O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyotini o’rganish asoslari



Download 30,9 Kb.
bet3/3
Sana09.06.2022
Hajmi30,9 Kb.
#648756
1   2   3
Bog'liq
Musiqa tarix mustaqil iw

Bastakorlik.
Orifxon Hotamovning bastakorlik ijodi ham o’ziga xos va serqirradir. Mumtoz musiqa merosimiz, o’tmish xonanda, sozanda va bastakorlarining ijodiy mahsuli ekanligi barchaga ayon. Lekin, uning zamirida ijodkorlarning kuy bastalash, pardozlash, o’xshatish, ya’ni savt bog’lash, so’z moslashtirish kabi zargarona munosabat talab amallar mavjudligini ham qayd etish lozim.
Ijodida ana shunday amallar mujassam topgan har qanday xonanda yo sozandalar xalq bastakori deb sanalgan. XX asr yashab ijod etgan Komiljon Jabborov, Jo’raxon Sultonov, G’anijon Toshmatov, Muxtorjon Murtazoyev, Komiljon Otaniyozov kabi san’atkorlar shular jumlasidandir. Biz uning ijodida nazar solar ekanmiz, ko’z o’ngimizda o’tmish bastakorlari an’analarini davomchisini ko’ramiz. Musiqa ijodiyotining bastakorlik ohangpardozlik, kuy va ashulalarga mumtoz adabiyotimiz namunalaridan qayta so’z moslashtirish, asarlarni tarkibiy xususiyatlari doirasida turkumlashtirish, qayta tiklash kabi yo’nalishlaridagi amalga oshirilgan ishlar bunga yorqin misol bo’la oladi.
Orifxon Hotamov o’zining yarim asrdan ortiq ijodiy faoliyatida 500 dan ko’proq kuy va ashulalar yaratdi. Butun ijodi davomida Yassaviy, U.Xayyom, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Amiriy, Nodira, Xaziniy, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Huvaydo, Muqimiy, Mashrab, Furqat, Roziy, Salohiy, Rojiy, Nisbat kabi o’tmish; Habibiy, S.Abdulla, Nabixon Xo’jayev (Chustiy), S.Zunnunova, Zulfiya, V.Sadulla, E.Oxunova, H.Yahyeyov, Nilufar, P.Mo’min, T.To’la, Nosir Muhammad, Muhammad Ali kabi zamondosh shoirlarning badiiy meroslariga murojaat etildi.
Bu asarlarda Vatanga bo’lgan muhabbat va sadoqat, milliy g’urur, ota-onalarimizning qadri, sevgi va muhabbat kabi mavzular o’z aksini topgan. Odatda, mumtoz ijodiyot tutushgan jarayonlarda ham mutanosib uyg’unlik kasb etishi darkor. Shu bois, Orifxon Hotamov o’z ijodida ko’proq g’azaliyot bo’stoniga murojaat etgan. Kuy majmui esa savt, talqin, ushshoq, qalandar va zikr yo’llariga xarakterli bo’lgan ohanglar zamirida yaratishga harakat qilingan. Zero, bastakorlik amaliyotida janr masalasi, mavzu negizida shakllanadi va har birining o’z ichki omillari mavjud. Bu omillar, tuzuk, usul va ohang birliklarida yashiringan bo’lib, bastakorning ijodiy yondoshishi orqali asar sifatida shakllanadi. Orifxon Hotamov bastakorlik ijodiyoti davomida bir qator musiqiy namunalarni tarkibiy tuzilishi asosida turkumlashtirish maqsadida ham muayyan ishlarni amalga oshirdi. “Qalandarlar” va “Girya” turkumlari shular jumlasidandir. Har ikki asar turkumi ham janrning shaklu-shamoili asosida to’plangan.
Turkumlashtirish jarayonida esa, zamondosh bastakorlarning asarlari va o’z ijodi namunalari bilan to’ldirilgan. Bastakorlik ijodining qirralaridan yana biri bu – asarlarga yangi so’z qo’yishdir. Musiqachilar amaliyotida mavjud ushbu amal ham an’anaviy ko’rinishga ega bo’lib, zamon talabi doirasida amalga oshiriladi. Odatda xonandalar ijrochilik amaliyotida mavjud musiqiy namunalarni o’z zamonalari sharoitiga xos, ruhiyatiga mos turli davr shogirdlarining g’azal va ruboiylari bilan aytishni rusum qilganlar.
Ayni paytda ham ko’pchilik san’atkorlar ijodida bunday hollarni uchratish mumkin. Orifxon Hotamov bu bilan aytib ommalashtirishga muyassar bo’lgan. Masalan: “Sodirxon Ushshog’i”, “Qashqarchai Sodirxon”, “Sinaxiroj”, “Shahnozi Gulyor”, “Xorazm Nasrullosi”, “Nasrulloiy”, “Kajhang suvora” va h.k. Har qanday ijodkor o’z yaratgan asarlarini elga manzur bo’lishi, tarix sahifalarida muhrlanishini istaydi. Bunnig uchun har tomonlama munosib va an’anaviylik xususiyat kasb etishi lozim. Orifxon Hotamovning kelajak avlod uchun meros qilib qoldirgan asarlar alla qachonlar xalqimiz dilidan joy olgan, musiqiy merosimiz mulkiga aylangan, desak adashmagan bo’lamiz. Biz ustoz bastakordan mustaqil O’zbekistonimizni madh etuvchi, ona Vatanni ardoqlovchi ma’naviy boy asarlar yaratishlarini istab qolamiz.
Download 30,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish