Faol ijtimoiy munosabatlar. Kishining o’z kasbdoshlari bilan iliq, do’stona muomalada bo’lishga intilishlarida o’z aksini topadi. Bu yo’nalishdan yuqori ballga ega bo’lgan kishilar uchun kasbdoshlar o’rtasidagi o’zaro ishonch va hamkorlik muhitining hukmronligi muhim ahamiyatga ega.
O’z ustida ishlash. O’z imkoniyatlarini kasbiy hayotda yuzaga chiqarish, kasbiy mahoratini tobora oshirish kabi intilishlarda o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar o’z kasbiy qobiliyatlari va ularni rivojlantirish imkoniyatlari haqida ko’proq ma’lumot olishga qiziquvchan bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |