O‘zbеkistоn rеspublikаsi


O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/130
Sana14.04.2022
Hajmi3,34 Mb.
#551656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi O\'MK

O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar: 
Fan bo‘yicha 
talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi, bu o‘rinda 
talaba: 
- o‘zbek tilida ilmiy uslubning qonuniyatlarini; 
- o‘zbek tilining gap stilistikasini; 
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; 
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; 
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy – ommabop 
uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; 
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi 
mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; 


- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular 
yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. 
Topshiriq:
a)
Berilgan matnni o`qing va zarur qismlarini daftaringizga ma’lumot sifatida 
yozib oling. 
b)
Fan doirasida bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba 
qanday tajribaga ega bo‘lishi zarur? O`z mulohazangizni yozma bayon eting. 
1.Til va tafakkur. Til va ma’naviyat: 
Tabiat va jamiyat mahsuli bo‘lgan inson, 
ayni paytda, ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, 
voqea va hodisa tarzida ongida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda muhim 
vosita hisoblangan tilning ahamiyati g‘oyatda muhimdir. Shuning uchun ham til va 
tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo‘lmaydi. «Til bilan tafakkur bir-
birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til ham 
tafakkursiz bo‘lmaydi»
 
Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo‘lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi 
uning amalda bo‘lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr
tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, 
ikkinchi bosqichda til kommunikativ - aloqa vazifasini bajarishga kirishadi. 
Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va 
hodisalar to‘g‘risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum 
ta’sir o‘tkazish, hissiyotini qo‘zg‘atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli 
ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo‘lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning 
bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-
sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz. 
Mana shu o‘rinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga 
oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bo‘lamiz. «Til va tafakkurning birligi 
nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda 
fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u 
endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi». 
Ma’lum bo‘ladiki, til nutqning o‘ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir 
etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o‘laroq 
kishilik jamiyati to‘plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek 
ulug‘vor ijtimoiy vazifani bajaradi. 
O‘z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo‘lni bosib 
o‘tadigan til asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning 
ichki qurilishida, amalda bo‘lish qoidalarining ma’lum bir tizimga kela borishida 
kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtai nazardan til ma’lum miqdordagi bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lgan til birliklarining yig‘indisi va ana shu birliklardan 
foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir» 


Nutq tilning namoyon bo‘lishi, ro‘yobga chiqish, voqyelanish shakli bo‘lib, u 
bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish