Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechanization of poultry farms


 Parrandachilikda ishlatiladigan energiya turlari



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/221
Sana12.09.2021
Hajmi6,19 Mb.
#172739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   221
Bog'liq
Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish

1.2. Parrandachilikda ishlatiladigan energiya turlari 
va energetik vositalari
Parrandachilikda ishlatiladigan energetika turlari va texnika vositalari 
qishloq xo jaligi energetikasining tarkibiy qismi b o iib , o ‘z navbatida turli 
holdagi energetik resurslardan va bu energiya manbalaridan energiya olish 
uchun ishlatiladigan texnika vositalaridan iborat.
Energiya manbalari  ikki turga boiinadi,  tabiiy  (birlamchi)  va sun’iy 
(ikkilamchi) energiya manbalari.
Birinchi turdagi tabiiy energiya manbalariga quyidagilar kiradi: quyosh 
energiyasi;  yoqilgining  ximiyaviy  energiyasi;  yadro  energiyasi;  daryo, 
shamol, yer osti geotermal suv manbalarining energiyasi va boshqalar.
7


Ikkinchi turdagi sun’iy energiya manbalariga elektr energiyasi, sanoat 
korxonalarida olinadigan energiyalar kiradi.
Qishloq  xo‘jaligida,  shu jumladan  parrandachilikda  birlamchi  tabiiy 
energiya manbalari sifatida suyuq gaz va qattiq holdagi yoqilg‘ilar va ular 
asosida ishlaydigan texnika vositalari ishlatiladi.
Quyosh,  shamol  va  boshqa  muqobil  energiya  turlaridan  foydalanish 
hozirgi vaqtda juda kam miqdomi tashkil etadi. О ‘ zbekistan Respublikasida 
quyosh energiyasidan foydalanish uchun katta imkoniyatlar mavjud b o iib  
hozir  fanning  bu  sohasini  rivojlantirishga  katta  e ’tibor  berilmoqda.  Bu 
turdagi  energiya  manbasidan  xalq  xo‘jaligining  turli  tarmoqlarida,  shu 
jumladan qishloq xo‘jaligida keng foydalanish ko‘zda tutilgan.
Xalq xo‘jaligida birlamchi  tabiiy energiya manbalaridan texnik vosi- 
talar yordamida mexanik, issiqlik, elektr energiyalari ishlab chiqariladi va 
bu  turdagi  energiya  vositalari  chorvachilikdagi  asosiy  energiya  manba­
lari b o iib  xizmat qiladi.  Chorvachilikdagi  turg‘un texnologik jarayonlar 
uchun nisbatan  arzon elektr energiyasidan  foydalanish  iqtisodiy jihatdan 
ancha samaradorligi bilan xarakterlanadi.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan energetika vositalari 
va ulaming  energetika balansi  taqribiy  ravishda,  foiz  hisobida quyidagi­
cha:  [7]
-   traktor va o ‘zi yurar shassilar  ...................................36,8;
-   avtom obillar............................................................ 28-30;
-   turli xil o‘zi yurar kombaynlar...............................12-15;
-   elektr dvigatellari va qurilmalari  .................................20;
-   turli xil mexanik dvigatellar  ...................................... 2-3;
-   turli xil ish hayvonlari quvvatidan foydalanish.........0,5.
Qishloq  xo‘jaligida  energetika  manbalari  va  vositalari  qancha  ko‘p 
boiishiga  qaramasdan  traktorlar,  o ‘zi  yurar  shassilar,  kombaynlar  va 
elektr dvigateli asosiy energetik vositalari b o iib  qolmoqda. Parrandachilik 
mahsulotlarini  ishlab  chiqarish jarayonlarini  mexanizatsiyalashtirish  va 
avtomatlashtirishda ishlatiladigan texnika vositalari  shu  turdagi  energiya 
vositalari yordamida ishlatiladi.
Parrandachilikda  ishlatiladigan  barcha  texnika  vositalari  ko‘chma, 
harakati cheklangan va turg‘un holatda ishlaydigan turlarga boiinadi.
Ko‘chma  energetik  vositalarga  -   traktorlar,  o‘zi  yurar  shassilar, 
o‘zi  yurar  kombaynlar,  avtomobillar  va  turli  ish  hayvonlaridan  tuzilgan 
transport vositalari kiradi.
Harakati  cheklangan energetik  vositalarga -  relsli  yoiaklarda (yerga 
o‘matilgan  yoki  osma  holda)  harakatlanadigan  va  sirpanuvchi  elektr 
kabellari bilan jihozlangan texnika vositalari (zanjirli-skreperli qurilmalar, 
maxsus ozuqa tarqatgichlar, elektr telferlari va boshqalar) kiradi.
Turg‘un  energetik  vositalariga  fermalarda  ishlatiladigan  texnologik 
vositalaming  elektr  dvigatellari,  shamol  dvigatellari,  turg‘un  holda 
ishlcg^Jadigan ichki yonuv dvigatellari va boshqalar kiradi.
Respublikamizda  organik  yoqilgi  manbalarining  cheklanganligi  va 
ekologik  muhitning  mo‘tadilligini  saqlash  maqsadida  muqobil  energiya 
manbalaridan  oqilona  foydalanish  bo‘yicha  samarali  ishlar  qilinmoqda. 
Qishloq  xo‘jaligida  muqobil  energiya  manbalari  bilan  ishlatiladigan 
texnika  vositalarini  yaratish  va  joriy  etishga  katta  e’tibor  berilmoqda. 
Bu  turdagi  energiya  vositalaridan  foydalanishni  quyidagi  yo‘nalishlar 
bo‘yicha olib borish rejalashtirilgan:
-   quyosh energiyasidan cpshloq xo‘jaligidagi texnologik jarayonlarni 
bajarishda asosiy issiqlik manbayi sifatida foydalanish;
-   quyosh  energiyasini  boshqa  turdagi  energiya  vositalariga  aylanti- 
rish, xususan elektr energiyasiga;
-   to g ii  hudud'larda  suv  energiyasidan  unumli  foydalanish  va  uni 
elektr va mexanik energiyaga aylantirish;
-   cho‘l  hududlarida  shamol  energiyasini  elektr  yoki  mexanik  ener­
giyasiga  aylantirish,  suv  chiqarish  va  parrandachilik  fermalarini 
elektr energiyasi bilan ta’minlash;
-   parrandachilik fermalari chiqindilaridan yuqori sifatli organik o‘g‘it 
tayyorlash va biogaz ishlab chiqarish;
-   chorvachilikda  mahsulot  ishlab  chiqarish jarayonlari  uchun  kam 
energiya bilan ishlaydigan mashina va qurilmalar tizimini yaratish 
va amaliyotga tadbiq etish va boshqalar.

Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish