O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi



Download 1,48 Mb.
bet28/60
Sana12.01.2017
Hajmi1,48 Mb.
#300
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Uyushma - turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalarning paychilik asosida tuzilgan ixtiyoriy birlashmasi. Uyushma xo’jalik hisobiga asoslanib, ilmiy-texnik, tijorat, ijtimoiy ishlab chiqa­rish va iqtisodiy masalalarni birgalikda hаl qilish uсhun tashkil etiladi. Uyushmani muassislar kengashi boshqaradi. Muassislar kengashi uyushma boshqaruvini tuzadi va uyushma raisini saylaydi. Islohot yillarida O’zbekistonda "O’zavtosanoat", "O’zeltexsanoat", "O’zkimyosanoat", "O’zbekipagi", "O’zagromashservis", "O’zqurilishmateriallari", "O’zbeksav­do", "O’zoziqovqatsanoat", "O’zgo’shtsutsanoat", "O’zyog’­moytamakisanoat", "O’zparrandasanoat", "O’zbekbirlashuv", "O’zbekcharmpoyabzal" va boshqa uyushmalar tashkil etildi va faoliyat yuritmoqdalar.

Konsern - ilmiy-tехnikаviy va ishlab chiqarish funksiyala­rini markazlashtirish asosida hamkorlikda faoliyat ko’rsatadigan, shuningdek investitsiyaviy, moliyaviy va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan, korxonalarga xo’jalik hisobida xizmat ko’rsatishni tashkil etadigan korxonalarning ko’ngilli birlashmasi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o’zaro korporatsiyalashgan turg’un aloqalar mavjud bo’lib, ular konsern rivoji yo’lida umumiy-mоliyаviy resurslardan, yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar: Konsern qoidaga ko’ra, ishlab сhiqаrish bеlgilаrigа qarab tuziladi vа yagona xo’jalik majmuyi sanaladi. Respublikamizda "O’zsuv­qurilish" va "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konsernlari, O’zavtoyo’l" va "O’zfarmsanoat" davlat-aksiyadorlik konsernlari kabilar tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Korporatsiya - mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning aksiyadorlik asosidagi ko’ngilli birlashmasi. Korporatsiya tarkibiga kirgan korxonalar ishlab chiqarish va ilmiy-tехnikаviy kooperatsiya orqali o’zaro bog’lanadilar. Shu bilan korporatsiya investitsiyaviy sarmoyaning jamlanishiga hаm yordam beradi. Faoliyatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad qilib qo’yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aksiya­dorning aksiya sarmoyasining o’ziga tegishli qismini erkin tasar­ruf etishi va boshqalar korporatsiyaga xos bo’lgan asosiy xususiyatlardir. Iqtisodiy islohotlar jarayonida Respublikamizda "O’z­bekpaxtamash" va "O’zavtosanoat" davlat korporatsiyalari, "O’zdonmahsulot", "O’zavtotrans", "O’zmahalliysanoat" davlat aksiyadorlik korporatsiyalari va boshqalar tashkil etildi va faoliyat yuritmoqdalar.


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish