Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi


Vebsayti gov.uz (http://gov.uz) Til(lar)i



Download 159,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana13.04.2022
Hajmi159,07 Kb.
#547385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - Vikipediya

Vebsayti
gov.uz (http://gov.uz)
Til(lar)i
Oʻzbek, Rus
Hamkor tashkilotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Vakolatlari


2. mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni
monopoliyalashtirishdan
chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga
solish asosida erkin 
tadbirkorlik
uchun shart-sharoitlar yaratadi;
3. xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi;
4. Oʻzbekiston Respublikasida 
pul
 va 
kredit
 tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini
koʻradi;
5. yagona narx siyosatini oʻtkazish, mehnatga haq toʻlash miqdorining belgilangan
kafolatlarini hamda ijtimoiy taʼminot darajasini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab
chiqadi va amalga oshiradi;
. respublika byudjetini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini
tashkil etadi, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab
chiqadi;
7. fan va texnikani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
. fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini taʼminlash
choratadbirlarini koʻradi;
9. sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy
yoʻnalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
10. Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat
chegaralarini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga
koʻmaklashadi;
11. respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish
borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
12. yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish
chora-tadbirlarini koʻradi;
13. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini
taʼminlaydi,
14. hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini koʻradi;
15. tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni
amalga oshiradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining bir
qator vakolatlariga oʻzgartirishlar kiritildi
[1]
.


Vazirlar Mahkamasi 
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri
, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat
qoʻmitalarining raislaridan iborat. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
hukumatining boshligʻi
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
 tomonidan shakllantiriladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vaziri
 nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oʻzbekiston
Respublikasi 
Oliy Majlisining
palatalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar
Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi
uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning
qarorlarini imzolaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Oʻzbekiston
Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan
qarorlar qabul qilishga, uning majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va
farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasi
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oddida oʻz vakolatlarini
zimmasidan soqit qiladi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2005-yil
 
14-fevraldagi
62-sonli qarori bilan
tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan. Vazirlar Mahkamasining
ishi choraklik rejalariga muvofiq olib boriladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida davlat
boshqaruvi, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Vazirlar
Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida 1-marta oʻtkaziladi. Vazirlar
Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi
Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat koʻrsatadi. Bosh vazirning qaroriga muvofiq,
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining boshqa
aʼzolari ham kiritilishi mumkin. Shoshilinch masalalarni muhokama qilish zarurati tutilganda
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining navbatdan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri har haftada Bosh vazir oʻrinbosari, Axborot-tahliliy
boshqarmasi boshligʻi va Apparat rahbari ishtirokida kengashlar oʻtkazadi, ularda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bajarilishini uyushtirish masalalari, hukumat
apparatining kundalik faoliyati muhokama qilinadi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi
majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvining ayrim
masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab
Faoliyati


chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar
Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini,
tahliliy, axborot va boshqalar materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining
bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasi Apparati faoliyat
koʻrsatadi. Quyidagi Axborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi apparatining asosiy
tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti;
2. Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti;
3. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-
tahlil departamenti;
4. Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-
tahlil departamenti;
5. Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti;
. Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
7. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti
Vazirlar Mahkamasi apparati ishini Vazirlar Mahkamasi apparati rahbari muvofiqlashtirib
boradi. Apparat rahbari oʻz maqomi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtirilib,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan vazifasiga tayinlanadi va boʻshatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
„Xalq soʻzi“
— „Narodnoye slovo“ gazetalarining
hammuassisi (ushbu gazetalar ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi gazetalari
hisoblanadi), „Pravda Vostoka“ gazetasining muassisidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi — Toshkent shahrining 
Mustaqillik
maydonida
 (1968, meʼmori B. Mezensev va boshqa; muhandisi V. Krichevskiy va boshqalar).
7 qavatli bino temirbeton bloklardan tiklangan, 1-qavati V shaklidagi ustunlardan iborat;
tarzidagi vertikal chiziqlar feruza rang devor yoʻllari bilan binoga ulugʻvorlik baxsh etgan.
1999-yil fevralda sodir boʻlgan qoʻporuvchilik
vaqtida shikastlangan bino 
2000-yilda
taʼmirlandi. Taʼmirlashda binoni mustahkamlash, „Hukumat uyi“ talabiga mos yangi meʼmoriy
Apparati
Binosi


yechimini hal etishga ahamiyat berildi. Binoning yangi koʻrinishi koʻrkam, salobatli hamda
vazmin: ochiq qoldirilgan 1 qavati qizil marmar devor bilan berkitildi; asosiy kirish eshigi
ustidagi tom chizigʻidan chiqib yuqoriga koʻtarilgan oyna devorda respublika gerbi va bayrogʻi
oʻrnatildi. Binoning tilla rang oynalari sirtlariga ishlatilgan granitlar poydevor sirtidagi
qoplamalar bilan uygʻun. Binoning ichki qismi ham qayta taʼmirlandi, xonalar pardozlanib
ulugʻvor koʻrinishga ega boʻldi (ganchkorlik ishlarida M. Sultonov, Mirvohid Usmonov va
boshqalar; naqqoshlik ishlarida A. Karimov va boshqalar ustalar ishtirok etgan). Binoning
ichki hovlisi piramida shaklidagi maxsus shaffof oynali tom bilan yopilib „qishki bogʻ“ tusini
olgan. Bino maydondagi boshqa inshootlar bilan uygʻunlikda majmua hosil qiladi, atrofi
koʻkalamzorlar, gulzorlar bilan soʻlim maskanga aylantirilgan.
[2]

Download 159,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish