O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyotini o’rganish asoslari



Download 30,9 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2022
Hajmi30,9 Kb.
#648756
1   2   3
Bog'liq
Musiqa tarix mustaqil iw

Ustozlik.
Ustozlik, qaysi sohada bo’lmasin eng sharafli kasblardan hisoblanadi. Shu bois, ular azaldan xalqimiz tomonidan ardoqlanib kelingan. Chunki, kelajak avlodning o’z dunyoqarashlari, tarixiy bilimlari, ilmiy saviyasi va davrga nisbatan munosabatlari ustozlar o’gitlari negizida shakllantiriladi. Har bir kasb egasining kelajakdagi mavqyei, uning ustozlaridan olgan bilimi tarbiya jarayoni va shaxsiy intitishlariga bog’liqdir. Uning kamolot davrida qaysi yo’nalishdan borishi esa qobiliyati doirasida shakllanadi. Zotan, har bir insonda albatta, tabiat inom etgan istedod mavjud. Bu istedod kishining biror-bir ixtisoslikni egallab, faoliyat olib borishi jarayonida namoyon bo’ladi. Yani, tarbiya beruvchi – muallimlik, amaliyotchi, fan bilan shug’ullanuvchi – tadqiqotchi, jamoatchi, siyosatchi, nazariyotchi va xokazo. Kasbning qaysi biri bo’lmasin jamiyat uchun zarur va keraklidir.
Bu kasblarni shakllantiruvchi bilim manbai va rahnamosi bu – ustozdir. Yuqorida keltirganimizdek, ustozlarni ulug’lash va ardoqlash shundan ekanligi shubhasizdir. Orifxon Hotamov butun faoliyati davomida o’ndan ortiq zabardast san’at namoyandalaridan saboq olib, hamkorlik qilishga muvaffaq bo’lgan. O’z o’rnida, ustozlar an’analarini yoshligidan davom ettirishga erishgan insondir. Balkim, bunga uning ustozlarini o’zlari mohir ijrochi, bastakora va ilm o’rgatuvchi san’atkor bo’lganliklari sababdir.
Shu bois, Orifxon Hotamov ham yoshligidan musiqa ijod qilib, shu bilan birga merosimiz namunalaridan atrofidagi o’z hamkasabalariga o’rgata boshlagan. Bu haqda Orifxon Hotamov shunday eslaydilar: “... Ko’p yillar davomida To’xtasin Jalilov, Jo’raxon Sultonov, Mamurjon Uzoqov, Doni Zikirov, Saidjon Kalonov, Faxriddin Sodiqov, Shoqosim Shojalilov, G’anijon Toshmatov kabi ustoz san’atkorlar bilan ishladim. Ular menga ham ustoz ham hamkordirlar. Men ana shu buyuk insonlar ijodidan andoza olib faoliyat ko’rsatishga, asarlar yaratishga harakat qildim. Shogirdlar bilan munosabat olib bordim.
Ustozlik masalasida esa, filarmoniyada ishlab yurgan kezlarimda, o’zimda o’rgatish qobiliyati bor ekanligini sezib, shuni jonlantirdim. Bunga nisbatan o’zimda qoniqish paydo bo’ldi. Va qaysi ishda ishlasam ham shu kasbga moyilligi bor xonandalarga o’rgatishini davom ettirdim..” Darhaqiqat Orifxon Hotamovning ustozlik faoliyati 1946 yilda O’zbek Davlat filarmoniyasida ishlab yurgan paytlardan boshlangan. Uning birinchilar qatorida musiqiy merosimiz namunalaridan o’rgatgan hamkasabalaridan, taniqli xonandalar Zaynab Polvonova (Doni Zokirovning “Ey sabo” va “Ko’rmadim” asarlarini), Kommuna Ismoilova (Xorazm doston yo’llaridan “Bolama o’xshaydi ovozing sani”, “Bari gal” va “Kurd”) va Hakimjon Fayziyevlardir. Hakimjon Fayziyev bilan 25 yil mobaynida birga hamnafaslik qilgan. 100 dan ortiq mumtoz yo’ldagi musiqiy asarlarni o’zlashtirib radio fondiga yozishga muvaffaq bo’lgan. Jumladan: “Dugoh Husayni”, “Bayot”lar, “Nasri Bayot”, “Bozurgoniy”, “Yovvoyi Chorgoh”, “Yovvoyi tanovar”, “Xorazm Nasrullosi”, “Chaman yalla”; bastakorlar asarlaridan: “Qashqarchan Sodirxon”, “Sodirxon sinaxiroji”, “Bormikan”, “Aylab” va “Ul kun jonon” J.Sultonov musiqalari, “Dilrabolardan” Rasul qori Mamadaliyev, “Dog’man” Komiljon Otaniyozov va h.k. Shogirdlarning orasida taniqli xonanda, betakror ijrochiligi bilan elga tanilgan, otashnafas hofiz Rasulqori Mamadaliyevni alohida qayd etish joizdir.
Odatda, shogird, kasbni uztozdan o’rganadi va unga ergashadi. Orifxon Hotamovning Rasulqori Mamadaliyev bilan ustoz-shogirdligining o’ziga xosligi bor. Qori, Orifxon Hotamov bilan tanishishdan oldin yetuk hofiz bo’lgan va Orifxon Hotamovning ayrim asarlarini o’zlashtirib ijro etib yurgan. Shunisi taajjubki, bastakorning asarlarni Rasulqori Mamadaliyev ijrosida o’zgacha talqinini topgan. Yani, o’z ijro uslubiga solib talqin etgan. Natijada, har ikki uslub uyg’unlashib yanada jozibali va mukammal talqinini topgan.
Ular, adabiyotimizning taniqli namoyandasi G’ofur G’ulomning yubiley kechasida tanishgan edilar. Bu voqyeani Orifxon Hotamov shunday eslaydilar: “...G’.G’ulom yubileyida bir ajoyib voqyea bo’ldi. Yubileyga Jo’raxon akalar Rasulqorini ham olib kelishgan ekan. Meni shu davrda “Qoshi yosimu deyin” asarim radioga yozilib efirga uzatilgan edi. Yubiley ertasiga Jo’raxon aka menga – “Shu degin, sen Qoriga bir ashula o’rgatibsan. Juda ajoyib chiqibdi-da” deydilar. Lekin, ustoz ancha-muncha xonandaga “tan” bermaganlar. Chunki, u kishining nazariy ilmlari judo boy edi. Yaratilgan asarning saviyasini va nufuzini baholash uchun chuqur bilimga ega inson edilar. Bu asar esa, Qori tomonidan juda meyoriga yetkazib ijro etilgan edi. Shundan keyin bir Qori bilan birga ijod qila boshladik. Bir qator asarlarni radioga yozdik. Rasulqori san’ati Toshkentda ham ommalashib ketdi. Yangi aytgan narsalarimizni u kichik “mikrofoni”da yozib olar edi. Keyinchalik biz yangi asar yozsak bir-birimizga beradigan bo’ldik.
Shundan keyin bizning o’rtamizda qatiy bir ustoz-shogirdlik munosabati shakllandi. Meni 50 dan ortiq asarlarimni Rasulqori aytar edi. Juda ko’p ashulalarni meyoriga yetkazib xalqqa manzur etgan. Shogirdlarim ichida Qori juda ham insofli va mardonasi edi...”. Oxirgi 20 yil davomida Orifxon Hotamov ukasi Ahrorxon va o’g’li Ismoilxonlar bilan birga faoliyatni davom ettirib kelmoqda.
Ustozlik faoliyati 1989-99 yillarda 10 yil mobaynida musiqali drama teatrlariga aktyorlik tarbiyalab yetishtiradigan oliygohda talabalarga saboq berish bilan davom etdi. San’at instituti talabalariga ko’proq Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari, XX asr milliy bastakorlarning asarlaridan o’rgatdi. Chunki, asrimizning 30-yillaridan boshlab, musiqiy merosning bir qator namunalari bastakorlar tomonidan musiqali dramalar tarkibida ijro etish uchun moslashtirilgan. Bu asarlar musiqali drama tarkibida o’ziga xos shakl va uslubda talqin etilgan.
Lekin, ularni to’g’ri ijro etish uchun an’anaviy musiqa merosimiz asoslaridan malum darajada bilim talab etiladi. Shu nuqtai nazardan olganda Orifxon Hotamov talabalarga asosli talim bergan ustoz deyishga haqlimiz. Malumki, o’z ijro uslubini yaratgan xonandaning davomchilari ulg’aysa, darhaqiqat buni uslub sifatida tushuniladi. Agarda, avlod tomonidan davom ettirilsa maktab darajasiga erishishi ham muqarrar. Shu xususda, biz Orifxon Hotamovning ijrochilik uslubini egallab kelayotgan bir qator xonandalarni qayd etishimiz lozim.
Ularning qatorida davrimizning yetuk xonandalaridan Beknazar Do’stmurodov, Matluba Dadaboyeva, Mahbuba Hasanova, Mahmudjon Yo’ldoshevlari misol qilish mumkin. Orifxon Hotamov o’z shogirdlariga nafaqat yakka xonandalik sirlaridan, balki o’zbek musiqasi ijrochilik amaliyotida o’ziga xos yo’nalish va tarixga ega bo’lgan jo’rovozlik amallarini ham o’rgatib kelmoqda. O’zbek ijrochilik amaliyotida jo’rovoz bo’lib ijro etishning o’z tarixi bor. Bu amalga asos solganlar Jo’raxon Sultonov va Mamurjon Uzoqovlardir. Katta ashula ijrochiligida jo’r ovozlik janr talabi va qoidasi bor. Lekin, maqom yo’llaridagi asarlarni jo’r ovozlikda aytish rusumi yo’q edi.
Ular bu amalni boshlab, xalq orasida manzur etdilar. Ularning ijro namunalari esa haligacha xalq orasida va san’atkorlar orasida namunalari esa haligacha xalq orasida va san’atkorlar orasida namunali hisoblanadi. Lekin ijrochilik amaliyotida ularga ergashgan xonandalar juftliklari ham ko’p bo’lgan. Ularning orasida taniqli san’at namoyandalari Ortiqxo’ja Imomxo’jayev bilan Sattor Yarashev, Zokirjon Yo’ldoshev bilan Ergash Yo’ldoshev, Shoqosim va Shoolim Shojalilovlar, Akmalxon va Kamoliddin Hamroqulovlar, Fattohxon Mamadaliyev va Odiljon Yusupovlarning jo’rovozlikdagi ijrolarini alohida qayd etish lozim. Jo’rovozlik ham murakkab jarayon.
Har doim ham ovozlar bir-biriga mutanosib bo’lavermaydi. Qolaversa, jo’rovozlik ijrochiligida nafaqat ovoz, balki idrok va talqin ham ijrochilarning bir-biriga xos bo’lishi taqozo etiladi. Yuqorida nomlari keltirilgan xonandalarning barchalari atoqli san’atkorlardir. Shu bilan birga jo’rovozlik an’anasini davomchilari hisoblanishadi. Hozirgi davrda jo’rovozlik ijrochiligini Orifxon Hotamov o’z hamnafaslari bilan davom ettirish bilan birga bu ijro uslubida qator shogirdalar yetishtirishga ham erishdilar. Beknazar Do’stmurodov bilan Soyib Niyozov, Matluba Dadaboyeva bilan Mahbuba Hasanovalar, Mahmudjon Yo’ldoshev bilan Xurshid Hasanovlar, Beknazar Do’stmurodov bilan Mahbuba Hasanovalar. Qolaversa, ular bir maktab ijro uslubini yaxshi idroklaganliklari sababli turli juftlik tuzib yoki “uch ovoz” bo’lib ham ijro etish imkoniyatiga egadirlar.



Download 30,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish