O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 2,41 Mb.
bet8/81
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#279018
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
Bog'liq
s

Texnologik park – ancha murakkab funktsional tuzilmaga ega bo’lgan ilmiy ishlab chiqarish xududiy kompleksi bo’lib, uning asosiy vazifasi - kichik va rivojlanishi ilm-fan talab qiladigan mijoz firmalarga iloji boricha qulay bo’lgan sharoitlar yaratishdir. Texnoparkning tuzilmaviy birligi innovatsiyalar markazi hisoblanadi. Eng keng ko’lamda tarqalgan markazlarga ilmiy izlanish markazi, biznes-inkubator, ilmiy-texnologik kompleks (innovatsion markaz), ishlab chiqarish zonasi, marketing markazi va o’quv markazi kiradi. Ushbu har bir markaz o’ziga mos bo’lgan hizmatlar turini amalga oshirib beradi. Biznes-inkubator ko’p funktsiyali murakkab kompleks bo’lib, keng ko’lamdagi innovatsion hizmatlar ko’rsatadi. Innovatsion firma o’z texnologik yo’nalishiga bog’liq ravishda inkubatordan xonalari (yoki uskunalarni) ijaraga olib, uning innovatsion hizmatlaridan foydalanadi.

25

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

Mijoz firmaning inkubatsion davri 2 yilda 5 yilgacha bo’lishi mumkin. Shundan so’ng u inkubatorni tark etib, mustaqil faoliyat ko’rsata boshlaydi. Texnopolis alohida shahar asosida tashkil qilingan bir butun ilmiy ishlab chiqarish tuzilmasi bo’lib, uning iqtisodiyotida texnopark va inkubatorlar sezilarli o’rin egallaydi. Ilmiy markazlarda ishlab chiqilgan yangi mahsulot va texnologiyalar shaharning iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun ishlatiladi. Texnopolislar rivojlangan innovatsion tuzilmalar bolgan yangi yoki qaytadan qurilayotgan shaharlarda tashkil qilinishlari mumkin. Ilm va texnologiya xududlari (regionlari) bir butun ma’muriy (administrativ) nohiyaning chegaralari bilan teng keladigan kattalikdagi xududlarni egallashi mumkin. Bunday nohiyaning iqtisodiyotida texnopark tuzilmalari bilan qo’llab-quvvatlanib turiladigan innovatsion faoliyat katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu yerda ilmiy ishlab chiqarish komplekslari bir butun bo’lib ishlaydi, shuning uchun ham ilmiy markazlarda yaratiladigan yangi texnologiyalar darhol ishlab chiqarishga va amaliyotga tadbiq qilinadilar. Ilm-fan va texnologiya xududida yirik ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatadilar. Bu kompleksga yana ishlab chiqarish va maishiy hizmat ko’rsatish infratuzilmalari, kichik va o’rta biznes korxonalari, moliyaviy institutlar va fondlar, dam olish zonalari va madaniy tashkilotlar kiradi. Bunday ilm-fan xududining rivojiga tabiiy sharoitlar, madaniy-ma’naviy holat va unga jalb etilgan inson kapitalining hususiyatlari katta ta’sir ko’rsatadi. Fan va texnologiya xududi o’z tarkibiga texnopolislarni, texnoparklarni, inkubatorlarni olib, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini qo’llab-quvvatlaydigan keng infratuzilmaga ega bo’ladi.

26 Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

Kichik innovatsion firmalar orasida alohida o’rinni “tavakkalchilik” asosida ishlaydigan venchur firmalar egallaydi. Ular juda moslashuvchan va samarali kichik korxonalar bo’lib, tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan innovatsiyalarni (yangi ilmiy-texnik yechimlarni) tekshirib ko’rish, qayta ishlash va amaliyotga tadbiq qilish uchun hizmat qiladilar. Ba’zi hollarda esa venchur firmalar biror bir aniq muammoni hal qilish uchun tuziladigan vaqtinchalik tashkiliy tuzilmalar ham bo’lishlari mumkin. Bunday korxonalar juda faol ishlaydilar, chunki ularning xodimlari va hamkorlari yangi g’oya, texnologiya yoki ixtironing amaliyotga tadbiq qilinishiga shaxsan qiziqadilar, ya’ni ular buning natijasida kattagina daromadga ega bo’lishlari mumkin. Venchur korxonalar chuqur bilim va ilm-fan talab qiladigan iqtisodiyot tarmoqlarida (masalan, quyosh, shamol, mini suv va bioenegetika sohalarida, qishloq xo’jalik mahsulotlarini innovatsion usullar yordamida yetishtirish kabilar) keng tarqalganlar va bu yerda ular aniq yo’nalishdagi amaliy ilmiy izlanishlar hamda katta moliyaviy natija keltirishi mumkin bo’lgan injener-texnik tadqiqotlar olib boradilar. Venchur biznesning alohida ahamiyati quyidagilardan iborat:

  1. Venchur biznes yangi innovatsion hayot tarziga moslashgan korxonalar hosil bo’lishiga olib kelib, an’anaviy ilmiy izlanishlar tizimiga ta’sir qiladi va mamlakatning ishlab chiqarish jarayonidagi zamonaviy ijobiy o’zgarishlarga olib keladi;

  2. Yuqori malakali mutahassislar, injener-texnik xodimlar va olimlarning bandligini ta’minlab, ularga bo’lgan talabni oshiradi;

  3. Iqtisodiyot an’anaviy tarmoqlarining texnik va texnologik jihatdan qaytadan jihozlanishiga erishish imkonini beradi;

27


Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish