O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar



Download 311,81 Kb.
bet8/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   179
Bog'liq
14-savol

3-bob. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar

11. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) ro‘yxatdan o‘tadi.

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun:

litsenziya talabgorining nomi va yuridik shakli ko‘rsatilgan holda litsenziya olish uchun ariza;

ushbu Nizom 9-bandining “k” kichik bandida ko‘rsatilgan shartlar bajarilgani to‘g‘risida ma’lumotlar;



Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Nizom 9-bandining “b” va “l” kichik bandlarida ko‘rsatilgan talablarning bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;



(11-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Nizom 9-bandining “d” kichik bandida ko‘rsatilgan talablarning bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (“chiqish turizmi” faoliyatini amalga oshirish uchun);



(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, pasport ma’lumotlari, uy manzili, ma’lumoti, aloqa telefonlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar;

b) turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun:

litsenziya talabgorining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda litsenziya olish uchun ariza;

ushbu Nizom 10-bandining “j” kichik bandida ko‘rsatilgan shartlar bajarilgani to‘g‘risida ma’lumotlar;

ushbu Nizom 10-bandining “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan talablarning bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (“chiqish turizmi” faoliyatini amalga oshirish uchun);

familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, pasport ma’lumotlari, uy manzili, ma’lumoti, aloqa telefonlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar.

12. Litsenziyalovchi organ litsenziyani berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni boshqa vakolatli organlarda belgilangan tartibda, o‘zaro aloqa orqali, shu jumladan elektron ko‘rinishda, mustaqil ravishda oladi.

13. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ariza to‘ldirilgandan so‘ng, litsenziya talabgori ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, arizani o‘z elektron raqamli imzosi (ERI) bilan tasdiqlaydi.

14. O‘zi kelib murojaat qilganda arizani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlashi mumkin.

O‘zi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi xodimi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan davlat xizmatining pasportiga muvofiq arizani to‘ldirishning to‘liqligini tekshiradi.

Arizani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, Davlat xizmatlari markazi xodimi litsenziya talabgoriga ariza qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma beradi yoki talabnomaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqamini ko‘rsatgan holda uning nusxasiga tegishli belgi qo‘yadi.

Davlat xizmatlari markazlari litsenziya talabgorlari ERIni joyning o‘zida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlashga majburdir.

15. Davlat xizmatlari markazi xodimi o‘zi kelib murojaat qilganda ariza olingan kunida arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni maxsus shaklda aniq kiritadi, u Yagona portal orqali tegishli ravishda litsenziyalovchi organga yuboriladi.

16. Litsenziya talabgorining joylashgan yerida bo‘lmagan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilingan taqdirda, ariza Davlat xizmatlari markazi tomonidan tegishli litsenziyalovchi organga Yagona portal orqali yuboriladi.

Agar litsenziya talabgori Davlat xizmatlari markaziga elektron tashuvchi qurilmada ariza taqdim etsa, Davlat xizmatlari markazi xodimi, zarur bo‘lganda, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan Yagona portal orqali murojaatni Davlat xizmatlari markaziga yuborishda yordam beradi.

17. Yagona portal orqali yuborilgan ariza avtomatik ravishda noyob ro‘yxatga olish raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.




Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish