O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-§. Sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish



Download 311,81 Kb.
bet20/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179
Bog'liq
14-savol

4-§. Sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish

Oldingi tahrirga qarang.

29. Komissiya raisi sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi tuzilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida ushbu dalolatnomani Markazga taqdim etadi.



(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

Oldingi tahrirga qarang.

30. Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida Markaz quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:



(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

sertifikat berish to‘g‘risida (joylashtirish vositalari xizmatlariga nisbatan sertifikat berish to‘g‘risidagi qarorda ularning tasniflash tizimiga binoan tegishli toifani berish to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilishi mumkin);

sertifikat berishni rad etish to‘g‘risida — agar aniqlangan nomuvofiqliklar baholash vaqtida ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilmagan bo‘lsa.

Qaror sertifikatlashtirishda ishtirok etmagan sifat bo‘yicha ekspert-auditor tomonidan tayyorlanadi va Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

31. Sertifikat egasi va Markaz o‘rtasida tuzilgan bitimga asosan muvofiqlik belgisidan foydalaniladi va u sertifikatning amal qilish muddati davomida sertifikatlashtirish obyektida Markaz tomonidan inspeksiya nazorati o‘tkazilishi orqali tasdiqlanishi lozim.

32. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda ushbu qaror ariza beruvchiga yuboriladi.

Sertifikat berish to‘g‘risidagi qarorda ariza beruvchiga Markaz bilan bitimni imzolash shartlari va muddatlari hamda sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llashga to‘lov to‘lash uchun Markazning bank hisobi rekvizitlari ko‘rsatib o‘tiladi.

Sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash uchun to‘lov miqdorini ushbu Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq ariza beruvchining o‘zi mustaqil hisoblaydi.

33. Sertifikat berish to‘g‘risidagi qaror olingan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida ariza beruvchi Markaz bilan bitimni imzolashi, Markazning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llashga to‘lovni to‘lashi hamda ushbu hisobini Markazga taqdim etishi kerak.

34. Ushbu Nizomning 33-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartlardan biri buzilgan holatlarda Markazning sertifikat berish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinadi, bu to‘g‘rida ariza beruvchiga bildirish xati yuboriladi. Bunda sertifikatlashtirish to‘g‘risida shartnoma bo‘yicha to‘langan to‘lov ariza beruvchiga qaytarib berilmaydi.

35. Sertifikat berishni rad etish uchun asos bo‘lgan muayyan sabablar ko‘rsatib o‘tilgan, sertifikat berishni rad qilish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchiga yuboriladi. Ariza beruvchi qarorni olgan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etadi va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

36. Sertifikat berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan holatlarda, nomuvofiqliklarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi tegishli ariza ariza beruvchidan olingan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda bepul ravishda, faqat nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish bosqichi amalga oshiriladi.



(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

Bunda komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida avval tuzilgan dalolatnomaga qo‘shimcha ravishda sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasini tuzadi.

Sertifikatlashtirish obyektini baholashning qo‘shimcha dalolatnomasida sertifikat berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilganligi to‘g‘risida axborot ko‘rsatiladi.

37. Markaz komissiyaning qo‘shimcha dalolatnomasi olgan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda ushbu Nizomning 30-bandiga muvofiq qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni davomida ushbu qaror ariza beruvchiga yuboriladi.

Bunda yangi asoslar bo‘yicha sertifikat berishning rad etilishi mumkin emas.

38. Sertifikat berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan sertifikatlashtirish talablarini bajarish to‘g‘risidagi ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.




Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish