarni zamonaviy ilg'or texnologiyalar asosida qadoqlash hamda ishlab chiqarishda ISO 9001, 22000 xalqaro standartlarini joriy etish evaziga mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish qat'iy belgilangan chora-tadbirlar asosida amalga oshirib boriladi.
Olib boirlayotgan islohotlar meva-sabzavot, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishning jadal sur'atlar bilan o'sishi va uni qayta ishlashning to'g'ri yo'lga qo'yilishi istiqbolda Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ichki ehtiyojini va qayta ishlash sanoati ehtiyojlarini to'liq qo‘lash bilan bir qatorda, meva-sabzavot mahsulotlari eksportni muntazam oshirib borish va jahon bozorlarida mustahkam o'rin egallashga zamin yaratadi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlari, jumladan meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi - xom ashyoni saqlash va dastlabki qayta ishlov berishni o'rgatuvchi fandir. Meva- sabzavotlarni saqlash va dastlabki ishlov berish fanining asosiy vazifasi xom ashyoni kamayishini ogohlantirish va to'xtatish hamda ulardan sifatli va ko‘p miqdorda mahsulot olish hisoblanadi. Texnologiya xom ashyodan unumliroq foydalanishni, shuningdek, uni qayta ishlagandan keyin chiqqan chiqitlardan o'simlikshunoslik va chorvachilikni rivojlantirishda foydalanishni o'rgatadi. Hosilot o'zi yetishtirgan mahsulotni nima maqsadda ishlatilishini bilishi shart. Bu fanni bilish yuqori va sifatli hosil olishda xizmat qiladi.Shuningdek, sohani rivojlantirish uchun qishloq xo'jaligidagi barcha yo'nalishlar qishloq xo'jalik fani bilan ishlab chiqarish o'rtasida aloqani kuchaytirish, xo'jaliklarning qayta ishlash korxonalari, savdo va jamoat ovqatlanish tizimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni rivojlantirish, tayyorlov tashkilotlari va xo'jaliklar o'rtasida tuzilgan shartnomalarni bajarishda o'zaro ma'suliyatni oshirishdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayonlari va realizatsiya paytida mahsulot sifatini yaxshilash hamda kamayishiga yo'l qo'ymaslik, qayta ishlash korxonalarini joylashtirishni takomillashtirish, ularni xom ashyo bazasiga yaqinlashtirish, yangi sovutgichlar texnikasini qo'llash va rivojlantirish, mahsulotlarni tashish va saqlash uchun soha tarmoqlarini refrijerator transporti hamda konteynerlar bilan to'liq ta'minlash zarur.
Respublika xo'jaliklarida keng ko'lamda sabzavotlarni tuzlash punktlari, kompot va sharbat tayyorlaydigan korxonalar, meva-uzumlarni quritish maydonchalarini tashkil etish lozim.
Meva-sabzavotlarni sifatli saqlash va qayta ishlash ko‘p jihatdan hosilot, iqtisodchi va zoomuhandislarga bog'liq. Ular va boshqa qishloq xo'jalik xodimlariga mahsulotlarni saqlashda quyidagi talablar qo'yiladi:

      1. Mahsulotlarni va urug'lik fondini imkoniyati boricha yo'qotmasdan hamda sifatini tushurmasdan saqlash;

      2. Mahsulotlarni saqlayotgan paytda tegishli texnologik usullar va rejimlar qo'llab ularning sifatini yanada oshirish;

      3. Oz mehnat va sarf xarajat qilib, mahsulotlarni saqlashda rentabellikni oshirgan holda saqlash.

Oxirgi masala juda zarur bo'lib, ba'zi mahsulotlarni saqlashda (kartoshka, karam va boshqalar) xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarishdagi qiymatidan ham ortib ketadi.
Mustaqil Respublikamizda yildan-yilga sabzavot va mevalar yetishtirish ortib bormoqda. Sabzavot va mevalarning sifati, bir tomondan, ularning turi va naviga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan ularni terish va uzish muddatlari hamda ularni saralash, tovar holatiga keltirish, joylash, tashish, saqlash usullariga to'liq rioya qilib borishga ham bog'liqdir. Bu ishlar o'z vaqtida va a'lo bajarilganda mahsulotning sifati va ta'mi yanada ortadi.Shuningdek, inson organizmi uchun juda zarur bo'lgan qand, vitaminlar, biologik faol va mineral moddalarning ko‘pligi noz-ne'matlarining oziqaligi, to'yimligi va shifobaxshlik ahamiyatini yanada oshiradi. Shu sababli ho'l sabzavot, meva va uzumni imkoni boricha yuqori sifatli holda uzoq vaqt saqlash asosiy vazifadir.
Yetishtiriladigan joyning o'zida-xo'jaliklarda yangi sabzavot, meva va uzumni saqlash maqsadga muvofiqligini fan va amaliyot tomonidan isbotlangan. Sabzavot va mevalarni mahsulot yetishtirilgan xo'jalikning o'zida saqlansa, ular ancha uzoq muddat saqlanadi va chirib nobud bo'lishi 15-20 foizga kamayadi. Shuni ta'kidlash kerakki, xususan O'zbekiston sharoitida meva, sabzavot hosilini yig'ishtirish, transportda tashish va saqlash masalalari hali chuqur o'rganilmagan sabzavotchilik va mevachilik sohalarida erishilgan fan yutuqlari va ilg'or ishlab chiqarish tajribalari esa xo'jaliklar o'rtasida unchalik ko‘p tarqatilmaya’ti. Qo'lda bajariladigan meva-sabzavotlarni saqlash usullari qimmatga tushadi va ishlab chiqarish sharoitlariga mos kelmaydi. Eskicha saqlash usullari hozirgi bozor iqtisodi talablariga javob bera olmay qoldi. Shu boisdan ko‘p miqdorda sabzavot va meva mahsulotlarini yaxshi saqlashga imkon beradigan yangi usullarni qidirib topish va ishlab chiqarish zarur. Yoz oylari jazirama issiq O'zbekiston uchun bu mahsulotlarni saqlash rejimi ham, bo'lakcharoq har xil turdagi omborlar, hosil yig'ishtirish usullari ham birmuncha boshqa bo'lish kerak. Ma'lumki, deyarli hamma sabzavotlarni bir necha soatdan 8-9 oygacha saqlab qo'yiladi. Ammo, yangi mahsulot saqlangandan vaznining tabiiy ravishda kamayishini atigi bir foizga tushurishning o'zi o'n minglab tonna mahsulotni tejash imkonini beradi. Shuning uchun sabzavot va meva yetishtiradigan xo'jaliklarning hamda mahsulot tayyorlash idoralari va saqlash manzillarining xodimlarida ana shu masalalarga jiddiy e'tibor berilishi talab qilinadi, shundagina aholi yetishtirilgan meva, uzum, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlaridan o'z talabiga muvofiq ravishda to'la baxramand bo'lishi mumkin. Aholini meva va sabzavotlar bilan yil bo'yi bir tekis ta'minlab turish uchun har qaysi ekinni, ekish muddatlarini navlar bo'yicha rejalashtirilishi va mahsulot tasdiqlangan reja asosida yetkazib turilishi lozim.


    1. Kartoshka-sabzavot va mevalar saqlashning tarixi

Inson qishloq xo'jalik mahsulotlarini iste'mol eta boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug'ullanib keladi. Yetishtirilgan mahsulotni nes-no'bud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash va undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo'lgan.
Ko'chmanchi qabilalar yig'ilgan meva va urug'larni saqlash uchun tabiiy omborlar - g'or, daraxtlarning g'ovaklaridan foydalanishgan, keyinchalik esa maxsus yerto'lalar qurishgan. Qabilalar o'troq bo'lib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarini saqlash, shuningdek, ularni zararkunandalardan asrashni o'rgana boshlagan.
O'zbekiston sharoitida qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga alohida e'tibor berib kelishgan. Mintaqamizda ob-havo yil va bir kecha-kunduzda o'zgaruvchan bo'lganligi sababli go'sht, yog', sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. O'zbekistonda qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning eng qadimgi usullaridan ko'mib yoki ilib saqlash, qoqi olishda quritish kabilar keng qo'llanilgan. Mahsulot saqlashda sabzavot, don, meva, go'sht, qazi va tuxumni ko'mib, poliz
mahsulotlarini osib saqlash, turli meva, qovun, ‘omildorilardan qoqi olish, uzum, rayxon, kashnich, jambil va qizil qalam’irni quritishni amalda keng qo'llanilishi shular jumlasidandir. Asosan, quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yo‘iladigan qog'oz va yog'och qutilarda, sandiqlarda saqlangan.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo'yicha ma'lumotlar Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda yoritilgan. Ibn al Xaysam (965-1035), Ibn Xatib ar Roziy (1149-1209), Ibn Rashta (XII asr), Ibn Hammar (942 yilda tug'ilgan) Muhammad Ibn Baxrom (1194 yilda vafot etgan), Abu Hamid Ibn Ali Ibn Umar, Xasrat Mashxadiy Sayid Muhammad (XVII asr) kabilarning asarlarida dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlash tilga olingan. Ular bu mahsulotlarning foydaliligini va ularni qishin - yozin iste'mol qilish zarurligini batafsil bayon etganlar.


    1. Sovutkichli omborxonalarning ahamiyati va tarixi

Ma’lumki, meva va sabzavotlar mavsumiy bo‘lib, yilning muayyan muddatida yetishtiriladi. Shuning uchun ham ularni qayta ishlashni va uzoq muddat saqlashni tashkil qilmasdan turib, aholini yil bo‘yi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni hal qilib bo‘lmaydi. Meva va sabzavotlarni yetishtirish ko‘paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashib bormoqda. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash hamda ularning uzluksizligiga imkoniyatlar yaratish hozirgi zamonning eng dolzarb masalasidir. Buning uchun joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab konservalash ishlariga yetarli e’tibor berish talab qilinadi. Meva va sabzavotlarni yig‘ib-terib olish, tashish, saqlash va qayta ishlab konservalash ishlari ilmiy tashkil qilinsa, Respublikamiz hamda chet el texnika va texnologiyasida erishilayotgan yutuqlarga, ilg‘or tajribalarga tayanib ish olib borilsa, ularning isrofbo‘lishining oldini olgan bo‘lamiz.
Hozirgi qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar aholini sifatli oziq- ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish va shu bilan bir paytda bugungi kunning eng katta muammolaridan biri bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi.
So‘nggi yillarda meva va sabzavotlarni yetishtirish, ularni saqlash va o‘z vaqtida qayta ishlash maqsadida bir qator qonunlar va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Shu sababli, yetishtirilgan qishloq xo‘ja!igi mahsulotlarini yig‘ib olish, saqlash va qayta ishlashni to‘g‘ri tashkil etib, yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, qolaversa, bu boradagi fan- texnika va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, xorij tajriba va yutuqlarini o‘rganib ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Modomiki, aholini yil davomida oziq- ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ravishda ta’minlab turish xalq xo‘jaligining muhim vazifalaridan bin bo‘lib qolaverar ekan, u holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini katta hajmda sifatini buzmasdan saqlash va uni jahon andozalariga mos ravishda qayta ishlab, bozor talablariga mos mahsulotlarni uzluksiz yetkazib turish taqozo etiladi.
Demak, yetishtirilayotgan katta hajmdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olish, saqlash va qayta ishlashni to‘g‘ri tashkil etmasdan turib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirib bo‘lmaydi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish miqdori ortib borgan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak, buning uchun yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, ularda fan-texnika yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, xorijiy tajriba-yutuqlarni o‘rganib, ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Sun’iy sovuqlik ishlab chiqarish, ya’ni atrof-muhit haroratsidan pastroq harorat olish xalq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlarida har xil texnologik jarayonlarni amalga oshirishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Sovitish texnikasi inson faoliyatining aksaryat sohalaridagi zaruriy muhitga aylanib bo‘ldi.
Ma’lum bir sohalarni rivojlanishini sun’iy sovuqliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sovuqlik oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni sifatini buzmagan holda uzoq muddat saqlash imkonini beradi. Sovuqlik yetarli darajada ishlatilmayotganligi sababli butun dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilgan oziq- ovqat mahsulotlarining 25% yaroqsiz holga kelmoqda.
Sun’iy sovuqlikni qo‘llash bo‘yicha asosiy o‘rinni kimyo sanoati egallaydi. Kimyo sanoatida sun’iy sovuqlik yordamida suyuq va gaz aralashmalari ajratiladi va toza mahsulotlar olinadi (misol uchun neftdan olinadigan propilen, etilen, ‘ro‘an va tabiiy gaz). Undan tashqari sun’iy sovuqlik sintetik materiallar ishlab chiqarish sanoatida ham qo‘llaniladi (s’irt, kauchuq ‘lastmassa va h.k.), ammiakli va azotli o‘g‘itlar olish sanoatida, kimyoviy reaktsiyalardan issiqlikni olib chiqib ketishda ishlatiladi. Mashinasozlik sanoatida esa metallarni past haroratda toblash va o‘rnatish. Suv qatlamlari bor qurilish ishlarida gruntlar (er qatlami)ni sun’iy yo‘l bilan muzlatish yaxshi natijalarni beradi. Sun’iy sovitish katta gidrostantsiyalarni qurilish sohasida ham ishlatiladi. Sovuqlik yordamida yo‘iq binolarda yilning xohlagan vaqtida sun’iy iqlim hosil qilish mumkin (havoni konditsionerlash) va har qanday iqlimda sun’iy muz maydonlarini paydo qilish mumkin. Sun’iy sovuqlik oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan turli transport vositalarida, shu bilan birga baliq ovlash kema flotida va maishiy sohada ishlatiladi. Shunday ekan bizning hayotimiz va faoliyatimizni sun’iy sovuqliksiz tasavvur qilish mumkin emas.
Insonlar mexanik va termik sovitish tizimlarini tushunishidan oldin, oziq-ovqatlarini sovitish uchun tog‘lardan keltirilgan muzlarni ishlatganlar. O‘ziga to‘q oilalarni esa muzli omborlari bo‘lgan. Bu omborlarda chuqurlik kovlanib, muzni saqlash maqsadida chuqurliklar daraxt yog‘ochlari bilan o‘ralgan. SHunday qilib qor bilan muzlar oylab saqlangan.
XX asrning boshlarigacha sovuqlik olish uchun asosan muz ishlatilgan va ba’zi davlatlar hozirgi kunda ham ishlatadi. Muz ishlatishga imkoni bo‘lmagan odamlar oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash maqsadida ularni tuzlashgan yoki quritishgan. Suv muzi bilan sovitishda uning agregat holati o‘zgaradi – ya’ni erib ketadi. Suv muzining sovuqlik unumdorligi yoki sovuta olish qobiliyati, solishtirma erish issiqligi deb ataladi (1 kg suv muzini erish vaqtida yutgan issiqligi). U 335 kJ/kg ga teng. Muzning issiqlik sig‘imi bu 1 kg muzni 1 gradusga oshirish uchun yutilgan issiqlikdir va uning qiymati 2,1 kJ/kg 0Cga teng. Suv muzi uni tabiiy sharoitda olish oson bo‘lgan, sovuqroq o‘lkalarda mevalar, sabzavotlar, oziq-ovqat mahsulotlarni sovitish va davriy ravishda sotish maqsadida qo‘llaniladi. Suv muzi maxsus muzlatkichlarda va muz omborlarida ishlatiladi. Muz bilan sovitish quyidagi kamchiliklarga ega:

  • saqlash haroratsi muzni erish haroratsi bilan cheklangan (odatda muz bilan sovitiladigan omborlarda havoning haroratsi 5-80S bo‘ladi);

  • muzlatkichni muz bilan umumiy sovitish davriga yetadigan qilib ta’minlash kerak va zaruriyat bo‘lganda qo‘shib turish zarur;

  • muzni tayyorlash va saqlash katta mehnat talab qiladi;

  • ombor mahsulotlarni saqlash uchun ketadigan joydan muz 3 barobar ko‘proq joyni talab qiladi;

  • oziq ovqat mahsulotlarini saqlash va muz erishidan hosil bo‘lgan suvlarni olib chiqish uchun katta mehnat talab qilinadi.

Muz-tuzli sovitish maydalangan muz va tuz orqali amalga oshiriladi. Tuz qo‘shilishi natijasida muzning erish tezligi ortadi, buning oqibatida muzning erish haroratsi pasayadi. Bu tuz qo‘shilgandan so‘ng muzning molekulalari kuchsizlanishi va kristal panjaralarning buzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muz-tuz aralashmasi erishi jarayonida atrof-muhit issiqligini o‘ziga oladi, natijada uni o‘rab turgan havo soviydi, ya’ni harorati pasayadi.


Nazorat uchun savollar:

  1. Meva-sabzavotlarni saqlashning xalq xo`jaligidagi o`rni va ahamiyatini izohlash.

  2. Meva-sabzavotlarni saqlashning tarixiga izoh bering.

  3. Meva-sabzavotlarni saqlashning hozirgi holati bo`yicha izoh bering.

  4. O`zbekiston sharoitida saqlashga yaroqli meva-sabzavotlarga izoh bering

  5. Meva va sabzavotlarni saqlashda uchraydigan nobudgarchiliklar va yo`qotishlar miqdori?

  6. Mamlakatimizning meva va sabzavotlarni eksport qilish imkoniyatlarini izohlang?

  7. Meva va sabzavotlarni saqlashda zamonaviy texnologiyalarning qo`llanilishi holatiga izoh bering?

  8. Meva va sabzavotlarni fizikaviy xossalarining saqlashdagi ahamiyatini izohlang?
2 – ma’ruza: Mamlakatimizda sovutgichli omborlarning faoliyati va istiqbollari Reja:

    1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashning zamonaviy holati

    2. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlarining asosiy terminlari va tavsifi



Adabiyotlar: 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8




Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish