O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


JAMOAT SALOMATLIGI VA SOG’LIQNI SAQLASHNI



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/196
Sana12.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#335953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

JAMOAT SALOMATLIGI VA SOG’LIQNI SAQLASHNI 
TASHKILLASHTIRISH – SOG’LIQNI SAQLASH 
TIZIMINING RIVOJLANISHIDA FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI 
 
Maqsad:  
- talabalarni jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish 
asoslari, uning o’sishi va rivojlanishi, aholi salomatligini o’rganishdagi roli, 
sog’liqni saqlash tizimi bilan bog’liqligi  va  aholiga  tibbiy  xizmatni 
tashkillashtirishning asosiy yo’nalishlari bilan tanishtirish. 
 
Mazmuni 
Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkil qilish  fani - aholi 
salomatligiga ta'sir etuvchi ijtimoiy-gigiyenik va ijtimoiy - iqtisodiy omillarni 
ta'sirini o’rganadi. 
Zamonaviy tushunchaga ko’ra, jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni 
tashkillashtirish - bu jamiyat salomatligi bo’lib, u tibbiyotdagi va sog’liqni saqlash 
tizimidagi ijtimoiy muammolar haqidagi fandir. Jamoat salomatligi fani aholi 
salomatligi holatini va uni dinamikada o’zgarishini, ular salomatligiga ta'sir 
etuvchi omillarni o’rganadi va aholini sog’lomlashtirish yo’llarini ishlab chiqadi. 
Jamoat salomatligi - aholi salomatligini mustahkamlashga, kasallanishni va 
o’limni kamaytirishga, mehnat qobiliyatini va qarilikni saqlab qolishga qaratilgan 
tadbirlarni ishlab chiqadi. 
Klinik tibbiy dissiplinadan farqli ravishda jamoat salomatligi aholi 
salomatligini alohida shaxsiy guruhlarda emas, balki kollektivda, aholi ijtimoiy 
guruhlarida, jamiyat salomatligining bir butunligida  ular salomatligiga ta'sir 
etuvchi turmush sharoiti omillari, ijtimoiy gigiyenik, biologik, iqtisodiy va boshqa 
omillar bilan bog’lab o’rganadi. Bu omillarning har biri aholi jamoasiga turlicha 
ta'sir etadi. Amaliyotda aholi salomatlik holatiga omillarning har biri alohida ta'sir 
qilishi kam uchraydi, ular asosan bir necha omillar birgalikda ta'sir ko’rsatadi.  
Sotsial gigiyenistlarning asosiy vazifasi - ana shunday ta'sir etayotgan 
omillarni o’rganish va uni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqishdir. 
Buning uchun biz avvalambor, "Salomatlik" tushunchasi bilan tanishib chiqishimiz 
darkor.  
          
Adabiyotlardan  olingan  ma'lumotlarga  ko’ra  "Salomatlik"  quyidagicha 
tavsiflanadi:  
1) 
salomatlik - bu kasallikni  yo’qligi,  
2) 
salomatlik - bu me'yor. 
3) 
salomatlik - bu morfologik, ruhiy-emotsional va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni 
bir butunliligidir. 
Hozirgi kunda Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (VOZ - JSST) taklif 
etishicha, salomatlik - bu faqatgina kasallikni va fizikaviy nuqsonlarning yo’qligi 
emas, balki bu fiziologik, ijtimoiy asoratsiz holatdir. JSST hujjatlarda bir necha 
marotaba aholi salomatligi bu ijtimoiy sifat deb ko’rsatilgan. Jamoat salomatligi va 



 
sog’liqni saqlashni tashkil qilish - mustaqil tibbiy fan sifatida aholi salomatligiga 
ta'sir etuvchi ijtimoiy sharoit va tashqi muhit omillar ta'sirini o’rganadi hamda 
salomatlikni mustahkamlash uchun profilaktik tadbirlar ishlab chiqadi va tibbiy 
xizmatni yuksaltiradi. Jamoat salomatligini o’rganishda turli tibbiy, ijtimoiy, 
iqtisodiy, boshqaruv, falsafiy muammolar keng davrasiga duch kelinadi. 
Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkil qilish o’zining uslublari va 
tekshirish usullariga ega. Bular: tarixiy, statistik, iqtisodiy, eksperimental, 
xronometrik, so’rov, intervyu va boshqalardir.  
Jamoat  salomatligi  aholi salomatligini  muhofaza  qilish  va  uni 
mustahkamlash, aholiga tibbiy xizmatni tashkillashtirish yo’llarini o’rganadi, ya'ni 
jamoa iqtisodiy muammolari va jarayonlari bilan to’qnashadi va "o’rtada" - 
tibbiyot va jamiyat intizomlari orasida "ko’prik" bo’lib xizmat qiladi. 
N.A.Semashko aytishicha, "Ijtimoiy gigiyenaning (jamoat salomatligi va sog’liqni 
saqlashni tashkillashtirish  avval shunday deb nomlanib kelgan) asosiy vazifasi 
shundan iboratki, bu aholi salomatligiga ta'sir etuvchi ijtimoiy muhitni chuqur 
o’rganish va muhitning salbiy ta'sirini bartaraf etish uchun sifatli tadbirlar ishlab 
chiqish", va shunga asosan - ijtimoiy gigiyena (jamoat salomatligi) va sog’liqni 
saqlashni tashkil qilishning vazifasi, aholi salomatligiga ijobiy ta'sir etuvchi 
omillarni  ishlab chiqish, jamoa resurslari va imkoniyatlarini maksimal darajada 
ishlatishdir. Buning natijasida jamoa salomatlik darajasini ko’tarish borasida aholi 
salomatligiga ta'sir etuvchi omillar va ijtimoiy sharoitni salbiy ta'sirini bartaraf 
etish va ogohlantirish tadbirlarini  ishlab chiqishda ilmiy asoslangan qo’llanmalar 
tayyorlash kerak. 
Tibbiyotni chuqur o’rganish uchun turli kasalliklarni kelib chiqish asosini, 
ularni tarqalish darajasi va uni oldini olish tadbirlarini qo’llashni hamda  davolash 
ishlari bo’yicha ilmga ega bo’lish zarur, bu esa bo’lajak tibbiy xodimlarni tibbiy 
muassasalarning maxsus kafedralarida yoki kurslarida nazariya va amaliyotlar 
asosida o’qish jarayonlarida amalga oshiriladi. 
Jamoat salomatligining nazariy holatini amaliyotda - sog’liqni saqlashni 
tashkillashtirish belgilaydi. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish