O‘zbekiston tarixi


Ibtidoiy jamoa tuzumi davri (tosh,bronza,temir asrlari)



Download 4,82 Mb.
bet8/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

1.Ibtidoiy jamoa tuzumi davri (tosh,bronza,temir asrlari).

2.Qadimgi davr(ilk davlatchilikning shakllanishi Katta Xorazm,Qadimgi Baktriya...).

3.O‘rta asrlar davri (V – XVasrlar).

a)ilk feodalizm davri (V – IXasrlar).

b)rivojlangan feodalizm davri (IX – XV asrlar ).

4. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik davri (XIXasrning ikkinchi yarmi – oktyabr 1917 yil).

5. Sobiq ittifoq davri (oktyabr 1917 yil – 31 avgust 1991 yil).

6.Mustaqillik davri (1 sentyabr1991 -....)
Ilmiylik bilan bir qatorda xolislik metodi mavjud. Bunda har bir tarixiy voqea - hodisalarni tahlil qilayotganda xolis, haqqoniy ravishda o‘rganish yoki tarixnavisning xoxish irodasidan tashqarida, voqea-xodisalar qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa shundayligicha yoritish ko‘zda tutiladi. Har bir tarix yozuvchi kishi shaxs sifatida o‘zining mulohazalari, idroki va boshqa xis-tuyg‘ulari bilan atrofni o‘rab turuvchi muhit, xukmron mafkura bilan uzviy ravishda bog‘liq. Bu bog‘liqlik unga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Aytish mumkinki, har qanday xolislikda ham sub’ektivlik hukm suradi. Tarixiy tahlil, tadqiqotlarning ilmiyligi, haqqoniyligi, sub’ektiv fikrlarni nihoyat darajada kamligi bilan belgilanadi.

O‘zbekiston tarixini o‘rganishning metodologik asoslaridan yana biri bu voqea va xodisalarni dialektik tarzda o‘rganishdir. Bu metod O‘zbekiston tarixini o‘rganishda uni to‘laligicha, voqea-hodisalarni bir-biri bilan bog‘liqlikda, ayrim tarixiy voqelikni o‘rgatuvchi fanlarni ham bir butunlikda, uning bo‘laklarini ajratib olmaslik va voqea-xodisalarni doimo o‘rganishda, rivojlanishda o‘rganishni taqazo qiladi. Biror bir davr haqida fikr-mulohaza yuritilayotgan bo‘lsa, ana shu davrning o‘ziga xos xarakterli xususiyatini anglab olib, uni ko‘rsatishni talab qiladi. Tarixiy jarayonni umumiylik va alohidalik qoidalaridan kelib chiqqan holda tushunish lozim.

Masalan: O‘zbekiston tarixining Jahon tarixi bilan o‘zaro bog‘liqligi masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim. CHunki ona - yurtimiz tarixini jahon sivilizatsiyasi tarixi tizimida ko‘radigan bo‘lsak, uning o‘ziga xos o‘rni yaqqol ko‘rinadi.

Jumladan, O‘zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan chambarchas bog‘langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O‘rta Osiyo mintaqasidagi ko‘pgina davlatlar bilan - Afg‘oniston, Eron, SHimoliy Xindiston kabi mamlakatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo‘lib keldi. Bu katta xududda yashovchi urug‘, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o‘zaro ta’sir va aloqada bo‘lganlar, qo‘shilish jarayonini boshdan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog‘liq o‘tgan. SHu sababli O‘zbekiston tarixini qo‘shni mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq holda o‘rganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg‘iz, qoraqolpoq, turkman, tojik, fors, afg‘on, xind, arab va boshqa xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, u O‘zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o‘rganishga imkon yaratadi. ko‘maklashadi.

Tarixiy voqea, xodisalarni o‘rganish, taxlil etish va yoritishda xolisona, xaqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, xodisalarni o‘rganayotganda ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faktlarning xech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni talab qiladi. Tarixiy xodisalarni bir butun holda o‘zaro aloqada va munosabatda deb tekshirish lozimdir. Oldindan to‘qilgan bir g‘oyani, uydirmani oqlash darkor bo‘lsa, faktlar silsilasidan faqat ayrim mos keladiganlarinigina saylab, tanlab ilinishi “tajribasi” sir emas, albatta bunday yo‘l bilan chiqarilgan xulosa va baho xolisona, xaqqoniy bo‘lmay u bir tomonlamalikka olib keladi.

Tarixni o‘rganishda tarixiylik metodi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, xodisalarni o‘z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o‘rganishni taqazo etadi. Voqea, xodisalarni o‘rganishda tarixiy bog‘lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir voqea, xodisani boshqa voqealar, xodisalar bilan bog‘lab o‘rgangandagina mazkur voqea, xodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o‘rnini to‘g‘ri aniqlash, belgilash mumkin bo‘ladi. Har bir voqea, xodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo‘lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda muhitda paydo bo‘lganligini bu hodisa o‘z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o‘tganligini, keyinchalik u qanday bo‘lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir.

Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo‘lsak, birinchidan, u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‘ldi, ikkinchidan, u o‘z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o‘tdi, uchinchidan, u hali ham mavjudmi, hozir qay ahvolda, qanday bo‘lib qoldi, degan savollarga aniq javob berish zarur bo‘ladi. Tarixiylik metodi xalqning o‘tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o‘tmish xozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo‘ldan borayotgan ekan, istiqboldan porloq hayot, turmush qurmoqchi bo‘lgan avlod tarix fani orqali o‘z o‘tmishini yaxshi bilmog‘i lozim. O‘tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to‘g‘ri tasavvur etamiz.

Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida urug‘chilik tuzumi emirilib, xususiy mulkchilik kelib chiqqach, urug‘ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo‘lishgach, tarixiy voqea va xodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog‘liq holda kechadigan, xar bir ijtimoiy tabaqa o‘z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ularning manfaati bir-biri bilan to‘qnashadigan, g‘alayonlar qo‘zg‘olonlar ko‘tariladigan bo‘lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo‘lgan voqealarni, tarixiy jarayonni o‘rganishda ijtimoiy yondoshuv prinsipiga rioya etish zarur bo‘ladi. Ijtimoiy yondoshuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarning manfaatlarini hisobga olgan holda o‘rganishini taqazo etadi.

Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa -kambag‘allar, yo‘qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondoshuv bo‘lib, u tarixni soxtalashtiradi, to‘g‘ri xulosaga olib kelmaydi. Sovet imperiyasining taqdiri va Sovet tarixshunosligi esa buning yaqqol misoli bo‘la oladi. SHohlar, amirlar, beklar faoliyatini yoritishda sivilizatsion (taraqqiyot) nuqtai nazaridan yondoshmoq kerak.Ularni boy tabaqalardan chiqqan, katta mulkdor bo‘lgani uchungina qoralash badnom qilish haqiqatdan adolatdan emas.

Mamlakat yurtboshisiz, boshliqsiz, davlat idora organlarisiz,boshqaruvchilar, amaldorlarsiz bo‘lmasligini isbot etishning hojati ham bo‘lmasa kerak. SHunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarini yoppasiga qoralash ham to‘g‘ri emas. Jonajon Vatanimiz ko‘xna tarixi ham ular orasida xalqparvar, ma’rifatparvar, adolat bilan siyosat yuritgan mashhur yurtboshilar, arboblar bo‘lganligidan guvohlik berib turibdi .Ijtimoiy yondoshuv prinsipi davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo‘lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‘rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatni u yoki bu yo‘ldan rivojlanishdagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.

Mamlakatimiz tarixini o‘rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlari, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga sivilizatsion munosabatda bo‘lib, ularni hurmatlash, e’zozlash nuqtai nazaridan yondoshmoq kerak.Xayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma’naviy madaniyatini, axloqiy mezonlarini ikkiga - ekspluatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqi bo‘lish va birinchisini qoralashdan iborat lenincha yo‘riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko‘rsatdi.

Ma’naviy merosga bunday yondoshuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko‘pgina olimlar, ma’rifatparvar ziyolilar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak.Tarixni o‘rganishda yuqoridagi metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish mumkin.




Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish