O’zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish to’g’risida qo’shma deklarasiya Pekin shahrida 1999-yil 8-noyabr kuni nimzolandi.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Szyan Szeminning taklifiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 8-10-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida davlat tashrifi bilan bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida o’zaro munosabatlarning asosiy prinsipi to’g’risida 1994-yil 24-oktyabrda imzolangan Qo’shma Deklarasiya hamda O’zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida 1996-yil 3-iyulda imzolangan Qo’shma Deklarasiya prinsiplariga o’zlarining sodiq ekanliklarini tasdiqlab, quydagilarni bayon qildilar:
Tomonlar bundan keyin barcha sohalar bo’yicha hamkorlik qilishda munosabatlarini yangi sifat darajasiga ko’tarish uchun kuch-g’ayratlarini ayamaydilar.
Tomonlar bundan keyin oliy darajada siyosiy muloqotlar o’tkazilishini qo’llab-quvvatlaydilar va rivojlantiradilar;
Har ikki davlat rahbari o’zaro manfaatli savdo- iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirish ishlariga birinchi galda e’tibor beradilar.
Tomonlar transport kommunikasiyalari sohasida ham hamkorlikni rivojlantirib, “Buyuk Ipak Yo’li”ni qayta tiklash bo’yicha ikki tomonlama va ko’p tomonlama sayi-harakatlar tufayli erishilgan yutuqlarni qoniqish bilan qayd etadilar.
Tomonlar fan-texnika, madaniyat, ta’lim, sog’likni saqlash, sayyohlik hamda sport sohasida ikki tomonlama aloqalarni qo’llab – quvvatlaydilar va buning uchun zarur sharoitlarni yaratib beradilar;
Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy muhitning ifloslanishi va unga sanoatning zararli ta’sir ko’rsatishiga qarshi kurashish borasida hamkorlikni rivojlantirish uchun harakat qiladilar;
Tomonlar huquqni muhofaza qilish hamda boshqa vakolatli organlarning qalin hamkorlikda ish olib borishini ta’minlaydilar, terrorizm, uyushgan jinoyatchilikning, giyohvandlik va psixotrop moddalarining ishlab chiqarilishi va noqonuniy tarqatilishini oldini oish va barham berish, tergov o’tkazish bo’yicha kuch-g’ayratlarini ayamaydilar;
Tomonlar diniy ekstrimizm, xalqaro terrorizm va milliy ajraluvchanlikni har qanday ko’rinishlariga qarshi ekanliklarini, o’z hududlarida hyech qanday tashkilot va kuchlarning boshqa tomonga qarshi qaratilgan va ekstrimistik faoliyatga yo’l qo’ymasliklari hamda davlatlararo, millatlararo qarama-qarshiliklarni avj olishiga qarshi chiqishlarini bildiradilar;
Tomonlar ikkala mamlakat suverenitet, mustaqillik va hududiy yaxlitligini saqlash sohasida bir-birlariga o’zaro ko’maklashishni bildiradilar;
Xitoy Xalq Respublikasi O’zbekistonning Markaziy Osiya mintaqasidagi muhim rolini ijobiy baholaydi. Markaziy Osiyada yadroviy quroldan holi zona barpo etishda faol qo’llab-quvvatlashga tayyorligini bildiradi.
O’zaro qiziqish uyg’otadigan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashuvlar tomonlarning ko’p jihatdan bir xil yoki yaqin pozisiyada ekanligini ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi raisi Szyan Szeminni O’zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif buyurishga taklif etadi. Taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |