O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Qayta tashkil etilganda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

276-modda. Qayta tashkil etilganda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Yuridik  shaxs  qayta  tashkil  etilganda  uning  soliq  majburiyati  ushbu  moddada  belgilangan
o‘ziga  xos  xususiyatlar  hisobga  olingan  holda,  ushbu  Kodeksning 
92-moddasiga
  muvofiq  o‘zining
huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi.
Yuridik  shaxs  qayta  tashkil  etilganda,  qayta  tashkil  etish  shaklidan  qat’i  nazar,  qayta  tashkil
etilgan  yuridik  shaxsga  qo‘yilgan  va  (yoki)  ushbu  shaxs  tomonidan  tovarlarni  (xizmatlarni)  olishda
(olib kirishda) to‘langan, lekin u tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi
ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning huquqiy vorisida, agar huquqiy
voris soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, hisobga olinishi lozim.
Soliq  summalarini  hisobga  olish  qayta  tashkil  etilgan  yuridik  shaxsning  huquqiy  vorisi
tomonidan qayta tashkil etilgan yuridik shaxs tovarlarni (xizmatlarni) olganda, unga taqdim etilgan
hisobvaraq-fakturalar  asosida,  shuningdek  huquqiy  voris  tovarlarni  (xizmatlarni)  olganda  unga
taqdim  etilgan  hisobvaraq-fakturalar  asosida  amalga  oshiriladi.  Soliq  summalarini  hisobga  olish
qayta tashkil etilgan yuridik shaxs tomonidan tovarlar (xizmatlar) olinishi bilan bog‘liq majburiyatlar
bo‘yicha qarz huquqiy vorisga o‘tkazilganidan keyin to‘liq hajmda amalga oshiriladi.
Agar  qayta  tashkil  etilgan  shaxs  ushbu  Kodeksning 
274-moddasiga
  muvofiq  soliqning  o‘rni
qoplanishi  huquqiga  ega  bo‘lsa,  lekin  soliqning  o‘rni  qoplanishi  lozim  bo‘lgan  summasi  qayta
tashkil  etish  tugallanguniga  qadar  unga  qoplanmasa,  ko‘rsatilgan  soliq  summasining  o‘rni  uning
huquqiy vorisiga qoplanadi.
Agar  yuridik  shaxs  qayta  tashkil  etilganda  uning  huquqiy  vorisi  (huquqiy  vorislari)  soliq
to‘lovchi  bo‘lmasa,  qayta  tashkil  etilayotgan  shaxs  ushbu  bo‘limda  belgilangan  tartibda  soliqni
hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasiga tuzatish kiritishni amalga oshirishi kerak.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish