O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Sertifikatlashtirish obyektining inspeksiya nazorati



Download 311,81 Kb.
bet23/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179
Bog'liq
14-savol

3-bob. Sertifikatlashtirish obyektining inspeksiya nazorati

48. Davriy inspeksiya nazorati normativ hujjatlar talablariga sertifikatlashtirish obyektining muvofiqligini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Inspeksiya nazoratini o‘tkazish muddati turoperator xizmatlari uchun besh ish kunidan hamda joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlar uchun o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.

49. Markaz inspeksiya nazoratini o‘tkazish davrini belgilaydi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi veb-saytida Inspeksiya nazoratini o‘tkazish rejasini joylashtiradi.

50. Inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun Markaz rahbarining buyrug‘i bilan komissiya tarkibi, inspeksiya nazoratini o‘tkazish muddati va dasturi tasdiqlanadi.

Markazning sifat bo‘yicha ekspert-auditorlari orasidan komissiya raisi tayinlanadi.

51. Markaz inspeksiya nazorati o‘tkaziladigan oy boshlanguncha o‘n ish kunidan kech bo‘lmagan vaqtda sertifikat egasiga bu to‘g‘rida ma’lum qiladi va ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan, to‘lov miqdorlarini e’tiborga olgan holda hisoblanadigan inspeksiya nazoratini o‘tkazish narxi to‘g‘risida xabar beradi.

Sertifikat egasi tasdiqlangan rejaga binoan inspeksiya nazorati o‘tkazilishi lozim bo‘lgan oyning o‘n beshinchi sanasigacha inspeksiya nazoratini o‘tkazish to‘lovi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni Markazga taqdim qilishi lozim.

52. Inspeksiya nazoratini o‘tkazishga o‘z vaqtida to‘lov to‘lanmaganda yoki inspeksiya nazoratini o‘tkazish rad etilganda Markaz sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

53. Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorda inspeksiya nazoratini o‘tkazishga to‘lov to‘lash uchun sertifikat egasiga o‘ttiz kunlik muddat berilishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Belgilangan muddat davomida sertifikat egasi tomonidan inspeksiya nazoratini o‘tkazishga to‘lov to‘langanidan so‘ng Markaz o‘n ish kuni davomida inspeksiya nazoratini o‘tkazishi kerak.

54. Inspeksiya nazorati ushbu Nizomning 19 — 29 bandlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Bunda komissiya sertifikatining asl nusxasini mavjudligini va ushbu Nizomning 8 — 11 bandlarida belgilangan hujjatlarning dolzarbligini tekshiradi.

Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha Markazning qarori chiqarilgungacha sertifikat egasi o‘z faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.



Oldingi tahrirga qarang.

55. Rejadagi inspeksiya nazorati bitimga asosan sertifikatning amal qilishi davrida uch marta o‘tkaziladi.

Sertifikatlashtirishdan keyin:

birinchi rejadagi inspeksiya nazorati sertifikat berilgandan keyin kamida olti oy o‘tgandan so‘ng o‘tkaziladi;

keyingi rejadagi inspeksiya nazoratlari avvalgi inspeksiya nazorati o‘tkazilgandan keyin kamida o‘n sakkiz oy o‘tgandan so‘ng o‘tkaziladi.

(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son)

56. Sertifikatlashtirish obyekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazorati ushbu Nizomning 43-bandi talablari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va sertifikatlashtirish obyektlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yuzasidan iste’molchilarning yozma shikoyat murojaati Markazga tushgan taqdirda o‘tkaziladi.

57. Iste’molchilarning yozma murojaati asosida amalga oshiriladigan rejadan tashqari inspeksiya nazorati murojaat yoki shikoyatda ko‘rsatib o‘tilgan nomuvofiqliklarni baholashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

58. Inspeksiya nazoratining dalolatnomasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida Markaz quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

a) inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy bo‘lganda — sertifikatning amal qilishini tasdiqlash to‘g‘risida. Joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan qarorda tasniflash tizimiga binoan amaldagi toifasini tasdiqlash yoki o‘zgarishi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilishi mumkin;

b) inspeksiya nazoratining natijalari salbiy bo‘lganda — sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida. Joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan qarorda ularning amaldagi toifasini qo‘llashga vaqtinchalik taqiq ko‘rsatib o‘tiladi.

Qaror inspeksiya nazoratida ishtirok etmagan sifat bo‘yicha ekspert-auditor tomonidan tayyorlanadi va Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra joylashtirish vositalarining turi va (yoki) xili o‘zgartirilishi mumkin va bu haqda qarorda ko‘rsatiladi.

59. Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror uning qabul qilingan kunidan boshlab ikki ish kuni davomida sertifikat egasiga yuboriladi.

60. Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun sertifikat egasiga o‘ttiz kunlik muddat berilishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Belgilangan muddat davomida sertifikat egasi aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etishi va bu to‘g‘rida Markazga ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ariza taqdim qilishi mumkin.

61. Sertifikat egasidan sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risida tegishli ariza barcha tasdiqlovchi hujjatlar bilan o‘z vaqtida Markazga kelib tushgan holatlarda komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida avval tuzilgan dalolatnomaga sertifikat obyekti inspeksiya nazoratining qo‘shimcha dalolatnomasini uch kun muddatda tuzadi.

Bunda inspeksiya nazoratining qo‘shimcha dalolatnomasini tuzish uchun to‘lov undirilmaydi.

Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabablar sertifikat egasi tomonidan bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi axborot inspeksiya nazoratining qo‘shimcha dalolatnomasida ko‘rsatiladi.

62. Komissiyaning qo‘shimcha dalolatnomasi olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda Markaz quyidagilar to‘g‘risida qaror qabul qiladi:

a) inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy bo‘lganda — sertifikatning amal qilishini tasdiqlash to‘g‘risida. Joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan qarorda tasniflash tizimiga binoan amaldagi toifasini tasdiqlash yoki o‘zgarishi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilishi mumkin;

b) inspeksiya nazoratining natijalari salbiy bo‘lganda — sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida.

Bunda inspeksiya nazoratining dalolatnomasida ilgari ko‘rsatib o‘tilmagan yangi nomuvofiqliklar bo‘yicha sertifikat amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin emas.

63. To‘xtatib turish to‘g‘risida qarorda ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugagach Markazga kelib tushgan sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

64. Quyidagi holatlarda ham sertifikatning amal qilishi tugatiladi:

a) sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;

b) sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida sertifikat egasining arizasi bo‘yicha;

v) sertifikat egasidan faoliyatni tugatish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha — faoliyatni tugatish yoki to‘xtatish kunidan boshlab;

g) sertifikat egasini tugatish yoki uning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida nazorat yoki ro‘yxatga olish organlaridan olingan axborot bo‘yicha — sertifikat egasi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab;

d) sertifikat egasi qayta tashkil etilganda — qayta tashkil etish kunidan boshlab, agar sertifikat egasi bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bilan Markazga murojaat qilgan taqdirda, mazkur qayta o‘zgartirishlar bundan mustasno;

e) sertifikat egasining joylashgan joyi yoki sertifikatda ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni ko‘rsatish joyi o‘zgarganda, agar sertifikat egasi tegishli qaror qabul qilish kunidan boshlab o‘ttiz kun davomida Markazga sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa, mazkur holat bundan mustasno;

j) joylashtirish vositalari tomonidan, shu jumladan xalqaro bronlashtirish maydonlarida muvofiqlik belgisidan (yulduzlar) noqonuniy foydalanganlik holati aniqlanganda;

z) ushbu Nizomning 52-bandi va 58-bandining “b” kichik bandiga muvofiq sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilmagan holatlarda — Markaz tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab;




Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish