Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdardaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 9,44 Mb.
bet32/68
Sana04.03.2023
Hajmi9,44 Mb.
#916463
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Bog'liq
O zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdardaryo vilo

Po shyelchku (sichqoncha belgisi). Animasiya effekti slaydda sichqoncha bosilganda boshlanadi

S predidushim (belgi yoʻq). Effekt oldingi effekt bilan birga harakatlanadi. Bu parametr bir necha effektlarni birlashtiradi.

Posle predidushyego (soat belgisi). Bunda effekt oldingi effekt tugashi bilan boshlanadi

Animasiya effektini takshirish
Bir yoki bir necha effektlarni slaydga qoʻshgandan soʻng ularning toʻgʻri ishlashini tekshirish mumkin. Buning uchun Animasiya menyusidagi
Prosmotr boʻlimidan Prosmotr buyrugʻini tanlaymiz.
Taqdimotlar yaratishda koʻpgina hollarda obyektlardan nusxa koʻchirishga toʻgʻri keladi. Slaydlardagi obyektlarni nusxalash uchun «Ctrl» tugmasini bosgan holda sichqoncha koʻrsatkichi bilan obyektni yangi joyga koʻchirish kerak boʻladi.
Oʻquv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-qadimdan oʻquv-oʻrganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar oʻquv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlangʻich ta’limdan boshlab oliy oʻquv yurtlarigacha qoʻllanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki meditsina sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda. Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real ob’ektlarga nisbatan juda ham arzon alternativa ekanligidadir. Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda biror bir fizik jarayonni modellashtirish hamda virtual laboratoriya ishlarini oʻtkazishga imkoniyat yaratadi. Bu oʻz-oʻzidan nafaqat katta miqdorda mablagʻlar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tugʻdirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablagʻlar talab etmasligi ma’lum tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, kerak boʻlsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz ekanligidadir. Ba’zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tugʻdiradi, masalan, yadro fizikasiga oid boʻlgan hodisalarni oʻrganish. Bunday tadqiqot katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar uchun hayotiga xavf ham tugʻdiradi.
Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida oʻrgangan bilimlarini virtual boʻlsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy tadbiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qoʻshadilar. Bundan tashqari oʻsha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda oʻz xissalarini qoʻshishlari mumkin. Bu oʻz oʻrnida talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa oʻz navbatida talabalarda oʻqish va tadqiqotlarga boʻlgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi.
Tabiiy fanlar yoʻnalishida 2001 yildagi Nobel mukofotining laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud boʻlib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan.

1-rasm. PhET dasturining umumiy koʻrinishi.
PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse boʻlib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq boʻlib ular fizika, matematika, Fizika fanlariga oid namoyish tajribalarini oʻtkazish, virtual laboratoriya ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega. Bu PhET dasturi Oʻzbekiston davlat ta’lim standartlariga va oʻquv muassasalarida qoʻllanilayotgan adabiyotlariga mos keladi.
PhET dasturini http://phet.colorado.edu saytidan koʻchirib olishingiz mumkin.
PhET dasturidagi modellardan fizika, matematika, ximiya va biologiya fanlaridan dars mashgʻulotlarida namoyish tajribalari sifatida, virtual laboratoriya mashgʻulotlarini tashkillashtirishda keng foydalanish mumkin.
Xususan:
fizika faniiga oid 90 dan ortiq modellar mavjud;
Biologiya faniga oid 10 dan ortiq modellar mavjud;
Matematika faniga oid 7 ta model mavjud;
Ximiya faniga oid 20 dan ortiq modellar mavjud.
Dasturda keltirilgan modellarni faqat ingiliz tilida emas. Balki 50 dan ortiq tilga tarjimalarini topish mumkin, xususan oʻzbek tilida 1 ta model tarjima qilingan. Agar siz dasturda keltirilgan modellarni oʻzbek tiliga tarjima qilishni hoxlasangiz, xech qanday qiyinchiliksiz bu niyatingizni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun dasturning rasmiy saytida “Translated Sims” bandi mavjud boʻlib, u erga kirib maxsus qaydnomani tuldirgan holda tegishli modelni tanlab oʻzbek tiliga tarjima qilishingiz mumkin.
PhET dasturida har xil fanlar kesimidagi modellarning koʻrinishini qoʻyidagi rasmda koʻrishingiz mumkin:

2-rasm. PHET dasturida mavjud modellarning koʻrinishi

3-rasm. PHET dasturining “Elektr va magnitezm” boʻlimiga oid modellar

4-rasm. PHET dasturida mavjud modellarning koʻrinishi
PHET dasturining rasmiy http://phet.colorado.edu saytining “Oʻqituvchilar uchun” bandida har bir model uchun metodik koʻrsatmalar (virutal laboratoriya ishlari, namoyish tajribalari va boshq.) keltirilgan. Oʻqituvchi xech qanday qiyinchiliksiz qoʻyidagi qidiruv filtri orqali (5-rasm) mavzuga oid dars ishlanasini yoki metodik koʻrsatmalarni, ta’lim turi kesimida pdf yoki doc formatlarida koʻchirib olishi mumkin.



Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish