O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani ko‘rib chiqish



Download 265,06 Kb.
bet181/189
Sana31.03.2022
Hajmi265,06 Kb.
#520854
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   189
Bog'liq
Bojxona kodeksi

386-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va mazkur reyestrga kiritish to‘g‘risida yoki kiritishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi vakolatli organlardan taqdim etilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi qo‘shimcha axborot va hujjatlarni so‘rab olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi huquq egasiga yoki uning vakolatli vakiliga Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida yoki kiritish rad etilganligi haqida, rad etilishi sabablarini asoslantirgan holda xabar yuboradi.
387-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha choralar qo‘llanilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan intellektual mulk obyektlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritadi va keyinchalik uni doimiy ravishda yangilab borgan holda o‘z rasmiy veb-saytida vaqti-vaqti bilan e’lon qiladi.
Intellektual mulk obyektlari quyidagi hollarda Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilishi kerak:
huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining reyestrdan chiqarilish to‘g‘risidagi murojaatiga ko‘ra;
ushbu Kodeksning 385-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlar bojxona organi tomonidan aniqlanganda;
intellektual mulk obyektining huquqiy muhofazasi belgilangan tartibda tugatilganda;
intellektual mulk obyekti Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan kundan e’tiboran uch yil o‘tgach;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellatsiya kengashining qarori asosida.
(387-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini intellektual mulk obyektlari Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risida uch ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish tartibi va shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Download 265,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish