O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

Maxsus qism
VI bo‘lim.
Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul
qilish hamda tasdiqlash
16-bob. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini tuzish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
83-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish
Navbatdagi yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga
budjet mo‘ljallari o‘rta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish:
budjet so‘rovini tuzish tartibini yuborishni;
budjet so‘rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va
taqdim etishni;
budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni;
budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
84-modda. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalarini tuzish
uchun mas’ul organlar
Davlat budjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, budjetlar
loyihalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so‘ralgan axborot va
ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg‘armalari
budjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.
85-modda. Budjet so‘rovi
Budjet so‘rovi:
budjet 
tashkilotining, 
budjet 
mablag‘lari 
oluvchining 
va 
budjet 
mablag‘larini
taqsimlovchining budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatining
miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi, o‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda
kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobotni;


xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo‘ladigan hamda
moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar,
shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko‘rsatilgan reyestrini;
budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;
budjet mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuzilgan
kelgusi davr uchun budjet buyurtmasini o‘z ichiga oladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar budjet so‘rovi bilan bir vaqtda tegishli
budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining kelgusi davr uchun prognozlarini
taqdim etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Budjet so‘rovini tuzish tartibi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet
tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi.
(85-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish