O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet1/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi


Aim.Uz


JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI


Ravshan Rajabov
Sherzod Ravshanov
JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI

F.f.n., dots. Ravshan Rajabov, o’qituvchi: Sherzod Ravshanovlar tayyorlagan o’quv qo’llanmada jahon sivilizatsiyalari tarixi, Vatanimiz hududida o’tmishda shakllangan va rivojlangan sivilizatsiyalar, ularning bosqichlari to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Sivilizatsiyalarining rivojlanishi bo’yicha jahon fanida e’tirof etilgan ilmiy konsepsiyalar, nazariyalar keltiriladi. Kursni to’la o’zlashtirish uchun magistrant va talabalar foydalanish maqsadida har bir mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar, takrorlash savollari, mustaqil ishlar mavzulari hamda mavzuni o’rganish metodlari, test savollari, foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati ilova qilinadi.


Ushbu o’quv qo’llanma “Tarix” mutaxassisligi magistrantlari hamda 5140600 “Tarix”, 5140500 “Milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishlari talabalari va o’qituvchilari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan.

Taqrizchilar: t.f.d. G’.Temirov


t.f.n., dots. X.Raupov
Ushbu o’quv qo’llanma Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy kengashining 2010 – yil 9-mart № 7 sonli majlisida muhokama qilinib, o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan.
SIVILIZATSIYALAR TARIXI


KIRISH: TARIX MANTIG’IGA YANGIСHA QARASH

Tarix bu qandaydir ma’noda nazariy va amaliy fan, chunki tarixchi o’tmishni o’z davri nuqtai- nazaridan tahlil qiladi, tarixchi ikkinchidan, o’tmish tarixini o’ziga xolisligini hisobga olishi lozim. Insoniyat jamiyati taraqqiyoti markazida inson turadi. Xo’jalik, siyosat, din, san’at, turmush - bu hammasui odamlar guruhining yurish, turishini har-xil shakllantiradi.


Tarixchilar uchun tarixni sabab-oqibat, aloqalar bilan har tomonlama va chuqur nazariy tahlil qilish, tarixiy jarayonning xilma-xilligida, qarama-qarshilikda, murakkablikda ochib berish talab qilinadi. Biz jamiyatshunos olimlar tarixiy jarayonni oq-qora tasvirda ko`rishdan qo`rqamiz. Shu o`rinda Prezidentimiz I. Karimovning ushbu so`zlarini keltirish joizdir: “Afsuski ko`p olimlarimiz ongida eski tuzum asoratlari mahkam o`rnashib qolgan. Ular hozir mustaqillik sharoitida ham kimdandir qo`rqib, cho`chib gapiradilar.” Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin. Olimlarimiz jamiyat tarixiy taraqqiyotini chuqur tahlil qilib ilmiy asoslangan xulosalar, konsepsiyalarni yaratishlari lozim.
“Hozirgi kunda olimlarimiz jahon fani tanlagan,ilmiy-nazariy jihatdan puxta ishlangan amaliyotni, o’z isbotini topgan turli ilmiy nazariya va konsepsiyalarni o’rganib, ularni qiyosiy taqqoslab o’z tadqiqotlarida mustaqil fikr, xulosalarni bayon qilishlari lozim. Bu borada keyingi o’n yilliklarda ijobiy siljishlar mavjud. Ko’pgina jamiyatshunos olimlarimiz taniqli xorij olimlarining asarlarini, maqolalarini tahlil qilib, o’z xulosalarini aytmoqdalar. Bunday jur`atsizlik tarixiy ong, xotira va tafakkurda turg`unlik mavjudligi holatini uzoq vaqt saqlanib qolishiga olib keladi. Yana bir tomondan tarixiy jarayonni tahlil qilish zaruriyati har qachongidan ham dolzarb vazifa bo`lib qolmoqda. Tarixiy taraqqiyot jarayonini tarixi, falsafiy tahlil qilishda yurtboshimiz ta’kidlaganidek “Agar olimlarimizning ilmiy tadqiqot ishlari zamirida yangilik bo`lmasa ularning sariq-chaqalik ahamiyati yo`q.”
Bu salbiy holatlar tarixiy ong, tarixiy tafakkurimizning zaif, turg`un holatda qolishiga sabab bo`ladi. Shu sababli bu yo’nalishda ijobiy siljishlar, izlanishlar zarur va kerakdir. Agar bizning tarixiy tafakkurimiz, tarixiy ongimiz yaqin o’tmishdagidek zaif, rivoylanmay qolaversa bu hol jamiyatni ijtimoiy ongiga salbiy ta’sir qiladi. Tarixiy ong, tarixiy xotirani zaif bo’lishi fuqaroni jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to’laqonli anglab yetishiga va ularda faol ishtirok etishiga qiyinchilik tug’diradi.
Tarix fan sifatida ko`p bo`g`inli bo’lib, u barcha insoniyat taraqqiyotini o`rganishni (umumjahon tarixi), uning alohida bosqichlarini (qadimgi dunyo tarixi, o`rta asrlar va shunga o`xshash), alohida mamlakatlar, faoliyat turi yo`nalishlari (iqtisodiyot tarixi, san`at, fan, urushlar va boshqalar)ni o`z ichiga oladi. Tarix fanlari piramidasining cho`qqisi - bu tarix falsafasidir. U jahon va lokal sivilizatsiyalar taraqqiyotidagi qonuniyatlar va an`analarni aniqlashga yordam beradi, turli xalqlarning o`sish va tushkunlik sabablarini, hozir yuz berayotgan tub o`zgarishlarning tarixiy ildizlarini tushunish, kelajakda ularni o`zgarishini oldindan ko`rishga yordam beradi. Shu bilan birga o`tmishni o`rganish, butun dunyo taraqqiyotini ilmiy bilish, ijtimoiy ongning hozirgi tushkunlik holatini bartaraf qilishni, tarixga yangi qarashni shakllanishini va kelajak taraqqiyot istiqbollarini bilishini kuchli omili bo`ladi. XX asrning yirik tarixchisi Fernan Berodelning quyidagi xulosasiga rozi bo`lmaslik qiyin: “Men istardimki, ijtimoiy fanlar sohasidagi mutaxassislar tarixda bilish va tadqiqotning faqat vositasini ko`rsinlar. Bugungi kun o’zini yarmidan ko’prog’i bilan o’jarlik qilib yo’qotishga urinilayotgan o`tmish hukmronligi ostida turgan emasmi? O`tmish o`z qonuniyatlari, o`zining o`xshashliklari vositasi bilan bugungi kunini har qanday jiddiy tushunish uchun zarur kalit emasmi?” (9.T.3.C.11.) Bu kalitdan foydalanaylik!.
Sivilizatsiya tarixini o`rganishda siklik dinamika nazariyasi, tarixiy sikllar tushunchalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu o`tmishni, hozir va insoniyat kelajagini besh ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyalarga, noaniq, uzoq boshlanish (ibtidoiy jamoa tuzimi) va nihoyasiz tugallanish (kommunistik formatsiya), an`anaviy bo`linishdan voz kechishga imkon beradi. Tarixning sanog`i neolit sivilizatsiyasidan boshlab olib boriladi va doimo davriy o`sib boradigan, tezlik bilan almashinadigan dunyo sivilizatsiyalarini episentrlari markazlarining almashinuvi bilan, lokal sivilizatsiyalarning notekis to`lqinli tarzdagi taraqqiyoti sifatida tasavvur qilinadi; Bu an`ana kelajakda ham saqlanib qoladi. Shu nuqtai nazardan XIX asrning oxiri - XX asrning boshlanishi industrial sivilizatsiyadan post industrial sivilizatsiyaga o`tish davrini tashkil qiladi, shu bilan birga o`tish davrlariga xos bo`lgan qarama-qarshiliklarning keskinlashuvi, alg`ov-dalg`ovlik, yangi jamiyatni tug`ilish azoblari bu davrning hamrohi bo`ladi.
Tarixiy jarayon dinamikasiga yangi yondashuvningu unsurlari o`tmishda N.D.Kondratyev, A.L. Chijevskiy, A.Toynbi, F. Brodel, N.A. Berdyayev va P. Sorokinlar tomonidan ishlab chiqilgan. Lekin utilitar mafkuraviy doktrinalar hukmronligi yangi yondashuvga tanilish va tarixni o`qitishda keng tarqalishga imkon bermadi. Eski hukmron mafkuralarning yemirilishi tarixiy jarayonning yangi paradigmalarini o`zlashtirish uchun kenglik ochdi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish