O`zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog`liq bo`lmagan jinoyatlar



Download 68,5 Kb.
bet6/9
Sana04.03.2023
Hajmi68,5 Kb.
#916540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan jinoyatlar kurs ishi

Mulkka zarar yetkazish deganda unga jinoyatkorona munosabat natijasida mulkning xo`jalik maqsadlarida foydalanish xususiyatlarini vaqtincha yoki qisman yo`qotishi, ammo uni tiklab bo`lishi va undan kelajakda foydalanish mumkinligi tushuniladi.

Bu jinoyat oqibatida mulkdorga ancha miqdorda, ya`ni eng kam oylik ish haqining o`ttiz barobaridan yuz barobarigacha bo`lgan miqdorda zarar yetkazilgan bo`lishi kerak.
Mulkni qasddan nobud qilganligi yoki unga zarar yetkazganligi uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishda sodir etilgan harakat va ko`rilgan zarar o`rtasidagi sababiy bog`liqlikning mavjudligini aniqlash zarur.
Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish mulk nobud qilingan yoki unga zarar yetkazilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan jinoyat deb hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat: to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Uni kvalifikatsiya qilish uchun jinoyatni sodir etish motivi va maqsadining ahamiyati yo`q.
Jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan shaxs bo`lishi mumkin.
Agar mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish:
a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida;
b) atrofdagilar uchun xavfli usulda;
v) ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo`lsa, aybdorning qilmishlari JK 173-moddasi 2-qismi bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Mazkur jinoyat uchun jazoni og`irlashtiruvchi holat – millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida sodir etilishi qasddan odam o`ldirish qilmishi tahlil etilganida ko`rib chiqilgan edi, shu sababdan unga yana to`xtalishni lozim topmadik.

NOTA BENE!







Jinoyatni atrofdagilar uchun xavfli usulda sodir etish deganda, mol-mulkni nobud qilish yoki unga zarar yetkazishga qaratilgan harakatlar (mulkni portlatish, suv bostirish va h.k. usullarni qo`llash) natijasida, katta tabiiy ofat va vayronalik yuz berishi xavfini keltirib chiqarish natijasida ko`pchilikning sog`lig`i uchun xavfli holatning vujudga kelishi tushuniladi. Aks holda aybdorning mulkni nobud qilish yoki unga zarar yetkazishga qaratilgan harakatlari atrofdagilar uchun xavfli usulda sodir etilgan deb topilishi mumkin emas. Masalan, jinoyatchi ovloq joyda jabrlanuvchining mashinasini yondirib yuboradi va bunda atrofdagilar uchun xavfni vujudga keltirmaydi.

O`zR JK 173-moddasi 3-qismida:


a) xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoki uning yaqin qarindoshlarining mulkiga nisbatan;
b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini ko`zlab mulkni nobud qilganlik yoki zarar yetkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi.
Bu holatlar biz yuqorida ko`rib chiqigan
O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan qonuni bilan JK 173-moddasi: «Yetkazilgan moddiy zarar undan uch karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo`llanilmaydi», degan 4-qism bilan to`ldirildi.



Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish