O'zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Toshkent Arxitektura-Qurilish Instututi "Qurilishni boshqarish" fakulteti



Download 15,82 Kb.
Sana30.10.2022
Hajmi15,82 Kb.
#858446
Bog'liq
hisobot 5


O'zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi
Toshkent Arxitektura-Qurilish Instututi
"Qurilishni boshqarish" fakulteti
70411201 - Menejment ( tarmoqlar va sohalar bo'yicha) magistri
Normirzayev O'lmasjonning
Ilmiy pedagogik ishi bo'yicha
XISOBOTI

Fakultet dekani: _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ PhD. Abdullayev A __________
Kafedra mudiri: _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ prof. Davletov I __________
Ilmiy rahbar: _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ dot. Nazirov A ___________
Fan o'qituvchisi: _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ dot. Nazirov A ___________
Bajardi: _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _mag. Normirzayev O' ___________

Toshkent Arxitektura-Qurilish Instututi
"Qurilishni boshqarish" fakulteti
70411201 - Menejment ( tarmoqlar va sohalar bo'yicha) magistri
Normirzayev O'lmasjonning
Ilmiy pedagogik ishi bo'yicha
XISOBOTI
2021-2022 o'quv yilining birinchi yarim yilligida rejalashtirilgan ilmiy pedagogik ishini o'tash uchun "Menejment" kafedrasi dot. Nazirov A.X bilan birga "Bino va inshoatlar qurilishi" fakulteti, 4 - bosqich 11-18 BIQ guruhiga "Qurilishda menejment" fani bo'yicha olib borgan maruza darsida ishtirok etildi. Fanning o'quv dasturi, ishchi o'quv dasturiva maruza matnlari bilan tanishib chiqildi.
Dars davomida A.Nazirovning pedagogik mahoratlari hamda auditoriyani o'zlariga jalb qilgan holda maruza o'qishlari bilan bizga o'rnak bo'ldi.Darsning chorak qismida o'qituvchimiz , menga ma'ruzani davom ettirishni topshirdilar va o'zlari xato va kamchiliklarni darsdan keyin tushuntirib o'tdilar.
Darslarni olib borishda fanga oid o'quv qo'llanma va darsliklardan tashqari, xorijiy adabiyotlar , hamda internet ma'lumotlaridan ham foydalanildi.Ma'ruza va amaliyot darsi jarayonida
2022 - yil 18 fevrali kuni dot. Nazirov A. bilan "Bino va inshoatlar qurilishi" fakulteti, 4-bosqich 11-18 BIQ guruhiga "Qurilishda menejment" fani bo'yicha talabalarga tushuncha berildi va "mavzu nomi" mavzusi bo'yicha ma'ruzada qurilishda ketayotgan jarayonlar tahlil qilindi.Ma'ruza va amaliyot darsi jarayonida pedagogik mahoratni, talabalar bilan dars davomida muloqat qilishni va ular bilan ishlash o'rganildi.Ma'ruza darsi kalendar reja asosida olib borildi va tinglandi.

Xulosa
2022-2023 o'quv yilining birinchi semestrida "Qurilishda menejment" kafedrasi Nazirov A.ning ma'ruza mashg'ulotida qatnashib, o'zimga kerakli ma'lumotlarni va dars olib borish mahorati, darslarda talabalarga mavzuning mazmunini to'liqligicha yetkazib bera olish metodikasini o'rganib xulosa chiqardim.Qolaversa ma'ruza o'tish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib taqdimot ko'rinishida olib borilgan maruzalar talabalarda maruzalar talabalarda mavzuga nisbatan qiziqish yanada oshishini guvohi bo'ldim.
Loyiha tuzish va uning boshqaruv jarayoni boshqichlari.
Loyiha tuzish:
Jahondagi yirik professional tashkilotlardan biri bo’lgan Loyiha Boshqaruvi Instituti (PMI) ta’rifiga ko’ra, loyiha deganda noyob mahsulot, xizmat yoki natijani yaratish uchun vaqtinchalik intilish tushuniladi. Loyiha (proyekt) vaqtinchalik tabiatga ega bo’lgani sababli uning boshi va oxiri mavjudligini bildiradi. U yakka o’zi yoki biror dastur/programmaning (bir-biriga bog’liq loyihalar to’plami) yoki portfelning (bir-biriga bog‘liq dasturlar yoki loyihalar to’plami) bir qismi bo’lishi mumkin. Loyihalar boshqaruvida natijalarga erishish uchun asosan uchta yondashuvlardan foydalaniladi: an’anaviy (inglizchada, predictive/waterfall), moslashuvchan (agile) va gibrid (hybrid).
Loyiha tuzish uchun oldin uning nizomini ishlab chiqish kerak bo’ladi. Masalan, nizomda ushbu asosiy elementlarni yoritib berish mumkin: - Loyiha uchun asoslar va ehtiyojlar haqida bayonot - Loyihaning maqsadlari - Loyihaning chegaralari (loyiha chegarasiga nimalar kirish yoki kirmasligi haqida ma’lumotlar) - Loyiha budjeti uchun asoslangan biznes keys (zarur bo’lgan xarajatlar hisobi va ushbu loyiha orqali erishiladigan foyda va natijalar haqida ma’lumotlar, ularning kelib chiqish moliyaviy hisob-kitob tafsilotlari) - Loyihaning samaradorlik metrikalari - Loyihaning budjeti (taxminiy) miqdori - Loyiha bosqichlari bo’yicha vaqt rejalari - Loyihaning mijozlari, homiysi, jamoasi va manfaatdor tomonlar haqida ma’lumotlar - Loyiha bajarilishidan erishiladigan asosiy natijalar haqida ma’lumotlar - Loyiha boshlash vaqtida aniqlangan asosiy risklar haqida ma’lumotlar - Loyiha boshlanishi va tugashi vaqt oraliqlari - Loyiha yondashuv turi
Nizom loyihaning “tug’ilganlik guvohnomasi” hisoblanib, loyiha boshqaruvchiga tashkilot resurslaridan foydalanish uchun huquq beradi. Nizom odatda PowerPoint yoki Word dasturlarida hujjatlashtiriladi va kerak bo’lganda vaqt o’tishi bilan loyiha homiyi ruxsati bilan yangilanib boriladi.
Loyiha boshqaruvi bosqichlari
Loyiha boshqaruvi bo’yicha turli standartlar va usullar mavjud: PMI PMBOK, PRINCE2, Scrum, Tejamkor Olti Sigma va hokazo.
Yuqorida keltirilgan Loyiha Boshqaruvi Institutining “Loyihalarni boshqarish bo’yicha bilimlar” (Project Management Body of Knowledge/PMBOK) 6-nashr to’plamida ushbu 5 ta jarayon guruhlari keltirilgan:
Boshlash bosqichiga yangi loyihani yoki mavjud loyihaning yangi bosqichini boshlash uchun ruxsat olish, loyiha nizomini ishlab chiqish va manfaatdor tomonlarni aniqlash uchun amalga oshiriladigan jarayonlar kiradi.
Rejalashtirish bosqichiga loyiha maqsadlariga yetish uchun zarur bo’ladigan amaliy qadamlarni aniqlash va rejalashtirish jarayonlari kiradi.

Amalga oshirish bosqichiga loyihani boshqarish rejasida belgilangan ishlarni bajarish jarayonlari kiradi.


Monitoring va nazorat qilish bosqichiga loyihaning bajarilishini kuzatish, zarur bo’lgan o’zgartirishlarni aniqlash va ularni amalga oshirish jarayonlari kiradi.
Tugatish bosqichiga loyiha yoki bosqichni rasmiy ravishda tugatish uchun barcha jarayon guruhlardagi tadbirlarni yakunlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatlar kiradi.
Scrum (talaffuzda “skram”) IT mahsulotlarni ishlab chiqarishda vujudga kelgan bo’lib, hozirda keng sohalarda qo’llanadigan agile loyiha boshqarish metodologiyasi hisoblanadi. U o’n yoki undan kam a’zodan iborat bo’lgan jamoalar uchun mo’ljallangan bo’lib, ular o’z ishlarini bir oylik yoki ikki haftalik takrorlanuvchi “sprintlar”da oldindan rejalashtirilgan loyiha natijalariga kiruvchi element bo’lakchalarini yetkazib berishadi. Har bir sprint boshida jamoa “sprint rejasi”ni tuzadi, so’ng har kuni 15 daqiqa yoki undan kam vaqtli uchrashuvlarda (“пятиминутка”) progressni muhokama qiladi. Sprint oxirida jamoa yana ikkita yig’ilish o’tkazadi. Birinchisi “Sprint ko’rigi” deb nomlanib, bu yig’ilish qilingan ish va erishilgan natijalarni loyihaning manfaatdor tomonlari bilan muhokama qilish hamda ularning fikr-mulohazalarni olish uchun uyushtiriladi. Ikkinchisi “Sprint retrospektivi” deb nomlanib, jamoa o’z ishini tahlil qilib uni yahshilashga harakat qiladi.
Tejamkor Olti Sigma (Lean Six Sigma) ishlab chiqarish yoki xizmatlardagi yo’qotishlarni muntazam ravishda bartaraf qilish va jarayonlardagi o’zgaruvchanlikni kamaytirish orqali samaradorlikni oshirish uchun ishlatiladigan loyiha boshqarish usuli hisoblanadi. Unda ko’pincha DMAIC bosqichlari amalda qo’llaniladi, har bir bosqich va ularning ketma-ketligi muhim hisoblanadi.
Aniqlash (Define) bosqichida yechilishi zarur bo’lgan muammo aniqlanadi va loyiha nizomi ishlab chiqiladi. Bu bosqichda “Iste’molchi Ovozi” (Voice of Customer) va loyiha natijalari uchun talablarni (Critical-to-Quality/Cost/Service elements) aniqlash mumkin.
O’lchash (Measure) bosqichining maqsadi aniqlangan muammo xususiyatlarini o’rganib axborot yig’ish, o’lchov metrikalarini belgilash va uning miqdorini o’lchashdir. Ushbu boshlang’ich ma’lumotlar loyiha oxirida takomillashtirishlar amalga oshirilgandan so’ng erishilgan natijalar bilan solishtirib, loyiha muvaffaqiyatini tahlil qilishga imkon beradi. Masalan, mahsulot defektlari loyiha boshlanganda 45% deb aniqlangan bo’lsa, loyihani oxirida defektlar 35% ga kamayishga erishilsa, 10% ijobiy o’zgarish loyihani ham jamoa uchun moliyaviy, ham iste’molchi uchun muvaffaqiyatli yakunlanganidan dalolat beradi.
Tahlil qilish (Analyze) bosqichida yig’ilgan o’lchov axborotlarni tahlil qilib muammo ildizlari aniqlanadi. Ushbu maqsadda turli muammo yechish usullaridan (masalan, 5Why, Fishbone, statistik usullar) foydalaniladi.
Takomillashtirish (Improve) bosqichida aniqlangan muammo ildizlarini bartaraf qilish uchun turli yechimlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Nazorat qilish (Control) boshqichida amalga oshirilgan yangi takomillashtirishlar va o’zgarishlar davomiyligini ta’minlash uchun turli xatti-harakatlar bajariladi (masalan, ish instruksiyalari, treninglar, auditlar va hokazo).
Download 15,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish