O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Download 214,4 Kb.
bet5/22
Sana11.03.2022
Hajmi214,4 Kb.
#490704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Жамолова Камола

Mustaqil ish darslari.
Darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o‘qituvchining mustaqil ravishda yangi bayon qilingan qonun – qoidalari asosida misol – masala yechishga qaratilmog‘i kerak. O‘quvchilar bilan yangi mavzuga ta’lluqli mustaqil ish bajarish o‘qituvchiga yangi mavzuni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganligini, o‘quvchilar bilimida qanday kamchiliklar borligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba’zi malakalar hosil qiladi, uy vazifasini bajarishga tayyorlaydi, yangi mavzuni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni yengadi. Mustaqil ish tekshirish va umumlashtiruvchi xulosani takrorlash bilan yakunlanadi.
Mustaqil ish bir komplektli maktabda har bir darsning taxminan 2/3 qismini va o‘qituvchi ikki sinf bilan ishlaganda darsning yarmini oladi. Agar mustaqil ishning maqsadi va uni bajarish usullari o‘quvchilarga ma’lum bo‘lsa, o‘quvchilar bu ishni muvaffaqiyatli bajarasilar. Shu sababli ishni bajarishga oid yo‘l-yo‘riq juda muhimdir. Yo‘l-yo‘riq qisqa, aniq hamda ishning mohiyatiga va uni rasmiylashtirishga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olishi kerak. O‘quvchilarda darslikdan mustaqil foydalanishga oid malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Mustaqil ishni samarali tashkil qilishning zaruriy sharti uning o‘qituvchi tomonidan o‘z vaqtida tekshirilishidir. Mustaqil ishni tekshirishni osonlashtiruvchi turli usullari mavjud: tanlab tekshirish, o‘zaro tekshirish va boshqalar.


1.2.Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va uning turlari.
Yosh avlodni hozirgi zamon fani asoslari bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch maktablari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifalarni hal etishda sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati katta.
Matematikadan “Sinfdan tashqari ish”5 deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi. 6
Sinfdan tashqari ishlar – o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini yo‘lga qo‘yish formalaridan biridir. Ular shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotda mustaqil bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. O‘quvchilar sinfdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg‘ulotlarni tanlab olishadi va ularda mustaqil hamda tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zexnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, berilgan ma’lumotlari yetishmaydigan yoki berilgan ma’lumotlari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, arifmetik rebuslar, qiziqarli matematik voqealar, o‘yinlar, fokuslar va boshqotirmalar kiradi. Hozirgi kunda maktab amaliyotida quyidagi sinfdan tashqari ishlar ko‘p uchraydi: matematik 10 minutliklar, matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklar, viktorinalar, tanlovlar, olimpiadalar. Bu mashg‘ulot turlaridan ba’zilari muntazamlik xarakteriga, ba’zilari epizodlik xarakteriga ega .



Download 214,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish