Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida


yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan tarmoq investitsiya loyihalarining manzilli dasturi



Download 115,68 Kb.
bet5/5
Sana24.06.2021
Hajmi115,68 Kb.
#100761
1   2   3   4   5
Bog'liq
2019 yilga moʻljallangan investitsiya dasturini

2019 yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan tarmoq investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 13-ilovaga muvofiq;

2019 yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 14-ilovaga muvofiq;

j) quyidagilar:



2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 15-ilovaga muvofiq;

2019 yilda koʻrib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari roʻyxati 16-ilovaga muvofiq;

2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan obyektlar roʻyxati 17-ilovaga muvofiq;

2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha obyektlari roʻyxati 18-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

3. Belgilansinki:

loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha loyihalar (obyektlar) yuzasidan roʻyxatlarga va kapital qoʻyilmalar limitlariga (qiymatiga) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining qarorlari bilan aniqlik va tuzatishlar kiritilishi mumkin;

loyihalar (obyektlar) boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan kiritiladi;

qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonlariga tegishli vakolatga ega boʻlmagan shaxslarning aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.

4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda – Rivojlanish jamgʻarmasi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlarini oʻtkazish mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun avval ajratilgan mablagʻlar sarflanganligi Rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlanishiga qarab amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Rivojlanish jamgʻarmasiga moliyalashtirish jadvali asosida oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda jalb etilayotgan kreditlarning garov taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqi qarzlarining va davlat kafolatlari summasining cheklangan hajmi meʼyorlarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari – mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalar buyurtmachilari (keyingi oʻrinlarda – loyihalar buyurtmachilari):

ikki hafta muddatda – yildan-yilga oʻtib kelayotgan loyihalarni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning kalendar jadvallari bilan uzviy bogʻliqlikda aniqlashtirgan holda, ular boʻyicha 2019 yilga moʻljallangan qurilishlarning manzilli roʻyxati ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligiga taqdim etilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda – markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019 yilda yangidan boshlanadigan loyihalar boʻyicha loyiha hujjatlarinitasdiqlash ishlari yakunlanishini;

ikki oy muddatda tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida –tender (tanlov) hujjatlari kompleks ekspertizadanoʻtkazilishini, belgilangan tartibda yangi boshlanadigan loyihalar boʻyicha xarid qilish tartib-taomillari yakunlanishini va tender (tanlov) gʻoliblari bilan pudrat shartnomalari tuzilishini;

xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan soʻng bir hafta muddatda – yangidan boshlanadigan loyihalar boʻyicha qurilishlarning yakuniy manzilli roʻyxatlari kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligiga taqdim etilishini;

ikki hafta muddatda – mazkur qarorning 10, 11, 12, 13 va 14-ilovalariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning kompleks tarmoq jadvallari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga taqdim etilishini;

bir oy muddatda – mazkur qarorning 15-ilovasiga kiritilgan loyihalar yuzasidan loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha “yoʻl xaritalari” Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etilishini taʼminlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

respublika shaharlari va shahar posyolkalarining ishlab chiqilgan va bugungi kunga qadar tasdiqlanmagan bosh rejalari loyihalarini ularning asosiy qoidalari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari asoslantirilganligi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqilishini;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini, ularni ishlab chiqish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, xususiy loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini ragʻbatlantirish, ushbu sohaga innovatsion yechimlarni va ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlanishini;

ajratilayotgan mablagʻlar samaradorligini oshirishga, shuningdek, yoʻl infratuzilmasini va umuman tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni inobatga olgan holda, avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin.

8. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga:

Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar boʻyicha qurilish-montaj ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, mablagʻlarning toʻliq hajmda oʻzlashtirilishini hamda obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlari belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini taʼminlash;

mazkur qarorning 17 va 18-ilovalariga kiritilgan loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini 2019 yilda ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

9. Rivojlanish jamgʻarmasi kuzatuv kengashi loyihalar buyurtmachilari bilan birgalikda:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan holda, 2019 yilning 6 va 9 oyligi yakunlari boʻyicha kapital qoʻyilmalarning tejab qolingan yoki foydalanilmagan limitlarini, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritilayotgan tegishli hududdagi suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimi, shuningdek, sogʻliqni saqlash va taʼlim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda belgilangan tartibda qayta taqsimlashni;

har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasiga qadar mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish holati toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etishni;

zarur hollarda, xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturida nazarda tutilgan mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda va kapital qoʻyilmalarning parametrlari doirasida qurilishlarning manzilli dasturlariga aniqlashtirish va tuzatishlar kiritilishini taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlil hamda monitoring oʻtkazilishini hamda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumotlar kiritilishini taʼminlasin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R.Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K.Saidova zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Download 115,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish