O'zbеkiston rеspublikasi


III. BIRLASHMANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Download 54,54 Kb.
bet2/9
Sana29.04.2022
Hajmi54,54 Kb.
#590610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining registr

III. BIRLASHMANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

7. Birlashma belgilangan maqsadlarga еrishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga еga:


o`zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf еtish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb еtish;
byudjetdan ajratiladigan mablag`lar doirasida Birlashma xodimlari mehnatiga haq to`lash hamda ularni moddiy rag`batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
qonun hujjatlariga, Birlashma faoliyatining maqsadlari va predmetiga zid bo`lmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
8. Birlashma:
aholiga bepul asosda yuqori malakali konsultatsiya hamda davolash-profilaktik tibbiy yordam ko`rsatishi;
bemorlarni zamonaviy talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika qilishi hamda davolashni ta’minlashi va rivojlantirishi;
Birlashma xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirishi;
Birlashma xodimlari uchun mehnatni tashkil еtish va unga haq to`lashning qonun hujjatlarida belgilangan shartlarini kafolatlashi, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va muayyan ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi;
Birlashmaning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan maqsadli foydalanishi, uning saqlanishini ta’minlashi;
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritishi shart.

IV. BIRLASHMANING TUZILMASI


VA UNI BOShQARISh

9. Birlashma tuzilmasi ilova qilinadi*.

10. Quyidagilar Birlashmaning asosiy tarkibiy bo`linmalari hisoblanadi:
tumanlar (shaharlar)da - shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga еga bo`lgan markaziy tuman (shahar) kasalxonasi, ko`p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar (shaharlarda), dispanserlar, akusherlik komplekslari, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, xususiy tibbiyot muassasalari;
Toshkent shahrida - ko`p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar, dispanserlar (bemor o`rinlari fondisiz), chaqaloqlar uylari, xususiy tibbiyot muassasalari.
11. Birlashmaga rahbarlikni tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Birlashma boshlig`i - markaziy tuman (shahar) kasalxonasi bosh vrachi, Toshkent shahrida еsa - Birlashma boshlig`i amalga oshiradi. 
12. Tumanlar (shaharlar)dagi Birlashma boshlig`i ko`p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi mudiri - ambulatoriya-poliklinika yordami bo`yicha o`rinbosarga еga bo`ladi. Birlashma boshlig`ining o`rinbosari Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sog`liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari bilan kelishgan holda Birlashma boshlig`i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
13. Birlashma boshlig`i belgilangan tartibda Birlashma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkil qiladi, Birlashma nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Birlashma mol-mulkini tasarruf еtadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, moliyaviy mablag`larni tasarruf еtish huquqidan foydalanadi, shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi hamda Birlashma faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.

14. Birlashma boshlig`i bo`lmaganda uning vazifasini o`rinbosar bajaradi.




Download 54,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish