O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Dunyoni nihoyasi yoki oltin asr?



Download 1,75 Mb.
bet82/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Dunyoni nihoyasi yoki oltin asr?
Tanlash bizning ixtiyorda. Uchinchi ming yillikni yaqinlashishi bilan bizning butun faoliyatimiz oxir-oqibatda bizni tanlovimizni aniqlashtiradi, boshqa savolga odam bo’lish qanday bo’larkin degan savolga javob beradi? “ (Также 264-265 стр)
Nesbitt va Eburdin bashorati XX asrning 90-yili boshida chop etildi. Tabiiyki kelajakni mumkin bo’lgan muqobilliklari anchagina qisqa va bashorat realroq. Kitobda detallashtirilib asoslangan ko’pgina an’analar postindustrial sivilizatsiya arafasida o’zgarishlar chizmasini ko’rsatadi.
Mualliflar judaham optimistic ruhda XX asrni so’nggi o’n yilligi manzarasini tasvirladilar. yangi sivilizatsiyaga o’tish davri qiyinchililari, ziddiyatlariga yetarlicha baho berilmagan.
XX asrnnig 90-yillarini birinchi to’rt yili iqtisodiy yuksalish o’rniga rivojlangan dunyoni yetakchi davlatlari AQSH va Yaponiyani qamrab olgan dunyo iqtisodiy tushkunligi bilan o’tdi. Siyossiy-iqtisodiy va ijtimoiy tushkunlik postsotsialistik mamlakatlarda yanada chuqurroq va uzoq kechdi. 90-yillar sobiq SSSR ning mustaqillikka erishgan mamlaktlari uchun eski tuzum asoratlaridan qutulish va yangi jamiyatni huquqiy asoslarini qurish davri yoki azobli o’tish davri bo’ldi.
90-yillar boshlarida sobiq SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida haqiqatdan erkin bozor munosabatlari unsurlari paydo bo’ldi. Bashoratda aytilganidek nafaqat Vengriyada, balki boshqa sotsialistik davlatlarda ham bashoratda ko’rsatilgan doiradan chiqdilar, bu mamlakatlarda “bozor sotsializmi” emas kapitalizm aralash -bozor xo’jaligi bilan ( GFR va Shvetsiyaga nkabi) balki eng agressiv kapitalizm yovvoyi bozor munosabatlari , davlat mulki, umumxalq mulkini o’g’irlash bilan shavqatsiz dastlabki capital jamg’arish paydo bo’ldi.
Tarixiy jarayonni hozirgi bosqichi va uni istiqbollari I.M. Dyakonovning “Tarix yo’llari”asarida o’ziga xos baholangan. U insoniyat tarixini hisob bo’yicha sakkizinchi past kapitalizm fazasini vodorod bombalarini (1952-1953 yillar) sinab ko’rish vaqtidan hisobini olib boradi. Bu davrda shaxs diniy va falsafiy mafkurasi ham o’zini yaxshi his qiladi. Ulkan vayron keltirish kuchiga ega bo’lgan yadro va boshqa qurol paydo bo’ladi, turmush axborotlarini elektrlashuvi, ijtimoiy tuzilmada siljishlar, aholi o’sishini jadallashuvi, mustamlakalarga mustaqillik berish kuchayadi deb bashorat qildi. (Также 266 стр)
Sakkizinchi faza orqasidan tarixiy jarayonning to’qqizinchi fazasi kiradi, uning mazmuni va xronologik doirasini hozircha aniqlash qiyin. Bu fazadea asosiy xavf yer shari aholisini tez o’sishi va XXI asr oxirida uning soni 15 mlrd kishiga yetishi mumkin, bu atrof-muhitga favqulodda og’ir tushishiga olib keladi. Ikkita senariy yuz berishi mumkin deb taxmin qilinadi. Birinchi bo’yicha yer tarixini bo’r davri so’ngida dinozavrlar olib ketganida insoniyat XXII asrdan kechikmay olib ketadi u bilan birga bizga ma’lum biosferanikatta qismi halok bo’ladi.
Ikkinchi optimistic senariy bo’yicha tarixiy jarayonning sakkizinchi fazasiga yetgan mamlkatlarda bugun kuzatilayotgan aholi o’sishini pasayishi keskin kuchayadi. Insoniyatni mavjudligiga oltinchi fazadan hali ko’tarila olmayotgan “uchinchi dunyo” mamlkatlari xavf tug’diradi. Ko’rinishidan ularni sakkizinchi tezroq ko’tarish lozim” (Также 267 стр).
Taklif qilingan kelajak senariylarini mensimaslik mumkin emas, lekin ular aniqlashtirishga muhtoj. Ikki davrni ajratib turadigan oraliqni 50-yillari boshlarida emas, balki ikki o’n yillikdan keyinroq qachonki iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy tushkunliklar boshlanib ketdi.
Bundan so’ng esa jahon sotsialistik tizimi, OIYK va SSSR, Varshava shartnomasi parchalanib ketdi, bipolyar dunyo tugadi, ommaviy qirg’in qurollarini cheklash boshlandi. Keskin milliy nizolar, local urushlar boshlandi, I.M.Dyakonov keladigan har bir faza , beshinchisidan boshlab oldingisiga qaraganda uch marta qisqaradi; gar bu an’ana davom ettirilsa sakkizinchi (postkapitalistik) faza bor yog’I 30 yil davom etadi, keyingi to’qqizinchi –o’n yilga teng bo’ladi, bu albatta real emas. Olimlar jahon sivilizatsiyasini boshqa davomiyligidan (industrial sivilizatsiya o’tish davri qo’shilgan holda -2,4 yuz yillik, postindustrial-1,6) va tarixiy progresni jadallashuv an’anasi koeffisenti ikki marta kamligidan kelib chiqadilar (7 jadvalga qarang) lekin, bu koeffisent ayniqsa sivilizatsiyalarni yangi tarixiy super siklga o’tish uchun kamayishi mumkin.
Istiqbolda yer aholisini sonini o’sishini kutish mumkin emas. XX asrning 80-yillari so’nggi yillarida qator aholisi eng zich joylashgan qator mamlkatlarda aholini tabiiy o’sishini sur’atini qisqarish an’anasi ochiq ko’rinadi. Misol uchun Xitoyda 1970-yilda -25,8 kishidan , 1994-yilda -11,3 kishigacha (aholini 1000 kishisiga), Yaponiyada 1970-yilda-11,9 kishidan 1994-yilda -3,1 kishigacha, Rossiyada 1960-yilda -15,8 kishidan, 1995 yilda -5,7 kishigacha, AQSHda 1970-yilda-8,9 kishidan 1994 yilda-6,8 kishigacha, Meksikada 1970-yil 32,5 kishidan 1994-yil-27,7 kishigacha, Fransiyada 1970 yilda – 6,1 kishidan 1994 yilda -3,1 kishigacha
Bu an’ana XXI asr boshlarida saqlanib qolib, yana kuchayadi. Bu o’z navbatida aholini va uni ehtiyojlarini o’sishi va tabiiy resurslarini cheklangani, biosferani holati o’rtasidagi qarama-qarshilikni yumshatish imkoniyatini beradi. Bunga yana postindustrial ishlab chiqarish texnologik usuliga xos bo’lgan resurslarni tejaydigan ekologik toza texnologiyalarni keng tarqalishi yordam beradi.
Industrial sivilizatsiyadan metros olingan XXI asr uchun yalpi qarama-qarshilikni insoniyat yenga oladimi degan savol tug’iladi. 1904 yil Rio-de-Janeyro shahrida xalqarohamkorlik barqaror rivojlanishkonsepsiyasi nomli xalqaro konferensiyaga to’plandi. Jamiyat va atrof muhit o’rtasida is’temol va resurslarni o’sishini muvozanatini ta’minlash, bir tarixiy sikldan boshqasiga o’tishda yo’qotishlarni kamaytirish konferensiyasi asosiy muhokama mavzusi edi.. bu konsepsiya asosida akademik Vernadskiy biosfera va noosferani ilmiy tafakkur va inson faoliyati ta’siri ostida aql sohasiga o’zgartirish, qachonki ilmiy tafakkur geologic kuchga aylanadidegan nazariyasi yotar edi. Bu kelajak emas bugun jarayon qaysiki bir necha ming yil bormoqda akademik Vernadskiy shunday ta’kidlagan edi.”So’nggi ming yillikda bir ko’rinishdagi tirik mavjudot –sivilizatsiyalashgan insoniyatni biosferani o’zgarishiga ta’siri intensive o’sib bormoqda. Ilmiy tafakkur va inson mehnati ta’siri ostida biosfera yangi holatga –noosferaga o’tmoqda…
Aytish mumkinki, 5-7 ming yil davomida sur’atlarda os’a borib, noosferani uzluksiz yaratishva mustahkam orqaga qaytishsiz davomiylikda kamayish to’xtashlar bilan insoniyatnimadaniy bioximik energiyasini o’sishi bormoqda”. Bu jarayon nafaqat ijobiy balki salbiy natijalarini berdi, ayniqsa bu industrial jamiyat so’nish fazasida yaqqol ko’rindi: a’lo mineral , o’rmon va yer resurslarni tugashi , daryo, dengizlar, okeanlar havo muhitini yirik hajmda ifloslanishi chernobil avariyasi kabi yirik texnogen avariyalar, yerda barcha tirik mavjudotlarni yo’q qilishga qodirqurolni yaratilishi . bu ham noosfera – lekin yomon tartibga solinmagan va o’ta xavfli variantda, lekin insoniyat boshqa noosferani pozitiv variantini amamga oshirishga qobil. “Tarixiy jarayon bizning ko’z oldimizda o’zgarmoqda. Insoniyat tarixida birinchi bor xalq ommasini manfaatlari barchani va har bir kishini shaxsni erkin tafakkuriinsoniyatni hayotini belgilaydi, uni haqiqat to’g’risidagi tushunchalarini o’lchami bo’ladi. Yaxlit olingan insoniyat qudratli geologic kuchga aylanadi va uning oldida uni tafakkuri va mehnati bilan erkin fikrlaydigan insoniyat bir bituin sifatida uning manfaatlari uchun biosferani qayta qurish to’g’risidagi masala turadi. Bu biosferani yangi holati, qaysiki biz sezmagan holda yaqinlashamiz va bu “noosfera” degan edi buyuk olim Vernadskiy.
Vernadskiy noosfera to’g’risidagi qarashlarini 1944-yilda ikkinchi jahon urushi qizg’in ketayotgasn, atom bombasini qo’llash arafasida yozdi. Hozirgi kunda ham olimning ilmiy bashoratini qimmati oshdi. Insoniyatni, yerni halokat yoqasiga yaqinlashtirayotgan insonning tabiatga nisbatan buzg;unchilik faoliyati, ekologik xavf, vayronkor qurollarni ko’payib borishi, qashshoq va boy hududlar o’rtasidagi ziddiyatlar dunyoni barqaror taraqqiytini asosiy omillaridan to’la foydalanishni talab qiladi.
a) dunyo bo’yicha aholini ehtiyojlarini qondirishda barcha hududlar bo’yicha adolatli bir tekisda qondirish yo’llarini izlab topish va xalqaro hamkorlikni bu sohada samarali yo’llarini qo’llash
b) rivoylanayotgan mamlaktlarni aholisini oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirishni uzoq muddatli real, samaral,I yo’llarini izlash
v) Hamma joyda asta sekin kam chiqitli va chiqitsiz, ekologik toza texnologiyalarni o’zlashtirish, ana shu asosda tabiiy xom-ashyodan foydalanishni tubdan qisqartirish, tabiiy resurslardan vahshiylarcha foydalanishdan atrof- muhitni ifloslantirishdan voz kechish:
g) rivojlangan mamlaktlarni rivojlanayotgan mamlakatlar xom- ashyo resurslarini talon-taroj qilishga chek qo’yish:
d) Militazizmni jilovlash, ichki va tashqi ziddiyatlarni hal qilishda kuch ishlatishdan voz kechish, eng xavfli qurollar turlarini bosqichma-bosqich yoq qilish va qolgani ustidan qattiq xalqaro nazorat o’rnatish.
c) xalqaro xamkorlikni rivojlangan va rivojlanayotgan mamlkatlar o’rtasidagi xavfli farqni bartaraf qilish uchun faoliyatini, yalpi ekologik siyosat va dasturlarni tizimli amalgam oshirishni ishlab chiqish va ta’minlash
e) dunyo aholisini barchasini hozirgi yetakchi an’analarini istiqboli yo’qligi va o’ta xavfli ekanligini anglab yetishi, yangi ilmiy va siyosiy paradigmalarni sihlab chiqish va ular aholini faolm qatlamlari, siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar barcha mamlkatlarda, barcha jahon hamjamiyatini maqsadli yo’naltirilgan harakatlari asosi bo’lishi lozim.
Yuqorida sanab o’tilgan omillarni qanchalik tez va to’la anglab yetilsa va harakatga keltirilsa insoniyatni kelajagi, uni yashashi shunga bog’liq bo’ladi
Jamiyat piramidasining har bir qavati, bu qavatni har bir (xonasi) unsuri har bir mamlkat yoki mamlakatlar guruhiga xos o’zini qalinligi, bu bashorat, ilonining qandaydir burilmasi mavjud: birgalib. Oralib, urg’u bergan holda ular ilonlar dramasini tashkil qilib insoniyatni buguni va kelajagini, tarixiy sikllar trayektoriyasini shakllantiradi. Jamiyat dinamikasini misli ko’rilmagan murakkabligi va ko’p o’lchamli ekanligi nima uchun hozirgacha biror bir asoslangan uzoq muddatli global bashoratlar yo’qligini shunday bashoratni yetarlicha ishlangan nazariyasi yo’qligini tushuntiradi.
Inson tafakkuri hatto eng yaxshi zakovatli daholarning topo’lami ham tarixiy jarayonnning tubiga yeta olmaydi-hech bo’lmaganda birinchi yaqinroqda uni yaqin 50-100 yillari borishini tasavvur qilish holatiga ega emas. Tarix doimo omadsiz bashoratchilar ustidan kulib keladi. Shunga qaramasdan odamlar yana va yana muvaffaqiyatsizliklarga ko’nmay hal qilib bo’lmaydigan muammoni yechishga chog’lanadilar, chunki kelajakni oldindan ko’rmasdan turib , hozirgi kunni mohiyatini tushunish mumkin emas, o’zi oilasi, korxonasi, o’z mamlakati , dunyo uchun yurish –turishni to’g’ri yo’nalishini tanlash uchun.
Yuqorida bayon qilingan nazariy yondashuvlardan siklik-genetik dinamika qonuniyatlar va an’analardan kelib chiqqan holda bu muammoga nazar tashlaymiz. Yuqorida )6 jadvalga qarang)sivilizatsiyalarning taxminan to’rt yuz yil oldin kelajakdagi almashuvinioldindan ko’rishga urinib ko’riladi. Bu insoniyat XX asrning so’nggi choragida shart-sharoitlardan kelib chiqib navbatdagi ( hisob bo’yicha yettinchi0 sivilizatsiyaga o’tish davriga kirdiva umumiy boshlang’ich tamoyillar asosida kelib chiqadigan navbatdagi tarixiy super siklga (12 ming yil davomida uchunchi) qadam qo’ydi. Bu holda past industrial sivilizatsiyaga o’tish taxminan yarim asrga teng bo’ladi, navbatdagi super siklga o’tish esa asr atrofida bo’ladi. Albatta insoniyatni 12 ming yillik tarixini tarixiy ritmlarini tahlil qilishdan keltirib chiqarilgan.
6-jadvalda kelajak ritmning faqat ikki varianti – tarixiy progressning jadallashuvining bir xil bo’lmagan sur’atlaridan kelib chiqadi. Bu variantlar so’nggi chegara bo’lmay boshqa muqobil senariylar bo’lishi mimkin. Yaqin ikki yuz yil ichida butun dumyoda ochlik va qashshoqlikni to’la tugatish davlatlarni o’z xoxishlari bilan kongilli ravishda o’z suverenitetlarini cheklashlari, eng asosiysi to’la qurolsizlanish , urushlarni tugatish, barcha uchun xavfsizlikni tugatish mumkinligi bashorat qilinadi.
Ko’rinishidan bu bo’lishi mumkin bo’lgan muqobilliklar yelpig’ichidan hatto optimistic 2020-2025 yillar postindustrial jamiyatga o’tishning oxiridagi chegaralaridan ham chiqadi, bu holatfaqatgina 2060-2080-yillarda yangi tarixiy supersiklga o’tishtugallanganda, kelajak sivilizatsiya o’z shaxsiy asosida rivojlanib yetuklik davriga kirganda yuz beradi.
Akademik N.N. Moisev XX asrning 70-yillarida SSSR va AQSH o’rtasida yalpi termoyadro yoki bakteriologik urushni sodir bo’lish ehtimolini tadqiq qilgan edi. Bundan tashqari 1994-yil Yupiter sayyorasiga yirik o’rtalarida asteroid kelib urilganidek yer shariga ham shunday asteroid kelib urilishi natijasida yirik kosmik halokat yuz berishi senariysi ilgari surilgan edi. Bu farazzlar amalgam oshmay qoldi.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish