O’zbekiston Respublikasioliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat unversiteti



Download 3,3 Mb.
bet43/227
Sana13.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#547874
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   227
Bog'liq
Мажмуа умумий педагогика

Tayanch so’z va iboralar: Ta’lim qonuni, milliy dastur, istiqbol, ehtiyoj, fan, texnika, madaniyat, texnologiya, ta’lim mazmuni, ijtimoiy taraqqiyot va h.k. O’quv dastur, ilmiy bilim, ko’nikmalar hajmi, izchillik, bog’liqlik, ketma-ket, konsentrik, (markazlashgan), o’qtirish xati, internet va h.k.

O’zbekiston Republikasida milliy dasturning maqsadi va vazifalarida:


- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmuni mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish zarurligi alohida ta’kidlangan. Shunga asoslanib maktab ta’limining mazmuni jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning talabalardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi. Yuqoridagi ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishlari shu jamiyat uchun qanday tarbiyalangan mutaxassislarga bo’lgan talablarga asoslanadi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, shu jamiyat a’zolarini tarbiyalashning maqsadini, tarbiyaning maqsadi esa o’z navbatida maktab ta’limning mazmunini belgilashga asos bo’ladi. Buni sodda etib tubandagicha izohlash mumkin:
jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish ® tarbiyaning maqsad va vazifasini va u o’z navbatida ® maktab ta’lim mazmunini belgilashga asos bo’ladi.
Yoki bu tuzilishning aks holda ko’z oldimizga keltirib tasavvur etsak yanada ravshanroq anglaymiz.
maktab va ta’limi (ma’lumot) mazmuni®tarbiyaning maqsadi va vazifasini u o’z navbatida®jamiyatning ijtimliy rivojlanishini jadallashtiradi, takomillashtiradi.
Maktab ta’limining mazmuni deganda, o’quvchilarning o’qish jarayonida barcha o’rganiladigan fanlardan egallab olishi lozim bo’lgan hamda tizimga solingan bilimlar, ko’nikmalar va dunyoqarashlarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. Bu jarayon maktab o’quv rejasida ko’rsatilgan har bir o’quv dasturida asoslangan barcha o’rganiladigan fanlari asoslari asosida tarkib topadi.
Ta’limning mazmun bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
a) ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari ijtimoiy tuzumning xususiyatlari, yo’nalishlari;
b) davlatning xalq ta’limi va muayyan turdagi o’quv yurti oldiga qo’yadigan maqsad va vazifalari;
c) o’qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o’quvchilarining imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari, rivojlinish darajasi, tarbiyalanganligi va boshqalar) e’tiborga oluvchi didaktik talablar. Maktablarda beriladigan ta’limning mazmuni tarixiy va ijtimoiy xususiyatga egadir. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning mazmuni, hajmi ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talab va ehtiyojlari fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan. Inqilob to’ntarishgacha bo’lgan davrida O’zbekiston xududida VII -VIII asrlardan beri kelgan eski - “usuli qadmiya”, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida paydo bo’lgan - “usuli savtiya” maktablari, xad - savod o’rgatadigan diniy maktablar bo’lgan. 1905 yildan so’ng, o’lkaning ba’zi yirik shaharlarida “jadid” maktablari paydo bo’lib unda savdo - sotiq ishlari uchun zarur bo’lgan ayrim fanlar (hisob, tibbiyot, geografiya va boshqa) o’qitilar edi.
Hozirgi bizning maktablarimizda yoshlarga quriq ilmiy bilimlar berilmasdan ularga turmushda zarur bo’lgan xalq hunarmandchiligi tabobat asoslari, iqtisod asoslari, odabnoma “Konstitusion huquq asoslari, kabi fanlari o’qitilishi ma’qul”.
Hozirgi bizning maktablarimizda ta’lim mazmuni O’zbekiston respublikasining Ta’lim to’g’risidaga Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi singari xujjatlarida ko’zda tutilgan maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Bular quyidagilardir:
7- modda. Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb - hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Uni bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir deb qayd etilgan.
Yuqorida asoslangan talablardan kelib chiqib umumiy o’rta maktablarda o’quvchilarga umumiy ma’lumot amalga oshiriladi. Albatta u mehnat ta’limi, kasb ta’limi bilan uzviy aloqadorlikda olib boriladi. Bu qoida o’quvchilarni ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topishga bevosita yordam beradi.
Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini ro’yobga chiqarish umumiy o’rta ta’limning maqsadi xisoblanadi. Umumiy o’rta ta’lim bilimlar zarur hajmiga asos soladi, o’quvchilarda tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, kasb yo’nalishini va ta’limning keyingi bosqichini tanlashga ko’maklashadi.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi 4 Kadrlar tayyorlash tizimi rivojlantirishining asosiy yo’nalishlari 4,3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilishda kadrlarni o’qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsplari va mutaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy intelektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlariga tayangan, insonparvarlikka yo’naltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida isloh qilinadi deb takidlanadi.
Yuqoridagi pedagogik g’oyalar turli shakldagi ta’lim muassasalari ta’lim mazmunini belgilashning asosiy yo’nalishlarni belgilab beradi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish