- inson oʼzi yashab turgan etnik guruhning marosimlari, rasm-rusumlari, urf-odatlarini bilishi zaruriyati;
- til masalasi - millatlararo muamala madaniyatining eng muhim jihatlaridan biri ekanligini esda tutish.
Bagʼrikenglik ongini shakllantirishning til masalasini hal etishda ommaviy axborot vositalarilarining ahamiyati juda katta.
Taʼlim, uslubiy yoʼnalish barcha pogʼonalardagi taʼlim muassasalarida bagʼrikenglik ongini, dinlarga sabr-toqat bilan qarashni shakllantirishga va millatlararo muloqotni oʼrganishga qaratilgan taʼlim dasturlari va texnlogiyalarini yaratib, joriy etish; muassasalarda ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi mutaxassislarni, davlat xizmatchilarini, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʼyicha maxsus psixologik treninglar (mashgʼulotlar) oʼtkazish nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |