O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat


Bitiruv malakaviy ishining tuzulishi



Download 440 Kb.
bet2/20
Sana20.02.2021
Hajmi440 Kb.
#59450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy

Bitiruv malakaviy ishining tuzulishi: kirish, 2 bob, хулоса, adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. BOSHLANG’ICH TA’LIMDA MILLIY MA’NAVIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH ASOSLARI

1.1. Boshlang’ich ta’limda milliy-ma’naviy qadriyatlardan foydalanishning ijtimoiy asoslari.

Yurtimizning – iqtisodiy, ijtimoiy madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishi har tomonlama kamol topgan shaxsning shakllanishiga, uning siyosiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetukligiga ko’p jihatdan bog’liq. Shuning uchun ham prezidentimiz tomonidan 2010 yil “Barkamol avlod yili” deb nomlanishi taklif qilindi, unga mos ravishda “Barkamol avlod yili” davlat dasturi ishlab chiqildi. Unda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, barkamol shaxs qilib tarbiyalash dasturlari ishlab chiqilgan. Barkamol avlod, barkamol shaxs birinchi navbatda, o’z Vatanini, milliy tili, urf-odati, tarixi, an’analarini sevadigan, avlod-ajdodlari yaratgan ilmu hunar javohirlarini to’la to’kis yegallagan va umuminsoniy qadriyatlarni ezozlaydigan kishilar bo’lganliklari bois ham milliy – ma’naviyatimiz gurkirab yashnayveradi.

Prezidentimiz I.A.Karimov “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish” deb nomlangan ma’ruzasida “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va sog’lom o’sishi, balki ularning eng zomonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob bera oladigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”[6] deb ta’kidlaganidek, yoshlar o’z xalqi tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilishi va tushunib yetishi orqali xalqning tarbiya tizimi ota-bobolar o’gitlari va yo’l-yo’riqlari shuningdek, hayotning boy saboqlarini yanada boyitib boradilar. Shuning uchun ham xalq an’analari va rasm-rusumlar, maqolalar, matallar, qo’shiq va rivoyatlar, ertaklar mangu yashab avlodlar tarbiyasiga beqiyos hissa qo’shadi. Bu o’z-o’zidan xalqning g’oyalarini targ’ibot qiladi.

Milliy g’oya milliy mafkura asosida tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yishi xalqning o’z taraqqiyot yo’lini belgilaydi. hisoblanadi. Milliy g’oya mazmunini qamrab oluvchi bir qancha omillar bor. Ulardan biri oila va uning madaniyati, bolalarning oila va jamiyatdagi roli, ya’ni, yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash masalalariga borib taqaladi.

Prezident I.A.Karimov – “Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqorolik jamiyati barpo etish – ustvor maqsadimizdir” deb nomlangan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida “mahallaning aholimiz, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy –axloqiy tarbiyasi bilan bog’liq masallarni yechish, ijtimoiy sohaning samarali faoliyat yuritishini taminlash, joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash borasidagi hissasi tomoro kuchayib bormoqda”. [7]

Yoshlar tarbiyasida, maxalla asosiy yetakchi o’rinda turib u milliy g’oyani keng targ’ibot qilib turadi. Shu bois bugungi kunda ijtimoiy tafakkuri yetuk, yuksak umuminsoniy qadriyatlar bilan qurollangan, ma’naviy boy, axloqan komol topgan intelektual salohiyati, yuqori bilimli, har tomonlama tarbiyalanishi, sog’lom avlodni tarbiyalash borasida bir qator ishlar amalga oshirilayapti.

Prezidentimiz I.A. Karimov o’z nutqlarining birida, - Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’navi sarchashmalariga uning ildizlariga qaytishdaniboat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz, - deya ma’naviy sarchashmalarga, ularning bugungi kundagi o’rni va ahamiyatga juda katta baho bergan yedi. Anglashiladiki, falklor o’tmishning aks-sadosi bo’libgina qolmay, balki hozirgi davrning yangiroq ovozi hamdir. Darhaqiqat, xalq og’zaki ijodi o’zining sermazmunligi sodda va ayni chog’da go’zalligi bilan ijtimoiy turmushimizga ham katta ta’sir ko’rsatmoqda.[3,4]

Asrlar davomida bola tarbiyasida folklor o’ziga xos ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bolalar tarbiyasining to’g’ri ona allasi, ertaklar, rivoyat, maqol, topishmoqdan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Bizga ma’lumki milliy qadriyatlar ona allasidan boshlanadi. Alla onaning orzu – umidlari, quvonch - istaklarini o’zida doimo mujassamlashtirib turadi.


Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish