O'zbekiston ryespublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Material haqida tushuncha



Download 6,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/408
Sana30.12.2021
Hajmi6,1 Mb.
#90276
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   408
Bog'liq
materialshunoslik

Material haqida tushuncha 
    
Insonlar o‟z faoliyatida moddalarni ishlab chiqarish  mahsuloti deb qaraydilar.  Moddalar aslida 
esa  materiyaning  ma„lum  bir  barqaror  massaga  ega  bo‟lgan    bo‟lagidir.  Ana  shunday  moddiy  dunyoni 
texnikada «material» deb atash qabul qilingan. Demak, materiallar mehnat jarayonining mahsuli bo‟lib, 
undan  insoniyat  o‟z  talablarini  qondiradigan  buyumlar  yasashda  foydalanadi.  Materiallar  ishlab 
chiqarishda birlamchi vosita hisoblanadi. Material bo‟lmasa sanoat jarayonlari ham bo‟lmaydi. Masalan, 
mis (material) ishlab chiqarish uchun rudalar (mis rudalari) qazib olinishi kerak. Rudalar avval boyitiladi, 
so‟ngra ulardan mis olinadi. Misdan esa turli xil buyumlar ishlab chiqariladi. Mis olishda ruda xom ashyo 
material bo‟lsa, buyum ishlab chiqarishda misning  o‟zi xom ashyo material hisoblanadi.  
    
Sifat jihatidan barcha xom ashyolarni ikki turga bo‟lish mumkin:  
 1)  birlamchi  xom  ashyo  yoki  birinchi  bor  materialni  hosil  qilish  uchun  ishlatiladigan  modda;  2) 
ikkilamchi xom ashyo, ya‟ni birlamchi materialni hosil qilish uchun tanlangan xom ashyoning sarflanishi 
natijasida hosil bo‟lgan chiqindilar. Ana shu chiqindilar ham boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun 
xom  ashyo  bo‟lishi  mumkin.  Masalan,  yog‟ochning  qayta  ishlanishidan  chiqqan  qirindisi  mebel 
sanoatida ishlatiladi.  
      
Buyumlar  ishlab  chiqarish  uchun  materiallar  bilan  bir  qatorda  yarim  fabrikatlar  ham  ishlatilishi 
mumkin. Yarim fabrikat deganda, qayta ishlangan, lekin hali tayyor buyum holiga keltirilmagan material 
tushuniladi. Buyum olish uchun yarim fabrikatni qayta ishlash  yana davom ettirilishi kerak. Demak, bir 
ishlab  chiqarishda  tayyorlangan  material  (mahsulot)  boshqa  ishlab  chiqarish  uchun  yarim  fabrikat 
hisoblanadi.  
                                              Metallarning tarkibi va tuzilishi 
   
Qattiq  jismlarning  ichki  tuzilishini  Rentgen  nurlari  bilan  yoritib  o‟rganish  shuni  ko‟rsatadiki, 
ularning  atomlari  fazoda ma‟lum tartibda  yoki  tartibsiz joylashgan. Atomlari  fazoda tartibli joylashgan 
jismlar kristall jismlar deyiladi. Atomlari fazoda tartibsiz joylashgan jismlar esa  amorf jismlar deyiladi. 
Kristall jismlarning atomlari fazoda ma‟lum qonuniyatga asosan kristall panjara tuguni atrofida tebranib 
turadi.  Fazoviy  panjaraning  tuzilishi  va  atomlarning  unda  joylashishi  metallning  turiga  bo‟g‟liq. 
Metallarda quyidagi xillarda bo‟luvchi kristall panjaralar ko‟proq uchraydi: 
  
1.  Hajmi  markazlashgan  kub  panjara.  Bunday  kristall  panjarada  metall  atomlarining  8  tasi 
kubning uchlarida va bittasi kub markaziga joylashgan bo‟ladi.  Bunday kristall panjara Fe

,  Cr,  V,  W, 
Mo, li va boshqa metallarga xos(1-rasm, a).  
2.  Yoqlari markazlashgan kub  panjara. Bunday panjarada  metall atomlarining 8 tasi kubning uchlarida, 
6  tasi    yoqlarning  markazlarida  joylashgan  bo‟ladi.  Bunday  kristall  panjara  Fe

,
 
Al,  Cu,  Ni,  Co,  Pb  va 
boshqa metallarga xos (1-rasm, b).  
  3.    Geksogonal  panjara.  Bunday  kristall  panjarada  metall  atomlarining  12  tasi  olti  qirrali  prizmaning 
uchlarida  2  tasi  prizmaning  ustki  va  ostki  asoslari  markazlarida  va  3  tasi  prizmaning  o‟rta  qismida 
joylashgan bo‟ladi. Bunday kristall panjara Zn, Mg, Ti, Be va boshqa metallarga xosdir(1-rasm, v).  


 
 
 
25 
    
     
 
                 a)                                          b)                                            v) 
 
1-rasm. Kristall panjaralarning turlari: a) hajmi markazlashgan kub panjara; b) yoqlari markazlashgan 
kub panjara; v) geksogonal panjara. 
Metallarning  kristall  tuzilishi  haqidagi  tushunchani  elementar  kristall  katak  (yacheyka)  orqali  ifodalash 
oson,  elementar  katak  deganda,  atom  kristall  tuzilishining  eng  kichik  qismi  tushunilib,  ana  shu  katakni 
uch  o‟lcham  bo‟yicha  ko‟p  martalab  qaytarilishi  natijasida  jismning  fazoviy  kristall  panjarasi  hosil 
bo‟ladi. Elementar kristall panjaralarning qirralari, odatda, a, b, c bilan belgilanadi va bu ko‟rsatkichlar 
kristall  davrini  belgilaydi  yoki  qaytarilsh  (uzatish)  vektori    deb  ham    ataladi.  Ana  shu  elementar 
katakchani xarakterlash uchun yana koordinatsion son, atomlar joylashishining zichlik koeffisienti degan 
tushunchalar  ham  kiritilgan.  Kristall  katakchaning  turi  koordinatsion  son  tushunchasi  bilan  ifodalanadi. 
Kristall  panjarada  eng  yaqin  bir  xil  masofada  turgan  atomlar  soniga  shu  kristall  panjaraning 
koordinatsion soni deb ataladi va u harflar bilan belgilanadi. Masalan, oddiy kub katakning koordinatsion 
soni  6  ga  teng  bo‟lib,  K6;  markazlashgan  kub  katakchaniki  K8;  yoqlari  markazlashgan  kub  katakniki 
K12,  atomlari  zich  joylashgan  geksagonal    katakniki  G12  ga  teng.  Kub  katakchalarning  o‟lchamlari 
qiymati atom o‟lchamlari qiymati  bilan belgilanadi, bunday o‟lchov birligi nanometer (nm) deb ataladi.  
  
Kristall  panjara  turlari  14  ta  bo‟lsa,  shundan  metallarda  4  ta  turdagi  elementar  katakcha  ya‟ni 
oddiy,  hajmi  markazlashgan,  yoqlari  markazlashgan  kub  katakchalar    va  geksogonal  katakcha  turlari 
ko‟p uchraydi.  
  
Metallarning kristall panjara turi aniq bo‟lsa, atomlarining o‟lchamlarini hisoblash bilan aniqlash 
mumkin. Masalan, K8 kristall panjara uchun d=a
3
/2 bo‟lsa, K12 kristall panjara uchun esa d=a
2
/3 
bo‟ladi.  
                                                                   
 
      
 
1-jadval 
Ba’zi metallarning elementar  katakcha o’lchamlari 
Atom katakchaning turi 
Metallar  
Elementar panjara qirralari o‟lchami, nm (1 
nm = 10
-9
sm) 
K6 
Fe 
a=b=c; a=0,28606 
K8 
Cr 
a=b=c; a=0,28788 
K12 
Ni 
a=b=c; a=0,35165 
G12 
Ti

 
a=0,2951; c=0,4679; c/a=1,5873 
 
       Kristall  panjara  xususiyatini  belgilaydigan  ya‟na  bir  muhim  o‟lcham  -  bu  har  bir  elementar 
katakchaga to‟g‟ri keladigan atomlar soni. Masalan, K8 kristall panjara tugunchlarida 8 ta atom bo‟lib, 


 
 
 
26 
bu  atomlarning  har  biri  8  ta  yana  shunaqa  elementar  katakchaga  tegishlidir  (fazoda).  Demak,  har  bir 
katakchaga bir atomgina to‟g‟ri  keladi.  Lekin K8 yacheykaning markazida turgan atom shu elementar 
katakchaning  o‟zigagina  tegishli  ekanini  hisobga  olsak,  har  bir  elementar  kristall  katakchaga  to‟g‟ri  
keladigan atomlar soni 2 ga teng bo‟ladi.  

Download 6,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish