O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 315,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana11.12.2019
Hajmi315,84 Kb.
#29493
1   2   3   4
Bog'liq
a. oripov sheriyatining badiiy til xususiyati (2)

u  turfa  qiyofalarga  kirib,  o’zini  yashiradi.  O’zligini  ochiq-oydin oshkor etmaydi. 

Ajablanarlisi,  atrof-tevaragimizdagi  odamlar  shaytoniy  kilmishlarga  go’yo 

ko’nikib  qolgandek  befarq,  beparvo.    SHaynoniylik  tarafdori    bo’lmasa-da, 

lo’ttibozliklarga  qarshi  kurashmaydi.  SHayton  fe’lli  kimsalar  ko’rguliklariga 

issiq  ham,  sovuq  ham  emas.  SHaytonga  nisbatan  qat’iy  va  aniq  munosabat 

bildirmaslik  tirik  o’liklarni,  yurib-ko’rib,  gapirib  turgan  jonli    murda  sifat 

odamlar  toifasini  vujudga  keltiradi.  Ular    bugunini  ham,    ertasini  ham 

o’ylamaydigan  t’magirlar,  nafas bandalari,  naf qullari. 

         SHoirning  badiiy-falsafiy  talqiniga  ko’ra,  shayton  inson  botinida  hamisha 

yashab  kelgan  va  bugun  ham  o’qtin-o’qtin    o’zligini    namoyon    etib  

ko’yayotgan    ikkinchi    ko’rinishi.    Odamning    ichidan    turib,    turli    mazmunda  

ovoz    berayotgan    sado    emas.      U    odamning    xoxish-irodasini,    mayl-

maslaklarini    muayyan    yo’nalishga      solayotgan    sezilmas    kuch.  Odam  

xamisha    komillikka    intiladi.    O’z    shaxsida    komillik      xislat-fazilatlarini  

trbiyalash,   shakillantirish   uchun  yozg’iradi.                                                                                                                                  



 

39 


  Xudoyim,  ne    uchun qilmading  karam, 

Nechun komil  emas aqlim,  yuragim. 

--- Agar sen mukammal  bo’lsayding, bandam, 

Unda qolmas edi mening  keragim. 

 

Hayratlanarlisi,  shaytoniy  alomatlar  odam  botinidan  turfa  sadolar  berib, 



yashashda  davom  etayotganligini  bildirib  turadi.  Netong,  banda  o’z  ichidagi 

shayton  ovozini  o’chirishga,  negadir,  botinmaydi,  intilmaydi.  Aksincha,  uni 

eshitishga  ko’nadi.  Oqibatda,  shayton  bandani  o’z  yo’rig’iga  soladi.  O’z 

«nog’arasiga»    o’ynata  boshlaydi.  Turli  shakldagi  subutsizlik,  xiyonat,  fitna-

ig’vo  va  h.k.  e’tiqodsizlik,  g’ayriinsoniylik  ko’rinishlarining  ildizi,  aslida, 

shayton  izmiga  yo’rg’alash oqibatidir. Garchand shayton sasi subhi sabo singari 

yoqimli  tuyulsa-da,  e’tiqodsiz  odamlarni  oxiri  berk  ko’chalardan  olib  chiqishga 

xayrixohdek  sezilsa-da,  odamni  yo’lsizlikka  etaklaydi.  Oxir-oqibat  botindagi 

musiqiy  sado  fojeaga,  tuyg’ularning  yig’isiga  ulanadi.  YOvuzlikning 

tanatanasini   

 tasdiqlaydi. 

 

       O’zbekiston  xalq  shoiri,  O’zbekiston  qahramoni  Abdulla  Oripov-tug’ma 



iste’dod egasi. Uning so’z san’ati xazinasiga  qo’shgan hissasi bebaho. 

         Abdulla  Oripov  she’riyatimizga  XX  asrning  60-yillarida  E.  Vohidov,  O’. 

Hoshimov,  Muhammad  Ali,  Oydin  Hojiev,  Rauf  Parfii,  Omon  Matjon  singari 

iste’dod  sohiblari  bilan  bir  qatorda  kirib  keldi.  U  60-yillardayoq  o’z  uslubi  va 

o’ziga  xos  yangroq  ovozi  bilan  she’riyatimizda  yangiliklar  yaratib,  kitobxonlar 

mehrini  qozongan.  SHoir  she’riyati  haqqoniy  bo’lganidek,  mavzu  doirasi  keng, 

mazmuni  esa  boy  va  teran.  A.  Oripov  she’riyatida  ona  Vatan  O’zbekiston 

mavzusi  o’zining  butun  salobati  va  borlig’i  bilan  gavdalanadi.  Vatanga  va 

xalqqa  muhabbat  tuyg’uchi  shoir  ijodining  asosini  tashkil  etadi.  A.  Oripov 


 

40 


she’riyatining  asosiy  tasvir  ob’ekti  –  O’zbekiston,  asosiy  qahramoni  esa 

mehnatkash  o’zbek xalqidir. 

          A.  Oripov-tom  ma’noda  milliy  shoir.  CHunki  shoir  ijodida  millat  hayoti, 

uning  kayfiyati,  orzu-istaklari,  turmush  tarziga  doir  rang-barang  jihatlar  asosiy 

o’rinni  egallaydi.  A.  Oripov  fikrlari  va  ehtiroslari  shoiridir.    Uning  ijod  qamrovi 

keng,  fikri  teran,  badiiy  mushohadalari  kuchli,  ehtirosi  jshqin,  parvozi  yuksak. 

SHoir  she’riyatida  falsafiy  teranlik  bilan  jo’shqin    lirizm  uyg’unlashib  ketgan. 

Uning  «O’zbekiston»,  «Munojot»ni  tinglab,  «Avlodlarga  maktub»,  «Bahor», 

«Birinchi muhabbatim», «YUzma-yuz», «Kuz» va  boshqa she’rlarida mana shu 

xususiyat  yaqqol  namoyon  bo’ladi.  Bu  fusunkor  va  teran  she’rlar  o’zbek  milliy 

adabiyotining  mumtoz  namunalari  bo’lib,  ular  yuksak  badiiyligi,  mantiqning  

kuchliligi,  ohangning  yoqimliligi,  lirik  tuyg’ularining  go’zalligi  bilan  ajralib 

turadi. 

         A.  Oripov  o’z  she’rlarida  ramziy  obrazlardan,  kinoya,  kesatiq  va 

pichinglardan  mohirona  foydalanadi.  Kundalik  oddiy  voqealar  va  mitti 

detallardan  katta  ijtimoiy  xulosalar  chiqaradi  va  bularni  tasvirlashning  yangi-

yangi  yo’llarini  kashf etadi. 

        Abdulla  Oripov  she’riyati  hayot  haqiqatini  sinchkovlik  bilan  kuzatish,  tahlil 

etish  natijasida  hosil  bo’lgan  bunday  teran  mazmunli  badiiy  umumlashmalarga 

va ajoyib  poetik xulosalarga  boy. 

         SHoir  o’zining    qator  she’rlarida  ayol  haqida  shu  kungacha  aytilmagan, 

lekin  aytilishi  shart  bo’lgan  teran  fikrlarni  topib,  ularni  mahorat  bilan  aks 

ettiradi. 

         A.  Oripovning  mustaqillikka  erishilgandan  keyingi  davrdagi  ijod  mahsuli 

bo’lgan  «Hayot  saboqlari»,  «Temur  bog’lari»,  «Vafo  qilarmisan,  bahorim» 

singari  she’rlarida  milliy  qadriyat  va  an’analarimiz  katta  g’urur  va  ixlos  bilan 

yoritilgan,  muhim  poetik fikrlar  va turfa tuyg’ular  yorqin ifodalangan. 


 

41 


       Xullas,  A.  Oripov  she’riyati  rang-barang  poetik  ko’chimlar,  obrazli  poetik 

topilmalar,  chuqur  falsafiy    mazmunning  oliy  in’ikosi  sifatida  badiiy  mukammal 

darajadagi  qimmatga  egadir.  SHoir  qo’llagan  har  qanday    poetik  ko’chim  va 

poetik  topilmalar  lirik  qahramon  ruhiyatining  turli  qirralarini  kashf  etishga,  qalb 

atalmish  sirli  va  murakkab  dunyosini  yoritishga,  she’rning  badiiy-estetik 

mohiyatini  to’la ta’minlashga  muhim  va asosiy hissa bo’lib qo’shilgan.  

 

 

 



 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

  

 



            

 

42 


Foydalanilgan  adabiyotlar ro’yhati 

 

1.  I.A. Karimov. YUksak ma’naviyat  engilmas  kuch. T. «SHarq»2008. 



2.  I.A. Karimov. «Istiqlol va ma’naviyat»  «O’zbekiston» 1994 y 

3.  I. Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. T. «O’zbekiston» 1997. 

4.  I.A.  Karimov  «Adabiyotga  e’tibor  –  ma’naviyatga,  kelajakka  e’tibor». 

– Toshkent. O’zbekiston. 2009 y   

5.  Matyoqib  Qo’shjonov.  «Kamalakdek  serjilo»,  «Yillar  armoni»  kitobi. 

Toshkent. G’. G’ulom nashryoti. 1984 y.  

6.  Matyoqib  Qo’shjonov.  Onajonim  she’riyati.  Toshkent.  O’qituvchi  nashryoti. 

1984 y.  

7.  Ozod  SHarofiddinov  «SHe’riyat  qalb  yolqini»  «Hayot  bilan  hamnafas» 

kitobi. Toshkent. YOsh gvardiya nashriyoti.  1983 y. 

8. Abdulla  Oripov. Yillar  armoni. Toshkent. G’. G’ulom nashr. 1984  

9.  O.  Tog’aev.  «Ibratli  saboqlar»  Toshkent. G’. G’ulom nomidagi adabiyot 

va san’at nashriyoti.  1987 y 

10.  S.  Mirzaev.  S.  SHermuhammedov.  «Hozirgi  zamon  o’zbek  adabiyoti 

tarixi».  Toshkent. «O’zbekiston» 1993 y 

  

 11. Abdulla  Oripov. Haj daftari. Toshkent. G’. G’ulom nashriyoti. 1993 y  



 12.  N. Karimov, S. Mamajonov, B. Nazarov, U. Normatov, O. SHarofiddinov. 

«XX asr adabiyoti tarixi»  . Toshkent.  «O’qituvchi» nashr.   1999 y. 

13.  U.  Hamdamov.  Badiiy  tafakkur  tajriji.  Monografiya  va  maqolalar. Toshkent. 

«YAngi  asr avlodi» 2002 yil   

14. N.  Karimov.  B.  Nazarov.  Adabiyot.  9-sinf  (o’qituvchilar  uchun  metodik 

qo’llanma)  T. «Ma’naviyat» 2002 y 

15. 6. S. Mirzaev. «XX asr o’zbek adabiyoti» . Toshkent.  «YAngi asr avlodi.   

2005. y.  



 

43 


16.  Y.  Solijonov.  Haqiqatning  sinchkov  ko’zlari.  Adabiy-tanqidiy  maqolalar, 

suhbatlar. Toshkent. 2009 y. 

17.  9-sinf. «Adabiyot» darsligi. 2007 y 

  

  



 

 

  



Download 315,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish