O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, ta’limga oid va bola huquqlari to‘g‘risida qabul qilingan normativ hujjatlar mazmun-mohiyati



Download 285,65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.05.2023
Hajmi285,65 Kb.
#933915


O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, 
ta’limga oid va bola huquqlari to‘g‘risida qabul qilingan normativ hujjatlar 
mazmun-mohiyati 
Hozirgi kunda pedagoglarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib 
borilishiga alohida eʼtibor qaratish, ularga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
chuqur singdirish, taʼlim sohasiga oid qabul qilingan maʼyoriy hujjatlarning 
mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish asosiy masalalardan bir hisoblanadi. Shu 
sababli ular normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va kasbiy faoliyatida foydalana 
olish koʻnikmalariga ega boʻlishlari lozim. 
Normativ-huquqiy hujjat nima? 
Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari 
sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga 
qaratilgan rasmiy hujjat “Normativ-huquqiy hujjat” hisoblanadi. Normativ-huquqiy 
hujjatlar qabul qilish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari egadir.
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; 
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari; 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. 
Soʻnggi yillarda taʼlim sifatini oshirish maqsadida bir qancha me‟yoriy-
huquqiy hujjatlar imzolandi. Mazkur hujjatlar bilan birinchi navbatda oʻqituvchilar 
vazifasiga kirmaydigan ishlardan ozod qilindi. Oʻz ustida ishlaydigan 
oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish uchun ularga imkoniyatlar berildi. Chet tili 
oʻqituvchisi uchun qoʻshimcha ustama, olis hududlardagi maktablarda boshqa 
hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga ish stajiga koʻra ustama, 
taʼlim sifati yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun maxsus ustama, olis 
hududlarga borib ishlaydiganlar uchun uy-joylarni ijaraga olganlik uchun 
kompensatsiya toʻlovlari, S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos 
darajadagi sertifikat uchun toʻlovlar shular jumlasidan.


Hususan, 2020-yil 23-sentyabrda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun yangi tahrirda 
qabul qilindi. Yangi tahridagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun 11 ta bob va 75 ta 
moddadan iborat boʻlib, unda taʼlimning maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy 
oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi 
taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan 
tashqari taʼlim turlari koʻrsatib oʻtilgan. Qonunda, shuningdek, har bir taʼlim 
turining tarkibiy qismlari va bosqichlari atroflicha tasniflangan. 
Aslini olganda ta‟limga oid normativ-huquqiy hujjatlar juda ham ko„p. 
O„qituvchi ularning barini bilib olishga jismoniy imkoniyati yetmasligi mumkin. 
Lekin, ular o„zlari ko„p bora to„qnash keladigan va kasbiy faoliyatlariga doir 
normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo„lishlari talab etiladi. Demak, ta‟lim 
jarayoni bilan bog„liq bo„lgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni bilan yaqindan 
tanishib chiqamiz. 
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 
“Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini 
tasdiqlash toʻgʻrisida” 187-sonli qarori. Mazkur qaror bilan umumiy oʻrta va oʻrta 
maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlariga qo„yiladigan talablar 
ishlab chiqilgan. 
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni 
maʼnaviy-ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya 
berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 
PQ-3907-sonli qarori. Aynan mana shu qaror bilan xalq taʼlimi xodimlarini xizmat 
majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, 
tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish 
ishlari, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb 
qilish, xalq taʼlimi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan 
yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan 
obuna boʻlishini tashkil etish hamda oʻqituvchilarining dars va toʻgarak 
mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa 
pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab 
qilish qat‟tiyan taqiqlandi.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini 
boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida” PF-5538-sonli Farmoni. Farmonda 2019-yil 1-yanvardan boshlab 
umumta‟lim muassasalari reytingini joriy qilish, maktablarda kuzatuv kengashlari 
faoliyatini yo„lga qo„yish, umumta‟lim muassasalari faoliyatini nazorat qiluvchi 
organlar tomonidan tekshirish davriyligi ularning reytingda egallab turgan o„rniga 
bog„liq bo„lishi belgilash va boshqa o„zgarishlar haqida aniq ko„rsatmalar berilgan.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimi 
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 
PQ-3931-sonli qarori. Ushbu qaror bilan 2018-yil 1-noyabrdan boshlab oliy ta‟lim 
muassasalari huzuridagi xalq ta‟limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish bo„yicha hududiy markazlar va Moliya vazirligi huzuridagi 
budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg„armasi Maktabgacha va 
maktab ta‟limi vazirligi idoraviy bo„ysunuviga o„tkazilgan. Shuningdek, 
umumta‟lim va maktabdan tashqari muassasalarning yer uchastkalari va ko„chmas 
mulkini O„zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‟limi vaziri bilan 
kelishmasdan begonalashtirish taqiqlash, o„qituvchilarning o„z kasb faoliyatini 
amalga oshirishi chog„ida huquq va erkinliklari buzilganligi to„g„risidagi da‟volar 
bo„yicha davlat boji to„lashdan ozod qilinsh to„g„risida ko„rsatmalar berilgan.
5. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq 
taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil 
etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 997-sonli qarori. Ushbu qaror bilan ta‟lim 
tizimida ta‟lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish va 
xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko„rish bo„yicha yo„l xaritasi ishlab chiqilgan. 
Bunda PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko„rish 
bo„yicha vazifalar belgilab berilgan. 
6.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 
“Maktabgacha hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini 
tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori 352-sonli qarori. Mazkur qaror 
pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda 
aralashuvga chek qoʻyish, taʼlim jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni 
aniqlash va bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Qaror bilan maktablarni 
tekshirishga vakolatli organlar va taraflarning huquq va majburiyatlari aniq 
mezonlar bilan belgilab berilgan. 
7.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy 
ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 823-sonli qarori. Ushbu 
qaror pedagog xodimlarning mehnatini munosib rag„batlantirish, ularga 
qo„shimcha ustamalar to„lash va ularni mukofotlash maqsadida qabul qilingan 
bo„lib, unda pedagog xodimlarni rag„batlantirish yo„nalishlari aniq mezonlar bilan 
belgilab berilgan. 
8.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 
“Umumiy o„rta ta‟lim muassasalarida ma‟naviy-ma‟rifiy hamda tarbiyaviy ishlar 
samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida”gi 558-sonli qarori. 
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyada umumiy o„rta ta‟lim muassasalarida 
ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida maktab taʼlimini 
umummilliy harakatga aylantirish, oʻquvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik 


madaniyatini oshirish, buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik, 
zamonamiz qahramonlari - yoshlarga ibrat timsoli, maktab, mahalla va oila 
hamkorligini mustahkamlash kabi 5 ta yoʻnalishlar belgilandi. 
9. 1989-yil 20-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 
44-sessiyasida qabul qilgan Bola huquqlari to„g„risidagi Konvensiya. Mazkur 
Konvensiya 54 ta moddadan iborat bo„lib, ularda bolalarning huquqlari. 
Konventsiyaga kiritilgan barcha huquqlar 18 yoshga etmagan bolalarga nisbatan 
qo„llaniladi. Konventsiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi. 
Konvensiya bolani o„ziga xos huquqlarga ega bo„lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: 
yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo„yicha. 
Ta‟lim to„g„risida (7-modda), zo„ravonlikdan himoya qilish to„g„risida (19-
modda), tenglik, fikr va so„z erkinligi to„g„risida (13-modda), dam olish va hordiq 
chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko„rsatish va sog„liqni saqlash (24-modda), 
davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar. 
10.
2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to„g„risida”gi O„RQ-
139-son qonun. Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunda bola (bolalar), bolaning 
qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik, yetim bola, jismoniy va (yoki) ruhiy 
rivojlanishida nuqsonlari bo„lgan bola, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar kabi 
tushunchalarga to„liq ta‟rif berib o„tilgan. 
Konventsiyada birinchi marta bola Konventsiyani ratifikatsiya qilgan 
davlatlar “hurmat qilish va kafolatlash” talab qilinadigan huquqlarga ega bo„lgan 
shaxs sifatida ko„rib chiqiladi. Ushbu qoida bola jamiyatning juda himoyasiz a‟zosi 
ekanligi va shuning uchun alohida himoyani talab qilishi va bunga loyiq ekanligini 
ko„rsatadi. Konventsiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi. 
Konvensiya bolani o„ziga xos huquqlarga ega bo„lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: 
yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo„yicha. 
Ta‟lim to„g„risida (7-modda), zo„ravonlikdan himoya qilish to„g„risida (19-
modda), tenglik, fikr va so„z erkinligi to„g„risida (13-modda), dam olish va hordiq 
chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko„rsatish va sog„liqni saqlash (24-modda), 
davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar. O„zbekiston Respublikasi Bola 
huquqlari to„g„risidagi konventsiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qildi. 
O„zbekistonda bola huquqlari quyidagi qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinadi: O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilinishi bilan 
«Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga doir qo„shimcha chora-
tadbirlar to„g„risida» 2019-yil 22 apreldagi PQ-4296-sonli qaroriga binoan 
Ombudsman hozirda o„z o„rinbosariga – bolalar huquqlari bo„yicha vakilga ega. 

Download 285,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish