O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Arizani ko‘rib chiqish, litsenziya berish va litsenziyani rasmiylashtirish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish



Download 311,81 Kb.
bet9/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179
Bog'liq
14-savol

4-bob. Arizani ko‘rib chiqish, litsenziya berish va litsenziyani rasmiylashtirish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish

18. Ariza ko‘rib chiqilishi uchun litsenziya talabgori to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari miqdorida yig‘im to‘laydi.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

Yagona portal orqali litsenziya olish uchun murojaat qilinganida ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

19. Litsenziya talabgori tomonidan Yagona portal orqali litsenziya olish uchun murojaat qilingan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘imning 10 foizi miqdoridagi mablag‘ “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni boshqarish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvarag‘iga, mablag‘larning qolgan qismi litsenziyalovchi organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda murojaat qilingan taqdirda, arizalarni ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

20. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan tegishligiga ko‘ra barcha zarur hujjatlar bilan ariza olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda, tasdiqlangan ekspert xulosasi asosida qabul qilinadi.

21. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, litsenziya da’vogari ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda arizada ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirishga haqlidir.

Litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi shart.

22. Litsenziyalovchi organ qabul qilgan qarori to‘g‘risidagi bildirishnomani Markazga yoki Yagona portal orqali tegishli qaror qabul qilinganidan keyin bir kun ichida uni litsenziya talabgoriga belgilangan tartibda yo‘naltirish (topshirish) uchun yuboradi.

23. Bildirishnomada:

litsenziyani berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda bank hisobi rekvizitlari va litsenziya berish uchun yig‘im to‘lash muddati, litsenziyalovchi organning maxsus hisobi rekvizitlari bo‘lishi kerak;

litsenziyani berish rad etilganda rad etish sabablari, asoslovchi qonun hujjatlari hamda litsenziya talabgori ushbu sabablarni bartaraf etgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat (uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

24. Agar litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, litsenziya talabgori rad etish sabablarini bartaraf qilishga va hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun topshirishga haqli bo‘lgan muddat rad etish sabablarini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.

25. Litsenziat tomonidan turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning olinishi litsenziat tomonidan mazkur Nizomda ko‘rsatilgan litsenziya talablariga rioya etish majburiyatiga roziligini bildiradi hamda mazkur rozilik o‘z-o‘zidan litsenziya bitimiga tenglashtiriladi.

26. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy muddatda litsenziyalovchi organga litsenziya berilishi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi ma’lumotni taqdim etmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.

27. Litsenziya berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:

litsenziya talabgorining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;

litsenziya talabgori taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.

Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

28. Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish sabablarini belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan ariza olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan oshmagan muddatda qayta ko‘rib chiqiladi.

Litsenziya talabgorining arizasini takroran ko‘rib chiqish uchun haq olinmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarda ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

Litsenziya talabgorining litsenziya berishni rad etish sabablarini bartaraf etish to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda taqdim etiladi.


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish