O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish



Download 356,97 Kb.
bet168/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
IPK

342-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish
Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan obyektiv holatlar mavjud bo‘lganda sud davlat ijrochisining, undiruvchining yoki qarzdorning arizasiga ko‘ra sud hujjatining ijrosini kechiktirishga yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etishga, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirishga haqli.
Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, agar vakolatli davlat organining qarori yoki taraflarning kelishuvi bilan boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir yildan oshmagan muddatga berilishi mumkin.
Sud qarzdorga hujjatni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish imkonini berganda sud hujjatining ijro etilishini ushbu Kodeksning 8-bobida nazarda tutilgan tartibda ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkin.
Sud hujjati ijrosini kechiktirish haqidagi yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish haqidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda sud tomonidan sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Agar sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lsa, undiruvchi, qarzdor va davlat ijrochisi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek, agar sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lsa, davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 343, 344-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 9-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish