Oʼzbekistonda millatlararo munosabatlar va bagʼrikenglik fani predmeti, uni oʼrganishning ahamiyati. Globallashuv va tolerantlik Reja



Download 30,52 Kb.
bet2/8
Sana29.04.2022
Hajmi30,52 Kb.
#590619
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-маъруза

Mazkur hujjatda bunday deyilgan:
Bagʼrikenglik – bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, oʼzini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va toʼgʼri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va eʼtiqod vujudga keltiradi. Bagʼrikenglik – turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat maʼnaviy burchgina emas, balki, siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bagʼrikenglik – tinchlikka erishishni musharraf qilgʼuvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir.
Bagʼrikenglik – yon berish, andisha yoki hushomad emas. Bagʼrikenglik – eng avvalo insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bagʼrikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi boʼlib xizmat qilmaydi. Bagʼrikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.
Bagʼrikenglik - inson huquqlarini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya, va huquqning tantanasi uchun koʼmaklashish majburiyatidir. Bagʼrikenglik aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda oʼrnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir.
Bagʼrikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda boʼlishni, oʼz iymon-eʼtiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning eʼtiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim oʼz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʼi lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar oʼz tabiatiga koʼra tashqi koʼrinishi, qiyofasi, oʼzini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi eʼtirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va oʼzlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni anglatadiki, bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.
Fandagi tasniflashga binoan tolerantlikning 12 ta tipi: gender, yosh, maʼlumot, millatlararo, irqiy, diniy, jugʼrofiy, sinflararo, fiziologik, siyosiy, seksual-yoʼnalishli, marginal tiplari mavjud. Hozirgi globallashuv sharoitida bagʼrikenglikni madaniy taraqqiyotning zarur sharti deb bilmoq kerak. Insoniyat tarixida murosasizlik hamisha mavjud boʼlib, urushlarga sabab boʼlgan. Diniy taʼqiblar va gʼoyaviy ziddiyatlar fanatizmga, haqoratlarga, hayot huquqlarini buzishga olib borgan. Аna shunday sharoitda xalqni bagʼrikenglik ruhida tarbiyalash doimo zarur boʼlgan.
Hozirgi zamon bagʼrikenglik madaniyati oʼtkir oʼzaro ziddiyat sharoitida shakllanayotganligini aytib oʼtmoq kerak. Bu esa, insoniyatning ijtimoiy munosabatlar madaniyatini ancha yuqori pogʼonaga koʼtarishni va buning uchun sodir boʼlayotgan oʼzgarishlarning mazmun va mohiyatini yaxshiroq anglab olishni talab qiladi.
2000 yilning sentyabrida BMTning Ming yillik samiti boʼlib oʼtgan. Unda toʼplangan dunyodagi koʼpgina mamlakatlar rahbarlari insoniyat oldida turgan va sivilizatsiyani saqlab qolish maqsadida kechiktirmay hal etilishi lozim boʼlgan asosiy muammolarni belgilab olganlar.
Sammit deklaratsiyasida butun insoniyat uchun juda katta ahamiyatga ega boʼlgan oltita qadriyat taʼriflab berilgan. Bular erkinlik, tenglik, birdamlik, masʼuliyat tufayli boʼlgan tabiatga hurmat bilan bir qatorda tolerantlik ham xalqaro munosabatlarning asosi sifatida tilga olingan.
Insoniyat XXI asrga qadam qoʼygan paytdan boshlab yer qurrasining turli mintaqalarida zoʼravonlik haddan oshib, xalqaro terrorizm kuchayganligi ham kuzatilmoqda. Hozirgi paytda koʼpincha etnik, diniy, mafkuraviy tafovutlar ekstremistik feʼl-atvor shakllari uchun bahona boʼlmoqda. Oʼz gʼarazli maqsadlarini koʼzlovchi muayyan siyosiy kuchlarning gʼalamisliklari esa vaziyatni tobora keskinlashtirmoqda. Ekstremizmning kuchayishi esa tinchlikka, insoniyatning barqaror va xavf-xatarsiz rivojlanishiga tahlika soluvchi yangi xavf-xatarlar orasida oldingi oʼrinlardan biriga chiqib oldi. BMT eʼlon qilgan gʼoyalar, oliy maqsadlar va tamoyillar bilan siyosiy-milliy, iqtisodiy va boshqa maqsadlarga erishish maqsadida zoʼravonlikning yashovchanligini koʼrsatuvchi haqiqiy jarayonlar orasida katta tafovut borligi yakkol koʼrinib turibdi. Insoniyat jamiyat tinch hayotiga va xalqaro barqarorlikka tahlika solayotgan global xavf-xatarlar orasida tadqiqotchilar, avvalo, koʼyidagilarni koʼrsatib oʼtmoqdalar:

Download 30,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish