O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Download 0,58 Mb.
bet2/2
Sana21.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#396167
1   2
Bog'liq
DARS ISHLANMA MAFTUNA

Darsning borishi.



T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Otgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

Oquvchilarni ragbatlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




Jami

45 daqiqa



I.Tashkiliy qism.1. Salomlashish
2.Davomatni aniqlash
3.O’quvchilarni darsga tayyorlash
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash


Tarbiyaviy: O`quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni va internet ma`lumotlarini o`rganishga da`vat etish; o`z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash; jamoa bo`lib ishlash, ona Vatanga muhabbat va ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash; mavzu bo`yicha olingan bilimlarni hayotda qo`llay olish malakasini shakllantirish

Dars metodi (uslubi): Ko`rgazmali-amaliy, og’zaki bayon qilish,”Aqliy hujum” “Zakovat”, “Tushunchalar tahlili”;

Dars tipi(turi): Yangi bilimlar beruvchi;

Dars shakli: Kichik guruhlar va jamoada ishlash darsi

Dars didaktikasi(ko’rgazmali vositalar):

a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan tarqatmalar, qog`oz, marker, skotch, yelim, o`quv qurollari;




Harbir darsning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mashg’ulotni to’g’ri tashkil qilishga bog’liqdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanliklarini o’rganish darkor. Shundan so’ng, mahoratli pedagog fursatni qo’ldan bermay, shogirdlari diqqatni chalg’itmay, darsning asosiy qismini boshlab yuboradilar, chunki sinf o’quvchilarini tezlik bilan mashg’ulotga faol kirishishlarini ta’minlash lozim. Dars yangi materialni bayon qilishga qaratilgan bõlisa, dars mavzusi e’lon qilinadi. Rejada mo’ljallangan o’quv materiali o’tib bo’lingach, u albatta yakunlanishi, xulosalar chiqarilishi kerak.



Dars o’qituvchi va o’quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o’quvchilar mustaqilerkin fikrlay oladilar, irodalari tarbiyalanadi. Nutq madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat izlanishlar orqali o’z yo’lini topa oladilar.

O’quv mashg’ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo’shimcha qator ta’lim shakllari mavjud, bo’lib, bular amaliy-tajriba mashg’ulotlar, qo’shimcha darslar, fakul’tativlar, ekskursiya kabilardir.

Bular darsda berilgan bilimlarni to’ldirish, mustahkamlash, amaliyot bilan bog’lash uchun uyushtirilgan qo’shimcha mashg’ulotlardir.

Bulardan tashqari o’quv yurtlari tajribasida fan to’garaklari, ishlab chiqarish amaliyoti, o’yin shaklidagi mashg’ulotlardan hamfoydalanmoqda.





Tarbiyaning maqsadi, vazifasi, printsiplari, qoidalari, mazmuni. Ta`lim va tarbiya metodlari. Ta`lim va tarbiya metodlari tasnifi. Ta`lim va tarbiyaning interfaol metodlari. Ta`lim va tarbiyani tashkil etish shakllari. Ta`lim va tarbiya vositalari. Ta`limda sinf-dars tizimining xususiyatlari. Zamonaviy darsga qo`yiladigan talablar. Darsning tiplari, strukturasi. Tarbiyaviy ishlariing turlari. An`anaviy Ta`lim, an`anaviy dars, noan`anaviy zamonaviy ta`lim va dars. Tarbiyaviy ishlarni taqqoslash harakteristikasi. Oila pedagogikasining predmeti, maqsad va vazifalari. Oila va uning turlari. Zamonaviy oilalar rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari.

Ta`lim muassasalarining oila bilan hamkorligining metod, shakl va vositalari. Pedagogik texnologiya tushunchasi, o`quv jarayoni, Ta`lim muassasalarida o`quv jarayonini tashkil etishning yangi metod va formalariga qo`yiladigan zamonaviy talablar.

O`zbekiston Respublikasida Ta`limning rivojlanishi va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi. Ta`lim jarayonida O`quvchi shaxsi, shaxsning sifat tizimi. O`qitish jarayonida bilim olish, malaka va ko`nikma hosil qilish.





  • Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:

  • tashkiliy qism;

  • o`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);

  • yangi mavzuni tushuntirish;

  • yangi mavzuni mustahkamlash;

  • o`quvchilarni baholash;

  • uyga vazifa berish.

  • Dars ishlanmasini tayyorlashda o`qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga olishi maqsadga muvofiq.

O`qituvchilarning darslarini tahlil qilish — samaradorlikka xizmat qiladi.

 

O`qituvchilarni o`z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradigan omillardan biri — muntazam ravishda o`qituvchilarning darslarini tahlil qilishdir.



O`qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish, ularning pedagogik mahorati, ish tizimi, o`quvchilarining o`zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish hamda o`qituvchilarning o`zaro tajriba almashish imkonini beradi.

Dars tahlili kuzatish va o`rganish shaklida olib boriladi.

Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo`limi mudirlari, o`rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o`rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 2 soat, o`qituvchilar tomonidan 1 soat o`qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi belgilangan.

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:


T/r


Darsning bosqichlari


Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash


8 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni


14 daqiqa


4

Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa


5

Dars yakuni: 1.Darsga xulosa yasash

2. G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash



3 daqiqa

6

Uyga vazifa


2 daqiqa


Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faolliklari, fanga bo`lgan qiziqishlari, o`quv materiallari va jihozlar bilan mustaqil ishlay bilishlari, o`qituvchiga bo`lgan munosabatlari aniqlanib, tahlilga tortiladi. Bunda asosiy mezonlar sifatida o`qituvchi tomonidan dars maqsadining to`g`ri qo`yilganligi, o`quv dasturi asosida dars jarayonini to`g`ri rejalashtirishi, materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy g`oyani ajratib olishi, ilmiylik, ko`rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.



Darsning tahlili quyidagi turlarga bo`linadi:

  1. Ilmiy tahlil. 2. Psixologik tahlil. 3. Metodik tahlil. 4. Didaktik tahlil. 5. Umumpedagogik tahlil va boshqa tahlillar (yoki bularning hammasini qamrab oladigan kompleks tahlil).

O`qituvchilarning darslarini tizimli tahlil qilish o`qituvchilarga amaliy-metodik tavsiyalar berishga va natijada dars samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Ta’lim muassasalaridagi fan metodbirlashmalarining asosiy vazifasi o`zaro tajriba almashish asosida ta’lim va tarbiya jarayonining ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida samarali tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.

Fan metodbirlashmalari ta’lim muassasalarida fan oyliklari, ochiq darslar festivallari jarayonida o`tkaziladigan barcha turdagi mashg`ulotlarning asosan o`rganilishi qiyin yoki murakkab bo`lgan mavzular asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.

Har bir fan yo`nalishidagi metodbirlashmalarda «Men o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan mavzular bo`yicha darslarni qanday tashkil etaman?» mavzusidagi ochiq muhokamalar tashkil etiladi.



Fan o`qituvchilari astoydil, vijdonan yondashgan holda «Bilimlar bellashuvi»da o`quvchilarining faol ishtirokini ta’minlaydi. «Ustoz-shogird» tizimida, «O`rgan-o`rgat» tadbirlarida chin yurakdan, faol ishtirok etadilar.


Uyga vazifa

  1. O’tilgan darsni yana bir bor takrorlab chiqish

  2. Mavzu bo’yicha savollarga javob topish



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish