O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali
Umumiy ish xajmi: - 62 soat Jami: 36 soat SHu jumladan: Ma’ruza - 8 soat Amaliy mashg‘ulotlar - 12 soat Klinik o‘quv mashgulot - 16 soat Mustaqil ish - 26 soat TERMIZ – 2021 y. Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi 201__ yil “___” _____dagi _______ -sonli buyrug‘i bilan (buyruqning ___-ilovasi) tasdiqlangan “ Pediatriya” namunaviy fan dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar:
Normamatov D.X
Abdug’aniyev H.X
− TTA.TF, “Bolalar kasalliklari” kafedrasi mudiri v.v.b.
−TTA, “1-son Bolalar kasalliklari” kafedrasi dotsenti
Madiev R.Z.
−TTA TF “Xirurgik kasalliklar”kafedrasi mudiri, t.f.n
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Bolalar kasalliklari” kafedrasi yig‘ilishida muxokama etilgan 202 -yil “___” _________dagi ___- sonli bayonnomasi
“Bolalar kasalliklari” kafedrasi mudiri v.v.b: _________Normamatov D.X
(imzo) “Pediatriya” ishchi o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali markaziy uslubiy kengashining 2021 yil ” __”____dagi “___”-sonli bayoni bilan tasdiqlangan
TTA TF o‘quv – uslubiy bo‘lim mudiri: ____________ Bozorova M.I
(imzo) TTA TF davolash fakulteti dekani: _______________ Kenjayev Yo.M (imzo)
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Umumiy amaliyot shifokori tayerlash nuqtai nazaridan bu fanning ahamiyati katta. SHu munosabat bilan ushbu dastur birlamchi bo‘g‘inda sog‘lom bolani o‘sish va rivojlanishi, to‘g‘ri ovqatlantirish va keng tarqalgan bolalar kasalliklarini oldini olish, kechishi, davolashi va reabilitatsiya o‘tkzishni inobatga olib 4 fanni qamrab oladi (bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya, neonatologiya, ambulator - poliklinik pediatriya).
Fan dasturida bolalarning yoshga oid anatomik-fiziologik xususiyatlari, bolalik kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, asosiy klinik belgilari, tashhislash va qiyosiy taqqoslash turlari, zamonaviy davolash usullari, kasalliklarning profilaktikasi va reabilitatsiyasi qamrab olingan. Pediatriya fani bolaning o‘sish va rivojlanish davrlarini, bola xayotining xar bir yosh bosqichlariga xos aloxida morfologik, fiziologik va psixologik o‘zgarishlarini o‘rgatadi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi Pediatriya fanlarini o‘qitishdan maqsad – talabalarda turli yoshdagi sog‘lom va bemor bolalar va ularning ota-onasi bilan muloqat qilish, bolalarni tekshirish, laborator taxlillarni yoshga oid o‘qiy olish, bolalik yoshida uchrovchi kasalliklarni tashxislash, tez yordam ko‘rsatish, profilaktika choralarini belgilash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanni vazifasi:
bolalardagi a’zo va tizimlarning anatomik-fiziologik xususiyatlari;
turli yoshdagi bolalarning jismoniy va psixomotor rivojlanish ko‘rsatkichlari;
turli yoshdagi bolalarni ovqatlantirish tamoyillari;
bolalik davrida ko‘p uchraydigan kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi va qiyosiy tashhisoti haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilishga o‘rgatish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi
Talaba:
bola organizmini anatomo-fiziologik hususiyatlari, turli yoshdagi bolalarning rivojlanishi, bolalar organizmining asosiy jarohatlanish simptomlari va sindromlari, semiotikasi, yoshga oid ovqatlanish, tibbiyot xodimlari va bemorning qarindoshlari bilan muloqotni etik va deontologik asoslari, bolalar davrida uchraydigan kasalliklar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;