O‘zbеkistоn rеspublikаsi


Davlat tili tushunchasi. O‘zbek tili va davlat qonunlari



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/130
Sana14.04.2022
Hajmi3,34 Mb.
#551656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi O\'MK

2.Davlat tili tushunchasi. O‘zbek tili va davlat qonunlari: 
Til - millatning 
ma’naviy boyligidir. Til - davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish - millatning 
yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi 
huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil 
davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya 
qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Bundan 31 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z 
davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan edi. Chunki, Al Xorazmiy, Al 
Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur 
Mirzo singari buyuk siymolarni etishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan 
edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq prezidentimiz tomonidan 
o‘zbek tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilib, bu ish amalga 
oshirilgan edi. Ona tilimiz - o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktyabrda davlat tili maqomi 
berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga 
aylandi. Agar o‘shanda til to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganda edi, o‘zbek tili ham 
tarix saxifalaridan joy olgan bo‘larmidi?!. 
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi 
xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan 
edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz 
taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda 
obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va 
jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida 
ham keng imkoniyatlar yaratdi. 
Yaqinda butun mamlakat bo‘ylab Prezidentimiz “O‘zbek tili bayrami kunini 
belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzolagani haqida xabar 
tarqaldi. Bu xabarni nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodagi 50 milliondan oshiq 
o‘zbeklar va ona tilimiz ixlosmandlari quvonib qarshi oldilar. 
O‘tgan yilning 21-oktyabr kuni poytaxtdagi muhtasham majlislar saroyida 
Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich o‘zbek tili haqida yoniq so‘zlarini 
aytganida barcha tik oyoqqa turib, davomli qarsaklar bilan olqishlagan edi. Chunki, 
yangilanayotgan O‘zbekistonning rivojlanish tamoyillari belgilab qo‘yilgan har bir 
sohasi o‘z taraqqiyotida shiddat bilan davom etar ekan, ayni til sohasi e’tiborga 
muhtoj bo‘lib turgan, vaqt-soati kelib bu borada ham tub islohotlar amalga oshiriladi 
degan umid bo‘lsa ham, ayni o‘sha kuni Prezident o‘z xalqiga bunday xushxabarni 
aytishini ko‘pchilik kutmagan edi. Mamlakat rahbari o‘zbek tilining davlat va jamiyat


hayotidagi mavqeini yanada oshirish, “Davlat tili haqida“gi qonunni bugungi kun 
talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta’kidlab, bu boradagi dolzarb 
vazifalarni ko‘rsatdi va “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi 
va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon qabul qilganini, unga 
binoan, 21-oktyabr sanasi O‘zbekistonda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb 
belgilanganini ta’kidlab o‘tdi. 
Shundan so‘ng bu boradagi ishlarning ijrosi tizimli ravishda davom etdi: Vazirlar 
Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi va uning 
tashabbusi bilan Atamalar komissiyasi tuzildi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-
yanvardagi qarori bilan barcha davlat organlari, vazirliklar va ularga tenglashtirilgan 
tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha 
maslahatchi lavozimi tashkil qilindi. Shu yilning 9-mart kuni “Geografik 
ob’yektlarning nomlarini, shuningdek, jamoat joylari, ko‘chalar, binolar peshtoqidagi 
turli lavha va reklamalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish masalalari 
hamda joylarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi 34-son qarorining 
ijrosi haqida” bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aynan shu masalaga e’tibor qaratildi va davlat 
tilini rivojlantirish chora-tadbirlarining ijrosiga oid qat’iy talablar belgilandi. 
Shuncha ishlar ortidan mana, millat fidoyisi Abdulla Qodiriy bobomizning 
tavallud kunlarida “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni imzolandi. Unga ko‘ra, har yilning 21-oktyabr kuni O‘zbek tili 
bayrami kuni etib belgilandi. Endilikda u Mustaqillik bayrami kabi zalvorli, nodir va 
jonbaxsh, xalqning va davlatning qonuniy bayramiga aylandi. O‘zbekistonning barcha 
hududlarida uning keng ko‘lamda, tantanali nishonlanishi qat’iy belgilab qo‘yildi. 
Buni ona tilimizning haqqoniy tantanasi, davlatchilik an’analarimizning 
yuksak tarannumi desak arziydi. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish