O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti


 A.Oripov she’riyatining go’yaviy-badiiy talqini



Download 315,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.12.2019
Hajmi315,84 Kb.
#29493
1   2   3   4
Bog'liq
a. oripov sheriyatining badiiy til xususiyati (2)


2.2. A.Oripov she’riyatining go’yaviy-badiiy talqini              

 

Jamiyat  taraqqiyotida  har  bir  avlod  o’zidan  oldingi  avloddan  ma’lum 



tomonlari  bilan  ozmi-ko’pmi  farq  qiladi.  Ayni  vaqtda  keyingi  avlod 

avvalgisining  davomidir.  Lekin  insoniyat  uchun  eng  muqaddas  bo’lgan  vatan, 

erk,  haqiqat,  ezgulik,  go’zallik  tuyg’usi  hamisha  tabarruk    an’nana  sifatida 

avloddan  avlodga ko’chaveradi. Har bir davrda har bir avlod  ana shu muqaddas  

an’analarga  o’z  ishlari,  so’zlari,  e’tiqodlari,  fikrlari  bilan  sodiq  qoladi.  SHu 

ma’noda,  aytish  mumkinki,  zamonaviylik  ham  tarixiy    kategoriya.  Bugungi 

kunimiz  –  kelajak  uchun  tarix.  Sehrli  so’z  san’ati  bugungi  kunlarimiz  va  davr 

nafasini  o’z  bag’riga  muhrlab,  ulardan  boqiylikka  daxldor  mazmun  topadi.  



 

29 


Kelajak  avlod  poetik  so’zda  mujassamlashtirilgan  ijtimoiy-siyosiy  voqelikdan, 

xalq  hayoti  va  taqdiridan,  dardi-tashvishi  va  sevinchlaridan  voqif  topadi. 

Avlodlar  silsilasida  o’z  hayoti,  taqdiri  va  izlanishlari  o’rtasidagi  bog’liqlikni 

ko’radi. 

 

Istiqlol  davri  lirikasida  poetik  so’zning  tarix  yarata  olish  kuchi, 



imkoniyatlari  qay  darajada  o’z  ifodasini  topmoqda?  Hozirgi  o’zbek  lirikasida 

ma’naviy-ahloqiy  qadryatlar  talqinidagi  yangi  sifat  ko’rinishlari  qanday 

belgilarda 

namoyon 


bo’lmoqda? 

Bugungi 


she’riyatimizdagi 

lirik 


qahramonlarning  Vatan,  ona  yurt  haqidagi  tasavvur  va  tushunchalari  milliy 

istiqlol  g’oyalari  bilan  boyitib,  jamiyat,  millat  taqdiri  ma’nolari  hisobiga 

ko’lamdorlik  kasb  etayotir.  Bugungi  lirikamizda  zamondoshlarimiz  tuyg’ulari, 

fikr-mushohadalari  o’z  talqinini  topayaptimi?  Badiiy  umumlashmalar  qay  tarzda 

namoyish etilyapti? 

 

A.Oripov  lirikasida  O’zbekiston    -  xalq  –  tabiat  obrazlari  uyg’unlikda 



ochiq  bir  kitobdek  ko’z  o’ngingda  namoyon  bo’ladi.  A.  Oripov  shoir  ona 

yurtining  yoniq  she’rlarini  ehtiros  bilan,  mehr  bilan  o’qitayotgandek  tuyuladi. 

Darhaqiqat,  A.  Oripov  she’rlarining  asosiy  mavzui  –  ona  yurt,  O’zbekiston, 

Vatandir.  Aslida  Vatan,  xalq,  ona  yurt,  tabiat  – bular bir zaminda yuzaga kelgan 

tushunchalar.  YOlg’iz  Vatanni  sevib  xalqni,  tabiatni  sevmay  bo’lmaydi.  Ona 

yurtga,  so’lim  va  dilbar  go’shalarga  muhabbatdan  ulkan  va  salobatli  Vatan 

tushunchasi o’sib chiqadi. 

                                  Ey aziz yurt, hurriyat-davron muborakdir senga, 

                                  O’zbekiston – beg’ubor osmon muborakdir senga. 

                                  Necha yuz yil sen kurashding mustaqillik oni deb, 

                                   Sen ani topding, ulug’ imkon muborakdir senga… 

 

A.  Oripov  lirikasida  ko’pincha  xalqimiz  tarixiga  murojaat  etish,  milliy 



xarakter  asoslarini  anglab  etishga  intilish,  bolalik  xotiralarini  ko’z  o’ngida 

jonlantirish,  tiklash,  ona  yurt  manzaralariga  estetik  munosabatda  bo’lish  orqali 



 

30 


Vatan  obrazini  bunyod  etadi.  Xususan,  bolalik  tasavvurlarining  bokira 

xotiralaridan  sizib  chiqadi.  Lirik  xarakterning  asosini,  dunyoni  his  etishi  va 

tuyishining  hayotiyligini  ta’minlaydi. 

                                        Bolalik yillarim eslayman oz-oz –  

                                        Bosiq uyqu ichra yotganda olam, 

                                        Tonglar qulog’imga kelardi ovoz: 

                                       «G’aflatda yotmagin erkatoy bolam»… 

                                        Yillar o’tdi, biroz ulg’aydik, bu kun –  

                                       Vatan xizmatiga bir qadar dastyor. 

                                        Olam tashvishidan yurakda to’lqin, 

                                        Vatan qudratidan qalbda g’urur bor. 

 

 



 

 

 



 

SHoir  she’rlaridagi  tabiat  manzaralari  Vatan  qiyofasini  to’ldiruvchi 

detallargina  emas.  Tabiat  –  shoir  nazdida  Vatanning  bir  bo’lagi;  kechinmalar  va 

inson  kuch-qudratining  asosli,  nihoyat,  doimo  yangilanib,  barq  urib 

turuvchihayot  timsoli.  A.  Oripovning  lirik  qahramoni  tabiat  og’ushiga  singib, 

farahli  sururi  qo’ynida  ko’rinmay  ketmaydi.  Bugungi  qaynoq  hayot  oqimi 

zarblarini  tuyishda,  voqea-hodisalar  jarayonini  estetik  baholashda  tabiat  odil 

haqiqat  bo’lib  gavdalanadi.  SHoirning  bolalik  xotiralarida  ham  tabiat  xossalari 

o’znining  yorqin    bo’yoqlar  bilan  davr  nafasini  shunchaki  aks    ettirmaydi,  balki 

voqelik  ta’sirida  ko’nglida  kechgan  tuyg’u  va  hissiyotlar,  fikrlar  silsilasi  bilan 

uyg’unlik  kasb  etadi.  SHu  boisdan  ham  bog’larda  lov-lov  yongan  xazonlar  – 

kuzning  barglari  ham  shohlarda  yaltiragan  mezonlar  shoirning    o’ylar  bo’lib 

ko’rinadi. 


 

31 


                                        YAna dalalarga boshlaydi havas, 

                                        Bog’larda xazonlar yonadi lov-lov. 

                                       Do’stlarim, bu kuzning barglari emas, 

                                       Mening yuragimdan to’kilgan olov. 

 

A.  Oripovni  tabiat  kuychisi  yoki  tabiatning  shoir  –rassomi  deyish  qiyin. 



Uning  lirikasida  sof  peyzaj  she’rlar  kam.  Lekin  hayotning  boqiyligini  his 

ettirishi,  va  shu  asosda,  inson  tirikligining  mezoniga  aylanishi  jihatidan  ham 

tabiat uzviy  bog’liqlikda  namoyon bo’ladi. 

 

Sirtdan  qaraganda  ushbu  fikrlar  erish  tuyulishi, shoir  lirikasida kuz, bahor, 



tun,  tabiat  haqida  so’z  borsa-yu,  peyzaj  yo’q  bo’lishi  mumkinmi,  degan  e’tiroz 

tug’ilishi  tabiy.  Gap  shundaki,  shoir  she’rlarida  tabiat  maxsus  tasvir  ob’ekti 

sifatida  namoyon  bo’lmaydi.  Garchand,  shoir  she’rlarida  tabiatni  jonlantirish 

detallar  tarzida  mavjud  bo’lsa-da,  u  psixologik  holat  va  manzaralar  mazmunini 

ifodalash  uchun  xizmat  qiladi.  («Barglar  soyasida  o’ynaydi  bahor,  uyqudagi 

qizning  bedor  tushlari»).  A.  Oripov  lirikasida  tabiat  belgilaridagi  insoniy 

jihatlarni  tajassum  etish  emas,  inson  hayotidagi  tabiat  xossalarini  kashf  etish 

ustivor. 

 

Tabiat  inson  hayotining  jisman  asosini  belgilabgina  qolmay,  ma’naviy 



hayotining  ham  asosiy  tayanchidir.  A.  Oripov  lirikasida  inson  va  tabiat  talqini 

ana  shunday  falsafiy  mazmunga  ega.  SHoir  tabiatning  o’zgartirib  turuvchi 

avzoyida  hayotning  azaliyligini,  umrning  ezguligini  ko’radi.  Tabiat  og’ushida 

umr,  taqdir,  ezgulik  falsafasi  sizib  chiqadi.  A.  Oripov  tabiat  falsafasidan  umrlar 

hikmatini  o’qiydi.  Xususan,  tabiat  manzaralarida  inson  hayotining  ma’nosini 

ko’rarkan, shu asosda ular odam hayotiga xos mazmun kasb etadi. SHoir poetik 

dunyosida  tabiat  hayotning  asosi  tarzida  namoyon  bo’ladi.  Bu  esa  insonga  umr 

mazmunini  eslatib  turadi.  Xalq  va  uning  tarixi  bilan  uzviy  aloqadrlik  insonga 

tabiat  bilan  bog’liqlik  ato  etadi,  degan  fikr  A.  Oripovning  inson  va  tabiat 


 

32 


mavzuidagi  she’rlarida  nurlangan  mazmunni  ifodaladi.  Xalq  va  tarix  xotirasidan 

mahrumlik   isnonga tabiat tomonidan o’limtik  yolg’izlik  keltiradi. 

… SHamol shovullaydi  qadim bog’larda, 

                        Buyuk, ko’hna dunyo ko’pchiydi og’ir. 

                        Men uning qo’ynida kezdim savobday, 

                        Qorlardan lolarang olovlar yoqdim. 

                        Bir zum shahanshohlik tekkan gadoday,- 

                       Umr o’tar, dedim dunyoga boqdim. 

                        Quchoq och, dilbarim, shu gul nahorga, 

                       Tumanli tuyg’lar bosmasin og’ir. 

                       Iltifot qilmaslik jajji  bahorga, 

                       Nuroniy kuz bizni siylamas axir. 

 

A.  Oripov  lirikasida  kuz  obrazi  alohida  o’rin  tutadi.  U  kuz  faslining 



tabiatida  xalqimiz  mehnatining  ezga  mohiyatini  ko’radi,  inson  qalbining  rangin 

holatlarini  yaratadi.   

 

SHoir  o’y-mushohadalarida  faqat  o’tmishgina  emas,  kelajak  ham  Vatan 



bilan,  avlodlar  hayoti  bilan  bog’liq.  Inson  o’zidan  keyin  bu  dunyo  kimlarning 

qo’lida  qolishini,  avlodlarni  kelajakda  nimalar  kutayotganligini  o’ylamasligi 

mumkin  emas.Zotan,  lirik  qahramon  ona  xalqining  o’tmishiga  ko’z  tikib, 

kelajagi  haqida  o’y  surgisi  kelarkan,  uning  bugungi  hayoti  tashvishli 

kechinmalar  bilan  namoyon  bo’ladi.    Kelgusi  avlodlarga  azamat  xalqdan  Vatan 

taqdiriga  qayg’urish bilan  yo’g’rilgan. 

 

SHu  o’rinda  A.  Oripov  lirikasida  epiklik  unsurlarining  kuchayib 



borayotganligini  ta’kidlash  joiz.  Epiklik  deganda  shoir  she’rlari  mundarijasini 

tashkil  etgan  Vatan,  insoniyat,  ona  sayyora  singari  tushunchalar  bilan 

belgilanmaydi. 

Badiiy 


umumlashmalarning 

ijtimoiy-falsafiy  salmoqdorligi, 

teranligi  ushbu  sermiqyos  mazmunni  asoslaydi.  SHoir  ijodidagi  ana  shu  sifat 


 

33 


o’zgarishi,  xususan,  falsafiy  teranlik  bilan  quyuqlashib  borayotgani  hozirgi 

lirikamiz  taraqiyotidagi  muhim  mayllardan  biridir. 

 

A.  Oripov  kichik  bir  hayotiy  detaldan,  olis  o’tmish  xotiralaridan  falsafiy 



mazmun  kasb  etuvchi  badiiy  umumlashmalar  chiqaradi.  Uning  ijodidagi  falsafiy 

ma’nodorlik,  chunonchi,  Erkin  Vohidov  lirikasida  o’quvchini  hayot  va  voqelik 

belgilari  xususida  nozik  kayfiyatga  soluvchi,  tuyg’ularga  chulg’ovchi    musiqiy 

ohang,  holat,  kayfiyat  va  kartinalar  asosiga  quriladi.  A.  Oripovda  esa  ushbu 

omillar  o’zgacha.  SHoir  poetik  obrazlarining  o’ziga  xosligi  –  bu  hayotiy 

konkretlilikka  egaligidir.  Poetik  obrazlar  aniq  hayotiy  holat,  dalil  va  detallardan 

vujudga  keladi. 

 

Xalqimizning  buguni  va  ertasi  haqidagi  hissiy  tafakkur  shoir  qalbidagi 



mushohadakor  kechinmalar  silsilasini  yuzaga  keltiradi.  YOrqin  obrazlarga  asos 

bo’lib  xizmat  qiladi.  Olis  tarix  zarvaraqlaridan  zamondoshlarimizning  davr 

voqeligini  va  jamiyat  bilan  bog’liqlikdagi  kechinmalar  manzarasini  yaratadi.  A. 

Oripov  lirikasidagi  mushohadakorlikning    o’ziga  xosligi  iftixor  va  ehtiros 

tuyg’ularining  badiiy  pafosga  yo’g’rilganligida  ko’rinadi.  SHoir  uslubida 

namoyon  bo’lgan  ushbu  bo’yoqlar,  xususan,  falsafiy    teranlikning  publisistik 

jo’shqinlik  bilan  omuxtaligi  umumbashariy  g’oyalar  talqini  bilan  belgilanadi. 

SHoir  she’riyatidagi  insonparvarlik  g’oyalari  badiiy  tafakkurga  yangi  sifat 

belgilari  olib kirganligini  ham ko’rishimiz  mumkin. 

 

A. 



Oripov 

lirikasida 

kuchli 

oqimga 


aylangan 

ijtimoiy-falsafiy 

g’oyalarning  chuqurlashgani  umuminsoniy  qadriyatlar  ulug’lunishi  bilan 

belgilanadi.  Bu  hol  badiiy  tafakkurda    ramzli  obrazlarning  serqatlam 

mazmundorligi  kuchayganligini  ko’rsatadi.  Bu  hol  A.  Oripov  lirikasida  falsafiy-

publisistik    ruhning,  R.  Parfii  she’rlarida  chuqur  psixologik  kechinmalar  asosiga 

qurilgan.  O.  Matjon  lirikasida  o’y-mushohadakorlik  bilan  publisistik  ohangning 

bo’rtirib 

ko’rinishiga 

olib 


keldi. 

Ushbu 


xususiyatlar 

she’riyatimiz 

hayotiyligining  kuchayib  borayotganligidan  dalolat  beradi.  Bu  xususiyat  A. 


 

34 


Oripovning  «Istiqlol  qo’shig’i»,  R.  Parfining    «Ona  Turkiston»,  «Meni  erk 

shoiri  denglar»,  O.  Matjonning  «SHayx  Najmiddin  Kubro  monologi», 

«Quyoshning  shohidligida»,  SH.  Rahmonning «Endi jim turasiz», S. Sayyidning 

«Hurriyat  epkinlari»  singari  turkumlari  mundarijasini  tashkil  etadi.  Xususan,  A. 

Oripov  lirikasida  ma’naviy-axloqiy  masalalar  talqinidagi  badiiy  umumlashmalar 

uchun  xos  bo’lgan  mazkur  belgilar  hayotiy  dalillar  asosida  yuzaga  kelgan 

obrazlarga tayanadi. 

A.  Oripovning  lirik  qahramoni  bugungi  voqelik  xossalarini,  turmushdagi 

nohushliklarni  estetik  baholar  ekan,  ularga  bashariy  qadriyatlar  nuqtai  nazaridan 

yondashadi.  YA’ni,  Vatanning  buguni  va  istiqbolini  o’tmishsiz  tasavvur  qila 

olmaydi.  Moziy xotiralari  boqiy qadriyat sifatida  bo’y ko’rsatadi. 

                                     YOsh qalbim zamonlar dardiga to’lug’, 

                                      Tarixni o’ylayman men gohi onlar. 

                                     Bu yurt g’amlari ham naqadar ulug’, 

                                     Bu yurt shavkati ham ne bir o’g’lonlar, 

                                     Farzandlar o’yida Vatanning dardi, 

                                      Farzandlar Vatan deb topshirarlar jon. 

 

A.  Oripov  zamondoshlari  qalbining  yangi  qatlamlarini  poetik  tadqiqi 



etishda  yangi-yangi  ifoda  vositalarini  topadi.  YA’ni,  satrlarni  fikriy  va  hissiy 

obrazlar  bilan  boyitishga    alohida diqqat qiladi. SHu boisdan, falsafiy-publisistik 

ruh  bilan  yo’g’rilgan  lirikasi  o’quvchida  chuqur  o’y-mushohadalar  uyg’otadi. 

O’quvchi  bilan  yuzma-yuz  so’zlashish,  sidqidildan    katta  ishonch  va  samimiyat 

tug’diradi.  Vatan,  istiqlol  haqidagi  she’rlar    shoirning  badiiy-estetik  dunyosini 

tayin  etish bilan  barobar, hayotiy nuqtai nazaridan  ham voqif etadi. 

       Ijod  jarayoni  g’oyat  sirli  va  murakkab.  SHu  boisdan  ham  asl  ijod  hamisha 

individual  va  betakrordir.  SHakl  va  mazmun  bog’liqligining  o’z  qonuniyatini 

bo’lganidek,  novatorlikning  ham  umumiy  mezoni  bor.  Ijodning  betakrorligi 

shaxs  va  jamiyat  psixologiyasini,  voqelikning  yangi  manzaralari  va  qirralarini, 



 

35 


qalbning  yangi  qatlamlarini  badiiy-falsafiy  o’rganish,  o’zlashtirish  bilan 

belgilanadi.  Ana  shu  jarayonda  yuzaga  kelgan  estetik  ideal  va  fikr  ma’no 

yangiligi   badiiy ijodning  o’ziga xos betakror tabiatini  belgilab  beradi. 

 

Zotan,  har  bir  shoirning  o’zig  xosligi  dunyoni  yangicha  ko’rishi,  o’ziga 



xos  san’at  vositalari  bilan  ko’rsatishida  namoyon  bo’ladi.  So’nggi  yillar 

she’riyatimizda  hayot  va  voqelikni  turli  xil  poetik  janr  va  formalarda  aks  ettirish 

mayli  kuchaydi. Xususan, E.  Vohidov ijodida lirik va liro-epik poema, g’azal, R. 

Parfi  lirikasida  sonet,  A.  Oripov  lirikasida  esa  liro-epik,  dramatik  poema  hamda 

to’rtlik,  sakkizlik  singari  xilma-xil  poetik  janr    va  shakllardagi  izlanishlar  ko’zga 

tashlanadi.  A.  Oripovning  she’riyati  tom  ma’noda  novatorlik  maqomiga  ega. 

Zero, novatorlik  faqat shakl bilan  belgilanmaydi.   

 

So’nggi  yillar  she’ritida  shakl  orqasidan  quvish,  shaklbozlik  berilishdek 



salbiy  bir  tamoiyil  ham  palak  yozib  borayotir.  Xususan,  biron-bir  yangi  shaklda 

doimo  yangi  gap  aytish  mumkin,  degan  chalkash  fikrdir.  Ma’lumki,  so’z 

san’atkorining  muvaffaqiyati  faqat  poetik  shakllar  rang-barangligidagi 

izlanishlar  bilan  belgilanmaydi.  Zero,  ijodning  novatorligi  doimo  g’oyaviy-

estetik  mazmun  yangiligi  bilan  tasdiqlanib  kelgan.  Poetik    janr  va  shallar  xilma-

xilligi  voqelikning  yangi  tomonlarini  jamiyat  psixologiyasi  va  inson  taqdiri  bilan 

uyg’unlikda  yoritsagina  fayziyot mohiyat  kasb etadi. 

 

Adabiyot  va  san’at  lafzi    -  obrazlar  tilidir.  U  qanchalik  yorqin  va  sodda, 



badiiy  to’laqonli  bo’lsa,  unday  asarning  ta’siri  kuchi,  estetik-tarbiyaviy 

ahamiyati    ham  shu  qadar  samaralidir.  SHe’r  san’atida  har  qanday  jo’nlik, 

hunarmandchilik  (bu  o’rinda  she’r  «yasash»,  she’rbozlik  nazarda  tutilyapti), 

shakl  uchun  mazmunni  qurbon  qilishlik  poetik  madaniyat  ravnaqiga  ko’lanka 

tashlaydi,  xolos. 

 

Lirika-fikr  va  his  –tuyg’u  sintezining  teranlashgan  shaklidir.  Bu  hol 



yakka-yolg’iz  holatlardan  teran  falsafiy  mazmunga  ega  bo’lgan  umumlashma 

fikrlarda,  bugungi  voqeligimizdan  kelajakka  dahldor  beligalarni  topa  bilishi  va 



 

36 


ko’rsata  olishida  namoyon  bo’ladi.  SHu  ma’noda,  A.  Oripov  lirikasida  ko’ngil 

hurriyati  nur  timsolida  talqin  etiladi.  Zotan,  shu’lalar  jamlanib  –  ulug’  xalq 

timsolini  tiklaydi. 

                                        Jangohlarda jon bergan bobolarni unutmang, 

                                        Mashoq terib non bergan momolarni unutmang, 

                                        E’tiqod, iymon bergan duolarni unutmang, 

                                        Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 

 

SHe’riyatda  murakkat  obrazlilikning  qochish  –  obrazlilikdan  mutlaq  voz 



kechish  emas,  me’yor  saqlansa,  yaxshi  obrazlilik  ekanligiga  A.  Oripov  lirikasi 

misolida  yana  bir  karra  qanoat  hosil  qilish  mumkin.  R.  Parfii  yoki  E.  Vohidov 

asarlaridan  keskin  farq  qilgan  holda,  A.  Oripov  she’rlari murakkab obrazlilikdan 

xoli.  Lekin  uning  quyuq  fikrlari,  o’y-mulohazalari  tadrijida  namoyon  bo’lguchi 

shiddatli  ohanglar  toblanishi  ranglar  jilvasini  aks  ettiradi.  U  esa,  o’z  navbatida, 

shoir  she’rlaridagi  teran  obrazlilikni  ta’min  etadi.  Oddiy  va  sodda  fikrlar 

silsilasidan  sehrli  she’rlar    yaratadi.  Har  birimizga  tanish  so’zlar  psixologik 

kechinmalarni  ifodalash  barobarida teran fikriy  qudrat kasb etadi. 

                                     YAldo kechasiday rutubatli qish 

                                      Soldi ruhimizga og’ir bir surur. 

                                      Sen kelding, uyg’ondi yana sho’x olqish, 

 

Bunday  o’rinlarda  tabiat  bo’yoqlari  yanada  ranginroq  vazifani  o’tayapti. 



YA’ni,  g’oyaviy-estetik  maqsadni  nurlantirish  barobarida  tasvirga  yorqinlik 

bag’ishlovchi  vosita  rolini  o’tayapti.  Boisi,  nazarimda,  shoir  u  yoki    bu  tabiat 

xossalari,  holatlari  va  manzaralarini  sur’atlantirishni  maqsad  qilib  qo’ymasligi 

bilan  izohlanadi.  SHoir  lirikasida  nur,  shu’la,  xayol  obrazlari  ko’plab  uchraydi. 

Bu,  lirik,  qahramon  tabiati  bilan  belgilanadi.  CHunonchi,  Vatannning  bugungi 

va  kelajagi  to’g’risida  qayg’urishi,  bezovtaligi  bilan  xarakterlanadi.  Vatan    va 

xalq  taqdirini  o’tmishi  bilan  uyg’unlikda  tadqiq  etish  bir-biriga  bog’lovchi  – 

xayol va nur obrazlaridir. 



 

37 


 

 SHoir  she’rlarida  talqin  etilgan  davr  nuri  –  bu  hurriyat  nuri,  millat  erki, 

Vatan  ozodligi,  ezgulikning  boqiyligi  bilan  yorishib  ketadi.  Ular  bir-birini 

to’ldiradi, biri ikkinchisini  boyitib, nurlantirib  turadi. 

                                   Hayot tantanasi boshlanmish, ammo 

                                   Do’stlar, nur tashlaylik nigoh, 

                                   SHu buyuk oftobning mukofotini 

                                    E’zozlab qo’yaylik aytib shukrona. 

 

To’g’ri,  boshqa  shoirlarning  she’rlarida  ham  xayol,  nur,  shu’la,  yog’du 



obrazlari  ko’plab  uchraydi.    A.  Oripov  she’rlaridagi  mazkur obrazlarning o’ziga 

xosligi  nimalarda  ko’rinadi?  SHoir  she’rlarida  nur,  xayol  obrazlarining 

quyuqligi  masala  mohiyatini  ochib  bermaydi,  albatta.  Aslida,  nur  obrazi  real 

hayot  mag’ziga  to’liq  jonli,  moddiy  borliqdir.  SHu  ma’noda,  nurning    jilvalari 

g’oyat  rang-barang.  Bu  xol,  ayniqsa  nur  bilan  bog’liq  sifatlashlarda  yaqqol 

ko’zga  tashlanadi  (porloq,  rangin,pok,  beg’ubor,  yorqin,  olovli,  oq,  parishon, 

so’lg’in, bokira, hur, zarra va boshqalar.) 

 

Bu  yerda  gap  nur  jilolarining  rangdorligini  emas.  Balki  nurning  tiyranligi 



va  jo’shqinligini    ta’minlagan  hayotiyligi,  ta’sirchanligi  va  nozikligini 

isbotlaydi.  Nur  –  ko’zlarga  tiniqlik  va  yorqinlik  baxsh  etuvchi  bir  unsur  emas. 

SHe’rning  estetik  ta’sir  quvvatini  oshirishdek  vazifasi  bor.  O’zi  ham  ana  shu 

jarayonda teran ma’no kasb etadi. 

 

A.  Oripov  she’rlaridagi  nur  obrazini  shaxs  va  jamiyat  psixologiyasidagi 



yorug’lik  va  qorong’ulik  bilan  bog’lab  qo’yish  u  qadar  to’g’ri  bo’lmas.  Uning 

uchun  botiniy  –  ma’naviy  va  zohiriy  –  voqelik  nurlar  o’rtasidagi  murakkab  va 

nozik  aloqadorlik  ko’proq  muhimdir.  Nur  –  ular  o’rtasidagi  hadlarni  bir  chetga 

surib,  hayot  va  inson  qalbini  bir  mehvarda  mujassamlashtiradi,  shu’lalantiradi. 

SHu  ma’noda,    nur-hissiy  tafakkur  teranligi  va  boyligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu 

yolg’iz  A.  Oripov  lirikasi  uchun  xos  xususiyatdir.  Nur  obrazining  ma’nodorligi, 

ohangdorlgi  she’rning ichki  musiqiylgini  ham ta’minlaydi. 


 

38 


 

 

              SHoirning  lirik  qahramoni  davr  va  jamiyat  hayotida,  inson  va  zamon 



to’g’risida    mushohada  yuritar  ekan,  shayton  odamlar  ruhoniyatini  kemirish 

orqali  jamiyatning    ma’naviy-ahloqiy  tizimlariga  rahna  soluvchi  qora  kuch  – 

Zulm  timsolida  talqin  etiladi,  tasvirlanadi.  Ana  shu  taxlit  umumlashtiruvchi 

ma’nolariga  ko’ra,  keyingi  paytlarda    ma’naviy  hayotimizda  sodir  bo’layotgan 

turli  xil  g’ayriinsoniy    voqea-hodisalar  turfa  qiyofalardagi  shaytniy  faoliyat 

misolida  gavdalantiriladi. 

                   SHaytonning hunari chindan rang-barang. 

Sallani  paytava qilib  o’ratgay. 

       Agar sidqidildan ko’rsatsa nayrang, 

         Nodonni shoh qilib, yurtni so’ratgay. 

           SHayton qilg’iliqni qilib bo’lgach, o’zini haqman, demaydi. SHu boisdan 


Download 315,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish