O‚zr konst o‚rganish 3826. qxd



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/113
Sana20.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#564703
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
Bog'liq
14-O‘zb-Res-Kons-ni-o‘rganish-X.Odilqoriyev-va-bosh-Toshkent-2010

Xotirada saqlang!
ò
89


III b o b
O‘ZBEKISTON FUQAROLARINING
ASOSIY BURCHLARI
7-§. FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY
BURCHLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi alohida
bobi ning 47—52-moddalarida fuqarolarning burchla 
-
riga oid konstitutsiyaviy qoidalar berilgan.
Fuqarolarning burchi deganda qonun hujjatlarida
belgilangan fuqarolar bajarishi shart bo‘lgan talablar
tushuniladi. Burchlarni o‘z ahamiyatiga ko‘ra 
konsti-
tutsiyaviy burchlarga, joriy qonun hujjatlarida belgilan-
gan burchlarga 
ajratish mumkin.
O‘zbekiston fuqarolarining Konstitutsiyada belgilan-
gan burchlariga:

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;

boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va
qadr-qimmatini hurmat qilish;

O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy
merosini avaylab-asrash;

madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish;

atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lish;

qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘im -
larni to‘lash;

O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish;

qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil
xizmatni o‘tash kabilar kiradi.
Har bir fuqaro o‘z burchlarini halol va vijdonan
bajarsa, yurtimiz tinch, osoyishta, xavfsiz, farovon
bo‘lishiga zamin yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Kons titutsiyasi va qonunlari-
da bajari lishi shart bo‘lgan ta -
lablar aniq ko‘rsatilgan. Ush bu talablarning o‘z vaqti-
Konstitutsiya va
qonunlarga rioya qilish
90


da, halol va vijdonan bajari lishi Vatan tinchligi, mil-
latlar totuvligi, xavfsizligi, osoyishtaligi, taraqqiyoti
uchun g‘oyat zarurdir. Mana shu burchlarning bajari -
lishi O‘zbekistonda qonuniylik va huquqiy tartiblarni
ta’minlash imkonini beradi.
O‘zbekiston hududida yashayotgan har bir fuqaro
tomonidan Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan
burchlarning bajarilishi Vatanimizning istiqbolini bel-
gilab beradi. «Demokratik jamiyat qurish uchun,
demokratik tamoyillarni to‘la qaror toptirish uchun,
eng avvalo mo‘tabar zaminda tavallud va tarbiya top-
gan shaxs, o‘zini aynan shu yurt farzandi deb biluvchi
inson o‘z davlati, o‘z xalqi oldidagi, uni katta umidlar
bilan tarbiya qilgan, voyaga yetkazgan jamiyat oldida-
gi burchini ado etishi kerak... Har qaysi fuqaro, har
birimiz: «Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?»
deb emas, balki «Men o‘zim Vatanimga, el-u yurtim-
ga nima ber 
dim?» — deb o‘ylashimiz va shu aqida
bilan yashashi miz kerak»
1
, deya ta’kidlagan edi Prezi -
dentimiz.
Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan
burchlarni bajarishi fuqarolar shu davlat Kons 
titu -
tsiyasi va qonunlarini tan olganligini anglatadi. Maz -
kur konstitutsiyaviy talab zamirida mamlakatimizda
qat’iy qonuniylik tartibini ta’minlash imkonini beradi.
Qonuniylik — davlatda, jamiyatda mustahkam
huquqiy tartib, barqarorlik, tinchlik va osoyishtalik 
-
ning asosidir. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish
burchi huquqiy munosabatlarning barcha subyektlari
uchun umumiy talabdir. Uning ma’nosi shuki, har bir
fuqaro hayot faoliyati 
ning barcha sohalarida Kons 
-
titutsiya va qonunlarga muvofiq xatti-harakat qi 
-
lishdek e’tiqodga ega bo‘lishi zarur.
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish faqat ular -

K a r i m o v I. A. «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati». – T.:
«Sharq» 1993, 27-bet.
91


ning qoidalarini buzmaslik emas, fuqarolar o‘z faoli -
yati, hayotini Konstitutsiya va qonunlarda mustahkam-
langan tamoyil va asoslarni, qonun me’yorla rini real
voqelikka aylantirishga yordam berish ham demakdir.
Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning
ijtimoiy-siyosiy asoslari, mamlakatdagi huquqiy tarti-
bot, ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi o‘z ifo-
dasini topgan. 
Shu sababli, ularga har bir fuqaro qat’iy rioya
etish ga majbur. Bu qoidalarni buzish avvalambor
fuqaroning o‘ziga, davlatga, jamiyatga zarar yetkazadi.
«Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga,
boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va
qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar» (Kons-
titutsiya, 48-modda).
O‘zbek xalqi boy tarixiy,
ma’naviy va madaniy meros
sohibidir. Shu boisdan
Kons titutsiyada, «Fuqarolar
O‘z be kiston xalqining ta 
rixiy, ma’naviy va madaniy
mero sini avaylab-asrashga majburdir» — deb belgilan-
gan. O‘zbek xalqi o‘zi yaratgan tarixiy, ma’naviy,
madaniy boyliklarini to‘la saqlash va asrash imkoni 
-
yatiga ayrim davrlarda ega bo‘lmagan. Ayniqsa, sobiq
sho‘rolar davrida xalqi mizning juda ko‘p tarixiy, ma’-
naviy va madaniy boyliklari talon-taroj qilingan, xori-
jiy davlatlarga olib ketilgan, o‘zaro va bosqinchilik
urushlarida yakson qilingan. Asrlar bo‘yi shakl langan
o‘zbek davlatchiligi, huquqiy madaniy meros namu-
nalari sobiq sho‘rolar davrida e’tiborsiz qoldirilgan.
Bugungi kunda xorijiy davlatlarga olib ketilgan
xalqimizning bebaho boyliklarini qaytarish masalalari
bilan maxsus komissiya shug‘ullanmoqda.
O‘zbekistonning har bir fuqarosi xalqimizning ta 
-
rixiy, madaniy, huquqiy boyliklar xazinasini ko‘z qora -
chig‘iday asrashi, uni kelgusi avlodlarga yetkazib be 
-
rishni o‘zi uchun farz, ham qarz deb his qilishi zarur. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish