O`zbekstan respublikasi oliy va o’rta mahsus ta`lim



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#200360
1   2   3   4
Bog'liq
Santa-gertruda zotli bukalar va maxalliy sigirlarni chatishtirish natijasida olingan buzoqlarning ravojlanishini va gosht maxsuldorligini organish 3

Fermerlarni nasldor mollar bilan ta`minlash uchun barcha mulk shaklidagi 

chorvachilik xo’jaliklarida naslchilik   ishlarini andozalar   asosida yo’lga qo’yish. 

Turli mulk shaklidagi xo’jaliklarda yangi jadal texnologiyalarni joriy qilish 

asosida  jahon  andozalari  darajasida  mahsulot  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish. 

Ayniqsa,  feremer  xo’jaliklarida  yangi  jaxon  tajribasida  sinovdan  o’tgan 

texnologiyalarni  joriy  qilish  bu  sohani  obro’yini  oshiradi.  Buning  uchun 

mamlakatda har bir sigirdan sog`ib olinayotgan sutni dastlab hech bo’lmaganda 3 

ming  kg.  etkazish  ikki  barobar  sut  etishtirishni  ko’paytirish  imkonini  beradi  va 

xalqimizni sut mahsulotlariga bo’lgan talabini to’liq qondirishni ta`minlaydi

.

 



O’zbekistonning  tabiiy  yaylovlarga  boy  bo’lgan  tog`  oldi  va  tog`lik 

mintakalarida,  lalmikor  adirlarida,  daryo  va  dengiz  oldi  keng  o’tloklarida 

qoramollarning  sergo’sht  zotlari  parvarish  kilinadi  Shuningdek  Qoraqalpog`iston 

Respublikasida  paxtachilik,  g`allachilik,  sabzavot-polizchilik  va  bog`dorchilikka 

moslashgan  sug`oriladigan  maydonlardagi  jamoa,  shirkat,  fermer  va  aholining 

shaxsiy  xo’jaliklarida  qoramollarning  sersut    va  sut-go’sht  maxsuldorli  zotlari 

urchitiladi.  Aholining  go’sht  va  sut  mahsulotlariga  bo’lgan  talabini  qondirishda 

qoramolchilikni  jadal  rivojlantirish,  uning  mahsuldorligini  yanada  oshirish, 

ayniksa, kagga axamiyatga ega. 

Qoramollar  ustida  naslchilik-selektsiya  ishlarining  samarali  olib  borilishi 

natijasida yangi mahsuldor zotlar, zot guruxlari va xillari yaratilmokda. Jumladan, 

dunyo  miqyosida  qoramollarning  1000  dan  ortiq,  MDX  dagi  davlatlarida  55  ga 

yaqin  zot  va  zot  guruxdari  mavjud.  O’zbekistonda  qoramol  go’shti  va  sut 

mahsulotini  ko’paytirish  chorvachilikka  ixtisoslashgan  xo’jaliklar,  komplekslar, 




 

xo’jaliklararo korxonalar, jamoa-shirkat va fermer xo’jaliklari, sut-tovar fermalari 



va aholining shaxsiy xo’jaliklari zimmasiga yuklatilgan. Respublikamizda go’shtga 

topshiriladigan  har  bir  qoramolning  o’rtacha  tirik  vaznini  380-400  kilogrammga 

etkazish  imkoniyati  mavjud.  Ilg`or  tajriba  go’shtga  topshirilgan  qoramollarning 

tirik  vaznini  450-500  kilogrammga  va  sigirlardan  sog`ib  olingan  sut  miqtsorini 

4000-4200 kilogrammga etkazish 

mumkinligini ko’rsatmokda. 

O’zbekistonning XXI asrdagi qoramolchilik tarakqiyoti istiqbollari nodavlat 

xo’jaliklarining  shakllanishi  va  uning  rivojlanish  odimlariga  bog`liq.  Shirkat, 

fermer  va  dexkon  xo’jaliklarida  podani  samarali  tashkil  etish,  mollar 

maxsuldorligini  oshirish,  texnologiyami  takomillashtirish,  ozuqabop  ekinlar 

xosildorligini  oshirish  asosida  har  bir  bosh  shartli  molga  va  bir  gektar 

sug`oriladigan er maydon xisobiga maxsulot ishlab chiqarish xajmini oshirish davr 

talabi.  Shunda  respublika  axolisini  chorvachilik  maxsulotlari  —  sut,  go’sht  va 

tuxum  bilan  to’la  ta`minlash  imkoniyati  yaratiladi.  Nodavlat  xo’jaliklarini 

rivojlantirish,  uni  ixtisoslantirish  va  jadallashtirish  respublika  koramolchiligidagi 

bosh vazifa hisoblanadi. Malakali mugaxassislar, fermerlar va barcha chorvachilik 

xodimlaridan uning  imkoniyatga  boy bo’lgan omillarini ishga solish talab qilinadi. 

Shubois,  go’sht  yunalishiga    mahsus  koramol  zotlari  xususiyatlarini  urganish  va  

imkon  kadar  ulardan  foydalanish  maqsadida    bitiriuv  malakaviy  ish  mavzusi 

tanlandi.  

Bitiruv  malakaviy  ishini  maqsadi:  Go’sht  ishlab  chiqarish  maqsadida   

kupincha sut yunalishidagi qoramollarnin` erkaq buzoqlari va mahalliy sigirlardan 

foydalanimoqdamiz.  Lekin,  kam  sut  beradigan  mahalliy  sigirlarni  mahsus  go’sht 

yo’nalishidagi  zotli  buqalar  bilan  chatishtirish  natijasida  olinishi  mumkin  bo’lgan 

duragaylarning  go’sht  mahsuldorligi  yuqoriligi  Amudaryo  quyi  oqimidagi 

yaylovlarda  isbotlangan.  Shu  bois,  Canta-gertruda  zotli  bukalar  va  maxalliy 

sigirlarni  chatishtirish  natijasida  olingan  buzoqlarning  ravojlanishini  va  go’sht 

maxsuldorligini o’rganish bakalabr bitiruv ishida maqsad qilib olindi.  

 



 

Mazkur ishda oldimizda turgan asosiy vazifalar quydagilardan iborat: 



1. Chatishtirish uchun tanlab olingan mahsuldor Santa-gertruda zotli buqalar bilan 

mahalliy sigirlarni urug`lantirish va sermahsul duragaylarni olish; 

2.    Olingan  1/2  santa-gertruda  X  1/2  mahalliy  qoramollar  duragaylarini  go’sht 

etishtirishning  mahsus  texnologiyasi  bo’yicha  oziqlantirish  va  parvarish  qilish 

uslublarini o’rganish;  

3. Yaylovlarimizdan tejamkorlik bilan foydalanishda mahsus go’sht yo’nalishidagi 

nasildor 

buqalarning 

duragay 

buzoqlarining 

go’sht 

ishlab 


chiqarish 

imkoniyatlaridan samarali foydalanish.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

I.BOB ADABIYoTLAR ShARHI 



 

Mamlakatimizda  koramolchilik  kadimda  hayvonlarni  xonakilashtirish  bilan 

ularning mahsuldorlik sifatlari hamda baquvvat ishchi kuchini yaxshilashga e`tibor 

berib  tanlash  va  saralash  ishlari  olib  borilgan.  Lekin  bu  boradagi  ish  uslubi 

xususida ma`lumotlar kam uchraydi. 

Shuning  uchun  chorvachilik  va  ayniksa,  koramolchilik  fanining  ilk  bor 

ajdodlarimiz  tomonidan  kanchalik  tashkil  etilganligi  to’g`risida  biron  bir  dalil 

keltira  olmaymiz.  Ammo  tajribali  chorvadorlar  tomonidan  amaliyotga  yaqin 

bo’lgan  urchitish,  saralash  va  saqlash  ishlari  kabilalar  va  shaxsiy  xo’jaliklarda 

puxta  olib  borilganiga  imonimiz  komil.  Ota-bobolarimiz  chorvachilik  borasidagi 

bilimlarini avloddan-avlodga qoldirib, o’rgatib kelishgan. Bunga misol kilib xar xil 

mintakdlarda  yaratilgan  mahalliy  qoramollar,  ularning  Hindiston  urkachli  mollari 

bilan chatishtirilgan zebusimon duragay mollarining bir necha xillari mavjudligini 

ko’rsatib o’tish mumkin. 

O’zbekistonda  qoramolchilikning  mustakil  fan  sifatida  o’kitilishini  1910-

1915  yillardan  boshlab  izoxlash  mumkin.  1932  yili  chorvachilik  tajriba 

stantsiyasining  tashkil  etilishi  bunga  asos  bo’lgan.  Shundan  boshlab 

chorvachilikning barcha sohalari va ayniksa, qoramolchilikni taxlil kilish, mavjud 

qoramollarni  o’rganish  va  ularga  to’liq  xarakteristika  berishdek  ilmiy-tadkikot 

ishlari amalga oshirilgan. 1915-1916 yillarda tashkil qilingan tajriba maydonlari va 

stantsiyalari  ilk  bor  ilmiy  tashkilotlar  uchun  poydevor  bo’ldi,  desak  xaqiqatga 

to’g`ri keladi. Bu davrlarda ilmiy 

ish  olib  borgan  olimlardan  V.I.Gromova,  K.K.Sakovskiy,  I  L.Movshovich, 

V.F.Denisov, 

V.V.Zyuzyukin, 

3.I.Savitskaya, 

I.V.Shirlov, 

Z.S.Sokolova, 

T.F.Tavildarova, V.A.Trofimovskiy, P.M.Pushkarev, M.Gorshkova, 

A.K.Lvovich,  V.A.Shchikin,  P.F.Kiyatkin  va  boshkalarning  nomlarini  kedtirish 

mumkin. 

Ular  O’zbekistonda  chorvachilik  fanini  tashkil  etishda  hamda  mahalliy  kadrlarni 

tayyorlashda  ulkan  xissa  qo’shishgan.  Samarkand  kishloq  xo’jaligi  institutida 



 

professor  P.M.Pushkarev,  Toshkent  qishloq  xo’jaligi  institutida  V.A.Shchikin, 



O’zbekiston  chorvachilik  ilmiy-tadqiqot  institutida  professor  P.F.Kiyatkinlarning 

shogirdlari etuk chorvador olim bo’lib etishib chiqishgan. 

Shulardan akademik A.Rahimov, N.O.Mavlonov, Yu.R.Kurbonov va 

boshqalarni  keltirish  mumkin.  Ulardan  ayniqsa,  N.O.Mavlonov  qoramolchilik 

soxdsi  bo’yicha  ko’plab  kadrlar  tayyorlagan  xamda  qoramolchilik  fanini 

rivojlantirishga katta hissa qo’shgan. 

1939  yili  O’zbekiston  chorvachilik  ilmiy-tadqiqot  institutaning  tashkil 

etilishi  chorvachilik  fanida  burilish  yasadi.  Chorvachilikning  ilmiy  va  amaliy 

asoslarini o’rganishga sharoit yaratildi. Chorvachilikning barcha soxalari bo’yicha 

laboratoriya  va  bo’limlar  tashkil  etilib, shu  soxdning  muammolari  bo’yicha  ilmiy 

ishlar  olib  borildi.  Qoramolchilik  borasidagi  ilmiy  ishlarga  o’sha  kezda 

T.F.Taviddarova,  F.F.Eysner,  A.K.Lvovich  A.A.Atbashyanlar  boshchilik  qilishdi. 

Qora-ola,  qizil  cho’l,  shvits  va  bushuev  zotlarini  shakllantirishda  ulkan  xissa 

ko’shishdi.  O’zbekistonda  chorvachilikni  ilmiy  asosda  rivojlantirish,  ayniqsa, 

1957-1960  yillardan  boshlab  avj  oldirildi.  Bunga  chorvachilik  ilmiy-tadkikot 

institutida  1957  yildan  e`tiboran  ochilgan  aspirantura  va  unga  iste`dodli 

yoshlarning kabul qilinishi juda qo’l keldi. 

Dunyoga tanilgan akademik-professorlardan V.M.Yudin, S.N.Bogolyubskiy, 

G.I.Azimov  va  boshkalarning  maktabini  o’tagan  maxalliy  kadrlarning  institutga 

ishga  kelishi  uning  saloxlyatini  ko’tarib,  chorvachilik  ilm-fanining  nazariy 

asoslarini boyitdi. Qoramolchilik va oziklantirish borasida qishloq xo’jaligi fanlari 

akademiyasining  akademigi  xamda  muxbir  a`zolari,  O’zbekiston  Respublikasida 

xizmat  ko’rsatgan  fan  arboblari  Sh.A.Akmalxonov,  U.N.Nosirov,  K.Q.Qoriboev 

yaratgan ilmiy makgabni aloxida ko’rsatish mumkin. Akademik Sh.A.Akmalxonov 

va  uning  ilmiy  maktabi  sutchilik  ishining  nazariy  va  amaliy  asoslarini,  sigirlar 

maxsuldorligini  oshirish  va  sut  sifatini  yaxshilash,  sut  ishlab  chikarish 

texnologiyalariga bag`ishlangan fanning yangi kirralari va jadallashgan uslublarini 

ishlab  chikib,  respublika  xo’jaliklarida  keng  tatbiq  qilgan.  Olimning  mollarni 




 

10 


biologik  xususiyatlari,  sutning  sifatini  yaxshilash,  sut  ishlab  chiqarish 

texnologiyasining samarali echimlariga bag`ishlangan qator ilmiy asarlari  

muhim  ahamiyatga  ega.  Professor  U.N.Nasirov  va  uning  ilmiy  maktabiga 

go’shtdor kormolchilikni yaratish, mollar maxsuldorligini oshirish va uning 

sifatini  yaxshilash,  go’sht  ishlab  chikarish  texnologiyalariga  oid  bo’lgan  fanning 

nazariy va amaliy asoslari xosdir. O’zbskistonda gushtdor qoramolchilikni yaratish 

uslublari  ishlab  chiqilib  amaliyotga  keng  tatbik  kilindi.  Bu  soxa  bo’yicha 

o’tmishdagi  Amudaryo  del`tasi  kamishzorlarida  santa  gertruda,  qozoqi  oqbosh 

zotlari  va  ularning  maxalliy  sigirlar  duragaylarini  urchitish  ishlari  O’zbekiston 

chorvachilik  ilmiy-tadkikot  institutida  Qoraqalpog`iston  filiali  olimlari  ham  xissa 

qushdilar. Qoramol go’shtining shakllanish biologik xususiyatlari ilmiy asoslanib, 

undan  jadallashtirilgan  texnologiyalarda  keng  foydalanishdagi  amaliy  asoslar, 

go’shtchilik  komplekslari,  xo’jaliklararo  bo’rdoqichilik  korxonalarining  samarali 

texnologiyalari  ko’plab  ilmiy  asarlarda  atroflicha  yoritilgan.  Mazkur  maktabdan 

respublika  koramolchilik  va  go’shtchilik  faniga  ulkan  hissa  qo’shayotgan  qishloq 

xo’jaligi  fanlari  doktorlari,  professorlar  I.Xidirov,  Z.To’raqulov,  K.Xabibulin, 

A.Qaxxorov,  B.Abdalniyazov,  B.Abdirov  va  boshqa  ko’plab  etuk  olimlar  etishib 

chiqkan. 

Qora-ola   zotli   mollar  sermaxsuldorligi,  bukatizimlari, sigirlar 

oilalarini  yaratish  va  zotni  takomillashtirish,  yosh  nasldor  mollarni  parvarishlash 

xamda  soxaning  nazariy  asoslaridan  immuno-genetika  ilmiy  tadqiqotlari  bilan 

koramolchilik  fanini  boyitgan  professorlardan  E.Yu.Karchevskiy,  M.Ashirov, 

S.I.Shodmonov, P.S.Sobirov va I.Maxsudovlarni alohida ko’rsatib o’tish lozim. 

Qoramolchilikka  oid  ilm-fan  keyingi  30-35  yil  davomida,  ayniqsa,  rivoj 

topdi. Fanning ko’plab nazariy asoslari yaratildi. 

Amaliyotga zotlarni takomillashtirish, yosh mollarni jadal parvarishlash, sut 

va go’sht maxsulotlari ishlab chiqarishning samarador texnologiyalari yaratildi va 

amaliyotga  tavsiya  etildi.  1960-1994  yillar  davomida  respublika  koramolchiligi 

jadal rivojlandi. 



 

11 


Mollar  maxsuldorligini  keskin  oshirishga  erishilib,  rayonlashtirilgan 

qoramol  zotlarini  takomillashtirgan  xolda  yangi  maxsuldor  podalar  yaratildi  va 

soxaning naslchilik bazasi barpo etildi. 

Sanoat  usulida  samarali  faoliyat  ko’rsatgan  sutchilik  va  go’shtchilik 

komplekslarining  ish  tajribasi  keng  joriy  etildi.  Ularda  sut  maxsuloti  ishlab 

chiqarish  birmuncha  ko’garilib,  ish  unumdorligi  va  xo’jalik  rentabelligini 

oshirishga erishildi. 

Davlat  naslchilik  zavodlarida  sigirlarning  sut  maxsuldorligi  4000-4200 

kilogrammgacha  etdi.  Naslchilik  yadrolarida  esa  5000-6000  kilogrammdan  xam 

oshirildi.  Mollarning  irsiy  maxsuldorlik  xususiyatlari  yaxshilandi.  Eng  ko’p  sut 

beradigan sigirlar parvarish kilina boshlandi. Mollarning yukori irsiy maxsuldorlik 

xususiyatlarini  oshirish,  texnologiyalardan  samarali  foydalanish  usullariga  joriy 

qildi  va  undan  unumli  foydalanish  tadbiriy  choralari  ko’rildi.  Go’shtchilik 

komplekslari 

va 

xo’jaliklararo 



bo’rdoqichilik 

korxonalarida 

go’shtga 

topshiriladigan  koramollarning  tirik  vazni  500-520  kilogrammgacha  etkazildi. 

Dongdor 

chorvadorlarning 

buyuk 

namoyondalari 



faoliyat 

ko’rsata 

boshladi.Toshkent  viloyatidagi  “Qizil  shalola”  tajriba  xo’jaligining  moxir  sut 

sog`uvchi  operatori  A.I.Chudnaya  yuqori  samaraga  erishib,  davlat  mukofotlariga 

sazovor  bo’ldi.  U  sobiq  itgifokda  yagona  bo’lgan  bir  yo’la  180  sigirni  sog`ish 

texnologiyasini boshkardi. 

Qoramolchilik  fanining  xali  ko’plab  ochilmagan  qirralari  mavjud.  Ular 

mollar  maxsuldorligini  keskin  oshirishdagi,  selektsion-genetik,  biotexnologik, 

bioinjenerlik,  oziq  moddalardan  yanada  samarali  foydalanishdagi  biologik  va 

xokazo nazariy echimlardir. Qoramolchilikni va bu boradagi fanni rivojlantirishda 

rus olimlari qo’shgan ulushni alohida ta`kidlab o’tishimiz kerak. 

Shunday   olimlar   qatoriga   A.F.Middendorf,   N.P.  Chirvinskiy, 

P.N.Kuleshov,  M.I.Pridorogin,  E.A.Bogdanov,  M.F.Ivanov,  E.F.Liskun, 

I.S.Popov,  A.A.Moligonov,  F.F.Eysner,  A.P.Kalashnikov,  D.L.Levantin  va 

boshkalarni  kiritish  mumkin.  Ularning  ilmiy  asarlari,  yaratgan  ta`limotlari  va 

uslublari xamisha biz uchun dastur bo’lib qoladi. Masalan, buzoqlarni yoshligidan 




 

12 


boshlab  oldindan  mo’ljallangan  maqsadni  ko’zlab  oziqlantirish  bilan  ularning 

ekster`er  va  konstitutsiya  turlarini  hamda  maxsuldorlik  ko’rsatkichlarini  ham 

o’zlashtirish  mumkinligi  haqida  zootexniya  fanining  asoschilaridan  E.F.Liskun 

(1961),  N.P.Kuleshov  (1949),  E.A.Bogdanov  (1947)  lar  yozgan  edilar.  Aynan, 

yosh xayvonlarni mo’l-ko’l boqish kerakligini ta`kidlab, bunda alohida saralangan 

to’da  xususiyatlarini  hisobga  olish  kerakligini  uqtiradi.  (R.Xamroqulov, 

K.Karibaev,  Qishloq  xo’jalik  xayvonlarini  oziqlantirish,  Toshkent,  1999  yil,  176 

bet) 


Hulosa  kilib  aytsak,  chorvachilikning  etakchi  sohalaridan  bo’lgan 

koramolchilik  axolini  sut  va  go’sht  maxsulotlari,  sanoatni  esa  xom  ashyo  bilan 

ta`minlaydi.  Dunyo  mikyosida  va shu  jumladan, Uzbekistonda 1970—1995  yillar 

mobaynida koramolchilik tez sur`atlar bilan rivojlandi. Qoramol zotlari va ularning 

maxsuldorligi  ko’payib  bordi.  Lekin  1996—1998  yillarda  O’zbekistonda  jamoa 

chorvachilik  nodalat  xo’jaliklariga  aylantirilishining  dastlabki  davrida  xamda 

oziqabop ekinlar asosiy  maydonlarining kiskartirilishi, ozika  etishtirish xajmining 

kamayishi,  mollarni  oziklantirish  me`yori  va    to’yimlik  darajasining  pasayishi 

bilan 

mollar  maxsuldorligi  darajasi  talabga  javob  berolmay  qoldi.  Bu  esa  mo’l  ko’l 



chorvachilik 

maxsulotlari 

ishlab 

chikarish, 

xalkimizning 

chorvachilik 

maxsulotlariga bo’lgan extiyojini to’la qondirishga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda. 

Qoramolchilikdagi bu muammolarni xal kilish fan va ishlab chikarish ollida 

turgan dolzarb vazifadir. 

A.Sadovskiy,  D.Sadovskayalarning  ta`kidlashicha,  jinsiy  etilish  13  oylik  va 

undan  katta  yoshdagi  g`unajinlar  faqatgina  yaxshi,  sifatli  em-xashakdan  iborat 

ratsionni  iste`mol  qilish  barobarida  normal  rivojlanish  va  o’sishni  ta`minlay 

oladigan oshqozon sig`imiga ega bo’ladi. (Zooveterinariya jurnali, 2010 yil, 8-son, 

27-29 bet) 

I.N.Chernopyatov  “Buzoqlarni  tarbiyalash”  degan  maqolasida  buzoqlarni 

tarbiyalash ona qornida boshlanishi lozim, xuddi shu vaqtda buzoqning kelajakdagi 

sog`lomligi  yoki  kasalligiga,  kuchliligi  yoki  kuchsizliligiga,  chiroyliligi  yoki 



 

13 


beo’xshovliligiga  asos  solinadi:  -deb  yozgan  edi.  Uning  fikricha,  bo’g`oz  sigirlar 

ratsionida etarli darajada protein, yog`, fosfor va tuzlar bo’lishi lozim. 

I.P.Duxin  (1989)  6  oylikdan  oshgan  buzoqlar  ratsionidagi  proteinning  24%i 

makkajo’xori  proteini  evaziga  to’ldirilganda  umumiy  proteinning  katta  qorin 

suyuqligida eriydigan qismi 50% ga teng bo’lib, proteinning ammiak sifatida isrof 

bo’lishi  kamaygan, 

protein 

va 


kletchatkaning 

xazmlanishi 

ko’paygan. 

(R.Xamroqulov,  K.Karibaev,  Qishloq  xo’jalik  xayvonlarini  oziqlantirish, 

Toshkent, 1999 yil, 185 bet). 

Mollarning  oziklantirish  me`yoriga  oid  belgilar  -  semirish  darajasi, 

ozikalarning  unumli  sarfi,  suyim  chikimi  va  go’sht  rangining  naslga  utish 

darajalari  uzaro  keskin  farkdanadi.  Bir  xil  belgilarda  bu  xususiyatlar  past  bulsa, 

boshkalarida yukori buladi. 

Shuni  xam  aytish  kerakki,  go’sht-mahsuldorligi  kursatkichlari  uzaro  uzviy 

boglikdir. Masalan, buzoklarning tugilgandagi vazni zot xususiyatiga va sigirning 

katta-kichikligiga boglik. Mollarning usish tezligi kanchaki yukori bulsa, ularning 

semirishiga  shuncha  ozikalar  kam  sarflanadi.  Yosh  mollarning  bir  kilogramm 

usishi uchun katta yoshdagi mollarga nisbatan ozikani kam sarflaydi. 

 Shuni uktirish kerakki, ozikalar xarajati mollarning semirish tarkibiga boglik. 

Yosh  mollarning  semirishi  asosan  muskul  tukimalari  x,isobiga  bulsa,  katta 

yoshdagi  mollarda,  esa,  yor  tukimalarining  kupayishi  xisobidan  buladi.  Yog 

tukimalarining  xosil  bulishi  uchun  muskul  tukimalariga  nisbatan  ozikalar  xarajati 

1,5-2,0 baravar ortik.  

Hozirgi 


kunda 

go‘sht 


ishlab 

chiqarish 

asosan 

qoramolchilikdan 

olinib,Respublikamizda  yetishtirilayotgan  umumiy  go‘sht  balansining  65  foizini 

tashkil  yetmoqda.Lekin  Shunga  qaramasdan  axoli  jon  boshiga  yillik  talab 

yetiladigan  go‘sht  miyor  darajasida  emas,SHuning  uchun  Hozirgi  kunda 

chorvachilikka  ixtisoslashgan  fermer  xo`jaliklarida  go‘sht  yetishtirish  dolzarb 

hisoblanadi. 

Qoramollarning  go’shtdorligi  buyicha  selektsiya  ishlarini  olib  borishda  va 

bukalarni 

avlodining 

go’shtdorligi 

buyicha 


baxolashda 

mahsuldorlik 




 

14 


xususiyatlarining  nasldan-naslga  utishi  xamda  ularning  uzaro  korrelyatsiyasi 

xisobga olinadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

15 


II. BOB Material metodika 

Mollarning  ekstererini  to’g`ri  shakllantirish  uchun  bug`oz  sigirlar,  yangi 

tug`ilgan buzoqlar va tana hamda g`unajinlarni yuqori me`yorda oziklantirish talab 

qilinadi. Shuni ham aytish kerakki,mollarni yuqori me`yorda oziklantirish tananing 

ba`zi  bir  eksterer  kamchiliklarini  to’g`rilashga  imkon  bermaydi.  Jumladan,  orka, 

bel,  yag`rini,  oyoqko’yishdagi  kamchiliklar.  Chunki  bunday  kamchiliklar 

mollarning irsiyati bilan bog`likdir. 

Mollarning tana ekstererini yaxshilashda naslchilik-selektsiya ishlari, tanlash 

va saralash asosiy tadbirlardan xisoblanadi. 

Mollar  kanchalik  saralanib  borilsa,  poda  shunchalik  tez  yaxshilanadi. 

Ayniqsa,  buqalarni  tanlab  olishda  saralash  ishlaridan  keng  foydalanish  tufayli 

kutilgan natijaga tez va keng miqyosda erishish mumkin. 

Mollar  yoshligidanok.  yaxshi  parvarish  kilinib  borilsa,  unda  tana  kismi 

o’lchovlari  va  indekslari  normal  o’zgara  boradi.  Jumladan,O’zbekistonda  ko’p 

yillar  davomida  urchitilib  borilayotgan  santa-gertruda  zotli  mollarning  tana 

o’lchovlari  va  ekstereri  hamda  indekslari  ularning  yoshi  ulg`ayishi  bilan  normal 

o’zgara boradi (1-jadval).  

1-jadval 

Santa-gertruda zotli mollar ivdeksining o’egarishi,% 

 

 



    Urg`ochi yosh mollar, oylik 

 

Sigirlar, yoshi 



 

Indeks 


 

Tug`ilganda 

12 


18 



Balandoyoklik 

58 


53 

51 


51 

46 


46 

Cho’zilganlik 

90 

108 


115 

115 


117 

117 


Tos - ko’krakdorlik 

83 


84 

86 


87 

89 


90 

Ko’krakdorlik 

53 

60 


63 

64 


62 

62 


Bo’ychanlik 

104 


107 

108 


107 

106 


105 

Go’shtdorlik 

60 

78 


83 

82 


80 

79 


Suyakdorlik 

16 


16 

16 


16 

16 


16 

 

Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  tananing  ayrim  kismlari  molning  yoshi 



ulg`ayishiga karab xar xil me`yorda o’zgarib borgan. Tana qiya uzunligi, ko’krak 

aylanasi va ket yarim aylanasi boshka tana o’lchovlariga nisbatan jadal o’zgaradi.  




 

16 


Shu o’rinda tana ndekslari o’zgarishini olsak balandoyoklik indeksi molning 

yoshi  ulg`ayishi  bilan  pasaya  boradi,  suyakdorlik  indeksi  esa  bir  xil  qo’rsatkich 

me`yorida  saklanadi,  ko’krakdorlik,  bo’ydorlik  va  go’shtdorlik  indekslari 

g`unajinlik  yoshigacha  ko’tarilib  boradi, sigir  paytida  esa pasayadi.  Cho’zilganlik 

va  tos-ko’krakdorlik  indekslari  borgan  sari  ko’tarilib,  sigir  yoshiga  etganida  eng 

yuqori bo’ladi. 

Koramollar  semirish  shakli  (konditsiyasi)nipg  kuyidagi  turlari  mavjud: 

zavod, ko’rgazma va ishchi. Ulardan, 

Z  a  v  o  d  shakldagi  mollar  o’rta  semizlikda  bo’lib,  nasldor  mollarga  va  ayniqsa, 

nasldor buqalarga xosdir. 

K o’ r g a z m a l i shakldagi mollarning tanasi chiroyli va kelishgan bo’lib, o’rta 

va yuqori semizlikka to’g`ri keladi. 

I  sh  ch  i  shakldagi  mollar  ishchi  xayvonlarga  xos  bo’lib,  semizligi  o’rtacha, 

muskullari  tig`iz  va  mustahkamdir.  Ishchi  ho’kizlarni  shakllantirish  uchun 

bukachalar 8-12 oyligida axtalanadi.  

Yuqoridagi  konditsiyalar  katori  b  o’  r  d  o  q  i  l  i  k    shaklni  xam  keltirish 

mumkin.  Bunda  mollarning  bo’rdoqilangan  darajasi  ko’rsatiladi.  Ya`ni  mollar 

tanasida  ozik  moddalarning  to’planganligi  oqsil  va  yog`  mikdorlari  bilan 

aniklanadi.  Jumladan,  bo’rdoqiga  boqiladigan  yosh  bukachalarda  ko’prok  oqsil 

moddasi yig`iladi. 

Katta yoshdagi mollar yoki brak qilingan sigirlar bo’rdokilanganda tanasida 

yog`  to’qimalari  ko’proq  jamg`ariladi.  Shunday  qilib,  koramol  zotlarining  o’ziga 

xos eksterer tana tuzilishligi bo’lib,ular yoshi ulg`ayishi bilan o’zgaradi, oziklanish 

me`yori  va  tashki  muhit  ta`sirida  ma`lum  bir  qismi  ko’rsatkichlari  ham  o’zgarib 

turadi. 

 

 



 

 



 

17 


2.1 Go’sht yo’nalishidagi qoramollarning asosiy hususiyatlari 

Go’sht  yo’nalishiga  mansub  bo’lgan  barcha  zot  va  guruhlarda  moddalar 

almashinuvi,  o’z  xususiyatiga  ko’ra,  iste`mol  qilingan  oziqlarni  go’sht  va  yog` 

tayyorlashga  sarflaydi.  Binobarin,’  ular  tez  semiradi  va  sarflangan  em-xashak 

nisbati  sut  yo’nalishidagi  zotlarga  ko’ra  past  bo’ladi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

go’sht  etishtirish  uchun  em-xashak  miqdori  ma`lum  darajada  tejalishi  bilan 

mahsulot  tannarxi  arzon  va  sifati  yuqori  bo’ladi.  Chunki  bu  yo’nalishdagi  barcha 

mollarning  biologik  xususiyatlari  qisqa  vaqt  ichida  ko’p  va  sifatli  go’sht 

tayyorlashga moslashtirilgan.Go’shtdor qoramollarning muskuli yaxshi rivojlangan, 

suyaklari  birmuncha  engil,  tanasi  keng  va  yumaloq  ko’rinishda,  sonlari  semiz, 

go’shtdor, gavdasi to’g`ri burchak shaklida bo’ladi. Boshi kichik, engil va yumaloq, 

lekin  keng;  shoxlari mayda,  yaltiroq, uncha  uzun  bo’lmaydi  va  yarim  oy  shaklini 

eslatadi.  Shuningdek,  bo’yni  kalta,  keng,  yo’g`on  va  sermuskul  hamda  ko’krak 

qismiga  birikkanligi  uncha  sezilmagan  holda  bo’ladi.  Ko’kragi  uzun,  keng  va 

chuqur. Qovurg`alari uzun, yumaloq (doyra shaklida)  bir-biriga yaqin joylashgan 

bo’ladi.  Elkasi  keng  va  to’g`ri  go’shtdorlik  xususiyati  yaxshi  ifodalangan.  Orqa 

oyoqlari  oldingilaridan  kaltaroq  va  to’g`ri  (tik)  joylashgan. Terisi  yumshoq, qalin 

va  dag`al.  Teri  ostidagi  yog`  qavati  rivojlangan;  juni  qalin  va  quyuq, lekin  ancha 

nozik.  Sigirlarning  elini  kichik,  so’rg`ichlari  to’g`ri  joylashgan,  sut  bezlari  uncha 

rivojlanmagan holda bo’ladi 

2.2 Go’sht yunalishidagi zotlarning qisqacha tasnifi 

Santa-gertruda  zoti.  Bu  zot  AQShning  Texas  shtatidagi  Santa-gertruda 

okrugida yaratilgan, ancha yangi zot hisoblanadi. Bu zot chidamliligi, muhitga tez 

moslasha olishi va qisqa vaqt ichida tez semirishi bilan boshqa go’shtdor zotlardan 

farq qiladi. Bu zot vakillari, ayniqsa, quruq va issiq iqlim sharoitida o’zini yaxshi 

his  qilishi,  qon  (gemosporidioz  va  teylorioz)  kasalliklariga  chidamliligi  bilan  bir 

qancha  ustunliklarga  ega.Santa-gertruda  zoti  O’zbekistondagi  bir  qancha 

xo’jaliklarda,  jumladan,  Jizzax  viloyatidagi  Baxmal  tumanida  ko’paytiriladi. 




 

18 


Baxmal  tumanida  go’shtga  boqilayotgan  mollar  kuniga  890  grammdan  semirgani 

holda tirik vazni 540-550 kg.ga etganda go’shtga topshiriladi. 

Qozaqi  oqbosh.Bu  zot  qozog`istonning cho’l  zonasida  yaratilgan  va  1951 

yili  tasdikdangan.  U  Qozog`istonning  mahalliy  sigirlarini  Gereford  zot  go’shtdor 

buqalar  bilan  qochirish  natijasida  va  Qalmoq  zot  sigirlarni  Gereford  buqalaridan 

qochirib olingan duragaylarni bir- biriga chatishtirish asnosida vujudga keltirilgan. 

Bu zot vakillarining rangi to’q qizil, gilos rangida bo’lib, boshi va tanasining ayrim 

qismlari oq rangda bo’ladi. Sigirlarining tirik vazni 500-550 kg., buqalariniki 850-

950 kg. (ba`zan 1000 va undan ham og`ir) keladi. Nimtalanmagan go’sht chiqimi 

53-63%, ayrim hollarda 70% va undan ham ortiq bo’ladi.Bu zot mollarning go’shti 

“marmar”  ko’rinishiga,  ya`ni  yog`  va  go’shti  barcha  qismida  qavat-qavat 

ko’rinishga  ega  bo’lib,  yuqori  kaloriyali  va  lazzatlidir.  Ko’p  sut  beradigan 

sigirlardan bir laktatsiya davrida 2200-2500 kg.gacha sut sog`ib olish mumkin. 

Aberdin-angus  zoti.  Bu  zot  Angliyaning shimoliy  qismida  joylashgan 

Aberdin grafligida yaratilgan. Zotning yaratilishida asosan mahalliy zotlarning roli 

katta  bo’lgan.  Rangi  qora  va  shoxsiz  bo’ladi.  Sigirlarining  tirik  vazni  560-600 

kg.

(

 buqalariniki 800-900 kg. keladi.Bu zot mollar tez etiluvchan, go’shti mazali va 



to’yimli  bo’ladi.  Go’sht  chiqimi  vazntsga  ko’ra  65-  66%,  ayrim  vaqtlarda  70% 

gacha  bo’ladi.  Sigirlari  bir  laktatsiya  davrida  1200-1500  kg.  sut  beradi  va  sutida 

4,0-4,5% yog` bo’ladi. 

Gereford  zoti.  Gereford  zoti  ham  Angliyada  mahalliy  mollarni  tanlash, 

saralash,  parvarish  qilish  va  yaxshi  oziqlantirish  natijasida  yaratilgan.  Bu  zot  tez 

etiluvchanligi,  go’shtining  sifati  va  go’sht  chiqimi  yuqoriligi  bilan  boshqa 

zotlardan  farq  qiladi.  Rangi  qizil,  boshi,  ko’kragi,  qorni  va  oyoqlari  oq  rangda. 

Sigirlarining tirik vazni 490-580 kg., buqalariniki 800-850 kg., ayrimlariniki 1100 

kg.gacha  bo’ladi.  So’yilganda  nimtalanmagan  go’sht  va  yog`  chiqimi  65-68%, 

ayrim hollarda 70% dan ham ortadi. Gereford zot sigirlarning bir laktatsiya davrida 

suti  1200-1400  kg.,  sutidagi  yog`  mikdori  3,9-4,0%.Qalmoq  zoti.  Bu  zot 



 

19 


Qoraqalpog`istonga  bundan  350  yillar  avval  mo’g`ullar  tomonidan  keltirilgan. 

Uzoq  yillar  mobaynidagi  tanlash,  saralash  va  naslchilik  ishlari  natijasida  bu 

zotning  ko’p  xususiyatlari  (sovuqqa,  noqulay  ob-havo  sharoitiga,  kasalliklarga 

chidamliligi)  anchagina  yaxshilandi.Qalmoq  zotining  rangi  qizil,  (ba`zan  parcha- 

parcha  oq  dog`lari  bo’ladi),  qizil-ola,  to’q  sariq va  qo’ng`ir-ola  bo’ladi. 

Sigirlarning  tirik  vazni  420-450  kg.,  buqalarniki  600-800  kg.,  ayrimlariniki  900 

kg.gacha bo’lishi mumkin. Go’sht chiqimi o’rtacha 57-60%. Sigirlari bir laktatsiya 

davrida  650-1000  kg.  sut  beradi.  Sutidagi  yog`  miqdori  4,2-4,4%.  Bu  zot  har  xil 

noqulay sharoitlarga chidamliligi bilan boshqa zotlardan farq qiladi.

 

2.3 Go’sht yunalishidagi nasildor sigirlarni boqish 



Sigirlarni  boqishda  ularning  sut  mahsuldorligi  hisobga  olinadi.  Bo’g`oz 

sigirlarni  boqishda  ularning  tirik  vazni  va  sog`ib  olinadigan  sut  miqdoriga 

qaraladi.Bo’g`oz sigirlarni boqishga alohida ahamiyat berish kerak. Chunki bu ular 

tuqqandan  keyin  sut  mahsuldorligi  yuqori  bo’lishiga  imkon  beradi.  Tirik  vazni 

500-550 kg. va sut mahsuldorligi 4000-6000 kg. bo’lgan sigirlarga sutkasiga o’rta 

hisobda 6-8 kg. sifatli pichan, 10-15 kg. silos yoki senaj, 7-8 kg. xashaki lavlagi, 2-

3 kg. em (yoki omixta em), shuningdek, 100-150 gr. kal`tsiy va 50-70 gr. osh tuzi 

berish kerak, Lekin ularni ildizmevalar bilan boqishda ovqat hazm bo’lishi sifatini 

nazorat  qilib  turish  talab  etiladi.  Chunki  ayrim  vaqtlarda  ko’p  miqdorda  berilgan 

lavlagi ularning ovqat hazm qilish organlari faoliyatini susaytiradi.Sog`in sigirlarni 

boqishda ularning sut mahsuldorligi darajaga etgunicha ratsion sifati va tarkibiga ? 

alohida  e`tibor  berish  talab  etiladi.  Ayniqsa,  ular  tuqqandan  keyin  2-3  kun 

mobaynida  bunday  tadbirlarni  qo’llash  foydali.  Sigirlarning  sutini,  ayniqsa, 

sutining  yog`ini  oshirishda  emning  foydasi  katta,  Binobarin,  norma  asosida  berib 

borishga e`tibor kuchaytirilishi kerak. Sigirlar qancha sersut bo’lsa, ularga shuncha 

ko’p  em  berish  kerak.  Axap  sigirlar  sutdan  chiqish  davrida  oriq  bo’lsa,  ularning 

ratsionini  1-2  oziq  birligiga  ko’paytirish  tavsiya  etiladi.  Har  bir  oziq  birligi 

hisobiga  qo’shimcha  ravishda  110-120  gr.  xdzm  bo’ladigan  protein,  9-10  gr. 

kal`tsiy, 5-6 gr.Fosfor va 40-50mg. Karotin berish lozim.Aks holda ular embrioni 



 

20 


sust  rivojlanadi  va  umumiy  fiziologik  holatiga  putur  etadi.  Sog`in  sigirlarni 

boqishda  ulardan  olinadigan  sut  va  yog`  miqdorini  hisobga  olish  maqsadga 

muvofiq.  Shunga  ko’ra,  ular  organizmi  uchun  zarur  bo’lgan  kimyoviy  elementlar 

miqdori  va  umumiy  oziq  birligi  rejalashtiriladi.Sigirlar  ratsionidagi  quruq  modda 

miqdori  har  100  kg.ga  o’rtacha  3,0-4,0  kg.ni  tashkil  etishi  mumkin.  Kletchatka 

sigirlar oshqozonida ovqat hazm bo’lishini normallashtirgani uchun uning miqdori 

18-24%  gacha  (quruq  moddaga  nisbatan)  bo’lishi  mumkin.Agar  ratsion  tarkibida 

kal`tsiy ortib ketsa, ovqat hazm bo’lishiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Ayniqsa, protein 

va  organik  moddalarning,  shuningdek,  fosforning  o’zlashtirilishi  susayadi.Sigir 

ko’proq  silos,  senaj  va  iddizmevalar  bilan  boqilganda  ular  ratsionida  fosfor  va 

natriy  miqdori  normal  bo’lishiga  e`tibor  berish  lozim.  Ratsiondagi  oziq  turlari 

tarkibidagi  mikroelementlar  miqdoriga  ham  ahamiyat  berish  kerak.Sigirlar  guruh 

usulida  boqilganda bir  xil  ratsiondan  foydalanilsa, ularning sut  mahsuldorligi  bir-

biridan 1-3 kg.ga farq qilishi mumkin. Shuning uchun dag`al oziq va silos ularga 

istaganicha  berilsa,  em  va  iddizmevalar  kabi  oziqlar  bilan  ularning  sersutligiga 

e`tibor  berilgani  holda  ta`minlanadi.Sigirlarni  bog`lamasdan  boqishda  boqish 

normalarini taxminan 8-10% ga oshirish nazarda tutiladi. Bunda sigirlar har 100 kg. 

tirik  vazni  hisobiga  1,5  kg.  atrofida  beda  pichani,  2-3  kg.  xashak,  2  kg.  silos 

iste`mol  qilish  hisobiga  olinadi.Sog`in  sigirlarning  to’yimli  moddalar,  mineral  va 

biologik faol moddalarga bo’lgan talabi I sutkada bir boshga: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

21 


2-jadval 

Tana vazni, kg 

Talab etiladi 

400  450  500  550  600  650 

Quruq 

modda, kg 



12 

12,5  13 

13,4  13,8  14,2 

Ozuqa 


birligi 

8,3  8,7  9 

■ 9,4  , 9,7  10 

Hazm. 


protein, g 

792  818  846  884  915  940 

Xom 

kletchatka, g 



3400 3567 3690 3854  3977  4100 

Kraxmal, g  872  914  944  986  1010  1050 

Qand, g 

626  644  666  696  718  740 

Kal`tsiy, g 

63 


66 

68 


71 

74 


76 

Fosfor, g 

36 

37 


38 

40 


42 

47 


Osh tuzi, g  56 

58 


60 

63 


65 

70 


 

Sigirlarni  boqishda  ularning  sut  mahsuldorligi  hisobga  olinishi  shart.  Binobarin, 

laktatsiya  mobaynida  sog`ib  olingan  sut  miqdoriga  ko’ra  ularga  beriladigan  em-

xashak nisbati quyidagicha bo’lishi mumkin: 

Sut miqdoriga ko’ra oziq turlarining taqsimlanishi, foiz qisobida 

 

3-jadval 



 

1-lakta- 

tsiyadagi 

suti 


Dag`al 

oziqlar 


Sersuv 

oziqlar 


Ko’k 

o’t 


(beda) 

Omuxta 


em 

3000 


18 

32 


30 

20 


4000 

14 


29 

27 


30 

5000 


13 

27 


25 

35 



 

22 


4-jadval 

Har kilogramm sut  uchun tavsiya etilgandan o’rtacha em miqdori 

 

 

Sigirlarning sutkalik 



o’rtacha suti (kg) 

I kg sut uchun 

sarflanadigan em 

miqdori (g) 

10 kg.gacha 

bo’lganda 

100 gacha 

10-15 kg 

100-150 

16-20 kg 

160-200 

21-25 kg 

250-300 

25 kg.dan ortiq 

bo’lganda 

300-350 


 

 

 



1-rasm. Santa-gertruda buqasi 


 

23 


2.4 Santa-gertruda zotining duragay buzoqlarini boqish va parvarish qilish 

hususiyatlari 

Buzoqlarni boqish va parvarish qilish qoramol podasini sog`lom, sermahsul 

sigirlar  va  yuqori  ko’rsatkichga  ega  bo’lgan  baquvvat  nasldor  buqalar  bilan 

to’ldirishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Buzoqlar  har  bir  fermaning  yo’nalishi, 

etishtiriladigan mahsulot turi va ishlab chiqarishning aniq maqsadi hamda sharoiti 

hisobga  olingan  holda  boqib,  parvarish  qilinadi.Birinchi  usul  –  buzoqlarni 

onasidan  ajratib  boqish.  Bu  usul  barcha  sut-tovar  fermalarida qo’llaniladi.  Bunda 

buzoqlar  tug`ilganidan  so’ng  5-10  kun  davomida  onasining  og`iz  sutidan 

bahramand  bo’ladi.  So’ngra  ular  maxsus  kataklarga  olinadi  va  guruhlab  boqiladi. 

Og`iz suti birinchi marta buzoqlar tug`ilganidan keyin I -2 soat o’tgach, 1-1,5 kg. 

miqdorida  beriladi.  Ularni  oziqlantirishdan  oldin  lablari,  burun  va  yuzi  yaxshilab 

artiladi.  Yangi  tug`ilgan  buzoqlarga  dastlabki  kunlarda  og`iz  suti  maxsus  rezinka 

so’rg`ichlar  yordamida  kuniga  5-6  marta  berilsa,  so’ngra  kuniga  4  marta  aniq 

belgilangan vaqtda (kun tartibi asosida) beriladi. Bunda buzoqlar hamma vaqt bir 

xil mikdordagi sutni yakka holda olishi mumkin. Beriladigan og`iz suti yoki sog`ib 

olingan  sutning  harorati  37°S,  toza  va  sifatli  bo’lishi  maqsadga  muvofiq.Agar 

buzokdagan sigirning elini kasal bo’lsa yoki sutining sifati talabga javob bermasa, 

u  holda  bir  vaqtda  tuqqan  yoki  tug`ishiga  ko’ra  bir-ikki  kunga  farq  qilgan 

sigirlarning  suti  ichiriladi.Buzoqlarga  tug`ilgan  kuni  5-7  kg.  atrofida  og`iz  suti 

ichirilishi yaxshi natija beradi. Besh kunlik bo’lganida 6-10 kg.gacha ko’paytirish 

mumkin.  Birinchi  besh  kun  ichida  ularga  30-45  kg.  og`iz  suti  ichirilsa,  yaxshi 

natija beradi.Buzoqlarni faqat sigir suti bilan boqish iqtisodiy jihatdan uncha ko’p 

foyda  keltirmaydi.  Binobarin,  ularni  sun`iy  sut,  sersuv  va  dag`al  oziqlar  bilan 

ta`minlash  iqtisodiy  samaradorlikka  erishishda  anchagina  afzalliklarga  ega. 

Bunday  tadbirlarni  buzoqlar  tug`ilganidan  so’ng  uchinchi  dekadadan  boshlash 

lozim.  Buning  uchun  beriladigan  sigir  sutining  mikdori  oz-ozdan  kamaytirilib, 

uning  o’rniga  yog`i  olingan  sut  va  sun`iy  sut  miqdori  ko’paytirilib 

boriladi.Ikkinchi  usul  –  ajratib  emizdirib  boqish.  Bu  eng  qadimgi  usul  bo’lib, 



 

24 


bunda,  sigirni  sog`ishdan  oldin  sog`ish  vaqtida  va  sut  sog`ib  bo’lingach,  yoniga 

buzog`i qo’yib yuboriladi. Sigiri bo’lgan barcha xonadonlar ham shu usulda buzoq 

boqadi  va  parvarish  qiladilar.  Bu  usul  hozirgi  vaqtda  xo’jaliklarda  deyarli 

qo’llanilmaydi.Uchinchi  usul  –  buzoqlarni  emizuvchi  boshqa  (enaga)  sigirlar  ga 

biriktirib  boqish.  Buning  uchun  onalaridan  ajratib  olingan  buzoqlar  2  tadan  4 

tagacha qilib, mashina yordamida sog`ishga yaroqsiz yoki qari sigirlarga biriktirib 

qo’yiladi.  Buzoqlar  o’z  enagasini  2-3  oy  mobaynida  emib  o’sadi  va 

rivojlanadi.Biriktiriladigan  buzoqlar  soni  enaga  sigirlarning  sut  mahsuldorligiga 

bog`liq.  Emizish  uchun  rejalashtirilgan  sigirlar  bir  guruh  buzoqni  emizish  davri 

tugashi  bilan  yangi  partiya  buzoqlarni  qabul  qiladi.  Shunday  qilib,  sut 

mahsuldorligi  3000-3500  kg.  bo’lgan  sigirlar  bir  laktatsiya  davrida  8-10-12  ta 

buzoqni emizdirib, ular baquvvat va sog`lom rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. 

Bu  usul  ko’plab  xo’jaliklarda  qo’llanib  kelinmoqda.To’rtinchi  usul  –  buzoqlarni 

onalariga 

uzluksiz 

emizdirib 

boqish. 

Bu 


usul 

go’sht 


yo’nalishidagi 

qoramolchilikda  qo’llaniladi.  Bunda  sigirlar  deyarli  sog`ilmaydi.  Poda  sharoitida 

yosh  buzoqlar  6-8  oylik  bo’lgunicha  faqat  onasini  emib  rivojlanadi.  Agar  talab 

etilsa  va  sigir  suti  ikki  buzoq  uchun  etarli  bo’lsa,  bir  sigirga  ikkita  yosh  buzoqni 

ham  biriktirib  boqish  tavsiya  etiladi.Shunday  qilib,  buzoqlarni  boqish,  parvarish 

qilish  va  rivojlantirish  usullari  har  bir  xo’jalikning  mahsulot  yo’nalishi  va  ishlab 

chiqarish texnologiyasiga ko’ra qo’llanishi ko’plab ijobiy natija beradi. 

2.5 Duragay yosh mollarni 6 oyligidan 2 yoshgacha boqish texnologiyasi 

 

Buzoqlar  olti  oylik  bo’lganida  erkaklari  urg`ochilaridan  ajratilgan  holda 



maxsus xonalarda boqiladi. Bunda to’rtta guruh tashkil etish nazarda tutiladi. 

Birinchi guruxda buzoqlar 9 oylik bo’lgunicha boqiladi. 

Ikkinchi guruxda 9 oylikdan 12 oylik bo’lgunicha boqiladi. 

Uchinchi guruxda 12 oylikdan 18 oylik bo’lgunicha boqiladi. 

To’rtinchi guruhda 18 oylik g`unajinlar 2 yosh bo’lgunicha boqiladi. 



 

25 


Buzoqlar  xo’jalikda  qabul  qilingan  usulga  muvofiq  bog`lab  yoki  bog`lamasdan 

boqiladi. 

Nasl  olish  uchun  mo’ljallangan  erkak  buzoqlarni  hisobga  olmaganda  barcha 

guruhdagi  buzoqlarga  8-9.oyligidan  boshlab  ko’p  mikdorda  somon,  silos  va 

iddizmevalar  berib  boqish  mumkin.  Agar  bog`lab  boqish  usuli  qo’llansa, 

buzoqlarga 

sutkasiga 

uch 


marta 

em-xashak 

beriladi. 

Suvni 


avtomat 

sug`orgichlardan  istaganicha  ichadi.  Bunday  usulda,  ko’pgina  xo’jaliklarda  olib 

borilgan  kuzatishlarga  qaraganda,  buzoqlar  sog`lom,  baquvvat  va  yuqori 

mahsuldor  bo’lib  o’sar  ekan.  Ularga  sun`iy  sut  berilsa,  180-200  kg.  sof  sut 

tejaladi.Qoramollar  o’sishi  va  rivojlanishida  har  kilogramm  semirishi  hisobiga 

sarflaydigan oziq birligi miqdorining ortib borishi aniqlangan.Em-xashakning sifati 

qancha  past,  tarkibida  kimyoviy  elementlar,  ayniqsa,  protein  kam  bo’lsa, 

mollarning har kilogramm semirshni uchun shuncha ko’p oziq sarflanadi.Buzoqlar 

sog`lom va baquvvat bo’lib o’sishi uchun 1-6 oylik buzoqlarning har 100 kg. vazni 

hisobiga sutkasiga 12 gr., 6 oyliqdan katta buzoqlarga 10 gr.dan osh tuzi berilishi 

lozim.Bir  yoshgacha  bo’lgan  urg`ochi  buzoqlar  uchun  bir  yilga  400  kg.  yog`i 

olingan sut, 450 kg. beda pichani, 1440 kg. sifatli silos, 290 kg. omixta em, 1850 

kg.  yashil  beda,  650  kg.  yashil  makkajo’xori  massasi  va  7,5  kg.  osh  tuzi 

jamg`arilishi  kerak.Bir  yoshdan  katta  urg`ochi  tanalarga  bir  yilga  450  kg.  beda 

pichani,  925  kg.  makkajo’xori  ko’k  massasi,  11  kg.  osh  tuzi,  bir  bosh  g`unajin 

uchun bir  yilga 450 kg. beda pichani, 180 kg. somon, 272 kg. omixta em, 12  kg. 

osh  tuzi  talab  etiladi.Urg`ochi  tanalarning  ozuqaviy  moddalar  bilan  ta`minlanish 

darajasi  ularda  tana  vaznining  ortishini  aniqlash  bilan  baholanadi.  Urg`ochi 

tanalarning tana vazni 6 oylikda o’rtacha 150 kg., I yoshda – 250, 18 oylikda – 350 

kg. atrofida bo’lishi lozim. Ularning urug`lantirish paytidagi tana vazni onasining 

tana  vaznining  75-85  foizini  tashkil  etishi  (o’rtacha  –  340-350  kg.)  maqsadga 

muvofiq.  Urg`ochi  tanalarni  parvarishlashda  ularni  yayratish  (matsion)  tashkil 

etilishi  kerak.Podani  to’ldirish  uchun  ajratilgan  g`unajinlar  tug`ishiga  2  oy 

qolgandan boshlab alohida joyga ajratilishi, qo’lga o’rgatilishi va har kuni bir- ikki 

marta  elinlarini  massaj  qilish  lozim.  Bu  tadbirlar  tuqqandan  keyin  sut 



 

26 


mahsuldorligining  15-25  foizga  yuqori  bo’lishini  ta`minlaydi.  G`unajinlar 

tug`ishiga  10  kun  qolgandan  boshlab  tug`ish  bo’limlariga  o’tkaziladi,  tug`ish 

paytida veterinariya nazoratida bo’ladi.G`unajinlarni tug`dirish uchun alohida tinch 

va toza joylar tanlanishi, tug`ishga yordam ko’rsatish jihozlari bilan ta`minlanishi 

kerak. Tug`ilgan buzoqning kindigi dezinfektsiyalovchi vositalar (yod nastoykasi) 

bilan  ishlanadi.  15-  20  kun  onasi  bilan  birgalikda  saqlanadi.  Buzoq  tug`ilgandan 

keyin  onasi  yalab  quritgani  ma`qul,  chunki  onasi  tili  bilan  yalaganda  teridagi 

retseptorlarning  ta`sirlanishi  hisobiga  buzokda  emish  va  oyoqqa  turish  reflekslari 

tezroq paydo bo’ladi.Buzoqni emizishdan oldin onasining elin so’rg`ichlari iliq suv 

bilan  yuvib  tozalanishi,  quritilishi,  birinchi  portsiya  sut  sog`ib  olinishi  va  elindan 

sifatli  uviz  suti  kelayotganligiga  ishonch  hosil  qilinishi  shart.  Buzoqlarga  uviz 

sutini  iloji  boricha  ertaroq,  ya`ni  tug`ilgandan  keyin  0,5-1  soat  ichida  ichirish 

lozim,  chunki  uviz  tarkibidagi  immunoglobulinlarning  ichaklar  orqali  qonga 

so’rilishi faqatgina 36 soatgacha davom etadi.Uviz sutini kechikib iste`mol qilgan 

buzoqlar dispepsiya yoki boshqa kasalliklarga tez chalinuvchan bo’ladi.Buzoqlarni 

onasi  bilan  birga  saqlaganda  sigirni  kuniga  3-4  marta  sog`ish  mumkin,  bunda 

buzoqning  ehtiyoji  hisobga  olinishi  lozim.  Buzoqning  sutga  bo’lgan  bir  kunlik 

ehtiyoji hayotining birinchi 10 kunligida o’rtacha 4 litrni tashkil etadi.Sigirlar 15-

20 kun davomida bolasi bilan birga saqlangandan keyin iydirish (razdoy) bo’limiga 

o’tkaziladi,  bu  joyda  uning  sut  mahsuldorligi  aniqlanadi,  veterinariya  ko’rigidan 

o’tkazilib, uning sog`ligi aniqlangach, sun`iy usulda urug`lantiriladi va bo’g`ozligi 

aniq  bo’lgach,  sog`in  sigirlar  guruhiga  o’tkaziladi.  Sigirlar  uchun  sut  berish 

(laktatsiya) davri o’rtacha 305 kunni tashkil etadi.Sigirlar tug`ishiga 2 oy qolganda 

sutdan chiqariladi va  alohida guruhda iloji boricha bog`lamasdan parvarishlanadi. 

Sigirning  sutdan  chiqarilgan  davrida  yaxshi  parvarishlanishi  uning  sog`lom, 

baquvvat buzoq berishi va sut mahsuldorligining yuqori bo’lishiga zamin yaratadi. 

 

 



 

27 


2.6 Olingan duragay buqalarni boqish va parvarish qilish 

Nasldor  buqalardan  olinadigan  urug`ining  sifati  ularni  boqish  sharoiti  va 

usuliga  bog`liq.  Buqalarni  boqishni  susaytirish  yoki  kuchaytirish  maqsadga 

muvofiq  emas.  Chunki  kuchli  oziqlar  bilan  hamma  vaqt  to’ydirib  boqish  va 

motsion tashkil etilmasligi ular tanasi va jinsiy organlarining yog` bosib ketishiga 

olib  keladi.  Buning  natijasida  urug`  berish  xususiyati  yomonlashadi.  Yoki, 

aksincha,  sifatsiz  em-xashak  bilan  boqish  ular  organizmini  bo’shashtirib, 

quvvatsizlantirib  yuboradi.  Buning  oqibatida  urug`ining  sifati  buziladi.  Buqalar 

oriqlab,  kasalliklarga  beriluvchan  bo’lib  qolishi  mumkin.  Binobarin  nasldor 

buqalarni  boqishda  ilmiy  jihatdan  asoslangan  progressiv  usullar  asosida  ratsion 

tuzish kerak. U quyidagicha bo’lishi mumkin. Masalan, buqalar qochirish davrida 

foydalanilmagan  tinim  davrida  ularning  har  100  gr.  tirik  vazni  hisobiga  1,1  oziq 

birligi va 110 gr. hazm  bo’ladigan  protein berish  mumkin. Eki  ularni qochirishda 

foydalanishga  100  kg.  tirik  vazni  hisobiga  1,3  oziq  birligi  va  140  gr.  hazm 

bo’ladigan  protein  rejalashtirish  yaxshi  natija  beradi.Qish  oylari  nasldor 

buqalarning  har  10  kg.  tirik  vazni  hisobiga  1-1,5  kg.  beda  pichani,  1-1,5  kg. 

ildizmevalar,  0,8-1  kg.  silos  berish  mumkin.  Har  bir  buqaning  oriq-semizligi 

hisobga  olingan  holda  I  sutkada  4  kg.dan  8  kg.gacha  em  berish  mumkin.Barcha 

xo’jaliklarda  va  sun`iy  qochirish  punktlarida  boqilayotgan  buqalar  ratsioniga 

(urug`  olish  davrida)  3-4  kg.  sabzi  300-400  gr.  maydalangan  don  (arpa,  suli, 

bug`doy)  150-200  gr.  xamirturush  kiritish  tavsiya  etiladi.Yoz  oylarida  nasldor 

buqalarni  yaylovlarda  boqish,  ko’proq  harakat  qildirish,  talab  etilgan  vaqtda  em, 

mineral qo’shimchalar berish  tavsiya  etiladi.  O’zbekiston sharoitida yozning issiq 

kunlari  mollarni  3-4  marta,  hatto  5-6  martagacha  sug`orish  hamda  salqin,  lekin 

nam va zax bo’lmagan toza joyda dam oldirish yaxshi natija beradi.Parvarish qilish 

ishlari barcha fasllarda uzluksiz amalga oshirib borilganda nasldor buqalardan 10-

12 yil va undan ham uzoqroq foydalanish mumkin. 

Nasldor  buqalardan  olinadigan  urug`ining  sifati  ularni  boqish  sharoiti  va 

usuliga  bog`liq.  Buqalarni  boqishni  susaytirish  yoki  kuchaytirish  maqsadga 



 

28 


muvofiq  emas.  Chunki  kuchli  oziqlar  bilan  hamma  vaqt  to’ydirib  boqish  va 

motsion tashkil etilmasligi ular tanasi va jinsiy organlarining yog` bosib ketishiga 

olib  keladi.  Buning  natijasida  urug`  berish  xususiyati  yomonlashadi.  Yoki, 

aksincha,  sifatsiz  em-xashak  bilan  boqish  ular  organizmini  bo’shashtirib, 

quvvatsizlantirib  yuboradi.  Buning  oqibatida  urug`ining  sifati  buziladi.  Buqalar 

oriqlab,  kasalliklarga  beriluvchan  bo’lib  qolishi  mumkin.  Binobarin  nasldor 

buqalarni  boqishda  ilmiy  jihatdan  asoslangan  progressiv  usullar  asosida  ratsion 

tuzish kerak. U quyidagicha bo’lishi mumkin. Masalan, buqalar qochirish davrida 

foydalanilmagan  tinim  davrida  ularning  har  100  gr.  tirik  vazni  hisobiga  1,1  oziq 

birligi va 110 gr. hazm  bo’ladigan  protein berish  mumkin. Eki  ularni qochirishda 

foydalanishga  100  kg.  tirik  vazni  hisobiga  1,3  oziq  birligi  va  140  gr.  hazm 

bo’ladigan  protein  rejalashtirish  yaxshi  natija  beradi.Qish  oylari  nasldor 

buqalarning  har  10  kg.  tirik  vazni  hisobiga  1-1,5  kg.  beda  pichani,  1-1,5  kg. 

ildizmevalar,  0,8-1  kg.  silos  berish  mumkin.  Har  bir  buqaning  oriq-semizligi 

hisobga  olingan  holda  I  sutkada  4  kg.dan  8  kg.gacha  em  berish  mumkin.Barcha 

xo’jaliklarda  va  sun`iy  qochirish  punktlarida  boqilayotgan  buqalar  ratsioniga 

(urug`  olish  davrida)  3-4  kg.  sabzi  300-400  gr.  maydalangan  don  (arpa,  suli, 

bug`doy)  150-200  gr.  xamirturush  kiritish  tavsiya  etiladi.Yoz  oylarida  nasldor 

buqalarni  yaylovlarda  boqish,  ko’proq  harakat  qildirish,  talab  etilgan  vaqtda  em, 

mineral qo’shimchalar berish  tavsiya  etiladi.  O’zbekiston sharoitida yozning issiq 

kunlari  mollarni  3-4  marta,  hatto  5-6  martagacha  sug`orish  hamda  salqin,  lekin 

nam  va  zax  bo’lmagan  toza  joyda  dam  oldirish  yaxshi  natija  beradi.  Parvarish 

qilish  ishlari  barcha  fasllarda  uzluksiz  amalga  oshirib  borilganda  nasldor 

buqalardan 10-12 yil va undan ham uzoqroq foydalanish mumkin. 

2.7 Go’sht yunalishidagi qoramollardan olinadigan mahsulot turlari 

Qoramollardan  olinadigan  asosiy  mahsulot  sut  va  go’sht  hisoblanadi.  Teri, 

ichki  organlari,  juni,  shoxi  va  tuyokdari  qo’shimcha  mahsulotdir.Qoramollar 

mahsulotining  mikdori  va  sifati  faqat  zotlararo  farkdanmay,  hatto  zot  ichida  ham 




 

29 


ma`lum  o’zgarishlarga  ega,  ko’plab  sifatli  va  arzon  mahsulot  etishtirish  ko’plab 

omil va tadbirlarga bog`liq. Quyida ular haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. 

2.8 Duragay sigirlarning sut mahsuldorligi 

Sersut  sigirlarning  biologik  xususiyatlari.Biologiya  fanidan  ma`lumki,  har  bir 

organning tuzilishi va shakli uning bajaradigan funktsiyasiga chambarchas bog`liq. 

Masalan, sigirlarning kurak tishi o’tkir qirrali bo’lgani holda o’simlikni uzib olsa, 

yuza  qismi  keng  va  yassilashgan  oziq  (jag`)  tishlari  uni  maydalaydi.  Sersut 

sigirlarning  sut  bezlari  olib  ko’rilsa,  ularda  sut  bezi  to’qimasi  va  uning  miqdori 

biriktiruvchi  to’qimaga  ko’ra  deyarli  ikki  marta  ko’proq  bo’lishi  aniqlangan. 

Kamsut  sigirlar  da  esa Sigir  sog`ish  vaqtida  sutning  mikroorganizmlar  bilan 

ifloslangani  va  elinda  hamma  sutni  sog`ib  olinganiga  e`tibor  berish  lozim.  Sifatli 

sut  etkazish  faqat  qishloq  xo’jaligi  xodimlarining  emas,  balki  sut  sanoati 

ishchilarining  ham  vazifasidir.Sut  sog`ish  va  sutni  saqlash  ishini  faqat  sog`lom 

kishilargina  bajarishi  lozim.  Shuning  uchun  ular  har  oyda  bir  marta  vrach 

nazoratidan  o’tishlari  kerak.  Terisida  yara  bo’lgan  shaxslar  va  yuqumli  kasallik 

bilan  og`rigan  ishchilar  sut  sog`ish  va  sutni  qayta  ishlash  ishlaridan  tezda 

chetlashtirilishi  shart.Zararli  pashshalarga  qarshi  kurashish  ishiga  ko’p  joylarda 

hozirgi kungacha ham juda katta ahamiyat beriladi, holbuki pashsha ko’p hollarda 

kishilarning  salomatligiga  zarar  beradigan  turli  mikroorganizmlarni  tashib  yuradi. 

Har  bir  pashsha  tanasida  1,5  dan  2  milliongacha  mikrob  bo’ladi.  Shuning  uchun 

molxonalarga 0

G

25% li xlorofos eritmasi sepish kerak. Derazalarga sim to’r tutib, 



undan  kuchsiz  tok  o’tkazish  lozim.Sanitariya  qoidalari  talablariga  mos 

kelmaydigan, chang molxonalarda sog`ilgan iflos va qaynatilmagan idishlar hamda 

issikda  (+  15°S  -  +20°S)  saqlangan  sut  oddiy  ifloslanishi  (chang,  cho’p  va 

hokazolar  tushishi)  bilan  birga,  bakteriyalar  ham  uni  sog`lik  uchun  mutlaqo 

yaramaydigan  holga  keltirishi  mumkin.  Faqat  sog`lom  sut  sog`uvchi  tomonidan 

ozoda  va  qulay molxonalarda  sog`lom  sigir,  qo’y,  biya  va  tuyalardan  sog`ib 

olingan sut toza, sifatli bo’ladi. 



 

30 


2.9 Duragay sigirlardan uzoq muddat foydalanish tadbirlari 

Sigirlardan uzoq muddat foydalanish sut etishtirishni ko’paytirishda muhim 

omillardan  biri  hisoblanadi.  Qarib  qolgan  sigirAar  go’shtga  topshirilmasdan 

qochirilsa,  respublikamiz  bo’yicha  bir  yilda  qo’shimcha  2-3  million  buzoq  va  3 

million  tonnadan  ortiq  sut  sog`ib  olishga  erishish  mumkin  ekan.Xo’sh,  sog`in 

sigirlardan  foydalanish  muddatini  qanday  qilib  uzaytirish  mumkin?  Qanday 

tadbirlar  amalga  oshirilsa,  sigirlar  qarib  qolganida  ham  tug`ish  xususiyatini 

yo’qotmaydi.Sut-tovar fermalarida barcha sog`in sigirlardan foydalanish muddatini 

uzaytirish,  ulardan  ko’plab  sifatli  sut  va  sog`lom  buzoq  olish  muhim  ahamiyatga 

ega. Buning uchun, birinchidan, sigirlarni butun hayoti mobaynida yaxshi boqish, 

asrash  va  zoogigiena  qoidalari  asosida  parvarish  qilish  ishlariga  alohida  e`tibor 

berish kerak. Ikkinchidan, sigirlarni shoshma-shosharlik bilan yaroqsizga chiqarib 

yubormay,  iloji  boricha,  ularning  potentsial  imkoniyatlaridan  foydalanish  zarur. 

Uchinchidan,  turli  kasalliklarga  uchramasligi  uchun  ularni  o’z  vaqtida  emlash, 

dorilash,  tozalab  turish  kabi  zooveterinariya  qoidalariga  rioya  qilish 

zarur.Sigirlardan  uzoq  vaqt  unumli  foydalanishning  yana  bir  muhim  omili 

xo’jaliklarda  naslchilik  ishlariga,  hayvonlarni  tanlash  va  saralash  tadbirlariga 

alohida  ahamiyat  berishdan  iborat.  Binobarin,  bu  sohada  barcha  zootexnik  va 

zooinjener  mutaxassislar  mas`uliyat  bilan  ishlashlari  talab  etiladi.Xo’jaliklarda 

mahsuldor,  chidamli  va  uzoq  yashay  oladigan  sigirlar  etishtirish  uchun  ularni 

buzoqlik  davridan  (yoshligidan  boshlab)  to’g`ri  boqish,  parvarish  qilish, 

organizmini chiniqtirish lozim. 




 

31 


 

2-rasm. Santa-gertruda sigiri 

2.10 Duragay qoramollarning go’sht mahsuldorligi 

Mol go‘shti mazali bo‘lishi bilan birga, iste’mol qilinadigan mahsulotlar 

ichida salmoqli o‘rin tutadi. Go‘shtning to‘yimliligi uning tarkibidagi oqsil va 

mikdori, kaloriyasiga bog‘liq.Molning nimtalangan go‘shti tarkibida to‘yimligi 

jihatidan uncha yuqori bo‘lmagan pay, tog‘ay va suyak to‘qimalari ham bo‘ladi. 

Demak, semizligiga ko‘ra mol nimtasining salmog‘i tirik vaznining 51-63% ni, 

yog‘ 2-14% ni tashkil etsa, suyaklar 20% atrofida bo‘ladi.Mol go‘shtining umumiy 

kaloriyasi molning oriq-semizligiga, yoshiga, jinsiga, fiziologik holatiga, boqish 

usuli va hokazolarga bog‘liq bo‘lgani holda I kg. go‘shtda o‘rtacha 1800-2200 

kilokaloriya bo‘lishi mumkin.Turli semizlikdagi mol go‘shtining tarkibi va 

kaloriyasi 



 

32 


5-jadval 

Mollarning semizlik darajasi 

Tarkibi va kaloriyasi 

oriq  o’rtacha semiz 

juda 

semiz 


Morfologik Lahm go’shti 

60,8  59,9 

56,5  52,1 

tarkibi (%)  Eg`i 

3,30  10,3 

16,1  23,1 

 

Suyagi 


21,90 17,5 

15,7  16,2 

 

Paylari 


14,0  12,3 

11,7  9,6 

Ximiyaviy  Suv 

74,4  67,3 

61,6  58,5 

tarkibi (%)  Oqsil 

21,0  21,0 

19,2  17,6 

 

Eg` 


3,5 

10,7 


18,3  23,0 

 

Mineral 



moddalar (kul) 

1,1 


1,0 

0,8 


0,9 

Kaloriyasi (kilokaloriya) 

1210  1810 

2490  2850 

Jadvaldan  ko‘rinib  turibdiki,  oriq  mollar  go‘shtida  yog‘  3,5%  bo‘lsa,  yuqori 

semizlik  darajasiga  yetkazilgach,  u  23%  gacha  ko‘padi.  Paylar  oriq  mollarda 

14,0%  bo‘lsa,  yuqori  darajadagi  semiz  mollar  da  9,6%  ni  tashkil  etadi.Kimyoviy 

moddalar lahm mol go‘shtida turli miqdorda uchraydi. Masalan, mol qancha semiz 

bo‘lsa, uning go‘shtida suv (58,5) va oqsil (17,6%) kamayishi bilan yog‘  miqdori 

(23,0%) va kaloriyasi  (2850 kkal.) shuncha ko‘payadi.Barcha  go‘shtdor zotlardan 

(Qozoqi, Oqbosh, Santa-gertruda, Aberdin-angus, Gereford, Qalmoq, Sharoledan) 

sifatli go‘sht mahsulotlari yetishtiriladi. Yetishtiriladigan go‘shtning sifatini mollar 

tirik  vaqtida  ham  chamalash  yo‘li  bilan  aniqlash  mumkin.  Bunda  ularning 

semizligi,  son  qismining  go‘shtdorligi,  yelka  yo‘nalishining  tekis  va  kengligi 

hamda  tanasining  umumiy  ko‘rinishiga  e’tibor  beriladi.Bundan  tashqari,  molning 

gushtdorlik  xususiyatini  ifodalash  uchun  so‘yilgach, tortish  va  hisoblash  usulidan 

foydalaniladi.  Buning  uchun  ularning  ikkita  ko‘satkichi,  ya’ni  so‘yim  vazni  va 

so‘yim  chiqimi  hisobga  olinadi.So‘yim  vazni  so‘yilgan  molning  boshi,  terisi, 




 

33 


ichak-chavoqlari  va  baqaylaridan  (oldingi  oyoqlari  kaft  usti  bo‘g‘imidan,  keyingi 

oyokdari  esa  sakrash  bo‘g‘imidan  olib  tashlanganidan  so‘ng)  tashqari  qolgan 

nimtasining  vaznidir.  So‘yim  vazni  kilogramm  hisobida  ifodalanadi.So‘yim 

chiqimi  go‘sht  nimtalari  bilan  ichki  yog‘  miqdori  qo‘shilmasining  molni 

so‘yishdan  oldingi  tirik  vazniga  bo‘lgan  nisbatidir.  So‘yim  chiqimi  foiz  bilan 

ifodalanadi.So‘yim  chiqimini  to‘g‘ri  aniqlash  uchun  quyidagi  formuladan 

foydalanish mumkin: 

S=  Gn+Yoo x100 

Tb 

Bunda: S – so‘yim chiqimi; Gn – go‘sht nimtasining vazni; Yoo – ichki yog‘ning 



vazni;  Tb  –  so‘yishdan  oldin  tirik  vazni.Mol  go‘shti  nimtadagi  boshqa 

to‘qimalardan ajratish usuli va darajasiga ko‘ra, bir necha guruhga bo‘linadi, ya’ni 

suyakli  go‘sht  yoki  go‘sht  nimtalari;  lahm  go‘sht  yoki  suyakdan  ajratib  olingan 

go‘sht; qora go‘sht yoki yog‘, pay, tog‘ay va limfa tomirlaridan tozalangan go‘sht 

shular  jumlasidan.Go‘shtning  asosiy  qismi  muskul  to‘qimalaridan  iborat  bo‘lgani 

holda,  u  yosh  mollarda  ancha  nozik,  tez  pishadigan  va  yaxshi  hazm  bo‘lish 

xususiyatiga ega. Qari mollarning go‘shti ancha qattiq, dag‘al, uzoq vaqt pishirish 

talab  etiladigan  hamda  qiyin  hazmlanadigan  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  ayrim 

chet  mamlakatlarda  buzoq  go‘shti  yirik  mol  go‘shtiga  nisbatan  qimmat 

sotiladi.Semiz  mollarning  go‘shti  ko‘p,  oriqlarniki  oz,  yosh  mollarniki  ham  oz, 

katta  yoshdagi  vakillariniki  ko‘p,  erkaklariniki  urg‘ochilarinikiga  qaraganda  ko‘p 

bo‘ladi.  Yog‘  to‘qimasi  teri  ostida,  buyrak  va  qovuq,  oshqozon  va  ichak  atrofida 

ko‘proq uchraydi. 

2.11 Duragay mollarni bo’rdoqiga boqish 

Qoramollarning  go’sht  mahsuldorligini  oshirishda  ularni  bo’rdoqiga 

boqishni to’g`ri uyushtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun mollar ikki xil 

usulda,  ya`ni  qo’lda  (bo’rdoqichilik  bazalari  va  komplekslarida)  va  yaylovda 

semirtiriladi.O’zbekistonda tabiiy o’tzorlar va yaylovlar oz bo’lib, ular cho’l, tog` 




 

34 


va  tog`  etaklariga  joylashgani  uchun  mollarni  qo’lda  bo’rdoqiga  boqish  usulidan 

foydalaniladi. Mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ulardagi o’t va o’simliklar 

hosildorligini  oshirish  zamon  talabi  hisoblanadi.  Masalan,  suv  chiqmaydigan 

baland  maydonlarda  o’sadigan  g`allasimon  boshoqdosh  o’tlar,  proteinga  boy 

dukkakli  o’simliklar,  shuningdek,  sho’rlangan  yaylovlardagi  sho’rhok  va  har  xil 

o’simliklar  qoramollar  uchun  yaxshi,  arzon  oziq  hisoblanadi.  Binobarin,  tabiiy 

yaylov  o’simliklari  hosildorligini  oshirishda  mavjud  rezervlardan  foydalanish, 

agrotexnika va yangi texnologiya usullarini qo’llash, em-xashak miqdorini oshirish, 

sifatini yaxshilash go’sht etishtirishda eng muhim omillardan hisoblanadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

35 


III. BOB. Asosiy qisim 

3.1. Go’sht yo’nalishidagi 6-9 oylik buzoqlarning o’sish  

sur’ati 

Tajriba o’tkazilgan o’rni: Xo’jayli tumani «Qiyat» fermer xo’jaligida. Xo’jalikda 

120 bosh qoramol mavjud. Fermer xo’jaligi boshlig’i Sh.Eshjanov. Tajriba 

quyidagi sxema bo’yicha olib borildi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 Xo’jalikda sut ichishdan to’xtatilgan 6-9 oylik Santa-gertruda duragaylari 

va mahalliy jaydari buzoqlarni bo’rdoqilikka boqish natijasida quyidagicha 

ko'rsatkichlar olindi. (Jadval 1) 

Go’sht 


yo’nalishidagi 

 6-9 oylik 

buzoqlarning o’sish 

sur’ati 


Santa-gertruda  

sof holida 

Mahalliy  

jaydari buzoqlari 

Santa-gertruda  

va mahalliy sigir 

duragay buzoqlari 



 

36 


6-jadval 

Sut ichishdan to’xtatilgan Santa-gertruda duragaylari va mahalliy 

jaydari buzoqlarni bo’rdoqilikka boqish natijalari 

 

Buzoqlar 



Tug`ilgandag

i vazni kg 

(n=8) 

6 oylik 


buzoqnin

g tirik 


vazni kg 

7 oylik 


buzoqning 

tirik vazni 

8 oylik 

buzoqning 

tirik vazni 

9 oylik 


buzoqning 

tirik vazni 

Santa 

gertruda 



zotli 

buzoqlar 

29-30 

156-160 


175-180 

198-200 


217-220 

Obsolyut 

vazni 



127 



19 

23 


20 

Kunlik 


o’simi 

529 



630.3 

766.6 


666.6 

Duragay 


buzoqlar 

25-28 


133.4 

146.5 


160.9 

175.6 


Obsolyut 

vazni 


13.5 



14.4 

14.7 


Kunlik 

o’simi 


450 



480 

490 


Mahalliy 

buzoqlar 

18-21 

55.7 


61.9 

69.3 


76.8 

Obsolyut 

vazni 





6.9 

7.3 


7.8 

Kunlik 


o’simi 



230.0 

243.3 


260.0 

 

Tajriba  boshida  6  oylik  (n=8)  1-buzoqlar  guruhi  olinib, to’qqiz  oylik 



yoshigacha  boqildi.  Nazorat  uchun  mahalliy  jaydari  buzoqlardan  guruh  tuzildi 

(n=8).  Olti  oylik  davrida  buzoqlarning  tirik  vazni  1-guruh  duragay  buzoqlardan 

133.4  kg  ni  tashkil  qildi.  Nazorat  guruhida  esa  -55.7  kg.  Sut  ichishdan 

to’qtatilgandan  keyingi  7  oyligida  1-guruh  buzoqlarining  kunlik  o’sish  vazni 

o’rtacha 450 g, 8-oyligida 480 g, 9 oyligida 490 g ni tashkil etdi. 2-guruh mahalliy 

buzoqlarining tirik vazni -71.3 kg kam bo’lgan edi. Shuningdek 7 oyligida kunlik 

o’simi  230.0  g  ni  tashkil  etdi,  8  oyligida  243.3  g  ni,  9  oyligida  esa  -260.0  g  ni 



 

37 


ko’rsatdi.  9  oylik  yoshida  Santa-gertruda  duragay  buzoqlari  tirik  vazni  bo’yicha 

mahalliy tengdoshlaridan o’rtacha 98.8 kg yo’qori natija ko’rsatdi. 

 

 

3-4 rasm. Santa gertruda duragaylari va jaydari mahalliy buzoqlar 




 

38 


3.2 Qoramollarning go’sht mahsuldorligiga ta`sir etadigan omillar 

Qoramollarning  go’sht  mahsuldorligi  yuqori  bo’lishi  bir  qancha  omillarga 

bog`liq.  Masalan,  ularning  zoti,  yoshi,  semizligi,  jinsi,  boqish  va  asrash  usuli, 

shuningdek,  fiziologik  holati  hamda  tashqi  muhit  ta`siri  shular  jumlasidan.  Olib 

borilgan  kuzatishlardan  ma`lum  bo’lishicha,  go’sht  uchun  boquvga  qo’yilgan 

go’shtdor  qoramol  qancha  yaxshi  boqilsa,  parvarish  qilinsa,  so’yilganda  shuncha 

ko’p  va  sifatli  go’sht  olinadi.Qoramol  go’shti  tarkibidagi  inson  organizmi  uchun 

zarur  bo’lgan  moddalar  –  oqsil,  yog`,  mineral  tuzlar,  vitaminlar,  aminokislotalar, 

mikroelementlar  bir  qancha  afzalliklarga  ega.Qoramolning  go’sht  mahsuldorligi 

darajasi  mollarning  tirik  vazni,  nimtalangan  go’shtining  vazni,  uning  tarkibidagi 

lahm, yog`, suyak, tog`ay va paylarning miqdori, shuningdek, go’sht nimtalaridagi 

bo’lak  sortlarning  vazni,  miqdori  va  nisbati,  ularning  to’yimligi  va  kimyoviy 

tarkibi, nihoyat, kaloriyasi shular jumlasidan. 

3.3 Mollar yoshining semirtirishga ta`siri 

Yosh  va  yirik  mollarni  go’shtga  semirtirishda  bir  qancha  talablarga  e`tibor 

berish  lozim.  Masalan,  yosh  mollarni  semirtirishda  mumkin  qadar  ularning 

ratsionida  go’sht  mahsulotini  oshirishga  imkon  beradigan,  biologik  jihatdan 

qimmatli,  protein,  vitamin  va  mineral  elementlarga  boy  bo’lgan  oziq  turlarini 

ko’paytirish,  shuningdek,  ular  haddan  tashqari  semirib  ketmasligi  tadbirlari 

qo’llanilishi lozim. Yosh mollar jadal usulda semirtirilsa, ular organizmida go’sht 

va  yog`  to’qimalari  tez  to’planadi  va  rivojlanadi,  binobarin  go’shtdorlik  darajasi 

yuqori  bo’ladi.  Buzoqlar  12-15  oylik  bo’lguncha  muskul  to’qimasi  suyak 

to’qimasiga nisbatan jadalroq o’sadi, 18 oyligida muskulining nisbiy vazni ko’proq, 

suyaklarning solishtirma  vazni  kamroq  bo’ladi.  Masalan, 10-12 oylik novvoslarni 

1  kg.  semirtirish  uchun  o’rtacha  7-8  oziq  birligi  sarflansa,  katta  yoshdagi  mollar 

uchun  8,0-10,0  oziq  birligi  talab  etiladi.  Buzoqlar  lahm  go’sht  etishtirish 

maqsadida  semirtiriladi.  Shuning  uchun  ularni  6  oyligidan  tortib  rejalashtirilgan 

davrgacha  semirtirish  mumkin.  Katta  yoshdagi  mollarni  60-90  kun  mobaynida 




 

39 


bo’rdoqiga  boqish  mumkin.  Chunki  boqish  muddati  cho’zib  yuborilsa,  ularning 

tanasini yog` bosib ketadi va go’shtining sifatiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. 

3.4 Go’sht o’nimdorligiga mollar zotining ta`siri 

Go’shtining  xususiyatiga  ko’ra  sut  uchun  boqiladigan  va  qo’sh  mahsuldor 

zotlar  go’shtga  boqilganda  yog`  ichki  organlarida  to’planadi,  nimtalarida  esa 

kamroq  bo’ladi.  Ularnint  nimtasidagi  lahm  go’sht  miqdori  go’sht  uchun 

boqiladigan  mollarnikiga  nisbatan  kamroq  bo’ladi.  Bunday  mollar  jadal  usulda 

go’shtga semirtirilganda go’sht chiqimi 50-56% ni tashkil etadi. Mollarning go’sht 

mahsuldorligi  ortishiga,  sifati  va  to’yimliligi  yaxshilanishiga  ularning  zoti  va 

zotdorligi  salmoqli  ta`sir  ko’rsatadi.  Bunga  asosiy  sabab  go’shtdor  zotlarning  tez 

etiluvchanligi,  qisqa  vaqt  ichida  yaxshi  semirishi,  semirishi  uchun  sut  uchun 

boqiladigan  mollarga  qaraganda kamroq  em-xashak sarflash, go’shtdor  zotlarning 

buzoq  va  novvoslarning  15-18  oyligigacha  boqilishi  etarli  hisoblanadi.  Bunda 

ularning  tirik  vazni  sut  uchun  boqiladigan  va  qo’sh  mahsuldor  zotlar  sigiri  bilan 

chatishtirish natijasida olingan buzoqlarni jadal usulda go’shtga semirtirish ishlari 

keng tue olgan. 

3.5 Jinsi va axtalashning ta`siri 

Go’sht  etishtirishda  nael  olishga  yaroqsiz  bo’lgan,  sut,  go’sht  uchun 

boqiladigan  va  qo’sh  mahsuldor  zot  buzoqlar  salmoqli  o’rin  tutadi.  Ularning 

umumiy  soni  barcha  yoshdagi  qoramollarning  deyarli  90-95%  ini  tashkil  etsa, 

urg`ochi buzoqlar 30% atrofida bo’ladi. Ayrim vaqtlarda xo’jalikning sharoitiga va 

boqish  usuliga  ko’ra,  novvoslar  axtalanadi.  Lekin  kuzatishlardan  ma`lum 

bo’lishicha,  axtalangan  novvoslar  buqalarga  ko’ra  sust  o’sadi.  Axtalashga  asosiy 

sabab  uLarni  podada  boqish  uchun  moyilligini  oshirish,  urg`ochi  buzoqlar  bilan 

birga  go’shtga  semirtirishdan  iborat.Urg`ochi  buzoqlar  go’shtga  boqilganda 

nimtasining  vazni,  sutkalik  semirish  uchun  em-  xashak  sarflashi  va  lahm  go’shti 

mikdoriga  ko’ra  bichilgan  va  bichilmagan  novvoslardan  tubanroq  bo’ladi.  Lekin 

go’shtining  sifati,  yumshoqligi,  nozikligi,  tarkibi  va  marmarsimonligi  jihatidan 




 

40 


yuqori  turadi.  Binobarin,  ularni  15  oyligigacha  boqish  va  vaznini  350-400.  kg.ga 

etkazib,  go’shtga  topshirish  tavsiya  etiladi.  Novvoslar  va  axtalangan  buqachalar 

15-18  oylik  bo’lguncha  boqilishi  va  novvoslar  vazni  450-550  kg.

g

  axtalangan 



buqalar 400-450 kg. atrofida bo’lganda, ular go’shtga topshiriladi. 

3.6 Boqishning ta`siri 

Mollarning  go’sht  mahsuldorligini  oshirishdagi  eng  muhim  omillardan  biri 

ularni  ratsion  asosida  to’g`ri  boqishdir.  Ularni  sifatli  em-xashak  berib  boqish 

go’sht  mahsuloti  salmog`ini  oshirish  va  go’sht  chiqimini  ko’paytirish  ymkonini 

beradi.  Yaxshi  boqilgan  molning  nimtasida  suyak  va  paylar  sifatsiz  em-xashak 

bilan boqilgan vakillarinikiga qaraganda 25- 30% kam, go’shtining kaloriyasi 40-

50%  yuqori  bo’ladi.Qoramollar  em  bilan  boqilganda  ular  tez  semiradi,  lahm 

go’shti  va  yog`i  ko’proq  bo’ladi.  Ratsionida  dag`al  va  sersuv  oziqlar  miqdori 

ko’payib  ketishi  ularni  semirtirish  mudddtining  uzayib  ketishi  va  vazni  sekinlik 

bilan ortishiga sabab bo’ladi. 

3.7 Qoramollarni bo’rdoqichilik bazalarida go’shtga boqish 

Mollar  qo’lda  (bo’rdoqichilik  bazalarida)  boqilganda  tez  semiradi,  lekin 

etishtiriladigan  mahsulotning  tannarxi  nisbatan  qimmatroq  bo’ladi.  Chunki  bunda 

mollarga  tayyorlangan  va  ma`lum  darajada  ishlov  berilgan  em-xashak  beriladi, 

shuningdek,  mehnat  ko’proq  sarflanadi.Mollar  qo’lda  boqilganda  olinadigan 

iqtisodiy  foyda  bir  qancha  omillarga  bog`liq  bo’ladi.  Masalan,  mollarni  boqish 

texnikasi  va  texnologiyasi,  boqish  darajasi  va  tiplari,  shuningdek,  ularning  yoshi, 

jinsi  va  zoti  shular  jumlasidan.  Go’shtga  boqilayotgan  mollarni  yuqori  semizlik 

konditsiyasiga etkazish ko’p va sifatli mahsulot etishtirishda muhim rol` o’ynaydi 

hamda olinadigan daromad ortadi. 

 

 




 

41 


3.8 Mollarni boqish va semirtirish usullari 

Mollarni quyidagi maqsadda go’shtga semirtirish usuli qo’llaniladi, ular: 

1.  Oqish  yoki  och  pushti  (belaya  telyatina)  rangli  buzoq  go’shti  etishtirish 

uchun boqish. Bunda 1-2 haftalik erkak buzoqlar 3-4 oy mobaynida faqat sut 

bilan  boqiladi.  Har  bir  buzoqqa  kuniga  12-  16  kg.dan  sut  ichiriladi  va 

ularning sutkalik semirishi o’rtacha I kg. atrofida bo’ladi. 

2.  Oddiy  buzoq  go’shti  etishtirish  uchun  boqish.  Bunda  olinadigan  mahsulot 

tannarxini  arzonlashtirish  maqsadida  buzoqlar  3-4  oyligigacha  sutdan 

tashqari  sersuv,  dag`al  oziqlar  va  em  berib  boqiladi,  ular  sutkasiga  400 

gr.dan semirishiga erishish rejalashtiriladi. 

3.  Bebi bif deb ataladigan yosh buzoq go’shti etishtirish uchun boqish. Buning 

uchun buzoqlar bir yosh bo’lguncha sifatli har xil em-xashak bilan boqiladi, 

vazni  350-400  kg.ga  etkaziladi.  Ratsion  tarkibidagi  emni  30%-80%,  ayrim 

hollarda 90% gacha oshirish talab etiladi. 

Buzoqlarni  yirik  (og`ir)  nimta  olish  maqsadida boqish.  Bu usulda  buzoqlar 18-24 

oylik  bo’lgunicha  yoki  vazni  400-600  kg.ga  etguncha  boqiladi.  Chunki  1,5-2  yil 

davomida  mollarga  arzon  bo’lgan  ko’plab  o’t  (yaylovda)  va  pichan  (qo’lda) 

beriladi.  Em  ratsionning  25-35%  ini  tashkil  etadi.  Ayrim  hollarda  em  40%  ga 

etkaziladi. 

3.9 Santa-gertruda duragaylarini yaylovda boqish 

Qoramollarni yaylovda boqish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Buning 

afzalligi  shundaki,  mollar  o’tlarni  inson  mehnatisiz  iste`mol  qiladi  va  semirish 

imkoniga  ega  bo’ladi.  Bunda  samaradorlik  boqish  muddatiga,  yaylovning 

hosildorligi  va  o’tlar  xilma-xil  hamda  sifatli  bo’lishiga,  mollarning  yoshiga,  jinsi 

va fiziologik holatiga bog`liq bo’ladi. Mollar yaylovda 4-5 oy mobaynida boqiladi. 

Mollar yaylovda boqilganda yirik, katta yoshdagilari 25- 30% semirsa, yosh mollar 




 

42 


40-60% va undan ham ko’proq semirishi mumkin.Mollarni yaylovda boqish uchun 

bir qancha asosiy tadbirlarni amalga oshirish kerak. Masalan: 

 

podani  tashkil  etishda  mollar  yoshi,  jinsi,  oriq-semizligiga  ko’ra  bir  xil 



bo’lishi kerak; 

 

mol boqish uchun ajratilgan yaylov etarli va suv bilan ta`minlangan bo’lishi 



kerak; 

 

barcha  tadbirlar  va  mollarni  boqish  qat`iy  kun  tartibi  asosida  olib  borilishi 



kerak; 

 

mehnatni  to’g`ri  tashkil  qilish  va  mehnatga  haq  to’lashda  mollar  qancha 



semirganligini hisobga olish lozim; 

 

ilg`orlar  tajribasi  va  fan  yutuqlaridan  unumli  foydalanish  hamda  boqish 



texnologiyasini  hudud  va  fasl  sharoitiga  ko’ra  joriy  qilish  maqsadga 

muvofiq. 

Mollarni  yaylovda  boqish  texnologiyasi  bir  qancha  masalalarni  o’z  ichiga  olgani 

holda, ular bajarilishini talab etadi, ularning eng asosiylari quyidagilar: 

 

Mollarni  tasdiqlangan  kun  tartibi  asosida  va  sutkaning  ma`lum  soatlarida 



boqish  kerak.  Havo  isib  ketganda  ularga  dam  beriladi.  Yoz  oylarida  sutka 

mobaynida  16-17  soat,  kuz  oylarida  12-14  soat  atrofida  boqish  tavsiya 

etiladi. 

 

Mollar  yaylovda  boqilganda  tarqalib  ketmasdan,  bir  tekis  yurishi  kerak. 



Buning uchun molboqar podaning old tomonida ularni nazorat qilib borishi, 

sero’t erlarda mollarni ko’proq o’tlatishi kerak. 

 

Mollar  erta  bilan  och  qoringa  shudring  tushgan  o’tlarni  emasligi  kerak. 



Chunki  qorni  shishib  ketadi.  Avval  turli  xil  va  boshoqli  o’tlar  eyishi,  kun 

isib  shudring  ketgach,  dukkakli  o’simliklar  o’sayotgan  yaylovlarda  boqish 

kerak. 



 

43 


 

Yaxshi  semirgan  mollarni  o’z  vaqtida  podadan  ajratib  olish  va  go’shtga 

topshirish  zarur.  Bunday  vazifani  bajarish  brigadir  yoki  mudir  zimmasiga 

yuklanadi. 

 

Mollarning  semirish  darajasini  aniqlash  uchun  ular  och  holida  erta  bilan 



tarozida tortiladi. 

 

Semirgan  mollarni  uzoq  masofaga  harakat  qildirmaslik  kerak.  Umuman, 



poda  sutkasiga  12-  15  km.dan  ortiq  masofaga  yurmasligi  shart,  aks  holda 

mollarning semizligiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. 

Mollar  yoz  kunlari  salqin  joyda  dam  olishi,  qolgan  fasllarda  shamol  va  zaxdan 

ehtiyot qilinishi kerak 

3.10 Mollarni go’shtga boqishda biologik faol moddalardan foydalanish 

Barcha turdagi biologik faol moddalar ichida vitamin, ferment, antibiotik va 

mikroelementlar  mollarni  jadal  usulda  boqishda  muhim  ahamiyatga  ega. 

Chorvachilikda mollarni tez o’stirish     imkonini    beradigan antibiotiklarning turi 

ko’p  bo’lib,  ularning  asosiylari:  biomitsin,  terramitsin,  kormogrizin,  batsitratsin, 

adreomitsindir.  Bu  moddalar  vitamin  va  mikroelementlarga  qo’shib  berilsa, 

samaradorlik  yuqori  bo’ladi.Fermentlar  moddalarning  sintezlanishi  va  hazm 

qilinishini  tezlashtiradigan  biologik  katalizatorlardir.  Ular  mikrobiologiya 

sanoatida  tayyorlanadi  va  foydalanish  uchun  tarqatiladi.  Chorvachilikda 

ishlatiladigan  ferment  turlari  ko’p,  lekin  hozirgi  vaqtda  orizin,  avamorin,  terrizin 

kabi turlari ko’p ishlatiladi. 

 

 



 

 



 

44 


XULOSA 

1. Tajriba uchun tashkil etilgan Santa-gertruda va mahalliy sigirlardan olingan 

duragaylar tirik vazni bo’yicha 98.8 kg farq qilgan edi. Keyingi 7-9 oylik o’sish 

davomida ham kunlik o’sish sur’ati bo’yicha (vazni bo’yicha) ham ancha farq 

qilganligi aniqlandi. 

2. 7 oylik yoshida mahalliy jaydari mol buzoqlari kunlik o’simi o’rtacha 230 g dan 

oshmadi. Tajribadagi Santa-gertruda duragaylarining kunlik o’simi ikki barobarga 

yaqin yo’qori bo’lganligi aniqlandi, yani 450 g ni tashkil etdi. 

3. 8 oylik yoshida birinchi tajriba guruhimizda o’rtacha tirik vazni 160.9 kg ni 

tashkil etdi. Absalyut o’sim 14.4 kg, kunlik o’sim 480 g ni olish imkoniyati 

borligini ko’rsatdi.  

4. 9 oylik yoshidagi Santa-gertruda duragaylari 1-guruhda o’rtacha tirik vazni 

175.6 kg ni, absolyut o’sim -14.7 kg, kunlik o’sim 490 g yaylov sharoitida o’sish 

mumkin ekanligini isbotlamoqda.   

 

TAVSIYA 


Tajriba natijalari bo’yicha Santa-gertruda zotining mahalliy sigirlardan tug’ilgan 

buzoqlarining tirik vaznining yuqoriligi, kunlik o’simining o’rtacha 400 g ni 

tashkil etishi va tez yetiluvchanligini inobatga olib go’sht yunalishidagi fermer 

xo’jaliklar podalarini yo’qorida qayd qilingan Santa-gertruda duragaylarini 

o’rchitish va ko’paytirishni tavsiya etish mumkin.  

 

 



 

 



 

45 


IV.BOB Hayot faoliyati havfsizligi  

O’zbekiston Respublikasi  Bazirlar Kengashining 19.07.2011 y. № 208 sonli 

«Xalqning’  er  silkinishlar  oqibatida  yuzaga  keladigan  favqulodta  vaziyatlarda 

(ta`biiy  va  texnogen  tu`rdagi)  ha`rakat  etishda  tayarlash  kompleks  da`stu`rin 

tasdiqlash haqida»g`i qarori, Oliy va o’rta  maxsus ta’lim vazirliginin’ 22.07.2011 

y.  №310  sonli  buyrug`in  boshilikga  olinib  va  o’rinlash  maqsadida  «Hayot 

qavfsisligi»  fa`ni  barcha  ta`lim  yonalishi  buyicha  talabalarga  oquv  jarayonida 

urgatish uchun, bakalavr mutaxassislik bitiruv ishlarin o’rinlashda fannin` huquqiy 

asoaslari kiritildi. 

4)  binoan  «Hayot  faoliyati  havsizligi»  fanini  barcha  ta’lim  yo’nalishlari  bo’yicha 

talabalarga  o’quv  jarayonida  o’rgatish uchun, svgistr  dissertatsiyasini va  bakalavr 

malakaviy bitiruv ishini bajarishda fanning huquqiy asoslari kiritildi. 

 

“Jamiyatda  fuqarolarning  huquqlari  va  erinliklarini  ximoya  qilish 



ta’minlanganda  u  chinakam  huquqiy  fuqarolik  jamiyati  bo’ladi.  Har  bir  kishi  o’z 

huquqlarini  aniq  va  ravshan  bilishi,  ulardan  foydalana  olishi,  o’z  huquqi  va 

erkinliklarini  ximoya  qila  olishi  lozim.  Buning  uchun  avvalo  mamlakatimiz 

aholisining  huquqiy  madaniyatini  oshirish  zarur”  (İ.  Karimov.  O’zbekiston  XXI 

asrga intilmoqda, 31 – bet). 

 

XX  asrning  60  –  yillaridan  boshlab  faoliyat  ko’rsatib  kelgan  fuqaro 



mudofaasi tizimining asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat 

aholisini yalpi qirg’in qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush 

sharoitida  xalq  xo’jaligi  ob’ektlarining  barqaror  ishlashini  ta’minlash  hamda 

halokat  o’choqlarida  qutqarish  va  tiklash  ishlarini  o’z  vaqtida  samarali  amalga 

oshirishdan iborat edi. 

 

Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg’in qurollari emas, balki boshqa 



xavf  –  xatalar  ham  tahdid  solib  turadiki,  ularni  nazardan  chetga  qochirish  aslo 

mumkin  emas.  Bular  turli  tabiiy,  texnogen  va  ekologik  xususiyatli  favqulodda 

vaziyatlardir. 

 

90  –  yillarga  kelib  yadro  urushi  xavfi  kamaydi,  biologik  qurollardan 



foydalanish cheklab qo’yildi, yangi – yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindiki, 


 

46 


ular  odamlar  uchun  xavfli  bo’lmay,  balki  iqtisodiyot  ob’ektlarini  ishdan 

chiqarishga  qaratilgan  edi.  Bular  hammasi  fuqaro  mudofaasi  tizimi  o’rnida  yangi 

bir tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi. 

 

Fuqaro  mudofaasi  o’rnini  bosishi  mumkin  bo’lgan  yirik  ko’lamdagi 



favqulodda  vaziyatlarga  avvaldan  tayyorlikni  ta’minlovchi  yangi  maxsus  davlat 

tizimi  egallishi, u  tinchlik  hamda  urush davrida aholini va  hududlarni  favqulodda 

vaziyatlardan  muhofaza  qilishi  lozim  edi.  Bu  tizim  aholini  favqulodda 

vaziyatlardan  muhofaza  qilish  va  qutqaruv  ishlarini  o’tkazibgina  qolmay,  boshqa 

muhim  tadbirlarni:  tabiiy  ofatlardan  xavfli  hududlar  xaritalarini  tuzish,  seysmik 

mustahkam bino va inshootlarni qurish, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlash 

ishlarini tashkil qilishi va aholi tayyorligini amalga oshirishi lozim edi. 

 

Shu  o’rinda  yana  bir  masalani  oydinlashtirib  olishga  to’g’ri  keladi. 



Favqulodda  vaziyatning  o’zi  nima,  undan  aholi  va  hududlarni  muhofaza  qilish 

deganda nimani ko’zda tutishimiz lozim? 

 

Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’lig’i yoki atrof 



tabiiy  muhitga  zarar  etishi,  jiddiy  moddiy  talafotlar  keltirib  chiqarishi  hamda 

odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki 

olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida 

muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat. 

 

Aholini  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  – 



favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etish  choralari,  usullari, 

vositalari tizimi, sa’y – harakatlari majmui. 

 

Favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  –  oldindan  o’tkazilib,  favqulodda 



vaziyatlar ro’y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro’y 

bergan taqdirda esa odamlar sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan 

zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi. 

 

Favqulodda  vaziyatlarni  bartaraf  etish  -  favqulodda  vaziyatlar  ro’y 



berganda  o’tkazilib,  odamlar  hayoti  va  sog’lig’ini  saqlash,  atrof  tabiiy  muhitga 

etkaziladigan  zarar  va  moddiy  talafotlar  miqdorini  kamaytirishga,  shuningdek 

favqulodda  vaziyatlar  ro’y  bergan  zonalarni  halqaga  olib,  xavfli  omillar  tasirini 



 

47 


tugatishga  qaratilgan  avariya  –  qutqaruv  ishlari  va  kechiktirib  bo’lmaydigan 

boshqa ishlar kompleksi. 

 

Aholi  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasida 



qo’yilgan  dadil  qadamlardan  biri  –  avval  Mudofaa  vazirligi  qoshida  fuqaro 

muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa shu boshqarma 

negizida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1996  yil  4  martdagi  PF  – 

1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkil etilishi bo’ldi. 

 

Vazirlik  faoliyat  yurita boshlagandan  so’ng  aholi va hududlarni  favqulodda 



vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining huquqiy asosini tashkil etuvchi bir qator 

qonuni va qarorlar qabul qilindi. 

 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish