O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari



Download 1,04 Mb.
bet136/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Liderlik – shaxsning odamlarni o’ziga ergashtira olish, ularni boshqara olish xususiyati; tashkilotchilik, rejalashtirish hamda nazorat qilish qobiliyati.
Mazmun – ilmiy bilimlar yig’indisi, amalda qo’llash uchun beriladigan ko’nikma va malakalar jarayonida o’quvchilar anglash, fikrlash, o’ylash, mulohaza yuritish orqali amalga oshiriladi.
Malaka – egallangan bilim va shakllangan ko’nikmalar asosida
avtomatlashgan, muayyan usul bilan yuqori darajada bajariladigan harakat, mashq qilish va tajriba hosilasi.
Malaka – shaxsning ma’lum kasbga yaroqlilik, tayyorgarlik darajasi, shu kasbda ishlashi uchun zarur bilim, ko’nikmalar yig’indisi. Kasbiy bilim va ma’lumotlarning tez ko’payib borayotgani hamda hayot tempining jadalligi ilgari o’zlashtirilgan malakaning yetishmasligini keltirib chiqaradi. Bu yetishmovchilik qayta tayyorlash va malaka oshirish orqali to’ldirib boriladi. Bu jarayon uzviy va uzluksiz davom etgandagina zamon talablari darajasidagi
malakani kafolatlaydi.
Malaka tavsifnomasi – mutaxassisning nazariy va amaliy bilimlariga qo’yiladigan umumiy talablar.
Ma’ruza – odatda oliy o’quvyurtida biror fan mazmunini og’zaki va ko’rgazmali bayon qilishga asoslangan o’quvmashg’uloti turi, jarayoni va metodi.
Masofaviy ta’lim – masofalararo radio, televidenie, kompyuter, internet vositalari asosidagi ta’lim jarayoni.
Maqsad – o’qitishdan ko’zda tutilgan natijalarga erishishni amalga oshiruvchi mo’ljal, aniq yo’nalishni belgilab beruvchi yetakchi g’oya. Ta’limiy maqsad – ta’lim oluvchilarni muayyan fanga oid tushuncha, bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning ta’lim mazmunini o’zlashtirishi hamda amaliyotga tatbiq qila olishini ko’zda tutish. Tarbiyaviy maqsad – ta’lim oluvchilarning fan asoslarini o’zlashtirishi orqali ularda odob-axloq qoidalariga mos keladigan e’tiqod, axloqiy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish, mas’uliyat, maqsad, ideal, qiziqish, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirishni ko’zlash. Rivojlantiruvchi maqsad – o’qitishjarayoni ta’sirida ta’lim oluvchi shaxsini intellektual, irodaviy, emotsional va jismoniy jihatdan rivojlantirish, qiziqish, ehtiyoj, qobiliyat, mustaqil fikrlash va muloqot malakalarini shakllantirishni nazarda tutish.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish