O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 1992 YILGI 12 FOIZLI ICHKI YUTUQLI ZAYOMI OBLIGATSIYALARINI QABUL QILISH VA TO'LASHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA
(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 10-son, 109-modda)
O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarining muomalada bo'lish muddati 2014 yil 1 iyulda tugashi munosabati bilan hamda davlat tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni so'zsiz bajarish, fuqarolar omonatlarining kafolatli himoya qilinishini ta'minlash, aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida, shuningdek 2014 yilgi O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2014 yilda O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish va to'lashni tashkil etish to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki:
zayom obligatsiyalarini qabul qilish, saqlash va to'lash O'zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining vakolatli bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi;
zayom obligatsiyalarini indeksatsiya qilish va to'lash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda respublika byudjeti mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi.
2. Belgilab qo'yilsinki:
aholidan zayom obligatsiyalarini qabul qilish 2014 yil 1 apreldan 1 iyulgacha O'zbekiston Respublikasi Xalq bankining vakolatli bo'linmalarida O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti ko'rsatilgan holda amalga oshiriladi;
zayom obligatsiyalari taqdim etilganda obligatsiyalar saqlovchisining nomiga, unga tegishli tasdiqnoma bergan holda, «talab qilib olish hisob raqami» ochiladi;
zayom obligatsiyalari saqlovchilariga pul mablag'larini to'lash, indeksatsiya qilishni hisobga olgan holda, 2014 yil 1 avgust — 30 noyabrь davrida amalga oshiriladi;
belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan zayom obligatsiyalari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanadi hamda qabul qilinmaydi va to'lanmaydi.
3. O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomini qabul qilish va to'lash masalalari bo'yicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin, unga quyidagilar yuklansin:
vazirliklar, idoralar, Xalq bankining vakolatli bo'linmalari ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek zayom obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash bilan bog'liq masalalarni tezkorlik bilan ko'rib chiqish va hal etish;
aholi o'rtasida zayom obligatsiyalarini qabul qilish va to'lashni amalga oshirish tartibi va shartlari to'g'risida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
zayom obligatsiyalarini qabul qilish, xatlovdan o'tkazish va to'lash ishlarini tashkil etish;
zayom obligatsiyalarini qabul qilish yakunlariga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ularni indeksatsiya qilish miqdorlari bo'yicha takliflar kiritish.
4. O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O'zbekiston Respublikasi Xalq banki:
2014 yil 10 martgacha — O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida aholidan O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish to'g'risidagi qo'shma bayonotni va bankning zayom obligatsiyalarini qabul qilishga vakolatli bo'linmalari ro'yxatini e'lon qilsin;
2014 yil 20 martgacha — O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «Davlat belgisi» davlat-ishlab chiqarish birlashmasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan Xatlov dalolatnomasi asosida bankda saqlanayotgan ilgari realizatsiya qilinmagan zayom obligatsiyalari qoldiqlarini belgilangan tartibda yo'q qilishni tashkil etsin;
bankning vakolatli bo'linmalarida zayom obligatsiyalarini qabul qilishga tayyorlanish, tegishli hisob raqamlari ochish hamda zayom obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash bilan bog'liq boshqa chora-tadbirlar bo'yicha zarur tashkiliy tadbirlarning o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlasin.
6. O'zbekiston Respublikasi Xalq banki, Moliya vazirligi O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda respublika aholisi o'rtasida zayom obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash bilan bog'liq masalalar bo'yicha keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va o'tkazish tadbirlari kompleksini amalga oshirsinlar.
7. Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomini chiqarish va uni tarqatish tartibi to'g'risida» 1992 yil 6 apreldagi 165-son qarori o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 martdagi 51-son qaroriga
1-ILOVA
O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomini qabul qilish va to'lash masalalari bo'yicha Respublika komissiyasi
T A R K I B I
Azimov R.S.
|
—
|
O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, Moliya vaziri, komissiya raisi
|
Mullajonov F.M.
|
—
|
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, komissiya raisining o'rinbosari
|
(lavozimiga ko'ra)
|
—
|
Davlat-tijorat Xalq banki raisi
|
Yusupov B.M.
|
—
|
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o'rinbosari
|
Ikromov M.M.
|
—
|
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o'rinbosari
|
Xudoyqulov S.X.
|
—
|
«Davlat belgisi» davlat-ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori
|
Xusanov N.D.
|
—
|
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqarma boshlig'i
|
Umarov R.A.
|
—
|
Davlat-tijorat Xalq bankining departament direktori
|
Islamov A.R.
|
—
|
Davlat-tijorat Xalq banki raisining birinchi o'rinbosari, komissiya kotibi
|
Izoh: Respublika komissiyasi a'zolari boshqa ishga o'tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funktsiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 martdagi 51-son qaroriga
2-ILOVA
O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash tartibi to'g'risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini (keyingi o'rinlarda zayom obligatsiyalari deb ataladi) qabul qilish va to'lash tartibini belgilaydi.
2. Zayom obligatsiyalari taqdim etuvchining qimmatli qog'ozlari hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasi fuqarolari (keyingi o'rinlarda zayom obligatsiyalarini saqlovchilar deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda O'zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining vakolatli bo'linmalariga (keyingi o'rinlarda Xalq banki yoki bank bo'linmasi deb ataladi) to'lash uchun taqdim etilishi mumkin.
3. Zayom obligatsiyalarini qabul qilish va to'lashga tegishli masalalarni ko'rib chiqish O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash masalalari bo'yicha Respublika komissiyasi (keyingi o'rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Respublika komissiyasi bayonnomalar shaklida rasmiylashtirilgan va majburiy tusga ega bo'lgan kollegial qarorlar qabul qiladi. Respublika komissiyasi o'z faoliyatini o'zi tasdiqlaydigan ish reglamenti asosida amalga oshiradi.
Xalq banki Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi hamda u qabul qiladigan hujjatlarning hisobini yuritadi va saqlaydi.
II. Zayom obligatsiyalarini qabul qilish tartibi
4. Zayom obligatsiyalari ularni saqlovchilar tomonidan Xalq bankining bo'linmasiga banklarning ish rejimiga muvofiq 2014 yil 1 apreldan 2014 yil 1 iyulgacha to'lash uchun taqdim etilishi mumkin.
Bunda:
belgilangan muddatda va tartibda bank bo'linmasiga taqdim etilmagan zayom obligatsiyalari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanadi hamda qabul qilinmaydi va to'lanmaydi;
ushbu Nizomda belgilangan tartibda to'lash uchun qabul qilingan zayom obligatsiyalari ularning egalariga qaytarilmaydi.
5. Zayom obligatsiyalarini qabul qilish bank bo'linmalari tomonidan zayom obligatsiyalarini saqlovchi tomonidan uning asl nusxasi, shuningdek uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat — O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti ko'rsatilgan taqdirda amalga oshiriladi.
6. Bank bo'linmasining mas'ul xodimi zayom obligatsiyalarining asl nusxasi olingandan keyin zayomning har bir obligatsiyasining haqiqiyligi va to'lovga yaroqliligini belgilangan tartibda tekshiradi.
7. Zayom obligatsiyalarining haqiqiyligi va to'lovga yaroqliligini tekshirishda:
zayom obligatsiyalarini raqamlashda aniq ko'rinib turgan qalbakilashtirishning yo'qligi;
zayom obligatsiyalari ustiga yozib qo'yilgan (nominal) qiymatni yozuv bilan belgilashda teshish belgilarining yo'qligi;
ular to'langanligi to'g'risida hisob-kitob shtamplarining izi va qo'lda yozilgan matnlar, shuningdek o'yish yoki oldin amalga oshirilgan to'lovning izini boshqa yo'l bilan yo'q qilish belgilarining yo'qligi;
zayom obligatsiyalari o'lchamining yarmidan ortig'i va unda (ularda) seriyaning har ikki raqami va zayom obligatsiyasining bitta raqami shikastlanmagan ko'rinishda, shuningdek zayom obligatsiyasining orqa tomonida nazorat ottisklari mavjudligi asosiy shartlar hisoblanadi.
Bunda chirish, moylanish, ifloslanish, yirtilish, kertik, bukish chizig'i bo'yicha eskirganlik va tasodifiy tusga ega bo'lgan boshqa shikastlanishlar, agar zayom obligatsiyalari to'lovga yaroqliligining qolgan belgilari buzilmagan bo'lsa, zayom obligatsiyalarini qabul qilish uchun to'siq hisoblanmaydi.
8. Ushbu Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq bo'lgan zayom obligatsiyalarini qabul qilishda:
a) bank bo'linmasining mas'ul xodimi tomonidan:
zayom obligatsiyalarini saqlovchi tomonidan taqdim etiladigan zayom obligatsiyalarini qabul qilish bo'yicha har bir operatsiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasiga (Qabul qilingan zayom obligatsiyalari reestriga) kiritiladi va elektron fayl shaklida belgilangan tartibda saqlanadi;
zayom har bir obligatsiyasining yuza tomonida u qabul qilingan sana, bank bo'linmasining MFOsi va mas'ul xodimning familiyasi (ismi va otasi ismining bosh harflari) ko'rsatilgan holda «QABUL QILINDI» shtampi bosiladi;
saqlovchiga qat'iy hisobot beriladigan tegishli hujjat — ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha tasdiqnoma berilgan, unga «2014 yil 1 avgustdan boshlab 30 noyabrga qadar pul mablag'larini olish uchun taqdim etish sharti bilan» belgisi qo'yilgan va saqlovchining nomiga «talab qilib olish» hisob raqami ochilgan holda belgilangan tartibda to'lash uchun qabul qilingan barcha zayom obligatsiyalarining ustiga yozib qo'yilgan (nominal) qiymati jamlanadi;
to'lash uchun qabul qilingan zayom obligatsiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlash uchun bankning omborxona bo'linmasiga topshiriladi;
b) boyliklarni saqlash uchun zarur shart-sharoitlar bo'lmagan bank bo'linmasining rahbari va bosh buxgalteri zayom obligatsiyalari tegishli saqlash shart-sharoitlariga ega bo'lgan yaqindagi bank bo'linmasiga inkassatsiya qilinishi, saqlanishi va tashilishini belgilangan tartibda tashkil etishni ta'minlaydi.
9. Ushbu Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq bo'lmagan zayom obligatsiyalari taqdim etilganda va zayom obligatsiyalarining haqiqiyligiga shubha tug'ilgan hollarda:
a) bank bo'linmasining mas'ul xodimi tomonidan:
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha alohida elektron ma'lumotlar bazasiga (Qabul qilingan shubha tug'diruvchi zayom obligatsiyalari reestriga) ma'lumotlar kiritiladi. Ushbu ma'lumotlar bank bo'linmalarida elektron fayl shaklida saqlanadi;
zayom obligatsiyalarining yuza tomoniga «QABUL QILINDI» shtampi qo'yilmaydi, bunda qabul qilish sanasi va bank bo'linmasi mas'ul xodimining identifikatsiya shtampi ko'rsatiladi;
zayom obligatsiyasini(larini) saqlovchiga 30 (o'ttiz) kun mobaynida bank bo'linmasiga kelish to'g'risidagi bildirishnoma bilan birgalikda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha kvitantsiya beriladi;
b) bank bo'linmasining rahbari har haftada juma kuni O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi inkassatsiya xizmati orqali bosh bankka haqiqiyligi va to'lovga yaroqliligi to'g'risidagi tegishli xulosani olish uchun reestrni ilova qilgan holda zayomning to'planib qolgan obligatsiyalarini yuboradi;
v) tekshirish yakunlari bo'yicha zayom obligatsiyalarining haqiqiyligi va to'lovga yaroqliligi e'tirof etilgan taqdirda bank bo'linmasining tegishli mas'ul xodimi tomonidan zayom obligatsiyalarini saqlovchi kelganda berilgan kvitantsiya olib qo'yiladi va ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan tartib-qoida amalga oshiriladi;
g) tekshirish yakunlari bo'yicha zayom obligatsiyalari:
qalbakilashtirilganligi e'tirof etilgan taqdirda — bank bo'linmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qiladi;
to'lovga yaroqli emas deb e'tirof etilgan taqdirda — bank bo'linmasining tegishli mas'ul xodimi tomonidan saqlovchi kelganda berilgan kvitantsiya olib qo'yiladi va «YaROQLI EMAS» shtampi bosilgan holda zayomning yaroqli bo'lmagan obligatsiyasi qaytariladi.
10. Bank bo'linmasining rahbari va bosh buxgalteri zayomning qabul qilingan obligatsiyalari ushbu Nizomda belgilangan tartibda bankning Markaziy operatsiya filialiga berilgunga qadar ularning saqlanishi uchun shaxsan javob beradilar.
11. Elektron ma'lumotlar bazasiga (reestrga) kiritilgan ma'lumotlarning ishonchliligi, to'liqligi va to'g'riligi uchun mas'uliyat bankning tegishli mas'ul xodimiga, bank bo'linmasining rahbari va bosh buxgalteriga yuklanadi.
Bunda ushbu faoliyatni amalga oshirishni muvofiqlashtirish Xalq banki Boshqaruvi raisining buyrug'i asosida bosh bankning tegishli bo'linmasiga yuklanadi.
III. Zayom obligatsiyalarini tekshirish tartibi
12. Zayom obligatsiyalarini tekshirish, ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan bank bo'linmasining tegishli mas'ul xodimi tomonidan taqdim etilganda zayom obligatsiyalarining haqiqiyligi va to'lovga yaroqliligini tekshirishning asosiy shartlari hisobga olingan holda, bank bo'linmasining tegishli mas'ul xodimi (zayom obligatsiyalari taqdim etilganda) va bosh bank tomonidan amalga oshiriladi.
13. Ushbu Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq bo'lmagan va ularning haqiqiyligi shubha tug'dirgan boshqa hollarda zayom obligatsiyalarini tekshirish bosh bankning tegishli bo'linmasi tomonidan, shu jumladan «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan taqdim etilgan zayom obligatsiyalarining himoya elementlari tavsifiga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Zayom obligatsiyalarini tekshirish yakunlari bosh bankning tegishli bo'linmasining ikki nusxadagi xulosasi bilan rasmiylashtiriladi, ulardan biri zayomning obligatsiyasi(lari) asl nusxasi bilan birgalikda reestrga muvofiq bankning tegishli bo'linmasiga yuboriladi.
15. Zayom obligatsiyasi to'lovga yaroqli emas deb e'tirof etilgan taqdirda bosh bankning tegishli bo'linmasi tomonidan zayom obligatsiyasining yuza tomoniga «YaROQLI EMAS» shtampi bosiladi.
16. Haqiqiylik va to'lovga yaroqlilik bo'yicha bosh bankning tegishli bo'linmasi xulosasini bank bo'linmasiga taqdim etish muddatlari ular tushgan paytdan boshlab ikki haftadan ortiq bo'lishi mumkin emas.
IV. Zayom obligatsiyalarini indeksatsiya qilish va to'lash tartibi
17. Zayom obligatsiyalarini qabul qilish va tekshirish tugallangandan keyin Xalq banki 2014 yil 5 iyulgacha bo'lgan muddatda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha 2014 yil 1 iyuldagi holatiga ko'ra bank bo'linmalari bo'yicha Qabul qilingan zayom obligatsiyalarining yig'ma reestrini taqdim etadi.
18. Taqdim etilgan Qabul qilingan zayom obligatsiyalarining yig'ma reestri asosida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan bankning Ichki audit boshqarmasi bilan birgalikda 2014 yil 12 iyulgacha bo'lgan muddatda qabul qilingan zayom obligatsiyalarini Qabul qilingan zayom obligatsiyalarining yig'ma reestri bilan solishtirish amalga oshiriladi, uning yakunlari Taqqoslash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
19. Taqqoslash yakunlari besh kun muddatda Respublika komissiyasi majlisida ko'rib chiqiladi. Ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ushbu Nizomga muvofiq to'lash uchun qabul qilingan barcha zayom obligatsiyalarining ustiga yozib qo'yilgan (nominal) qiymatining uzil-kesil summasi aniqlangan va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga indeksatsiya miqdori bo'yicha taklif kiritilgan holda tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
20. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika komissiyasi tomonidan kiritilgan takliflar asosida bir hafta muddatda zayom obligatsiyalari bo'yicha indeksatsiya miqdori to'g'risida tegishli qaror chiqaradi.
21. Xalq banki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingandan keyin ikki kun muddatda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, indeksatsiya shartlarini hisobga olgan holda, zayom obligatsiyalari qiymatining uzil-kesil summasini Xalq bankining hisob raqamiga o'tkazish to'g'risidagi tegishli talabnomani taqdim etadi.
22. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan talabnoma va tasdiqlovchi hujjatlar asosida uch kun muddatda, indeksatsiya shartlari hisobga olingan holda, zayom obligatsiyalari qiymatining barcha summasini o'tkazadi.
23. Xalq banki zayom obligatsiyalari qiymati O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o'tkazilgandan keyin ikki kun muddatda tegishli summani, indeksatsiya shartlarini hisobga olgan holda, mablag'larni zayom obligatsiyalarini saqlovchining hisob raqamiga o'tkazish (etkazib berish) uchun bank bo'linmasiga o'tkazadi, shundan keyin bank bo'linmasi tomonidan qat'iy hisobot beriladigan hujjat — tasdiqnoma va shaxsini tasdiqlaydigan hujjat — O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti ko'rsatilgandan keyin zayom obligatsiyalarini to'lash amalga oshiriladi.
V. Zayom obligatsiyalarini yo'q qilish tartibi
24. Xalq banki O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «Davlat belgisi» davlat-ishlab chiqarish birlashmasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2014 yilning 20 martigacha bo'lgan muddatda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan bank bilan birgalikda taqdim etilgan Xatlov dalolatnomasi asosida bankning Markaziy operatsiya filialida saqlanayotgan zayom obligatsiyalarining ilgari realizatsiya qilinmagan qoldiqlarining belgilangan tartibda yo'q qilinishini belgilangan tartibda tashkil etadi.
25. Bank bo'linmasi mablag'lar, qo'llanilgan indeksatsiya koeffitsientini hisobga olgan holda, obligatsiyalarni saqlovchining hisob raqamiga o'tkazilgandan (etkazib berilgandan) keyin 2014 yil 1 sentyabrgacha bo'lgan muddatda qabul qilingan va bank bo'linmasida saqlanayotgan zayom obligatsiyalari bankning Markaziy operatsiya filialiga belgilangan tartibda etkazib berilishini ta'minlaydi.
26. Bankning Markaziy operatsiya filiali Respublika komissiyasiga tegishli axborotni taqdim etgan holda zayom obligatsiyalarini qabul qilish va 2014 yil 31 oktyabrgacha saqlashni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
27. Xalq banki O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «Davlat belgisi» davlat-ishlab chiqarish birlashmasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2014 yil 25 noyabrgacha bo'lgan muddatda qabul qilingan zayom obligatsiyalarining belgilangan tartibda yo'q qilinishini tashkil etadi.
28. Zayom obligatsiyalarini yo'q qilish natijalari bo'yicha Yo'q qilish dalolatnomasi tuziladi. Yo'q qilish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida, ikkinchi nusxasi esa Xalq bankida saqlanadi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
29. Bank bo'linmalarining qalbaki yoki to'lovga yaroqli bo'lmagan zayom obligatsiyalari qabul qilinishiga, ortiqcha summalar to'lanishiga, shuningdek ushbu Nizom shartlari buzilishiga yo'l qo'ygan mas'ul xodimlari ularning xatti-harakati bilan etkazilgan zarar uchun tegishli ravishda javob beradilar.
30. Bank bo'linmasi zayom obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash bo'yicha sodir etilgan operatsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlar sirini saqlaydi.
31. Bank rahbariyati bank bo'linmalari xodimlariga tegishli yo'l-yo'riq berishga, bank bo'linmalarida ko'zga ko'rinarli joyda zayom obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar joylashtirilishini ta'minlashga, belgilangan tartibda «ishonch telefoni» ishini, shuningdek zayom obligatsiyalari bo'yicha operatsiyalarni sodir etishda xodimlarning belgilangan tartibga rioya qilishi yuzasidan joriy nazoratni tashkil etishga majbur.
O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12-foizli ichki yutuqli obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizomga
1-ILOVA
Qabul qilingan obligatsiyalar
REESTRI
T/r
|
Qabul sanasi
|
F.I.O.
|
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani
|
Obligatsiya nominali
|
Obligatsiyaning seriya nomeri
|
Razryadi
|
Obligatsiya nomeri
|
Bank bo'linmasining MFOsi
|
Mas'ul xodim
|
1.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami summa
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Rahbar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh buxgalter
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
m.o'.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12- foizli ichki yutuqli obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizomga
2-ILOVA
|
TASDIQNOMA
|
|
|
Seriya_____ № _____________
|
|
O'zbekiston Respublikasi Xalq bankining
|
______________________________
|
|
|
|
(bo'linma nomi)
|
Bank bo'linmasining MFOsi______________
|
|
|
Quyidagi obligatsiyalar 2014 yil «____» ______________ da qabul qilindi:
|
T/r
|
Obligatsiyalar nominali
|
Seriya nomeri
|
Razryadi
|
Obligatsiya nomeri
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
jami
summa
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Summa (so'z bilan)
|
|
|
so'm
|
|
tiyin
|
|
|
|
|
|
Obligatsiya saqlovchisining pasport ma'lumotlari __________________________________
|
____________________________________________________________________________
|
(O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani)
|
|
|
|
|
|
Zayom obligatsiyasining saqlovchisi
|
_____________________________
|
______________________________
|
|
(F.I.O.)
|
(imzo)
|
|
|
|
|
|
2014 yil 1 avgust — 30 noyabrь davrida pul mablag'larini olish uchun taqdim etish sharti bilan.
|
|
|
|
|
|
Mas'ul xodim
|
______________________________
|
______________________________
|
|
(F.I.O.)
|
(imzo)
|
Nazoratchi
|
______________________________
|
______________________________
|
|
(F.I.O.)
|
(imzo)
|
|
|
|
|
|
m.o'.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12-foizli ichki yutuqli obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizomga
3-ILOVA
Qabul qilingan shubha tug'diruvchi obligatsiyalar
REESTRI
T/r
|
Qabul sanasi
|
F.I.O.
|
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani
|
Obligatsiya nominali
|
Obligatsiyaning seriya nomeri
|
Razryadi
|
Obligatsiya nomeri
|
Bank bo'linmasining MFOsi
|
Mas'ul xodim
|
1.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami summa
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Rahbar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh buxgalter
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
m.o'.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12-foizli ichki yutuqli obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizomga
4-ILOVA
|
|
|
2014 yil «____» ______________
|
|
|
|
|
|
____________ so'm ___________ tiyin uchun
|
KVITANTsIYa №________
|
|
|
|
|
|
____________________________________________________________________________
|
_________________________________________________________________________dan
|
(obligatsiya saqlovchisining F.I.O.; O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani)
|
___________________________________________________________________tomonidan
|
(bank bo'linmasi, MFO)
|
quyidagi obligatsiya(lar) u(ular)ning haqqoniyligini va to'lovlilikni aniqlash uchun qabul qilindi:
|
T/r
|
Obligatsiya nominali
|
Seriya nomeri
|
Razryadi
|
Obligatsiya nomeri
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
…
|
|
|
|
|
…
|
|
|
|
|
Jami
summa
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Summa (so'z bilan)
|
|
|
|
so'm
|
|
tiyin
|
|
|
|
|
|
Kvitantsiyada ko'rsatilgan zayom obligatsiyalarini
|
|
|
qabul qilgan mas'ul xodim ______________________________________
|
|
|
(F.I.O.)
|
|
|
Nazoratchi
|
______________________________
|
|
|
|
(F.I.O.)
|
|
|
m.o'.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kvitantsiya mas'ul xodim va nazoratchining imzolari hamda muhr mavjud bo'lgan taqdirda haqiqiydir.
|
Zayom obligatsiyasining saqlovchisi _______________________________________________
|
|
|
(imzo, F.I.O.)
|
|
Bank bo'linmasiga kelish sanasi: 2014 yil «____» _______________gacha
|
|
|
|
|
|
|
O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi 12-foizli ichki yutuqli obligatsiyalarini qabul qilish va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizomga
5-ILOVA
Qabul qilingan zayom obligatsiyalarining
YIG'MA REESTRI
T/r
|
Qabul sanasi
|
F.I.O.
|
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani
|
Obligatsiya nominali
|
Obligatsiyaning seriya nomeri
|
Razryadi
|
Obligatsiya nomeri
|
Bank bo'linmasining MFOsi
|
Mas'ul xodim
|
1.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami summa
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Rahbar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh buxgalter
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
m.o'.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |