O'zbekistondada beton ishlab chiqarish



Download 36,78 Kb.
bet3/6
Sana14.04.2022
Hajmi36,78 Kb.
#550417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
beton va temir beton

Umumiy ma’Iumotlar
Mamlakatimizda sanoat va turar-joy binolari qurilishida bir xil turdagi yig'ma temir-beton konstruksiyalari 90 foizga yaqinni tashkil qiladi. Yig'ma temir-beton mahsulot va konstruksiyalari, asosan, uzun, tekis yuzali, blokli, hajmli holda ishlab chiqariladi. Uzun konstruksiyalar va mahsulotlarga kolonnalar, fermalar, rigellar, to'sinlar, ustunlar; tekis yuzalilarga — yopish plitalari, devor va to'sish panellari, bunker va zaxira devorlari; bloklilarga — og'ir fundamentlar, yerto'la devorlari; hajmlilarga — sanitar-texnik kabinalar, blok xonalar, siloslarning qutichali elementlari, quduq halqalari va boshqalar kiritiladi. Mahsulotlar, asosan, payvandlangan to'r, karkas va yiriklashtirilgan armatura bloklari bilan armaturalanadi. Zo'riqtirilgan armaturadan foydalanishda mahkam ushlash, tortish va armaturani zo'riqqan holatida mahkamlash uchun sharoit yaratiladi. Yig'ma temir-beton konstruksiyalari uchun yuqori darajadagi mustahkamlik, zichlik, sovuqqa chidamlilik va suv o'tkazmaslik sifatiga ega bo'lgan betonlar qo'llaniladi. Masalan, yuk ko'taruvchi temir-beton konstruksiyalarda M 150 — M 800 markali og'ir beton, zichligi 2200—2500 kg/m3; g'ovak to'ldiruvchili konstruksion betonlar uchun M 150 — M 500 markali; to'sish konstruksiyalar uchun 162 М 50 — М 100 markali, zichligi 700—1000 kg/m3 yengil betonlar keng ko'lamda foydalaniladi. Ko'pchilik mahsulotlarda o'lchovdan og'ish chegarasi (plita, panel, kolonna, to'sin) 4—10 mm dan, himoya qatlamida esa 3—5 mm dan oshmasligi kerak.
Beton qorishmalarining tayyorlanishi.
Umumiy ma’Iumotlar
Beton qorishmalari yig'ma temir-beton korxonalarining beton qoruvchi sexlarida olinadi. Beton qorishma mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun beton zavodlari va beton qoruvchi moslamalar mo'ljallangan. Beton qorishmalari ishlab chiqarish ko'chmaydigan moslamada qanday tashkil qilinsa, xuddi shunday ko'chiriladigan yoki harakatchan moslamada ham tashkil qilinishi mumkin. Qurilish obyektlarining boshlang'ich davrida ko'chmas zavodlardan anchagina uzoqda bo'lgan vaziyatda harakatchan moslamalardan foydalaniladi. Harakatchan moslamalarning turidan biri inventar beton zavodlari bo'Iib, qurilish yakunlanganda asbob-uskunalar qismlarga ajratiladi va yangi ish maydoniga ko'chiriladi. Beton qorish moslamalari ish tartibiga ko'ra siklli va uzluksiz turga ajratiladi. Sikl bilan ishlaydigan moslamalarga vaqti-vaqti bilan xomashyo yuklash, qorib aralashtirish va mahsulotdan bo'shash xarakterli bo'lsa, keyingisi bu vazifalarni uzluksiz bajaradi. Siklli usul bilan ishlaydigan moslamalar ko‘p tarqalgan. Uzluksiz ishlaydigan moslamalarni bir xil markadagi beton qorishmaga (ko‘plab ishlab chiqarishga) ehtiyoj boiganda qollash samaralidir. Masalan, gidrotexnik va yo‘l qurilishlarida, obyektlarni mayda donalab tayyorlanadigan devor materiallari bilan qurishda. Beton qoruvchi zavod va sexlarni bir-biridan farqlantiradigan asosiy belgi texnologik tuzilishidir. To'p-to'p qilib joylashtiriladigan chizmada beton qoruvchi moslamalar miqdoriab beruvchi moslamalar bilan ta’minlanadi, avtomatik ravishda boshqariladi. To'p-to'p joylashadigan chizma bo'yicha joylashtirishda transport vositalari katta hajmda yuk ortishi mumkin. Bunda qurilishga bo'ladigan sarf va zavodning ekspluatatsiya sarfi kamayadi.
Biroq bu usul bilan yig'ilgan aralashtirgichlar bir vaqtning o'zida bir necha tur beton markalarini tayyorlash zarurati bo'lganda to'g'ri kelmaydi va temir-beton zavodlarida bu usul qo'llanilmaydi. Beton qoruvchi qurilmalarni joyida va masofadan turib avtomatik boshqarish mumkin. Joyida boshqarilganda miqdorlovchi teshiklari qo'l bilan ochib, yopiladi, yuklovchi asbobning holati o'zgartiriladi, ya’ni suriladi. Turli turdagi asboblarda barcha elektrodvigatellar alohida boshqarish pultiga ega. Masofadan avtomatik boshqarish, elektrodvigatellarni ishga tushirish va ishdan to'xtatish, shu ­ningdek, texnologik jarayonni reja asosida moslash pult bilan olib boriladi. Beton qoruvchi sexlar yoki beton zavodlari tarkibiga sement va to'ldiruvchilar omborxonasi, qo'shim cha tayyorlovchi moslamalar.
1 .8 . Beton qorishmasini aralashtirish
Beton qorishmasi bir turda bo‘lishi uchun aralashtiriladi. Betonning fizik-mexanik xususiyatlari uning bir turligiga bog'liq. Beton qorishmasi komponentlarini aralashtirish uchun siklli beton qomvchilar keng qo‘llaniladi
Qorish usuliga qarab betonqoruvchilar: garvitatsion (materiallarning erkin tushishi va majburiy (komponentlarni majburiy aralashtirish) turiga bo‘linadi. Gravitatsion betonqoruvchilarning beton qorish barabanlari devoriga parraklar o‘rnatilgan bo‘lib, baraban aylangan vaqtda materialni yuqoriga ko‘tarib beradi va tushayotganda o‘z og‘irligi ta’sirida bor komponentlar bilan aralashib ketadi. Majburiy aralashtiriladigan beton qoruvchilar qimirlamaydigan kosaga o‘rnatilgan aylanadigan parraklar ta ’sirida aralashtiriladi. Uzluksiz harakatdagi beton qoruvchilarda bir vaqtning o‘zida parrakli vallar qarama-qarshi aylanishida materiallar aralashtiriladi. Gravitatsion siklli beton qoruvchilar ag‘darma qoruvchi noksimon ko‘rinishda va ikki konusli ag‘darma barabanli bo‘lishi mumkin. Birinchi qoruvchida komponentlarni ortish va tayyor qorishmani tushirish bir ochiq yonidan bajariladi, ikki ochiq yon tomondan bajariladi. Ag‘darma barabanli gravitatsion qoruvchilar qatorida beton qoruvchi sexlarda anchagina keng qo'llaniladigan, asosan, avtobetonqoruvchilarni komplektlashda reversiv (yo‘nalishni o‘zgartirishga imkon beradigan) qoruvchilar qollaniladi. Reversiv beton qoruvchilarda gorizontal silindrni yoki ikki konusli baraban qarama-qarshi tomonlaridan ortiladi va tushiriladi. Qorish jarayonida qoruvchining parraklari barabandan komponentlarning to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aralashtirib bolgan baraban to‘xtaydi, keyin qarama-qarshi tomonga aylana boshlaydi va bir yonidan qorishmani tushirish boshlanadi. Gravitatsion qoruvchilarning afzalligi: arzon, konstruksiya va ekspluatatsiyasi sodda, ko‘p metall va energiya talab qilmaydi. Lekin ular bikir beton qorishmalarining bir jinsliligini kerakli darajada ta’minlab berolmaydi. Qorish jarayoni qorish barabanining o‘qi qiya holatda o‘rnatilganda ancha samarali bo‘ladi. Baraban o‘qi gorizontal holatda joylashganda ma’lum darajada qorish jarayonida hosil bo‘lgan ko'ndalang qorishma oqimi qarshilik qiladi. Baraban og‘ishining burchagi 15° dan oshmasligi kerak. Gravitatsion barabanning optimal aylanish chastotasini (w) quyidagi shartdan aniqlash mumkin: ю = 15/ r Bu yerda r — barabanning keng katta radiusi, m. Barabanning o‘ta yuqori tezligi markazdan qochuvchi kuch ta’sirining oshishiga olib keladi, aralashish tezligini pasaytiradi va materiallarni separatsiyalaydi. Aralashtirish jarayoniga muhim ta’sir ko'rsatadiganlar gravitatsion beton qoruvchining og‘ish burchagi, parraklarining formasi va joylashishidir. Siklli beton qoruvchilarning asosiy o‘lchami — tayyor beton qorishmaning hajmi. Gravitatsion siklli qoruvchilarning hajmi 65 dan 3000 / gacha bo‘lishi mumkin.
Beton qorisb sexlari Temir-beton mahsulotlari zavodlaridagi beton qoruvchi bo'limlar ko'pincha vertikal chizma bo'yicha materiallami sarf bunkeriga yetkazish uchun komplektlanadi. Sex binosi balandligi 25—30 m ga yetadi. Materiallar bunker ustidagi qavatga qiya o'rnatilgan lentali konveyer yordamida uzatiladi. Toldiruvchilarni uzatishda aylanadigan voronkalardan, sement va boshqa kukunsimon materiallar uchun shneklar va pnevmatik transportlardan foydalaniladi. Keyingi holatda havoni sement changidan tozalash uchun siklonlar va gazlamali filtrlar o'rnatiladi. Sarf bunkerlar otseklariga bo'linadi. Yirik toldiruvchilar uchun, odatda, uch otsek, mayda to'ldiruvchilar uchun ikki otsek va sement uchun ham ikki otsek mo'ljallanadi. Sochiluvchi materiallaming erkin siljishi uchun bunker tagi qiyalik burchagi tabiiy qiyalikdan kattaroq qilib bajariladi. Ular, asosan, qoida bo'yicha 55—60° dan kam bo'lmagan holda qabul qilinadi. To'ldiruvchilar yuqori namlikda bunker devorining pastki qismida osilib qolmasligi uchun titratib gumbazni ko'chiruvchi o'rnatiladi. Bunkerlarda, shuningdek, sementning aeratsiyasi uchun (shamollatish) moslama, bug' panjaralari va bunker otseklarining to'lish darajasi ko'rsatkichlari mo'ljallangan. Sarf bunkerlarida materiallar zaxirasi odatga ko'ra to'ldiruvchilar uchun 1—2 soatga, sement uchun 2—3 soatga qabul qilinadi. Beton qorishmasining quruq komponentlar miqdorlovchilari taalluqli bunker otseklaridan ortiladi. Suv miqdorlovchi ustiga o'rnatilgan bakdan keladi, vodoprovod magistralidan bak to'ldiriladi. Qo'shimcha tayyorlaydigan moslamadan qo‘shimchalarning suvli eritmasi miqdorlovchiga sirkulyatsion truboprovod yordamida uzatiladi. Qoruvchilarga quruq kom ponentlar osma klapanli tarnov tarmog'idan ortiladi. Tayyor qorishma beton qoruvchilardan tarqatuvchi bunkerlarga ortiladi, ularning sig'imi 2—3 qorishdan kam bo'lmasligi kerak. Temir-beton poligonlari va zavodlarida beton qorishmasi talab qilingan joyga har xil usul va transportlar, o'zi yurar beton tarqatuvchilar, temir yo'llarda harakatlanuvchilar, tasmali konveyer, pnevmatik moslamalar, ko'prikli kranlar, avtokran yordamida yetkaziladi. Yuqori darajada mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish sexlarida beton-joylashtirgich bunkerlariga beton qorishmasini yetkazish uchun osma yo'lda harakatlanadigan beton tashuvchi qo'llaniladi. Tasmali konveyer kam harakatlanadigan va bikir beton qorishmalarini uzatishda qo'llaniladi. Ular o'zi yurib tashiydigan aravachalar bilan jihozlanadi. Harakatchan beton qorishmalar uchun konveyer burchak qiyaligi 8° dan, bikir qorishmalar uchun — 15° dan oshirilmaydi. Beton qorishmaning tushish balandligi transport vositasiga uzatilayotganda 2 m dan oshmasligi kerak. Ma’lum masofaga harakatlanuvchi qorishmani uzatishda, panellarni kasseta qurilmalarda qoliplashda, elektr uzatkichlar uchun tayanchlar ishlab chiqarishda pnevmatik qurilmalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Download 36,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish