O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliqning o‘rnini qoplash



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

274-modda. Soliqning o‘rnini qoplash
Ushbu  Kodeksning 
272-moddasiga
  muvofiq  o‘rni  qoplanishi  lozim  bo‘lgan  soliq  summasi,
agar  ushbu  moddada  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  soliq  bo‘yicha  kelgusi  to‘lovlar
hisobidan hisobga olinadi.
Soliq  to‘lovchi  o‘rni  qoplanishi  lozim  bo‘lgan  soliq  summasini  soliq  organlariga  soliq
summasini qaytarish to‘g‘risida berilgan arizaga asosan qaytarish huquqiga ega.
Agar  kameral  soliq  tekshiruvi  natijalariga  ko‘ra  soliq  organi  qaytarish  uchun  arizada
ko‘rsatilgan  soliq  summasining  o‘rnini  to‘liq  yoki  qisman  qoplash  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilsa,
mazkur soliq summasi soliq to‘lovchiga soliq summasini qaytarish to‘g‘risida ariza berilgan sanadan
e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay qaytariladi.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
189/333
Soliqning  jami  summasi  o‘rnini  tezlashtirilgan  tarzda  qoplash  tartibi  bu  haqda  soliqni
qaytarish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga nisbatan
qo‘llaniladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining yirik soliq to‘lovchilar toifasiga belgilangan tartibda kiritilgan
yuridik shaxslariga;
2)  soliqni  qoplashga  doir  ariza  bilan  birga  amaldagi  bank  kafolatini  taqdim  etgan  yoki  soliq
organlari  bilan  garov  shartnomasini  ushbu  Kodeksning 
107
  yoki 
109-moddalarida
  belgilangan
tartibda rasmiylashtirgan soliq to‘lovchilarga;
3)  eksport  va  unga  tenglashtirilgan  operatsiyalarni  amalga  oshiradigan  shaxslarga  —  agar
ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan bo‘lsa, nol
darajali  soliq  stavkasi  qo‘llanilishi  natijasida  hosil  bo‘lgan  soliqning  oshib  ketgan  summalari
qismida;
4) chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga;
5)  mahsulot  taqsimotiga  oid  bitim  ishtirokchilariga,  agar  bunday  bitimda  nol  darajali  stavka
qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa;
6) soliq monitoringi ishtirokchilariga.
Soliqning o‘rnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq to‘lovchi tomonidan qaytarish uchun
arizada ko‘rsatilgan soliq summasining o‘rni unga yetti kun ichida to‘liq hajmda qoplanadi. Bunda
o‘rni  qoplanishi  uchun  arizada  ko‘rsatilgan  soliq  summasi  asoslantirilganligining  kameral  soliq
tekshiruvi  umumiy  tartibda  amalga  oshiriladi.  Agar  kameral  soliq  tekshiruvi  natijalariga  ko‘ra
arizada ko‘rsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz bo‘lib chiqsa, soliq to‘lovchi soliqning
o‘rni  o‘ziga  asossiz  ravishda  qoplangan  summasini  qoplash  sanasidan  to  uni  budjetga  to‘lash
sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga to‘lashi shart.
Soliq  summalarining  o‘rnini  qoplash  tartibi  va  shartlari,  ushbu  moddaga  muvofiq  kameral
soliq tekshiruvini o‘tkazish, shuningdek chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
hududida  olingan  tovarlarni  olib  chiqishda  ularga  soliq  summasini  qaytarish  (TAX  FREE)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish