O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Download 1,52 Mb.
bet3/63
Sana13.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#791059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Elektrotexnika majmua

talablar
Bilimi bo‟yicha;




    • fan bo‘yicha o‘tilayotgan temalarni to‘liq o‘zlashtirishlari.

    • Egallagan bilimlarini ishlab chiqarishga tatbiq qilishlari

    • o‘zgarmas tok zanjirlarini tuzish

    • o‘zgaruvchan tok zanjirlarini analiz qilish

    • elektrotexnik o‘lchov apparatlari bilan ishlashda o‘lchov talablari

    • texnika xavfsizligi qoidalari.
O‟quvi bo‟yicha:




    • elektrotexnika va biotexnologik qurilmalarni ishlata olish

    • o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirlarini yi\ish

    • laboratoriya ishlarini mustaqil bajarish.

Ko‟nikmasi bo‟yicha:




    • o‘lchov asboblari (ampermetr, voltmetr va boshqalar) parametrlarini щisoblab chiqarish va ular yordamida o‘lchashlarni bajarish.

    • Fizika va elektrotexnika apparatlarini ishlata olish;

    • Olgan nazariy va amaliy bilimlarini ishlab chiqarishga tatbiq qila olishga ega bo‘lishlari kerak.



    1. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Elektrotexnika asoslari fanini umumiy fizika kursining uzviy bog‘langan tarmog‘i sifatida qarash mumkin. Shuning uchun elektrotexnika asoslari fani fizika bilan


bog‘langan xolda undagi nazariy bilimlarni elektrotexnika asoslari fanida ishlab chiqarishga tatbiq qilgan xolda olib boriladi.
Shu bilan birga elektrotexnika asoslari fani avtomatika asoslari, oliy va hisoblash matematikasi, robototexnika asoslari hamda biotexnologiya mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitilayotgan fanlar bilan uzviy bog‘langan xolda olib boriladi.
    1. Fanning ishlab chiqarishdagi o‟rni

Fan va texnikaning to‘xtovsiz rivojlanib borishi dorishunoslik soxasidagi biotexnolog, injener-texnolog kabi mutaxassislarni yuqori bilimga ega bo‘lishini taqozo etmoqda.Tayyorlanayotgan mutaxassislarni chuqur bilimli, yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lib chiqishi uchun ―Elektrotexnika asoslari‖ fani bo‘yicha nazariyani amaliyot bilan bog‘lagan xolda olib borish katta ahamiyatga ega.


―Elektrotexnika asoslari‖ fani – elektr toki va elektromagnit xodisalarini sanoat ishlab chiqarishi va turmush ehtiyojlari uchun texnik maqsadlarda foydalanishni o‘rganadigan fan bo‘lib, ishlab chiqarishning asosiy negizi hisoblanadi.


    1. Fanni o‟qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Elektrotexnika asoslari fanini o‘qitishda talabalar o‘tilayotgan mavzularni yaxshi o‘zlashtirishi uchun ko‘rgazma qurollaridan keng foydalangan xolda olib bariladi.
Talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan, ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va kompyuterdan hamda yangi pedagogik texnologiyalardan (aqliy xujum, 3*4 texnologiyasi,bumerang,
FSMU texnologiyasi, charxpalak, muammo, muloqot, baxslashuv va boshqalar) foydalangan holda olib boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi.
FANNING MAZMUNI

      1. Mavzu: O‟zgarmas tok zanjirlari O‟zgarmas tok zanjirlarini hisoblash

O‘zgarmas tok zanjirlari. Dorishunoslik sohasidagi muhandislar uchun elektrotexnikaning ahamiyati. O‘zgarmas tok zanjirlarining ta‘rifi, sxemasi va uning sxematik belgilari. Tok manbalari va elektr qarshiliklarni o‘zaro ketma-ket, parallel va aralash ulash.
Elektr o‘tkazuvchanlik. Om, Joul-Lens, Kirxgof qonunlari. Elektr tokining energiyasi va quvvati. O‘zgarmas tok zanjirlarini hisoblash. Tarmoqlangan oddiy tok zanjirlarini hisoblash.
      1. – Mavzu: Magnit maydoni va uni xarakterlovchi asosiy kattaliklar

Magnit maydoni va uning asosiy ko‘rsatgichlari (magnit induksiyasi, magnit singdiruvchanlik, magnit oqimi, magnit maydon kuchlanganligi, magnit kuchlanish, magnit yurituvchi kuchlar). To‘la tok qonuni. Magnitlanish egri chizig‘i. Magnit zanjiri va uning Om qonuni. Magnit zanjirini hisoblash. Amper (elektromagnit kuchlar) qonuni. Chap qo‘l qoidasi.
      1. – Mavzu: Bir fazali va uch fazali tok zanjirlari

Bir fazali sinusoidal kattaliklar. Bir fazali sinusoidal kattaliklar va ularning ifodasi hamda asosiy ko‘rsatkichlari (davri T, chastotasi w, fazasi ( wt*) boshlang‘ich fazasi, amplituda, oniy va ta‘sir etuvchi qiymatlari. Sinusoidal tok zanjirlari va ularning


fizik parametrlari (aktiv qarshilik, sig‘im elementli zanjirdagi tok va kuchlanishlarning vektor tasvirlari).
Sinusoidal tok zanjirlari va ularni hisoblash.

Uch fazali tok zanjirlari. Uch fazali generator va iste’mol-chilarning yulduz va uchburchak sxemasi bo’yicha ulanishi.




      1. – Mavzu: Elektr o‟lchashlar va elektr o‟lchov asboblari

Elektr o’lchov asboblari. Ularning asosiy elementlari. Magnitoelektr sistema asboblari. Elektromagnit sistema asboblari. Elektrodinamik sistema asboblari. Elektr o’lchashlar.
Elektr o’lchashlar tushunchasi. Elektr kattaliklarni o’lchash. O’lchash xatoliklari va aniqlik klassi. Elektr kattaliklarni elektr usulida o’lchash. O’lchash usullari. Noelektrik
kattaliklarni elektr usulida o’lchash. O’zgarmas tok zan-jirlarida qarshilikni, kuchlanishni va tok kuchini o’lchash. Ommetrlar. Shuntlar va qo’shimcha rezistorlar. Avometr.


      1. – Mavzu: Transformatorlar.

Transformatorlar va ularning vazifalari. Bir fazali transformatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Transformasiyalash keffisienti va foydali ish koeffisienti (F.I.K.).


Transformatorlarning salt ishlashi, qisqa tutashtirish tajribalari va maqsadlari. Uch fazali transformatorlar.
      1. – Mavzu: O‟zgarmas tok mashinalari

O‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsipi. O‘zgarmas tok mashinalarining konstruksiyasi. Ularni xalq xo‘jaligida va sanoatda ishlatilishi. O‘zgarmas tok generatorlari. O‘zgarmas tok generatorlarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Generatorlarning turlari va tav-siflari. Uyg‘otish qutblari. Mustaqil uyg‘otishli va parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorlari. O‘zgarmas tok dvigatellari.


O‘zgarmas tok dvigatellarining tuzi-lishi, ishlash prinsipi. O‘zgarmas tok
dvigatellarining turlari, ulanish sxemalari va ishlatilishi. Mustaqil uyg‘otishli va parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok dvigatellari.
      1. – Mavzu: Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish

Elektr stansiyalar. Elektr energiyasini ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish turlari GES, GRES, KES, TES, AES.


Energetik sistemalar. Transformatorlar podstansiyalari va ularning turlari. Elektr uzatish simlarining ko‘ndalang kesimini tanlashga oid asosiy mezonlar. Elektr tarmoqlari va sistemalari va ularning vazifalari. Korxonalarning quvvat koeffisienti uning texnika-iqtisodiy ahamiyati.
      1. – Mavzu: Elektrovakuum priborlari

Elektrovakuum priborlarining xususiyatlari. Elektron emissiya: termoelektron, fotoelektron, elektrostatistik (avtoelektron) emissiyalar.


Diodning tuzilishi, ishlash prinsipi va xarakteristikalari. Uch elektrodli lampa-triod.
Triodning tuzilishi, xarakteristikalari va parametrlari. Ko’p elektrodli lampalar. Elektron nur trubkasi. Ion priborlar. Elektrovakuum fotoelementlar


      1. – Mavzu: Yarim o‟tkazgichli priborlar.




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish