O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/169
Sana04.04.2022
Hajmi2,48 Mb.
#526987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
SS(MS) O\'UM 2020

 
II.
 
O’QUV MATERIALLAR 
 
1-Mavzu: Fanga kirish. Standartlashtirishning rivojlanish tarixi.
Farmatsiyada standartlashtirishning roli 
 
Reja 
1.
Sertifikatsiya va standartizatsiya fanni o’qitish metodikasi fanining predmeti,
vazifalari. 
2.
Sertifikatsiya va standartizatsiya fanni asosiy maqsadlari. 
3.
Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi
Tayanch iboralar:
Sertifikatsiya va standartizatsiya fanni o’qitish metodikasi, o’ziga
hosliklari, Sertifikatsiya va standartizatsiya fanni o’qitish jarayoni, o’qitish qonuniyatlari va 
tamoyillari. 
Sertifikatsiya va standartizatsiya fani farmatsiya fanlari orasida zamonaviy, yangi 



fanlardan biri bo’lib, nafaqat dori vositalarini sifatini nazorat qilishning xalqaro, zamonaviy 
usullarini, balki dori vositalari ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan barcha aspektlarini 
tashkillashtirish va nazorat qilish kabi muammolarni o’z ichiga oladi. 
Kelajakda erishishimiz lozim bolgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori 
malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak. «Biz 
oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug’ilmasin,
gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish
mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki -
boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog’liqdir».Mamlakatimizda qabul 
qilingan «Ta'lim to’g’risidagi qonun» va 1997-yildan kuchga kirgan kadrlar 
tayyorlashning «Milliy dastur»i bo’yicha butun ta'lim tizimi isloh qilinar ekan, asosiy 
diqqat ana shunday saviyadagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan. 
Yoshlar tarbiyasi hamda ularni tarbiyalashda ta'lim tizimining naqadar ahamiyatga egaligi
Prezidentimizning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining «Ta'lim-kelajikka 
yo’naltirilgan sar-moya» mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilariga yo’llagan tabrigi-dagi 
ushbu jutnlalardan ham anglash mumkin: «Hozirgi paytda bir haqiqatni har qachongidan ko’ra 
teran anglab olish muhim ahami-yatga ega. Samarali ta'lim tizimini yaratmasdan turib, 
jamiyatni is-loh etish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosini tasawur etish qiyin. 
Ushbu sohaga ustuvor ahamiyat berilishi shubhasiz, uning kelgusi taraqqiyoti uchun zamin 
hozirlashdir».
1
Standartlash u yoki bu mahsulotning me'yoriy talablarga mos kelishi haqidagi tushuncha 
bo’lib, ilmiy texnik progressning o’sib borishi, turli tizimlar orasida iktisodiy hamkorlikni 
rivojlanishi, Davlatlar, milliy tashkilotlar va firmalar bo’yicha savdo sotik xajmining 
yuksalishi, raqobatbardosh sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqazo etadi.Mahsulotning 
sifatliligi esa barcha me'yoriy hujjatlar talablarini qay darajada qondira olishi biln 
belgilanadi.O’zbekiston Respublikasining «Standartlash to’g’risidagi qonun»i 1993 yil 28 
dekabrda qabo’l qilingan bo’lib, bu qonunga ko’ra standartlashdan ko’zlagan maqsadlar 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
Mahsulotning sifati, xizmat jarayonlarining aholining hayoti, sog'ligi, mol mulki, atrof 
muxit, tabiiy manbalarni tejash xavfsizligi borasida iste'molchilar va davlat manfaatlarini 
himoya qilish. 
Mahsulotlarni bir-biri bilan mosligi, almashinuvchanligini ta'minlash. 
Ilm - fan va texnikaning rivojlanishi hamda aholi va xalq xo’jaligining ehtiyojlarini o’sishini 
inobatga olgan holda mahsulot sifatini va raqobatbardoshligini oshirish. 
Barcha 
turdagi 
resurslarni 
tejash, 
ishlab 
chiqarishning 
texnik 
iqtisodiy 
ko’rsatikichlarini yaxshilash.Sotsial - iqtisodiy, ilmiy - texnik dasturlar va loyihalarni amalga 
oshirish.Tabiiy va texnologik falokatlar va boshqa favqulotda hodisalar sodir bo’lishini 
e'tiborga olib. Turli ob'ektlar havfsizligini ta'minlash.Iste'molchilarni mahsulot turi va sifati 
haqida aniq va ishonchli ma'lumot bilan ta'minlash. 
Mudofaa qobiliyatini yaxshilash va safarbarlikka tayyorliqni ta'minlash. O’lchovlarning 
yagonaligini ta'minlash.Savdo-sotiq, iqtisodiy va ilmiy—texnikaviy hamkorlikdagi 
to’siqlarni bartaraf etish. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish